Urikguli
5.39K subscribers
497 photos
338 videos
5 files
252 links
Eko blog
📞@urikguli
🌱Donatlar uchun
https://www.tirikchilik.uz/urikguli
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌳15-aprel — Ekologik bilimlar kuni

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti
3-kurs talabasi Qurvonboyev Aslbekning
“Ekologiya sohasidagi huquqlar, burchlar va muhofaza” mavzusidagi ma’ruzasi.
Shu joyda yangi bino qurilishi mo’ljallangan. Hududda 5 6 ta katta daraxtlar bor. Mirzo Ulug’bek tumani hokimiyati quyidagi ma’lumotdan xabardor va daraxtlarni sifatli ko’chirib o’tkizadi degan umiddamiz.

Vazirlar mahkamasining 464-sonli qaroriga ko'ra, o'rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni qurilish maqsadida kesishga ruxsat beriladi. Faqat kompensatsiya qilish yoki ko'chirib o'tkazish sharti bilan.

Qarorning 5-bobiga ko'ra qurilish tashkiloti daraxt va butalarni kesish uchun maxsus ruxsatnoma olishi, ruxsatnoma olib daraxtlarni kesgan qurilish tashkiloti 10 tup 5 yillik daraxtlar ekish va ularni parvarish qilish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyat yuklatiladi.
Shuningdek daraxtlar koʻchirib oʻtkazilishi ham mumkin. Daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazish ishlari Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillari ishtirokida yer egalari tomonidan amalga oshiriladi.
🇫🇷 Parijda 17 yil ichida havo sifati tubdan yaxshilandi. PM 2.5 zarrachalari miqdori 55% ga, havo ifloslanishidan vafot etish holatlari esa 30% ga qisqardi.

Nimalar qilindi:
✖️ 500 ta ko‘chada avtomobillar harakati taqiqlangan
✖️ 50 000 ta to‘xtash joyi qisqartirilgan
🌳 Piyodalar va yashil hududlar, veloyo‘laklar barpo etilgan

Credits: www.washingtonpost.com
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌳Tanishing O’zbekistondagi birinchi suyuq daraxt!

Telegram Instagram
❗️Chorsu bozori yaqinidagi o’sha mashhur bino buzilmoqda. Buzish davomida ko’tarilayotgan chang havoni ifloslab, atrofdagi odamlar salomatligiga ta’sir qilyapti.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 14-son buyrug‘ining 32-bandiga ko'ra bino va inshootlarni buzishda atrof-muhit xavfsizligi ta'minlanishi lozimligi ko'rsatilgan. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 85¹-moddasiga ko'ra o‘lchami 500 kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida, unga tutash bo‘lgan hududda hamda undan chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzgan mansabdor shaxslarga ma'muriy javobgarlik belgilangan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligidan ushbu holatni nazoratga olishini so’raymiz.
📚Kitoblar kerak!

Yuqori Chirchiq tumanidagi 41-sonli maktab uchun kitoblar yig’yapmiz. Bolalar va kattalar uchun mos bo’lgan, o’qib bo’lgan kitoblaringizni ushbu kutubxona uchun bering.

@urikguli ga yozing
Forwarded from Minds in Motion (Yulduz Abdullayeva)
Yaqinda Urikguli Chorsu savdo markazidagi qurilish haqida maqola o‘qib qoldim. Yuqoridagi rasmlarda esa Germaniyada shaharning markazida olib borilayotgan qurilish jarayoni tasvirlangan. Qurilayotgan yoki ta’mirlanayotgan bino atrofini to‘liq o‘rab olishgan (hafsizlik va estitik ko'rinish uchun), yuqoridan tushayotgan chiqindilar uchun mahsus quvur o‘rnatilgan.

Rasmdagi qora quvur shaklidagi narsa — bu qurilish chiqindilarini tushirish quvuri (inglizcha nomi: debris chute yoki rubble chute). Bu tizim aynan qurilish vaqtida paydo bo‘ladigan chiqindilarni (g‘isht, beton, yog‘och bo‘laklari va boshqalar) binoning yuqori qavatlaridan xavfsiz tarzda pastga tushirish uchun o‘rnatiladi.

