IMA Urganch shahar 1-son IMI
1.88K subscribers
6.81K photos
565 videos
25 files
2.23K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#Bobur_tavalludining_541_yilligi

Bugun O‘rta asr sharq tarixi, madaniyati va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Bobur o'zining beqiyos aql-zakovati bilan tarixda munosib iz qoldirdi, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi, o‘z davrining ilm-fan hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shdi.

Uning o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari o‘sha davrga oid bebaho tarixiy manba hisoblanadi. Unda Bobur yashagan davr, ijtimoiy-siyosiy hayot hamda voqealar go‘zal badiiy tasvir va mahorat bilan aks ettirilgan.

Bobur Mirzoning boshqa o‘nlab asarlari, g‘azal va ruboiylari o‘zbek she’riyati tarixida katta o‘rin tutuvchi ulkan xazina hisoblanadi.

Bobur — shaxs va ijodkor sifatida bugungi avlod uchun o‘lmas namunadir.