Tursunoy Sodiqova
790 subscribers
46 photos
17 videos
2 files
11 links
✍🏻 Marhabo Karimova
✍🏻 Tursunoy Sodiqova
- - -
📚 Hikmatli so‘zlar
📝 Iqtiboslar
- - -
🎧 Sevimli musiqa
🎭 Ko‘ngilochar

Murojaat uchun: @Murojaatim_bot

Musiqa kanal: @Qalban_music
Download Telegram
Mani erim yurib ketdi.

Mani erim yurib ketdi,

Yurak-bag’rim kuyib ketdi,

O’zim bilsam go’rga edi,

Bu ovoza bo’lib ketdi.

 

Kech keladi ishidan ham,

Ayrilganday hushidan ham,

Yurganini bilsa bo’lar

Ko’rayotgan tushidan ham.

 

Ro’zg’or, bola manga qolib,

O’tiradi o’yga tolib,

Telefoni jiringlasa,

Gaplashadi bekinvolib.

 

Har nodon der: "Folbinga bor, 

Issiq-sovuq, sehr bergin".

Biror dono aytmaydiki:

"Eringni sev, mehr bergin
!"

 

Bolalarim bilishmasin,

Ko’zyoshimni ko’rishmasin,

Ko'ngli qolib, otasini

Yomon ko’rib qolishmasin.

 

Qaynar g’iybat: "Iya-iya,

Eriz uylanvoganmish-a?"

Yonin olib urishaman:

"Ajab qipti, sizga nima?"

 

Opam ko’rib, boshlar rosa:

"Xotinbozmish ering rosa?"

"Nima qisin, xotinlariz

O’zlari erkakboz bo'sa?!"

 

Eplaptimi yurivosin,

Mayli, o’ynab-kulivosin,

Mani mulki davlatimda

Davr-u davron surivosin.

 

"Voy sen ahmoq, voy sen beor,

Sanga kerak bo’lmasa yor,

Sot kimoshdi savdosida,

Mahallangda ochib bozor!

 

Pochchangni ko’r, qanday erkak,

Chakki yurmas, toza yurak..."

"Mani erim zo’r-da, sizi

Latta eriz kimga kerak?!"

 

"Voy zo’r bo’lgan ering qursin,

Bino qo’ygan shering qursin,

Sanga jonim kuyibdi-ya,

Yurmog’idan ortiq yursin.

 

Qizg’anmaydiyam, eh sani,

Yana ortiq kerilgani".

"Nimasini qizg’anaman,

To'plimidi yeyilgani?!

 

G’iybat qilib ochmang bozor,

Hamma ishni fursati bor,

Endi bitta opti, asli

To'rttagacha ruxsati bor!"

 

Yuraman-u bermay sirim,

Ammo yurak tilim-tilim,

Kundoshli xotinlar bekor

Chekishmagan ekan chilim.

 

Kim u jonon bilgim kelar,

Aftini bir ko’rgim kelar,

Tutib olib, sochlarini

Bitta-bitta yulgim kelar.

 

Borgim kemas mehmongayam,

Boqqim kemas insongayam,

Janjal qil, deb gijgijlaydi,

Ish topildi shaytongayam.

 

Yetib bor, der o’sha yerga,

Ikkalasi hozir birga,

Bormayman-ey, jinnimanmi,

G’ururimni urib yerga.

 

Nima foyda urishlardan,

Qozilashib yurishlardan,

O'q otayin kundoshimga

Mag’rur qarab turishlardan.

 

Er ko’ngli - qush: uchib ketar,

Sovuq yerdan ko’chib ketar,

Tutmoq uchun don sepayin,

Miltiq otsam, qochib ketar.

 

Ranjimasin erim, mayli,

Zo’r ayol er talashmaydi.

Boplab qo’yar edimku-ya,

Bu ish manga yarashmaydi.

 

Nodonga donolik qilay,

Sahroga daryolik qilay,

Do’stim qilsa begonalik,

Man unga oshnolik qilay.

 

Jilsin desam tosh joyidan,

Bo’lay erimning poyidan,

Quyosh bo’lib mehrim sochib,

Aynitay o’sha oyidan.

 

Pardozlab yuz, qosh-u ko'zni,

Quvnoqlikka olib o’zni,

Har tong qarab toshoynaga,

Takrorlayman bitta so’zni:

 

Ming turlansin o’sha Layli,

Marhaboga o’xsholmaydi.

Kiygan bilan kavushimni,

Qilolmaydi yurishimni
!

©Marhabo Karimova

@Tursunoy_Sodiqova
Haqiqiy erkak

Juftining yonida bir suyanch tirgak, 
G'amni yo'liqtirmas har lahza sergak, 
Sevib sevilishga arzimoq uchun 
Ayolga baxt berar haqiqiy erkak. 

Har lahza hurmatin joyiga qo'yar, 
Yonidan ketmayin, erkalab suyar, 
U doyim mehribon, qalqon jonkuyar, 
Ayolga baxt berar haqiqiy erkak. 

Bemor bo'lganida yonida bedor, 
Tabiblardan ko'proq joniga mador, 
Xato qilganida bermayin ozor, 
Ayolga baxt berar haqiqiy erkak. 

