Usmonov Sharofiddin
339 subscribers
120 photos
39 videos
12 files
172 links
NamDPI | Raqamli ta’lim texnologiyalar markazi
Download Telegram
#Qabul2026
#Super_kontrakt
#NamDPI

2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super kontrakt) asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun kunduzgi va kechki ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiya etilayotgan to‘lov miqdorlari e’lon qilindi.

Mazkur tartib to‘plagan bali to‘lov-kontrakt asosidagi qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan hamda 56,7 balldan kam bo‘lmagan abituriyentlarga taalluqlidir.


Ballga qarab hisoblash formulasi


Batafsil ma’lumot yuqoridagi jadvalda keltirilgan.

✈️ t.me/USM_15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥3👏32👍1
Usmonov Sharofiddin
#abituriyent ❗️ O'tgan yili yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar uchun 6-OTM tanlov bo'sh vakantlar uchun hujjat topshirgan edi...👀 Talab: 56.7 balldan yuqori to'plagan va 5ta tanlangan OTMga o'qishga kirolmagan bo'lishi kerak. Bo'sh vakantlar OTM…
#norasmiy

6-OTM tanlash imkoniyati

Abituriyentlar uchun 6-OTMni tanlash imkoniyati 24-avgustdan boshlab ochilishi kutilmoqda.

📌 Tanlovda ishtirok etish tartibi:
— Abituriyent 56,7 balldan yuqori natija qayd etgan bo‘lishi lozim.
— Tanlov faqat OTMlar tomonidan ajratilgan bo‘sh (vakant) o‘rinlar doirasida amalga oshiriladi.
— Tanlov jarayoni my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.


⚠️ Eslatma: 6-OTM bo‘yicha yakuniy tanlov muddatlari, mavjud vakant o‘rinlar va boshqa tashkiliy ma’lumotlar rasmiy tartibda e’lon qilingach, abituriyentlarga qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

📱 t.me/USM_15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1👏11
#rasmiy_xabar

⚡️Oliy ta’lim tashkilotlarida yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi


Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:

1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.

📱 t.me/USM_15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21👍1
NamDPI talabalari uchun tavsiya etiladigan talabalar formasi

#tavsiya

Namangan davlat pedagogika instituti talabalari uchun o‘quv jarayonida kiyish tavsiya etiladigan forma namunalari taqdim etilmoqda.

👔 Talabalar taqdim etilgan namunalardan o‘zlariga ma’qul bo‘lgan variantni erkin tanlashlari mumkin. Shuningdek, forma rangini ham o‘z did va xohishlariga ko‘ra qora, to‘q ko‘k, xaki hamda shu kabi vazmin ranglardan tanlash imkoniyati mavjud.

📌 Eslatma: Forma tanlashda ozodalikka, kiyinish madaniyatiga, shuningdek, institutning akademik muhiti va umumiy estetik talablariga moslikka e’tibor qaratish tavsiya etiladi.

🎓 Maqsad — talabalar orasida ozoda, zamonaviy va akademik muhitga mos kiyinish madaniyatini shakllantirish, shu orqali institutning ijobiy nufuzi va korporativ madaniyatini namoyon etish.

📱 t.me/USM_15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1🤝1
#batafsil

⚡️6-yoʻnalish tanlash oʻtgan yili qanday boʻlgan?

‼️Kimlar topshira olgandi?

➡️5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kira olmagan bali 56,7 dan yuqori boʻlganlar;
➡️Testga kirib chiqqan, lekin qabulning ikkinchi bosqichida oliygoh tanlolmay qolib ketganlar;

Mumkin emas

● 5 ta yoʻnalishdan biriga oʻqishga kirganlar 6-yoʻnalish tanlay olmaydilar:
● 56,7 balldan past toʻplaganlar 6-yoʻnalishda ishtirok etmaydilar

‼️Qanday imkoniyatlar berilgandi?

