IMA Urganch shahar 1-son IMI
1.87K subscribers
7.04K photos
585 videos
38 files
2.31K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#New_Uzbekistan_University

✳️Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yangi O'zbekiston" universiteti xodimlari Murodbek Islomov va Javohir Saidibragimovlar tomonidan targ‘ibot dasturi o'tkazildi.

⚡️Tadbirni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi boshlig'i Sarvar Abdullayev kirish so'zi bilan ochib berdi.

💢Universitetga iqtidorli o'quvchilarni jalb qilish, muassasa faoliyati bilan o'quvchilarni tanishtirish maqsadida tashkil qilingan ushbu uchrashuv davomida o'quvchilar ulkan marralarni zabt etishda poydevor boʻla oladigan ta'lim maskani faoliyati toʻgʻrisida muhim ma'lumotlarga ega boʻlishdi.

♻️ Uchrashuv qizg'in kechdi va bitiruvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Eng faollarga esdalik sovg'alari topshirildi.

📍Bugungi tadbir viloyatning 9 ta hududidan jamlangan bitiruvchilar uchun o'tkazildi. Targ'ibot dasturi ertaga Xiva shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tadi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_University

YANGI O'ZBEKISTON UNIVERSITETI HAQIDA MA'LUMOTLAR BERILDI

Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston" universiteti xodimlari tomonidan targ‘ibot dasturi o'tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Jarayonlar haqida Xorazm telekanali dasturlarida lavha namoyish qilindi.

📲DASTURNING HD versiyasi👇
https://www.youtube.com/c/XORAZM24

🌐 Telegram | Facebook
#new_Uzbekistan_university

⚡️"Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalari xalqaro matematika olimpiadasida 3 ta medalni qoʻlga kiritishdi

🧮 Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida matematika fanidan oʻtkazilgan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi II xalqaro olimpiadasida universitetimiz talabalari 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi:

🥈Abrorjon Butayev – kumush medal;
🥈Olimjon Olimov – kumush medal;
🥉Jasurbek Roʻziboyev – bronza medal.

📝 Maʼlumot uchun, olimpiadada 40 ta jamoadan (14 tasi xorijiy, 26 tasi mahalliy) 225 nafar talaba ishtirok etgan.

💫 Talabalarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

⚡️ Agentligimiz tizimidagiYangi O‘zbekiston” universiteti diplomi Germaniyada tan olindi

❗️“Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniyaning Anabin tashkiloti tominidan Germaniyada tan olinganlik sertifikatiga va eng yuqori H+ reytingiga ega bo‘ldi.

Unga ko‘ra universitetdagi ta'lim tizimi Germaniya universitetlari tomonidan tan olinib, talabalar o‘qishni ko‘chirishi, qo‘shma ta'lim dasturlari tashkil etish, tadqiqotlar o‘tkazish va turli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoni yaratildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

KO‘P SO‘RALAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOB BERAMIZ


Savol: Qaysi taʼlim yo'nalishlariga o‘qishga arizalar qabul qilinmoqda?

“Yangi O‘zbekiston” universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagi 9 ta taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga onlayn arizalar qabuli davom etmoqda:

Kimyo va materialshunoslik muhandisligi;
Mexanika muhandisligi;
Dasturiy ta’minot muhandisligi;
Kiberxavfsizlik;
Sun’iy intellekt va robototexnika;
Amaliy matematika;
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
Pedagogika;
Sanoat boshqaruvi.

👉 O‘qishga ariza topshiring.

📞 Koll-markazi: +998712024111
🤖 Telegram bot: @newuucontact_bot

#qabul2024 #admission2024

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#new_Uzbekistan_university

KO‘P SO‘RALAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOB BERAMIZ

Savol: “Yangi O‘zbekiston” universitetda saralash imtihoni qay tartibda o'tkaziladi?

Javob: Universitetda 2024/2025-o‘quv yili uchun saralash imtihoni joriy yilning 6-iyul kuni Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi. Barcha yo‘nalishlar uchun imtihon matematika va mantiqiy fikrlashdan olinadi.

📶 Eslatib o‘tamiz, matematikadan SAT, International Baccalaureate Diploma, GCSE, GCE O-Level, GCE A-Level/AS-Level va IGCSE kabi xalqaro sertifikatlardan biriga ega talabalarga ham matematikadan olgan natijasiga ko‘ra tegishli ball taqdim etilib, imtihondan ozod etilishi mumkin.

👉 O‘qishga ariza topshiring.