Uning vazifalari:
Chiqindini xavfsiz tushurish – odamlar va atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmaydi.

Changni kamaytirish – chiqindilar yopiq quvurdan o‘tgani uchun chang havoga kamroq ko‘tariladi.

Ish unumdorligini oshirish – chiqindilarni qo‘lda pastga tushirishga ehtiyoj qolmaydi, vaqt tejaydi.

Tartib va tozalik – qurilish maydonini toza va tartibli ushlab turishga yordam beradi.

Shuningdek, bu yerda qanday bino qurilayotgani yoki ta’mirlanayotgani, qurilishni qaysi kompaniya olib borayotgani haqida to‘liq ma’lumot yozilgan. Qurilish jarayonini aynan shu hududda dukoni bor tadbirkorlar nazorat qilishadi. Chunki agar bu yerda chang yoki tartibsizlik yuzaga kelsa, ular mijozlaridan ayrilishi mumkin. Axir kim ham chang bosgan, noqulay joyda savdo qilishni xohlaydi?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taajjub, ko’z oldingda bo’lib turgan narsalarni ko’pam payqamaysan kishi…

Telegram Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reyd #рейд

🚯Buxoroda chiqindilarni joylashtirish talablarini buzgan besh bozor maʼmuriyatiga chora ko‘rildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi respublika ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatini “Tozalik va yashillik makoni”ga aylantirish bo‘yicha targ‘ibot harakatlari doirasida o‘rganishlar olib borildi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/47128

🚯В Бухаре приняты меры в отношении администраций пяти рынков за нарушение требований в сфере обращения отходами

В рамках информационно-просветительской работы по превращению Бухарской области в «Пространство чистоты и зелени» республиканская рабочая группа Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата провела ряд контрольных мероприятий.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/47128

🚯Measures taken against administrations of five markets in Bukhara for violating waste management requirements

As part of the outreach work to turn Bukhara region into a "Clean and Green Space", the republican working group of the Ministry of Ecology, Environmental Protection and Climate Change conducted a number of control activities.
https://gov.uz/en/eco/news/view/47128

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 📗 WhatsApp
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
22-aprel — Xalqaro Yer kuni!
O’z sayyorangizni seving, yerliklar!🌍❤️

Telegram Instagram
Forwarded from Minds in Motion (Yulduz Abdullayeva)
Mikroplastiklar global oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda!

Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, mikroplastik (MP) ifloslanishi quruqlik o‘simliklari, dengiz va chuchuk suv o'tlarida fotosintezni 7–12% ga kamaytiradi — bu esa oziq-ovqat tizimimiz uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Metadata analizi natijalariga ko'ra

- MP ta’sirida o‘simliklarning xlorofill miqdori 11–13% kamayadi.
- Har yili dunyo bo‘yicha taxminiy yo‘qotishlar:
• Asosiy ekinlarda 4–13% (taxminan 110–361 million tonna)
• Suv ekotizimlarida 0.3–7% (taxminan 148–3415 million tonna uglerod).


Shunday bo'lsada atigi 13% mikroplastik ifloslanishini kamaytirish orqali bu yo‘qotishlarning ~30% qismini oldini olish mumkin.

Natijada yiliga

- 22–116 million tonna ekin
- 0.3–7.4 million tonna dengiz mahsulotlari saqlab qolish mumkin bo‘ladi.

Ma'nba:
https://www.pnas.org/doi/abs/10.1073/pnas.2423957122

#Mikroplastik #IqlimInqirozi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💚Maysa va archa ekavermasdan, dala gullari, nektarga boy gulli daraxt va butalar eking. Nafaqat bog’, balki deraza oldini ham gullar bilan to’ldiring. Kimyoviy pestitsidlar o‘rniga tabiiy o’g’itlardan foydalaning.

Nastarinlarni va umuman gullarni uzmang! Chiritib yo’q qilasiz! Tegmasangiz arilar uchun ovqat bo’ladi.

Telegram Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Archemistry | Urban | yo‘llarda bolalar o‘lmoqda (Iskandar Soliev)
Bola o‘ldi. Ota-ona endi uni qayta ko‘rmaydi. Kim aybdor?

2-may kuni, Toshkentning Qushbegi hududida, Kichik halqa yo‘lida, 6-sinf o‘quvchisi sport maktabidan qaytayotganda, yashil chiroqda yo‘lni kesib o‘tayotib, ikki avtomobil tomonidan urilib halok bo‘ldi. Haydovchilar to‘xtamagan. Kamera yo‘q. Rasmiylar jim. Axborot yo‘q. Tashxis bor: bu tizim bolalarni o‘ldiradi, lekin javobgarlikni tan olmaydi.

Bu shunchaki yo‘l emas. Bu — tizim aybi.

1. Maktab yo‘l o‘rtasida emas. Yo‘l — maktabni o‘rab olgan.

Qushbegidagi bu maktab o‘z joyida edi. Keyinchalik esa uni estakada va Kichik halqa yo‘li ichida qamab qo‘yishdi. Maktab yonida tezlik yuqori bo‘lgan magistral yo‘l bo‘lishi — bolalar hayotiga ochiq tahdid. Bunga kim ruxsat berdi?

2. Agar bu tez yuriladigan yo‘l bo‘lsa, unda nega uylar, xizmat obyektlari qurilgan?
Nega hokimiyat va Qurilish vazirligi shu yo‘l bo‘yida ko‘p qavatli turar joylarga, servis va oshxonalarga ruxsat bergan? Bu halqa yo‘limi, piyodalar harakati bo‘lgan mahalla yo‘limi? Aralash funksiyalar — bu halokat uchun ideal sharoit.

3. Servislar, oshxonalar — trotuarni egallab, piyodalarni yo‘ldan yurishga majbur qilmoqda.
Xizmat ob’yektlari na piyodalar uchun yo‘lak qoldirgan, na to‘g‘ri parkovka tashkil etgan. Mashinalar trotuarni to‘sib qo‘ygan. Bola ko‘rinmaydi. Haydovchi ko‘rmaydi. Oqibat — o‘lim.

4. Svetofor bor — lekin kamera yo‘q. Bu yerda qonun ishlamaydi.
Piyodalar yo‘lagi va svetofor bor. Lekin nazorat yo‘q — qizil chiroqda bemalol o‘tayotgan mashinalarga hech kim chora ko‘rmaydi. Ustiga ustak, aynan shu yerda mashinalar qayrilib o‘tishadi.

Asosiy muammo shundaki, piyoda o‘tish joyi faqat chizma bilan ajratilgan, fizik xavfsizlik orolchasi yo‘q.

❗️ Kim aybdor?

Kim bilmadim, lekin — maktabni xavfli yo‘l o‘rtasida qoldirgani uchun.

Hokimiyat va ruxsat beruvchi organlar — halqa yo‘li bo‘yida uylar, obyektlar qurilishiga yo‘l bergani uchun.

YHXB — svetofor bo‘lsa-da, kamera o‘rnatmagani, xavfsizlik orolchasi yo‘qligi va nazoratni ta’minlamagani uchun.

Xizmat obyektlari egalari — trotuarlarni egallab, piyodalarni yo‘lga haydagani uchun.

Bola yo‘q. Ota onasi zo‘rg‘a o‘stirib yo‘qotishmoqda. Tizim esa o‘zgarishni istamayapti.


Bu oddiy qoidabuzarlik emas. Bu — tizimli muammo. Kamera yozuvi yo‘q deb jim qolmaslik kerak. Bu jimlikni sindiraylik. Tizim o‘zgarmasa, bu oxirgi fojia bo‘lmaydi.

Bu postni ulashing. Haqiqat kameraga sig‘masa ham, adolat so‘raladi. Moshinada tezlik bilan kelib urib odam o‘ldirib, erkinlikda yurgan bunday qotillarni xalq tanishi kerak!

👍@archemistryurban
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM