Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY
13.6K subscribers
52.5K photos
3.89K videos
360 files
15.3K links
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi

🌐Veb-sayt: www.urdu.uz
Facebook: facebook.com/urduuz
Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati
Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
Download Telegram
#almashinuv_dasturi
#exchange_program

🌐Polshaning Adam Mickiewicz universiteti 2024-yil bahorgi semestr uchun qabul eʼlon qildi!

Dastur talabalarga 1 semestr davomida Polshada tahsil olish imkonini beradi.

🗣Talabalar qoʻshimcha savollar yuzasidan Xalqaro hamkorlik boʻlimiga uchrashishlari mumkin.

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
Audio
#exchange_program

🎙FM Radio | UrDU


🌐Qozon innovatsion universitetining "Iqtisodiyot" kafedrasi professori Vadim Faruarovich Islomutdinov Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti taklifiga binoan 2023-2024 o'quv yilida almashinuv dasturi bo'yicha rus tilida oʻqiydigan guruhlarda iqtisodiy fanlardan dars berish maqsadida universitetimizda bo′lib turibdi.

Joriy yil 9-noyabr kuni professor Vadim Faruarovich Xorazm MTRK ning "Milliy totuvlik" radiodasturining jonli efirida chiqish qildi.

〽️Yangilik o'rnida intervyuda professor uning rahbarligi ostida UrDUda Raqamli iqtisodiyot markazi ochilayotgani, u yerga ushbu sohani yaxshi biladigan fakultet yosh doktorantlari va o'qituvchilar jalb qilinib, barcha raqamlashtirish jarayonlarining Xorazm viloyati va butun O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rganish ko'zda tutilganini aytib o'tdi.

©️UrDU Matbuot xizmati

🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#almashinuv_dasturi
#exchange_program

🇺🇿🇸🇮Urganch davlat universiteti Magistratura bo‘limi, Matematik tahlil mutaxassisligi 231-guruh talabalasi
Bekchanova Shaxnoza hozirda Erasmus+ dasturining xalqaro kredit mobilligi loyihasi doirasida Sloveniyaning Primorska universitetida tahsil olmoqda.

🌐Talabamiz ushbu xorijiy universitetda 1 semestr davomida o’qib, yangi bilim va ko’nikmalarni egallash, o’z malakasini oshirish, zamonaviy o’quv metodlarini o’rganish bilan birga, ularni o’z yurtida yangicha g’oyalar bilan tadbiq etish imkoniyatiga egadir.
_____________________________________

🇺🇿🇸🇮Student of Master's Department, Mathematical Analysis, Group 231 of Urgench State University Bekchanova Shakhnoza is currently studying at the University of Primorska, Slovenia, within the international credit mobility project of the Erasmus+ program.

🌐Our student studying at this foreign university for 1 semester and has the opportunity to acquire new knowledge and skills, improve her qualifications, study modern educational methods, and apply them with new ideas in her own country.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
🟦🟦🟦

⚡️⚡️⚡️Urganch davlat universitetida 17 nafar xitoylik magistr talabalar oʻqitilmoqda

#exchange_program

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#exchange_program
#lesson_time
#live

🇺🇿🕧🇨🇳Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti magistr talabalarining Urganch davlat universitetidagi dars mashg‘ulotlari qizg'in davom etmoqda.

Bugun talabalarga Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasining professor-oʻqituvchilari I.Baydjanova hamda Z.Matyokubovlar "Madaniyatlararo muloqot" mavzusida dars jarayonlarini olib borishmoqda.

Dastur orqali xitoylik talabalar chet tillarini ikkinchi til sifatida oʻqitish borasida oʻz bilim va mahoratlarini oshirishmoqda. Dars jarayonida turli qiziqarli innovatsion metodikalardan foydalanilmoqda.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#exchange_program
#lesson_time

🇺🇿🇨🇳Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti magistr talabalarining Urganch davlat universitetidagi dars jarayonlaridan qaynoq lavha.

Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchisi J.Ermetova "Ingliz va xitoy tillaridagi tez aytishlaring lingvo-madaniy xususiyatlari va ularning chog’ishtirma tahlili" mavzusida o'z bilim va malakalari bilan o'rtoqlashmoqda.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
#exchange_program
#lesson_time

🇺🇿🇨🇳Urganch davlat universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti magistr talabalarining dars mashg’ulotlari bugun ham davom etmoqda.

Bugungi mashg’ulotlarda Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari O.Ro’zmetova hamda Z.Po’latovalar "ESP darslarida amaliy mashg'ulotlar" mavzusida olib borishmoqda.

Xitoylik talabalarning “Language teaching school” loyihasi doirasida almashinuv dasturi 8-noyabr kuniga qadar davom etadi. Darslar interaktiv metodlar orqali tashkil etilib, talabalarda katta qiziqish uyg'otmoqda.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
#Yoshlar_va_turizm
#exchange_program

🌎Ayni kunlarda Urganch davlat universitetida talabalar almashinuvining "Language teaching school" loyihasi doirasida taʼlim olayotgan Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti magistr talabalari bugun dars mashgʻulotlaridan soʻng, universitetda boʻlib oʻtayotgan “Yoshlar va turizm”festivali doirasida Kimyoviy texnologiyalar fakultetiga tashrif buyurib, fakultet sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_va_turizm
#exchange_program
#Live🔘

👦Ayni paytda Urganch davlat universitetida “Yoshlar va turizm” festivali doirasida Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti talabalari xitoy tili, madaniyati, milliy urf-odatlari haqida festival ishtirokchilariga taqdimot qilib berishmoqda.

Taqdimot jarayonida talabalar xalqlarning milliy anʼana va qadriyatlari, madaniyatlardagi mushtarak jihatlar haqida oʻzaro muloqot qilishmoqda.

🟢Ushbu festivalda Urganch davlat universiteti talabalari, Buxoro davlat universiteti talabalari hamda Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti talabalari ishtirok etmoqda. Festivalda xorijlik talabalarning ishtiroki forumga xalqaro tus bermoqda.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_va_turizm
#exchange_program

🗣 “Yoshlar va turizm” festivali doirasida Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti talabalari xitoy tili, madaniyati, milliy urf-odatlari haqida festival ishtirokchilariga taqdimot qilib berishdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#exchange_program

🌎Xitoylik talabalarga sertifikatlar topshirildi

Xabar berganimizdek, joriy yilning 2-8 noyabr kunlari talabalar almashinuvining "Language teaching school" loyihasi doirasida Gansu qishloq xoʻjaligi universitetining 17 nafar magistr talabalari oʻqituvchilari Xu Peng hamda Ma Xiaojie boshchiligida Urganch davlat universitetida taʼlim olishdi. Bir hafta mobaynida Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasining salohiyatli professor-oʻqituvchilari xitoylik talabalarga ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish borasida oʻz bilim, mahorati va tajribalarini o’rtoqlashishdi.

🟢Bugun Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashib, samimiy muloqot olib bordi. Mehmonlarimiz tashkil etilgan ushbu almashinuv dasturidan mamnun ekanligini bildirib, oliygoh professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilgan dars mashg’ulotlarining oʻziga xosligini eʼtirof etishdi. Universitetning ozodaligi, talabalarga yaratilgan sharoitlar, ayniqsa, yotoqxonalardagi qulayliklar ularga juda maʼqul boʻlganini taʼkidlashdi hamda Urganch davlat universitetiga yana kelish istagini bildirishdi.

🎊Shundan soʻng, loyiha ishtirokchilarga rektor tomonidan sertifikatlar topshirildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o’z esdalik sovg’alarini bir-birlariga ulashishdi.

🟢Eslatib oʻtamiz, bugun xitoylik talabalarning “Yoshlar va turizm” festivali doirasida Xorazmning turistik maskanlariga sayohat qilishi rejalashtirilgan.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#exchange_program

🌎Xitoylik talabalarga sertifikatlar topshirildi

#fotoreportaj📸

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM