O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.7K photos
3.02K videos
323 files
9.77K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣

6-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashabbuskor talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dasturda OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor V.Sa’diyev, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi O.Zikirov, Axborot siyosati masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi, universitet matbuot kotibi O.Ibragimov va tashabbuskor talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda talabalar universitet hayotini yengillashtirishga qaratilgan o‘z tashabbuslari va yangi g‘oyalarini taqdim etishdi. Shulardan biri — universitet uchun maxsus sun’iy intellekt platformasini yaratish taklifi bo‘lib, u talabalarga o‘qish jarayonida kerakli ma’lumotlarni tez topish, bilimlarini mustahkamlash va ta’lim jarayonini qulaylashtirish imkonini beradi.


Uchrashuv yoshlarning yangicha fikrlashi, ijodiy yondashuvi va raqamli ta’limni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishini yana bir bor namoyon etdi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Prezidentimiz joriy yilning 21-oktabr kuni IT Parkka tashrif buyurib, u yerdagi bir qator loyihalar bilan tanishdi. Tashrif chog'ida sun'iy intellekt sohasini rivojlantirish bo'yicha bir nechta muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Ulardan biri 10 ta universitetda sun’iy intellekt laboratoriyalarini tashkil etish tashabbusidir. Ushbu loyiha orqali yurtimizda sun'iy intellektni rivojlantirish, shu yo'nalishda yetuk mutaxassislarni tayyorlash hamda ilmiya salohiyatni oshirish ko'zda tutilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nemis tili o’qituvchilarining 18- anjumani

muxbir: Umida Qodirova


16:00 06.11.2025

#Toshkent shahri

😎 Telegram 😎 Instagram ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
0️⃣0️⃣0️⃣

6-noyabr kuni Milliy gvardiya xodimi Akrom Yaxshinorov Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-sonli talabalar turar joyida boʻldi
.

Mas’ul xodimga OʻzDJTU profilaktika inspektori S.Sherboyev hamrohlik qildi.

Tashrif doirasida 2-sonli talabalar turar joyidagi isitish tizimi, elektr ta’minoti koʻzdan kechirildi. Shuningdek, mas’ullar talabalar bilan muloqot qilib, elektr va issiqlik tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkorlik qoidalariga amal qilish zarurligi toʻgʻrisida ma’lumot berdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75👏3😢2
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🧑‍🎓 OʻZDJTU TALABASI — ISPANIYADA! 🇪🇸

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Magistratura boʻlimi, Lingvistika (ispan tili) yoʻnalishi talabasi Xamidullayev Xasanxo‘ja Farrux o‘g‘li hozirda Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ Kredit almashinuv dasturi doirasida Ispaniyaning Alikante universitetida tahsil olmoqda.

📚 Dars jarayonlaridan tashqari, Xasanxo‘ja Xamidullayev o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitish maqsadida ilmiy hamda madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

🔺 Shular qatorida, u Alikante universitetida bo‘lib o‘tgan “European Researchers’ Night – NIT 2025” ilmiy yarmarkasida ham faol qatnashdi. 45 ta stenddan iborat mazkur yirik tadbir doirasida klassik ilmiy tajribalar, meteorologik va astronomik kuzatuvlar, virtual reallik namoyishlari kabi 70 dan ortiq qiziqarli ko‘rgazmalar tashkil etildi.

📖 Shuningdek, u universitetning Ispan tili filologiyasi, umumiy lingvistika va adabiyot nazariyasi departamenti tomonidan tashkil etilgan taniqli ispan shoiri, tarjimoni va Lotin Amerika adabiyoti olimi Berta García Faet bilan uchrashuvda, hamda filologiya fanlari doktori (DSc), professor Alberto Rodríguez Lifante tomonidan o‘tkazilgan “Principios, estrategias y recursos para la metodología de la investigación en Lingüística Aplicada” nomli ilmiy seminarda faol ishtirok etdi.

🌎 Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bunday xalqaro tadbirlarda ishtirok etish talabalar bilimini yanada kengaytiradi, dunyoqarashini boyitadi hamda ularni ijodkorlik va yangilikka intilishga undaydi.


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍9🤩4