IMA Urganch shahar 1-son IMI
1.6K subscribers
6.81K photos
565 videos
25 files
2.23K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#psixolog_faoliyati
#Urganch_1_IMI

🏫Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab psixologi Laylo Otajanova 8-01 sinf o'quvchilari bilan "Onamga xat" treningini musiqa sadolari ostida o'tkazdi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Ochiq_dars
#Urganch_1_IMI

📍29-aprel kuni  ona tili va  adabiyot fani o'qituvchisi M. Karimova tomonidan 9-03-sinfda  Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romani bo'yicha bahs-munozara dars o'tkazildi.

☑️Darsda nafaqat, turkiy xalqlar adabiyoti va madaniyati ravnaqiga hissa qo'shgan  balki jahon adabiyoti rivojida ham  munosib o'rin olgan ijodkor Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romanida qalamga olingan davr muammolari xususida qizg'in munozara tashkil etildi.

✔️Dars interfaol usulda olib borildi. O'quvchilarda 4 K modeli asosida  kreativlik, kommunikativlik, kolaboratsiya va kritik( tanqidiy fikrlash) ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodlardan foydalanildi.

Asar personajlarining  faoliyati qizg'in tahlil qilinishi va xulosalarga asoslanib o'quvchilar milliy o'zlikni unutmaslik chinakam insoniylikning tagzamini bo'la llishini anglab yetdilar.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#psixolog_faoliyati
#Urganch_1_IMI

🏫Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab psixologi Laylo Otajanova 8- sinf o'quvchilari bilan "Baxtli bo'lish o'z qo'limizda" treningini o'tkazdi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#psixolog_faoliyati
#Urganch_1_IMI

🏫Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab psixologi Laylo Otajanova 10-03 sinf o'quvchilari bilan "Kaftdagi tilaklar" treningini o'tkazdi.

📍Maqsad: o'quvchilarning o'zaro ijobiy kayfiyatini va do'stona munosabatini shakllantirish.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni
#Urganch_1_IMI

📍Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9-may -Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan " Nomingiz dillarda mangu yashaydi" shiori ostida ZAKOVAT QUIZ o'tkazildi.

✳️Zakovat quizda 5-10-sinflardan tashkil topgan 12 ta jamoa ishtirok etdi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Urganch_1_IMI

XOTIRA AZIZ, QADR MUQADDAS

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bir guruh o'quvchilari 9-may- " Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan bayramona buklet tayyorlab, ularni shahrimiz bo'ylab  tarqatishda faol ishtirok qildilar.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Urganch_1_IMI
#9-may

XOTIRA AZIZ, QADR MUQADDAS

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bir guruh o'quvchilari

🏅🏅🏅 9-may- " Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan 1925-yil Qo'shko'pir tumanida tug'ilgan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Iskandarov  Vapo ota xonadoniga tashrif buyurib, u yerda mehmon bo'ldilar.

🎗🎗Ushbu tashrif juda qiziqarli suhbatga boy bo'ldi. Vapo ota o'quvchilarga Ikkinchi jahon urush haqidagi qiziqarli taassurotlarni gapirib berdi.

💐💐💐Aziz insonlarni mana shunday kunda yod etish har bir inson qalbida VATAN uchun jon bergan insonlarga e'zoz tuyg'usini shakllantiradi.

🏵Zero, "XOTIRA AZIZ, QADR MUQADDASDIR"

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#ochiq_dars
#Urganch_1_IMI

🏢Urganch shahar 1-son maktab-internatining ingliz tili fani o'qituvchisi Sevara Soloyeva o'zi rahbarlik qilayotgan 5-02 sinfda ma'naviyat soatida " Qahramonlik, burch va fidoiylik" mavzusida ochiq dars o'tkazdi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Hamkorlik
#targ’ibot_tadbiri
#Urganch_1_IMI

🕹Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida TDYU professor-o’qituvchilari va talabalari "Men O‘zbekistonlikman" loyihasi doirasida targ’ibot tadbiri o’tkazdi.

✔️ Loyiha doirasida 10- sinf o’quvchilari o’rtasida Zakovat intellektual o’yini tashkil etildi.

📍G’olib bo’lgan jamoalar targ’ibot guruhi tomonidan esdalik sovg’alari va diplom bilan taqdirlandilar
.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#fizika #yosh_bilimdonlar #Bolalar_ombudsmani_sovrini
#Urganch_1_IMI

✔️Joriy yilning 22-may kuni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Bolalar Ombudsmani sovrini» uchun fizika fanidan o‘tkazilgan olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📍Mazkur bosqichda
viloyatimizdan ishtirok qilgan o‘quvchilar orasidan 46 nafari faxrli o‘rinlarni egallab g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

📍G’oliblar safida maktab-internatining👇

✔️9-02 sinf o’quvchisi Olloberganov Akmalbek faxrli🥈o’rin;

✔️9-02 sinf o’quvchisi Rajabova Gulruh faxrli 🥈o’rinni egalladi.

🎉Gʻolib o‘quvchilarimiz viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Bektemirov hamda tuman, shahar hokimlari tomonidan e’tirof etilib, Xalqaro Nordik universiteti, Bolalar ombudsmani, Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorligidagi sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram