“Ma’rifat ulashib” dasturi doirasidagi tadbirlar davom ettirildi
Yozuvchilar uyushmasi a’zolari va OʻzDJTU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev boshchiligidagi mas’ullar bilan 228-238 va 287-sonli maktablarga tashrif uyushtirildi. U yerda mehmonlar oʻquvchilar tayyorlagan chiqishlar, sahna koʻrinishlaridan bahramand boʻlishdi.
Soʻngra dastur ishtirokchilari OʻzDJTU talabalar turar joyiga tshrif buyurishdi. Ochiq muloqot shaklida oʻtgan tadbir doirasida adiblar talabalar bilan dildan suhbat qurib, oʻz hayotiy tajribalaridan hikoyalar soʻzlab berishdi.
Dastur yakunida gulxan atrofida ijodiy kecha tashkil etilib, she’riyatga qiziquvchi, qolaversa, notiqlik mahorati yuqori boʻlgan talabalar ijodidan turli namunalar tinglandi.
Adiblar esa ijodkor talabalar iste’dodini yuqori baholab, kelajakka ishonch bilan qadam tashlashda davom etishga chorlashdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤3👍1👏1
Oliy ta’lim tizimida nazorat topshiriqlarini samarali bajarish masalalari muhokama qilindi
2025-yil 7-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari rahbar va xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi.
Unda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi rahbariyat vakillari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.
Iqtisodiy o‘qish mavzusi:
“Ijro.gov.uz tizimida 2025-yil yanvar–oktyabr oylaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi rahbari va Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarining ijrosi yakunlari hamda 2025-yilning noyabr–dekabr oylarida barcha topshiriqlarni samarali va to‘liq hajmda bajarish yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risida.”
Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ijro intizomi va nazorati bo‘limi boshlig‘i Yakubov Azizjon Tojiboyevich olib bordi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Rajabov Sardor Baxtiyorovich hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Alijonov Utkir Maxamadaliyevich esa dasturni kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbir davomida ijro intizomini mustahkamlash, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, tizim tashkilotlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, 2025-yilning noyabr–dekabr oylarida bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriqlarni to‘liq hajmda ado etish yuzasidan tahliliy ma’lumotlar va amaliy takliflar muhokama qilindi.
Yakunda ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, ijro intizomini yanada kuchaytirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍2👏2
Ijodiy uchrashuv
Mazkur uchrashuv Uchtepa tumanidagi 238-maktabda boʻlib oʻtib, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi F. Jabborov talaba-yoshlar bilan ijodiy-uchrashuv oʻtkazdi.
Shuningdek, tadbir doirasida “Birlik” mahallasi raisi Alisher Sayqalovich, 238-maktab direktori S. Talipova hamda oʻqituvchi-professorlar tomonidan daraxt ekish marosimi tashkil etildi.
Tadbir davomida oʻquvchilar tomonidan turli raqslar, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodidan namunalar ijro etildi.
Ushbu tadbir mahalla, maktab va OʻzDJTU oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga yordam beradi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
🇮🇩🇺🇿 GUNADARMA UNIVERSITETI (INDONEZIYA) VA O'ZDJTU TARMOQ MARKAZ HAMKORLIGIDA NAVBATDAGI QO'SHMA MALAKA OSHIRISH KURSI!
📅 Kurs muddati: Dekabr oyida
📍 Joylar:
2 hafta — O‘zbekiston, Toshkent (Tarmoq markazida)
2 hafta — Indoneziya
💼 Kurs yakunida:
✅ Gunadarma universitetining xalqaro sertifikati
✅ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Tarmoq markazining sertifikati
✅ Rasmiy malaka attestati beriladi.
Mashg‘ulotlar davomida xalqaro ta’lim texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar va akademik almashinuv tajribalari o‘rganiladi.
📢 GRANT asosida qatnashish imkoniyati!
Bu kurs uchun Gunadarma Universiteti tomonidan grant ajratilgan.
⏰ So‘rovlar 8-noyabrgacha qabul qilinadi.
📩 Joylar soni cheklangan!
📌 Manzil: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Tarmoq markazi
📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +998 90 977 49 07 https://t.me/narimanbekovna
💡 Bir kurs — ikki davlat tajribasi!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2 hafta — O‘zbekiston, Toshkent (Tarmoq markazida)
2 hafta — Indoneziya
Mashg‘ulotlar davomida xalqaro ta’lim texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar va akademik almashinuv tajribalari o‘rganiladi.
Bu kurs uchun Gunadarma Universiteti tomonidan grant ajratilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
Rus filologiyasi fakultetida isitish tizimlari holati o‘rganildi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rus filologiyasi fakulteti va o‘quv binolarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida auditoriyalar, issiqlik tizimlari hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Rektor fakultet jamoasiga isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, o‘quv jarayonida qulay muhit yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3