O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.6K subscribers
48.6K photos
3.02K videos
323 files
9.75K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kechki ta’lim yo‘nalishining 5-bosqich talabalari tomonidan o‘tilgan malakaviy pedagogik amaliyot yakunlari bo‘yicha himoya jarayonlari boshlandi.


4-noyabr kuni Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti 5-bosqich talabalarning malakaviy pedagogik amaliyotini himoya qilish jarayoni Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №2 kafedrasi tomonidan kafedra mudiri rahbarligida, kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazildi.

Ushbu jarayonda Talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari ham ishtirok etishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍106🤩3
0️⃣0️⃣0️⃣

5-noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti profilaktika inspektori S. Sherboyev hamda Sharq filologiyasi fakulteti tyutori G. Shirinkulova tashabbusi bilan “Xavfsiz ijara” shiori ostida ijara xonadonlariga tashrif tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalarga ijara shartnomalarining huquqiy jihatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganilib, talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi.

Mazkur tashrif orqali talabalarning ijara shartnomasiga oid huquqiy savodxonligi oshirildi hamda ularning o‘qish jarayonidagi mavjud muammolar va takliflar o‘rganildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
📚📚📚📚📚📚📚

OʻzDJTU vakili xalqaro seminarda ishtirok etdi


4-5 noyabr kunlari OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili ikkinchi chet tili kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, dotsent Yuldashev Azim Abdurahmonovich University Putra Malaysia universitetida tashkil etilgan “Lexicography, encyclopaedia and terminology” mavzusidagi xalqaro seminarning 9-pleneriumida online qatnashdi.

Seminarda bir qator xalqaro olimlar, tadqiqotchilar ham ishtirok etdi. OʻzDJTU vakili Azim Yuldashev ham dastur davomida seminar qatnashchilariga zarur va manfaatli bilim ulashib, mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: University Putra Malaysia universiteti THE reytingida Top-200 talikka, QS da esa top 100talikka kirgan. Oliygoh OʻzDJTU bilan talabalar almashinuvi, maqolalar chop etish boʻyicha ham oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍5👏2🔥1
📢 E’LON

OʻzDJTU Ingliz tili 1-fakulteti xorijiy mutaxassisi Giuseppe Chiaramonte tomonidan oʻtkaziladigan Scopus bazasida indekslangan jurnallarda maqola chop etish bo‘yicha ilmiy-seminar treningning navbatdagi "10 ways to turn your research into a compelling SCOPUS article" mavzusidagi sessiyasiga barchangizni taklif etamiz.

🔹 Mazkur sessiyada xalqaro ilmiy jurnallarda, xususan Scopus bazasidagi nashrlarda ilmiy ishlarning strukturasini takomillashtirish, hamda abstract yozish va tahrirlashning ilg‘or amaliyotlari yoritiladi.

🎓 Professor Chiaramonte ishtirokchilarga ilmiy maqola yozish jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy metodik yondashuvlar, tadqiqot dizayni, va maqolani xalqaro talablar darajasiga olib chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni ushbu ilmiy-amaliy seminarda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

📍 Manzil: 7-qavat, kichik majlislar zali
🕒 Vaqt: 6-noyabr, soat 15:00


✉️ Tashkilotchi: Ingliz tili 1-fakulteti
11👍5
Ispaniyaning Kadis universitetida ilmiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Kadis universitetida “Prejuicios y estereotipos en torno a Andalucía y lo andaluz” (“Andalusiya va andalusiyaliklar haqidagi stereotiplar va noto‘g‘ri qarashlar”) mavzusida ilmiy mesa redonda — davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Andalusiya mintaqasining madaniy o‘ziga xosligi, aholining turmush tarzi, urf-odatlari va ular haqidagi ommaviy stereotiplar atroflicha tahlil qilindi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetining ispan tili yo‘nalishi 4-bosqich talabasi, Erasmus loyihasi sovrindori, hozirda Ispaniyaning Kadis universitetida tahsil olayotgan Alimova Gulchehra mazkur davra suhbatida faol ishtirok etdi.

U o‘z chiqishida Andalusiya madaniyatiga oid ayrim stereotiplarning tarixiy ildizlarga ega ekanini, ammo zamonaviy Andalusiyada bu qarashlarning ko‘pchiligi o‘z ahamiyatini yo‘qotganini ta’kidladi. Shuningdek, u O‘zbekiston va Ispaniya madaniyatlari o‘rtasidagi o‘xshash jihatlar haqida ham qiziqarli fikrlar bildirdi.

Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar, talabalar va tadqiqotchilar Andalusiyaning boy madaniy merosi, san’ati, tili, musiqasi hamda mehmondo‘stlik an’analari haqida fikr almashdilar. Ba’zi ishtirokchilar Andalusiyani faqat flamenko, quyosh va plyajlar bilan bog‘lash noto‘g‘ri ekanini, bu mintaqa Ispaniya tarixida muhim ilmiy va madaniy markazlardan biri bo‘lganini alohida ta’kidladilar.

Uchrashuv jonli, interfaol va do‘stona muhitda o‘tdi. Ishtirokchilar savol-javoblar orqali Andalusiya haqidagi tasavvurlarini boyitib, yangi bilim va taassurotlar orttirdilar. Tadbir yakunida Kadis universiteti professorlari xalqaro talabalarning faol ishtirokini yuqori baholadilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Xitoy ikkinchi ta’lim forumiToshkenttelekanaliningPoytaxt” informatsion dasturida yoritildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3👏2
#BeshMuhimTashabbus

2025-yil 5-noyabr kuni “5 muhim tashabbus” tadbirlari doirasida OʻzDJTU Ingliz tili №3 fakulteti Amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari M.N. Isamuxamedova va D.M.Kambarova rahbarligida 2518-guruh talabalari bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif uyushtirildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad yosh avlodda milliy qadriyatlar, tarixiy merosimiz va buyuk ajdodlarimiz hayoti hamda faoliyatiga nisbatan hurmat va qiziqishni oshirish, shuningdek, ularning madaniy saviyasini yuksaltirishdan iborat.


Dastur davomida talabalar buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hayoti hamda faoliyatiga oid boy tarixiy eksponatlar, nodir hujjatlar va san’at asarlari bilan tanishdilar. Muzeydagi ko‘rgazmalar, ayniqsa, Amir Temur davriga oid asarlar va haykallar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Talabalar ushbu tashrif davomida Amir Temur shaxsining tarixdagi o‘rni, uning siyosiy donoligi, davlat boshqaruvidagi tamoyillari hamda yurt ravnaqi uchun qilgan xizmatlari haqida ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tashrif talabalarda yurtimiz tarixi va milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍5👏1🤩1