◀️Abituriyentlarga 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati berilgan;
◀️6-yoʻnalishga qabul qilinganlar ballar ketma-ketligiga qarab bazaviy kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan.

Qaysi sanada ariza qabul qilingan va natijalar chiqqan?

🔸Arizalar oʻtgan yili 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn qabul qilingan;
🔸Natijalar 8-oktabrda e'lon qilingan. Talabgorlar natijalar e'lon qilinganidan keyin darsga qoʻyilgan.

Bu yil nima kutilyapti?

Oliygohlarda darslar 7-sentyabrdan boshlanadi. Demak bu davrgacha 6-yoʻnalish tanlash va natijalar e'lon qilish rejalashtirilgan. Shunda boʻsh oʻrinlarga qabul qilinganlar ham 7-sentyabrdan darslarda ishtirok etishlari mumkin.

‼️Muhim eslatma:

Agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.


📱 Telegram : @USM_15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1👏1
#batafsil

🎓 Qabul-2026 🎓

💸 1.Super-kontrakt

Ariza yuborish avgust oyi oxri va sentabrda ariza yuborish boshlanadi.
NamDPI 2026/2027 o'quv yili super-kontrakt miqdorlari
Super-kontraktning hisoblash formulasi
Superlar ham hamma bilan o'qishni teng boshlashi mumkin


🏨 2. Talabalar turar joyi :

Arizalar my.gov.uz saytida amalga oshiriladi
Arizalarga javoblar 14-sentabrgacha keladi
Talabalar turar joyi faqat kunduzgi ta'lim shakli uchun beriladi

👕 3.NamDPI talabalari uchun tavsiya yagona formasi

📁 4.O'qishga qabul qilingan talabalar hujjatlarini o'qish boshlangandan so'ng topshiradi

5.Yangi o'quv yili 7-sentabrdan boshlanadi

📍6.NamDPI geolokatsiyasi

⚡️7. 6-OTM tanlash

Qabul-2026 bo'yicha tushunmagan savollaringizni izohda to'liq, yozib qoldiring.


Navbat bilan javob beramiz


📱 Telegram : @USM_15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42👍1🔥11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#video_qollanma

Talabalar turar joyiga joylashish uchun onlayn ariza qanday yuboriladi?

Ariza topshirish tartibi:⬇️

️my.gov.uz portal orqali ariza yuborish
➡️Yotoqxonaga navbatni tekshirish

📱 t.me/USM_15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 E'TIBORINGIZGA!
🎓NamDPI 2026-2027 o'quv yili uchun qabul (kirish) ballari e'lon qilindi!

📊 Har bir yo'nalish bo'yicha o'tish ballari bilan yuqoridagi rasmda tanishishingiz mumkin

🔔Barcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalimizga obuna bo'lishni unutmang!


📱 Telegram - @USM_15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🔥 NAMDPIGA KONTRAKT TO‘LAB, 12% PULINGIZNI QAYTARIB OLISHINGIZ MUMKIN ! 💰

KETDIK TUSHUNTIRAMAN👇

🎓 Bazaviy kontraktmi yoki super-kontraktmi?

❗️ Ko‘pchilik talaba va ota-onalar bilmaydigan bir imkoniyat bor: ta’lim uchun yo‘naltirilgan mablag‘larga nisbatan 12% daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozdan foydalanish mumkin.❗️

📌 Qonuniy asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasi.

Unga ko‘ra, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida:
o‘zining ta’lim olishi uchun;
farzandining ta’lim olishi uchun;
26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun
yo‘naltirilgan daromadlarga soliq imtiyozi qo‘llanilishi mumkin.


