O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.6K photos
3.02K videos
323 files
9.76K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
2️⃣2️⃣2️⃣

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy dastur tashkil etildi

7-noyabr kuni OʻzDJTUda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Shaxriyor Shavkatov, Guljahon Mardonova va Fozil Jabborov ishtirokida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Dastur avvalida mehmonlar universitet infratuzilmasi, unda talabalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi. Xususan, University mall, Kulolman spin-off, kompyuter HAB xonalari va universitet huzuridagi muzey boʻylab tur tashkil qilindi.

Undan soʻng, “Doʻstlikbogʻida mehmonlar va OʻzDJTU rahbariyati vakillari tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ekish marosimi oʻtkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan koʻrgazmalar tomosha qilinib, universitet koʻplab iste’dod egalarini bir joyda jamlagan maskan ekani alohida e’tirof etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3👏1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fan_biznes #innovatsion_gʻoya

Talaba shifoxonadagi muammoga innovatsion yechim topdi


Turin politexnika universiteti magistri Asadbek O‘rinov shifoxonalarda soatlab navbat kutish muammosini hal etishga qaratilgan “Body Tester” nomli innovatsion ishlanmasini taqdim etdi. U bu loyihasi haqida videolavhada batafsil ma’lumot beradi.

Mazkur ishlanma “O‘zbek olimlarining innovatsion g‘oyalari” loyihasi doirasida ilgari surilgan. Loyiha Savdo-sanoat palatasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi — fan va biznes o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga ko‘maklashishdir.

🔗 Boshqa innovatsion g‘oyalar taqdimoti — bu yerda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🟦🟦🟦

“Ma’rifat ulashib” tadbirining uzviy davomi sifatida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi


7-noyabr kuni OʻzDJTUda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Shaxriyor Shavkatov, Guljahon Mardonova va Fozil Jabborov ishtirokida talaba-yoshlar bilan ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.

Dastur davomida talabalar va ijodkorlar oʻrtasida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilar yoshlarni kitobxonlikka, ijodkorlikka va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham qatnashib, adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘rni va yoshlar tafakkurini shakllantirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Yakunda ijod olamiga qiziquvchi, badiiy tafakkuri boy talabalar tomonidan adabiy jarayon va ijod sirlariga doir qiziqarli savollar taqdim etildi. Yozuvchilar uyushmasi a’zolari esa bu savollarga chuqur mushohada, hayotiy tajriba va samimiy fikrlar bilan javob berib, yoshlarning ma’naviy olamida unutilmas taassurot qoldirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2👏1
2️⃣2️⃣2️⃣

“Ma’rifat ulashib” dasturi doirasidagi tadbirlar davom ettirildi

Yozuvchilar uyushmasi a’zolari va OʻzDJTU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev boshchiligidagi mas’ullar bilan 228-238 va 287-sonli maktablarga tashrif uyushtirildi. U yerda mehmonlar oʻquvchilar tayyorlagan chiqishlar, sahna koʻrinishlaridan bahramand boʻlishdi.

Soʻngra dastur ishtirokchilari OʻzDJTU talabalar turar joyiga tshrif buyurishdi. Ochiq muloqot shaklida oʻtgan tadbir doirasida adiblar talabalar bilan dildan suhbat qurib, oʻz hayotiy tajribalaridan hikoyalar soʻzlab berishdi.

Dastur yakunida gulxan atrofida ijodiy kecha tashkil etilib, she’riyatga qiziquvchi, qolaversa, notiqlik mahorati yuqori boʻlgan talabalar ijodidan turli namunalar tinglandi.

Adiblar esa ijodkor talabalar iste’dodini yuqori baholab, kelajakka ishonch bilan qadam tashlashda davom etishga chorlashdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53👍1👏1