IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.03K subscribers
6.89K photos
568 videos
29 files
2.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#buyuk_siymolarga_ehtirom

#adabiy badiy kecha

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida   buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arboblari Alisher Navoiy tavaluddining 583 yilligi hamda, Zahiriddin Muhammad Bobur  tavalludi  541 yilligi munosabati bilan “Nazm boʻstonida ikki buyuk chinor’’ mavzusida  tadbir boʻlib oʻtdi.

Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Asalxon Yuldasheva tomonidan tashkil qilingan
adabiy-badiiy kechada  maktabning 6-01, 6-02, va 6-03 sinf oʻquvchilari faol ishtirok qilishdi.
   
⚡️O‘quvchilar  Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy va serqirra ijodiy meroslari hamda hayot yoʻli haqida ajoyib she'r va qoʻshilarni ijro qilishdi.

⚡️Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur haftaligi maktabimizda hali ham davom etadi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#buyuk_siymolarga_ehtirom

#adabiy_bellashuv

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arboblari Alisher Navoiy tavaluddining 583 yilligi hamda, Zahiriddin Muhammad Bobur  tavalludi  541 yilligi munosabati bilan Navoiy va Bobur haftaligi doirasida “Nazm boʻstonida ikki buyuk chinor’’ mavzusida  maktabimizning 6-sinf oʻquvchilari oʻrtasida bellashuv   boʻlib oʻtdi.

📌Bellashuv 3 shartdan iborat shaklda oʻtkazildi.

1⃣-shart. Buyuk siymolar hayoti va ijodi boʻyicha tezkor savol-javob.

2⃣-shart. Navoiy va Bobur ijodidan she'riy mushoira.

3⃣-shart. Ularning hayoti va ijodi aks etgan Loyiha ishi.

📍Musobaqa qizgʻin shaklda boʻlib oʻtdi.

🥇-oʻrin 53 ball bilan 6.03 sinfi jamoasi;

🥈oʻrin 46 ball bilan 6.01 sinfi jamoasi;

🥉oʻrin 38 ball bilan 6.02 sinfi jamoasi egalladi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#buyuk_siymolarga_ehtirom
#adabiy_uchrashuv

🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arboblari Alisher Navoiy tavaluddining 583 yilligi hamda, Zahiriddin Muhammad Bobur  tavalludi  541 yilligi munosabati bilan "Navoiy va Bobur haftaligi" doirasida “Nazm boʻstonida ikki buyuk chinor’’ mavzusida Viloyatimizning Navoiyshunos olimlari va shoirlari bilan adabiy-uchrashuv boʻlib oʻtdi.

📌Uchrashuvda Xalqaro "Oltin meros"  jamgʻarmasi Xorazm viloyati boʻlimi raisi Komiljon Nurjanov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Oʻktam Davletov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi bosh mutaxasisi Boltaboy Bekmatovlar qatnashdi.

📝
Adabiy - uchrashuv badiiy qism  va qizgʻin suhbat asosida boʻlib oʻtdi.

📍Tashrif buyurgan shoirlar oʻzlari ijodidan ajoyib sheʼrlarni oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilishdi.

📄Navoiyshunos olimlardan maktabimizning kitobsevar oʻquvchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Telegram