Rektor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
6-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 5-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan “Rektor va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi.
Tadbirda OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Hakimov, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Dastur davomida ochiq muloqot tashkil etildi. Talabalar universitet mas’ullariga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, asosli javoblar olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Shuningdek, rektor turli ilmiy bellashuvlar, sport musobaqalari va olimpiadalarda faollik koʻrsatib, bir qator yutuqlarga erishgan talabalarni e’tirof etdi va kelajakda bundan katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4👏1
Rektor va rahbariyat vakillari TTJdagi sharoitlarni koʻzdan kechirdi
6-noyabr kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi mas’ullar universitetning 3-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida talabalar bilan ochiq suhbat tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Shuningdek, TTJdagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ham ko'zdan kechirildi.
Yakunda TTJ mas’ullariga talabalar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash boʻyicha topshiriq va tavsiyalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍3👏1🤩1
6-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashabbuskor talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dasturda OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor V.Sa’diyev, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi O.Zikirov, Axborot siyosati masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi, universitet matbuot kotibi O.Ibragimov va tashabbuskor talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda talabalar universitet hayotini yengillashtirishga qaratilgan o‘z tashabbuslari va yangi g‘oyalarini taqdim etishdi. Shulardan biri — universitet uchun maxsus sun’iy intellekt platformasini yaratish taklifi bo‘lib, u talabalarga o‘qish jarayonida kerakli ma’lumotlarni tez topish, bilimlarini mustahkamlash va ta’lim jarayonini qulaylashtirish imkonini beradi.
Uchrashuv yoshlarning yangicha fikrlashi, ijodiy yondashuvi va raqamli ta’limni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishini yana bir bor namoyon etdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍3👏1