Test sinovlari davom etmoqda
Davlat OTMlariga kirish uchun boʻlib oʻtayotgan imtihonlar Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga biriktirilgan “Yoshlik” sport majmuasida ham davom etmoqda.
OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan mazkur manzildagi imtihon jarayonlari muntazam nazorat qilib borilmoqda.
Ma’lumot uchun: OʻzDJTU xodimlariga navbatchilik asosida tonggi soat 5:00dan imtihon tugagunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida abituriyentlarga elektron ruxsatnomalar chiqarib berish, abituriyent test sinovlari olinadigan binoga olib kirishi ta’qiqlangan qoʻshimcha buyumlarni u imtihondan chiqqunga qadar saqlab turish, nazoratchilik kabi vazifalar yuklatilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4
2025-yil 15-iyuldan 11-avgustgacha Toshkent shahrida Koreya xalqaro hamkorlik xizmati (KOICS) ko‘magida keng ko‘lamli volontyorlik dasturi amalga oshirilmoqda. Loyihaga muvofiq, Janubiy Koreyadan 60 nafar volontyor poytaxtga tashrif buyurdi. Ular ikki guruhga bo‘linib, turli ijtimoiy va infratuzilmaviy tashabbuslarda ishtirok etadilar.
17-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi rahbariyat vakillari mazkur volontyorlar bilan uchrashdi.
Dastur davomida volontyorlar reja qilgan vazifalar, jumladan, belgilangan mahallalardagi maktab, bogʻcha, sport maydonchalarida amalga oshiriladigan oʻquv dasturlar, turli mashgʻulotlar, ta’mirlash ishlari, madaniy tadbirlar, qolaversa, qariyalar uyida keksalarga koʻrsatiladigan yordam masalalarida suhbat olib borildi.
Rektor I.Tuxtasinov bu kabi hamkorliklar ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.
Ma’lumot uchun: KOICS tashkiloti Koreyaning xalqaro volontyorlik missiyalarini muvofiqlashtiradi. Uning asosiy maqsadi — mahalliy jamoalar, ta’lim muassasalari va ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj guruhlarga yordam ko‘rsatishdir.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍5🔥1👏1🤩1
2024/2025-o‘quv yili yakuniga ko‘ra 1-bosqich talabgor talabalarining ta’lim grantiga ariza berish jarayoni boshlandi!
Agar siz kontrakt asosida tahsil olayotgan va ijtimoiy faolligingiz bilan ajralib turadigan talabalar safida bo‘lsangiz, grant o‘rniga tavsiya etilishingiz mumkin!
– Kitobxonlik madaniyati
– 5 muhim tashabbusdagi ishtirok
– Akkademik o'zlashtirish ko'rsatkichi
– Universitet ichki tartib qoidalari va Odob-axloq kodeksiga rioya etishi
– Xalqaro, respublika, viloyat miqyosida fan olimpiadalari va sport musobaqalardagi yutuqlar
– Darslarga qatnashish intizomi (Davomat)
– "Ma'rifat darslari"dagi faol ishtiroki
– Volontyorlik va ijtimoiy ishlarida faolligi
– Teatr va muzey, hiyobon, kino, tarixiy qadamjolarga tashriflari
– Sog‘lom turmush tarzi va sport faoliyati
– Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi faollik
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
kontrakt.edu.uz
EDU Kontrakt
Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
❤2😢2👍1
“Учитель узбекистана” gazetasining 2025-yil 18-iyuldagi 29-sonida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti dekani Azizxon Raxmonovning «Вступистельные экзамены - время проверок не только для абитуриентов» nomli maqolasi chop etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏14❤7🎉4👍3
Forwarded from Edu.uz
#kvota2025 #davlat_buyurtmasi
Bakalavr va magistratura qabuli uchun 4 yillik davlat granti o‘rinlari tasdiqlandi
Prezidentning tegishli farmoyishi (PF–43-son, 18.07.2025 y.) bilan 2025/2026-o‘quv yili va kelgusi uch yil uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Bakalavriat va magistratura bosqichlariga jami 45 422 ta ajratilgan davlat granti o‘rinlari quyidagicha belgilandi:
🔸Bakalavriat (kunduzgi ta’lim shakli) – 35 500 nafar,
🔹Magistratura (kunduzgi ta’lim shakli) – 9 922 nafar.
Shuningdek:
➖ Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun – 1 320 ta,
➖ Xorijdagi vatandosh yoshlarga – 30 ta,
➖ Xotin-qizlar uchun – 4 000 ta grant belgilandi.
Qabul parametrlarining taqsimoti:
▪️Hududlar va sohalar ehtiyojiga qarab,
▪️Imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha parametrlarga asoslangan holda,
▪️Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballari va granti/to‘lov-kontrakt asosida aniqlanadi.
Bundan tashqari, ayrim sohalarning (tillar, san’at, sport va boshqalar) o‘ziga xosliklari inobatga olinadi.
Yangi tizim orqali davlat granti imtiyozlari shaffoflik asosida beriladi va yuqori ball to‘plagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bakalavr va magistratura qabuli uchun 4 yillik davlat granti o‘rinlari tasdiqlandi
Prezidentning tegishli farmoyishi (PF–43-son, 18.07.2025 y.) bilan 2025/2026-o‘quv yili va kelgusi uch yil uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Bakalavriat va magistratura bosqichlariga jami 45 422 ta ajratilgan davlat granti o‘rinlari quyidagicha belgilandi:
🔸Bakalavriat (kunduzgi ta’lim shakli) – 35 500 nafar,
🔹Magistratura (kunduzgi ta’lim shakli) – 9 922 nafar.
Shuningdek:
Qabul parametrlarining taqsimoti:
▪️Hududlar va sohalar ehtiyojiga qarab,
▪️Imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha parametrlarga asoslangan holda,
▪️Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballari va granti/to‘lov-kontrakt asosida aniqlanadi.
Bundan tashqari, ayrim sohalarning (tillar, san’at, sport va boshqalar) o‘ziga xosliklari inobatga olinadi.
Yangi tizim orqali davlat granti imtiyozlari shaffoflik asosida beriladi va yuqori ball to‘plagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2
Forwarded from Edu.uz
Bakalavr grant 4 yillik.pdf
1.4 MB
#kvota2025 #davlat_buyurtmasi #bakalavr
⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti
2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:
▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti
2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:
▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍1
Forwarded from Edu.uz
Magistratura grant 4 yillik.pdf
5.8 MB
#kvota2025 #davlat_buyurtmasi #magistr
⚡️Magistratura ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti
4-yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari
▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 784 ta.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚡️Magistratura ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti
4-yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari
▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 784 ta.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3👍1
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari malaka oshirish maqsadida Janubiy Koreyaning Suncheon milliy universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Ushbu ilmiy-amaliy tashrif Koreya Respublikasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’limiy hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri hisoblanadi. Malaka oshirish dasturi davomida koreys filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari koreys adabiyoti, tili, tarixi va madaniyatiga oid chuqurlashtirilgan bilimlarga ega bo‘lmoqdalar.
Ayniqsa, koreys tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasi, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatlari kabi yo‘nalishlarda amaliy seminar va treninglarda ishtirok etishmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi — O‘zDJTU Koreys filologiyasi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajribani o‘rganish hamda O‘zbek va Koreya o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashdan iborat.
Shuningdek, mazkur tashrif doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-tadqiqot loyihalar, akademik almashinuv dasturlari va qo‘shma konferensiyalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ham muzokaralar olib borilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍3🔥2🤩1