💰 QANCHA QAYTARISH MUMKIN

Masalan:
🔹 10 mln so‘m kontrakt → 1,2 mln so‘mgacha
🔹 20 mln so‘m kontrakt → 2,4 mln so‘mgacha
🔹 30 mln so‘m kontrakt → 3,6 mln so‘mgacha

⚡️ SUPER-KONTRAKT TO‘LAGANLAR UCHUN BU YANADA QIZIQ ❗️

Tasavvur qiling:
Siz 1-kurs uchun katta miqdorda super-kontrakt to‘ladingiz. Qonunchilikdagi Soliq imtiyozingizdan foydalanib, ushbu to‘lov bo‘yicha mablag‘ning tegishli qismini qaytarib olishingiz mumkin. ⚡️

🤔 Endi eng qiziq savol:
💰 1-kursda super-kontrakt uchun to‘langan mablag‘ning 12% bo‘yicha imtiyozidan foydalanib, qaytarib olingan pulni 2-kurs kontraktini to‘lashga yo‘naltirib, keyingi yilgi xarajatni yengillashtirish mumkinmi ?

🎯 Oddiy qilib:
1-kurs → kontrakt to‘laysiz → soliq imtiyozidan foydalanasiz → mablag‘ni qaytarib olasiz → 2-kurs kontraktini yengillashtirasiz.Tamom.

📲 Qanday qilib 12%ni qaytarib olish mumkin?
Soliq imtiyozidan foydalanish uchun tegishli hujjatlarni taqdim etib, tuman Soliq organi, Soliq mobil ilovasi yoki my3.soliq.uz orqali murojaat qilish mumkin.

Tegishli hujjatlar 👇

1.Talaba bilan oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
2.Kontrakt mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
3.pasport nusxasi
( tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi, bor bo‘lsa; )


🔥 Demak, bazaviy kontrakt to‘laganlar ham, super-kontrakt to‘laganlar ham bu imkoniyatni bilib qo‘yishi kerak !


❗️ Barcha talabalarga tarqatamiz.Ular ham 12% o'z pullarini qaytarib olsinlar. ❗️

❗️ Kanalimiz kuzatib boring 👇

📱 Telegram - @USM_15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥21👏1
📞 NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI CALL-CENTR

Institut faoliyati, qabul, hujjatlar, o‘qish jarayoni, talabalar masalalari va boshqa savollaringiz bormi?

📲 Barcha savollaringiz bo‘yicha Call-centr orqali ma’lumot olishingiz mumkin!

☎️ +998 69-211-10-97

🕐 Kerakli ma’lumotni olish uchun biz bilan bog‘laning!

Namangan davlat pedagogika instituti — sizning savollaringizga javob berishga tayyor! 🎓

📱 Telegram - @USM_15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21👏11
DIQQAT, E'LON!

Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi


Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.

2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.

Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.

📱 t.me/USM_15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥11
Oltinchi yo’nalish tanlayotganda quyidagilarni unutmang:

1️⃣ barcha fanlar majmuasi uchun vakant kvota mavjud emas. Masalan, tarix + chet tili yo’nalishida vakant joy yo’qligini ko’rsatmoqda.

My.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali bo’sh joy bor yoki yo’qligini bilib olishingiz mumkin;

2️⃣ siz tanlagan fanlar majmuasi uchun vakant kvota bor bo’lsa ham, lekin siz istagan hududga va oliygohga bo’lmasligi uchun. Menga Toshkent kerak edi, menga falon oliygoh kerak edi, deganingiz bilan foyda yo’q. Ro’yxatda qayer chiqsa, o’shanga bor, chiqmaganiga yo’q.


https://t.me/USM_15
1👍11
#mandat

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha natijalar e’lon qilindi


📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan respublikadagi davlat va nodavlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2026-yil 19-20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShSHIR) kiritgan holda bilishlari mumkin.

📱 t.me/USM_15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vakant-2026.pdf
823.8 KB
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov

DIQQAT, E'LON!

Qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari


2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi.

Roʻyxatda
KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan.

OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin.


https://t.me/USM_15
1
Usmonov Sharofiddin
Vakant-2026.pdf
#vakant

NamDPIda 2026-2027 o'quv yili uchun bo'sh(vakantlar) yo'nalishlar bo'yicha ro'yxati

📱 t.me/USM_15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72👏1