📞 Koll-markazi: +998712024111
🤖 Telegram bot: @newuucontact_bot

#qabul2024 #admission2024

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️Talabalarimiz Germaniyaning DAAD fondi tomonidan tashkil etilgan loyihada qatnashishmoqda

Xabaringiz bor, “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari DAAD tomonidan Germaniya va Iordaniyada tashkil etilgan loyihada muvaffaqiyatli qatnashib kelishmoqda.

💫 Ushbu loyihada Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Dasturiy ta'minot muhandisligi va Sanoat boshqaruvi dasturlaridan talabalar tanlov asosida jalb qilingan.

💥 Loyihaning davomi sifatida tashkil etiladigan seminar-treninglar hafta davomida “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladi.

#grant #Germaniya #Iordaniya #DAAD

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️Massachusetts texnologiya instituti J-Well “Yangi O‘zbekiston” universitetini eng yaqin hamkor sifatida e'tirof etdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova MiT J-Wel bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Unga ko'ra “Yangi O‘zbekiston” universiteti MIT J-Welning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e'tirof etildi.

Ikki tomonlama hamkorlik ta'lim sifati hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini yanada oshirish, talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratish va “Yangi O'zbekiston” universitetining xalqaro maydondagi obro‘yini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Biz eng yuqori darajadagi ta’lim va tajribani ulashamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi yurtimizdagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalariga joriy qilinmoqda

Prezident Sh.Mirziyoyev huzurida oliy ta'lim tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, unda barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida ta'lim grantlari bir yilga ajratilishi va har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi belgilandi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur tizim 2022-yildan joriy qilingan bo‘lib, o‘zini to‘laqonli oqlaganligi va talabalar orasida ta'lim olish bo‘yicha sog‘lom raqobatni shakllantirganligi sababli qolgan oliy ta'lim muassasalariga ham tatbiq etilmoqda.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohasida ta'lim sifatiga ham alohida e'tibor qaratildi.

“Yangi O‘zbekiston” universiteti muhandislik sohasida eng zamonaviy va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan yo‘nalishlarda tahsil olish imkonini beradi.

#Prezident #grant #muhandislik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️ Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablari o‘z faoliyatini boshladi

Ilmiy maktablarning maqsadi — iqtisod va matematika yo‘nalishlarida isteʼdodli yoshlarni aniqlash, ularni dunyo tan olgan olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish orqali mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.

🌐Loyihada oʻzbekistonlik yoshlar qatorida 35 nafar xorijlik talabalar ham ishtirok etishmoqda.

📆 Ilmiy-maktablar 14-iyul kuniga qadar oʻtkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#New_Uzbekistan_university

🔔 ERTANGI IMTIHONDA QATNASHUVCHI ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

“Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan saralash imtihonlari 6-iyul kuni 15:30da boshlanadi.

📶 Eslatib o‘tamiz, barcha abituriyentlar imtihondan bir soat oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ruxsatnoma bilan imtihon o‘tkaziladigan manzilga borishlari kerak.

🖨 Imtihon ruxsatnomasini shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishni va qog‘ozga chop etgan holda imtihon bo‘ladigan joyga olib borishni unutmang.

💫 Imtihonlarda barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️“Yangi O‘zbekiston” universitetida Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablarining yopilish marosimi oʻtkazildi


Ilmiy maktablarning maqsadi — iqtisod va matematika yoʻnalishlarida isteʼdodli yoshlarni aniqlash va ularni dunyo tan olgan olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish orqali mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.

Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablarida oʻzbekistonlik yoshlar qatorida Xitoyning turli oliygohlarida tahsil oluvchi 35 nafar talaba ishtirok etdi.

❗️Mazkur loyiha doirasida matematika va iqtisodiyot sohalari rivojiga oʻz hissasini qoʻshuvchi yosh olimlar hamjamiyati tuziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#New_Uzbekistan_university

⚡️IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

📝 Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirib, 6-iyul kungi saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalari “Cambridge University Press and Assessment” tashkilotining veb sahifasi orqali e'lon qilindi.

💫 Shuningdek, shaxsiy kabinetingiz orqali (https://admission.newuu.uz) o'qishga grant yoki to'lov-kontrakti asosida qabul qilinganligingizni bilib, shartli ofertani yuklab olishingiz va o'z joyingizni band qilishingiz mumkin.

❗️Shartli ofertani yuklab olmagan talabgorlar o'qishga qabul qilinmaydi va kutish rejimida turgan talabgorlarga almashtiriladi.

💫 Oʻqishga qabul qilingan barcha abituriyentlarni talaba boʻlganliklari bilan muborakbot etamiz
.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal