UNIKOM Scholar 2025 dasturining 9–10 kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Ikkinchi chet tillar kafedrasi mudiri, PhD, dotsent v.b. Elmira Moydinova rahbarligida dastur yakuniy tadbirlarida ishtirok etdilar.
30-oktabr kuni talabalar tadbirkorlik va fotografiya bo‘yicha mahorat darslarida qatnashib, ijodkorlik, texnologiya va estetik tafakkurni uyg‘unlashtirish imkoniga ega bo‘ldilar.
31-oktabr kuni esa yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan ijro etilgan “Do‘ppi” raqsi katta qiziqish bilan kutib olindi. Tadbir do‘stlik, madaniy uyg‘unlik va xalqaro hamkorlik ruhida kechdi.
Mazkur kunlar talabalarda ijodiy fikrlash, madaniyatlararo muloqot va xalqaro do‘stlik qadriyatlarini yanada mustahkamladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3👏1
Tafakkur, sovg‘alar almashinuvi, Gedung Sate muzeyi va bitiruv marosimi
UNIKOM Scholar 2025 dasturining 11-14 kunlari davomida oʻtgan yakuniy bosqichidagi tadbirlarda Ikkinchi chet tillar kafedrasi mudiri, PhD, dotsent v.b. Elmira Moydinova rahbarligidagi OʻzDJTU talabalari faol ishtirok etdilar.
1-noyabr kuni talabalar dastur davomida orttirilgan tajribalar haqida suhbatlashib, do‘stlik va minnatdorchilik ruhida esdalik sovg‘alar almashinuvi marosimini oʻtkazdilar.
Shundan so‘ng, ular Gedung Sate muzeyiga tashrif buyurib, Indoneziya tarixiy merosi, me’morchiligi va madaniy qadriyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
2-noyabr kuni esa delegatsiya zamonaviy issiqxona majmuasiga tashrif buyurib, barqaror dehqonchilik va ekologik innovatsiyalar bo‘yicha amaliy bilim oldilar.
Kunning ikkinchi yarmida Chihampelas hududidagi sayohat davomida talabalar shahar hayoti, mahalliy madaniyat va xalqning samimiyligi bilan tanishdilar. Shu kuni O‘zDJTU vakillari “Harris Hotel Bandung”da bo‘lib o‘tgan UNIKOM bitiruv marosimida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirlar O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlikni mustahkamlab, talabalarga xalqaro do‘stlik, ekologik tafakkur va madaniyatlararo muloqot qadriyatlarini chuqur his etish imkonini berdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥2
6-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №3 kafedrasi tomonidan 2-sonli talabalar turar joyida "Ona tilim – jonu dilim" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir kafedra dotsenti G.G. Rajabova va katta o‘qituvchi M.K. Begizova tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Dasturda 20 nafar talaba faol ishtirok etib, “Maqolni top”, “Sinonim top” va “Taboo” kabi qiziqarli o‘yinlar orqali ona tilining boyligi va lingvistik xususiyatlarini o‘rganishdi. Talabalar nafaqat bilimlarini sinab ko‘rdilar, balki jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantirdilar.
Tadbirning faol ishtirokchilari sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bunday tadbirlarning o‘quv jarayonida katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi va kelgusi davrda ham shu kabi bayramlarni o‘tkazish rejalashtirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥4👍3👏2🎉1
OʻzDJTU va UNIKOM o‘rtasida hamkorlik memorandumi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (UzSWLU) Ikkinchi chet tillar kafedrasi mudiri, PhD, dotsent v.b. Elmira Moydinova hamda UNIKOM universiteti Adabiyot fakulteti kafedra mudiri Dr. Tatan o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Kelishuv quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
• Talaba va o‘qituvchilar almashinuvi, COIL asosidagi onlayn kurslar;
• Leksik kompetensiya, AI va CLIL bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar;
• Yillik “Digital & AI in Language Education” forumi va ilmiy sessiyalar;
• O‘qituvchilar uchun Professional Development Bootcamp’lar;
• Qo‘shma elektron darsliklar va raqamli o‘quv resurslarini yaratish;
• OʻzDJTUda “Indonesian Corner” va Indoneziyada “Uzbekistan Corner” tashkil etish.
Mazkur memorandum ikki oliygoh o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3