Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti
7-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz filologiyasi fakulteti va Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi tashabbusi bilan “Innoweek-2025” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir fakultet dekani Y. Azzamov rahbarligida, kafedra mudiri N. Kushiyeva hamda o‘qituvchilar N. Rasulova, Sh. Sa’dieva, I. Jurayeva va boshqalar ishtirokida tashkil etildi.
#Innoweek2025 #O‘zDJTU #InglizFilologiyasi #TalabalarIjodi #Innovatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍3
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti
🎓 Dr. Giuseppe Chiaramonte bilan master-klassdan lavhalar
Bugun kafedramizda mutaxassis Dr. Giuseppe Chiaramonte tomonidan intensiv master-klass o‘tkazildi.
📚 Mashg‘ulot yuqori saviyada, interaktiv va zamonaviy metodlar asosida tashkil etildi. Dr. Chiaramonte speaking darslarini samarali tashkil etish, talabalarning faolligini oshirish hamda mustaqil fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha o‘z xalqaro tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
💡 U o‘yin asosidagi mashqlar, interaktiv topshiriqlar va yangi metodlarni amalda ko‘rsatib, darsni qanday qiziqarli va foydali qilish mumkinligini namoyish etdi.
👩🎓 Talabalar yangi yondashuvlar, samarali metodlar hamda yangi so‘z va iboralarni o‘rganishdi. Master-klass davomida savol-javoblar, fikr almashuvlar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
✨ Bunday uchrashuvlar bilim almashish, ijodkorlikni oshirish va hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
✅ Bizning rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook

❤7🔥1👏1
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy dastur tashkil etildi
7-noyabr kuni OʻzDJTUda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Shaxriyor Shavkatov, Guljahon Mardonova va Fozil Jabborov ishtirokida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Dastur avvalida mehmonlar universitet infratuzilmasi, unda talabalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi. Xususan, University mall, Kulolman spin-off, kompyuter HAB xonalari va universitet huzuridagi muzey boʻylab tur tashkil qilindi.
Undan soʻng, “Doʻstlik” bogʻida mehmonlar va OʻzDJTU rahbariyati vakillari tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ekish marosimi oʻtkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan koʻrgazmalar tomosha qilinib, universitet koʻplab iste’dod egalarini bir joyda jamlagan maskan ekani alohida e’tirof etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3👏1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fan_biznes #innovatsion_gʻoya
Talaba shifoxonadagi muammoga innovatsion yechim topdi
Turin politexnika universiteti magistri Asadbek O‘rinov shifoxonalarda soatlab navbat kutish muammosini hal etishga qaratilgan “Body Tester” nomli innovatsion ishlanmasini taqdim etdi. U bu loyihasi haqida videolavhada batafsil ma’lumot beradi.
Mazkur ishlanma “O‘zbek olimlarining innovatsion g‘oyalari” loyihasi doirasida ilgari surilgan. Loyiha Savdo-sanoat palatasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi — fan va biznes o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga ko‘maklashishdir.
🔗 Boshqa innovatsion g‘oyalar taqdimoti — bu yerda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
“Ma’rifat ulashib” tadbirining uzviy davomi sifatida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi
7-noyabr kuni OʻzDJTUda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Shaxriyor Shavkatov, Guljahon Mardonova va Fozil Jabborov ishtirokida talaba-yoshlar bilan ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.
Dastur davomida talabalar va ijodkorlar oʻrtasida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilar yoshlarni kitobxonlikka, ijodkorlikka va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham qatnashib, adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘rni va yoshlar tafakkurini shakllantirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Yakunda ijod olamiga qiziquvchi, badiiy tafakkuri boy talabalar tomonidan adabiy jarayon va ijod sirlariga doir qiziqarli savollar taqdim etildi. Yozuvchilar uyushmasi a’zolari esa bu savollarga chuqur mushohada, hayotiy tajriba va samimiy fikrlar bilan javob berib, yoshlarning ma’naviy olamida unutilmas taassurot qoldirdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍2👏1