Ko'nglining eng aziz xonasi kabi, 
Asraydi singlisi, onasi kabi, 
Aslo tugamayin quvonchlar safi, 
Ayolga baxt berar haqiqiy erkak. 

Yigitlik nomini ko'tarib baland, 
Ko'rganlar qarasin havaslar bilan, 
Ardoqlab yashaydi, sevadi dildan, 
Ayolga baxt berar haqiqiy erkak. 

🌺🍥🌸🌺🍥🌸🌺🍥🌸🌺🍥🌸🌺
Umringiz bahordek bo'lsinu,hech yomg'iri bo'lmasin.

Yozdek issiq bo'lsinu,saratoni bo'lmasin.

Kuzdek to'kin bo'lsinu, hech hazoni bo'lmasin. 

Qishdek oppoq bo'lsinu,qahratoni bo'lmasin.

🌸🍥🌹🌸🍥🌹🌸🍥🌹🌸🍥🌹

XAYRLI TUN AZIZLAR DOIMO OLLOHNING PANOHIDA BO‘LINGLAR

🌛🌛🌛🌛🌛🌛🌛🌛🌛🌛🌛🌛
Kelin qaynonasini onam,qaynona esa kelinini qizim deb bilsagina oila mustahkam va turmush chiroylik bo'ladi
Texnik nosozliklar uchun uzr)
Tursunoy Sodiqova via @like
Video
♥️Naqadar beg‘ubor!

Chaqaloq ilk bor, qulog‘idagi eshituvchi moslama orqali onasining tovushlarini eshityapti...

Buni so‘z bilan tariflashni umuman iloji yo‘q...


@Tursunoy_Sodiqova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tursunoy Sodiqova
Video message
Mehr berishni chin dildan istasangiz, siz buni chorasini va vaqtni albatta topasiz, AZIZLARIM!🥰

@Tursunoy_Sodiqova
#Хикмат


Одамзод ўзининг фикрлари билан шакилланади. Нимани ўйласа шунга ўхшаб бораверади.

© Махатма Ганди

@Tursunoy_Sodiqova
🌳🌷🌳
БУ ШУНЧАКИ ИМТИҲОН!

(Дунёдаги барча ота-оналар ўқиши шарт бўлган мактуб)

🌳 Сингапурдаги ўрта мактаблардан бирининг ўқитувчилар жамоаси имтиҳондан олдин ота-оналарга ушбу мактубни юборишди:

Қадрли ота-оналар!

Ҳадемай болаларимизнинг имтиҳонлари бошланади.

Барчангиз фарзандларингизнинг имтиҳонни яхши топширишлари учун ташвишланаётганингизни биламиз...

Аммо, илтимос, унутманг:

Улар орасида рассом бўлишни хоҳлаётганлар борки, уларга математикани тушунишнинг кераги йўқ;

- Бўлажак бошқарувчилар борки, улар тарих ёки инглиз адабиётига қизиқишмайди;

- Бўлажак мусиқачилар борки, кимё фанининг баҳоси улар учун ҳеч қандай аҳамиятга эга эмас;

- Aтлетикачилар борки, жисмоний машғулотлар улар учун физика фанидан муҳимроқ...

- Агар фарзандингиз юқори баҳо олса, бу ажойиб!

Бироқ, бундай бўлмаса, илтимос, уларнинг ўзига бўлган ишончи ва қадр-қийматини тортиб олманг!

Уларга ҳаммаси яхши эканлигини, бу шунчаки имтиҳон эканлигини айтинг!

Улар ҳаётда бундан-да каттароқ ишларга қодирдир..!

Илтимос, уларга баҳонинг аҳамияти йўқлигини айтинг!

Уларни севинг ва айбламанг!

Агар шундай йўл тутсангиз, кўрасизки, фарзандингиз дунёни забт этади!

Биргина имтиҳон ёки паст баҳо уларнинг орзулари ва истеъдодларини тортиб ололмайди...

🌳 Ҳурмат билан, ўқитувчилар жамоаси.

Хаетда мана шундай устозлар купайсин
...

@Tursunoy_Sodiqova
Qanday unutish mumkin!?🤔



Idealga ishonish hissi

Dunyoda hech narsa ideal (mukammal) emas. Bu mumkin ham emas. Barchasini yanada yaxshiroq qilish mumkin, xolos. Erishib bolmaydigan moljalsiz mukammallikka intilib bolmaydi. Aks holda tanazzulga yuz tutiladi.

2. Yolgizlik hissi

Bu hissiyot foydasiz, binobarin bu dangasalik. Dangasalik esa xohish-istakning yoqligi. Xohish-istaksiz faqat yolgiz qolish mumkin. Bu paradoks hissiyot.

3. Ahamiyatlilik hissi

Sen ahamiyatli emassan. Ahamiyatlisi shuki, sen nimang bilan boshqalarga ahamiyatli bololasan. Va aksincha, boshqalar senga nimasi bilan ahamiyatli bololadi.

4. Kimgadir nimadir bilan majburlik hissi

Sen hech kimga hech narsa bilan majburiyatda emassan. Ozing bundan mustasnosan. Bu fakt. Uni inkor etib bolmaydi.

5. Kutish hissi

Hech kimni va hech nimani kutma! Yangi manzillarni, boshqa imkoniyatlarni qidir. Doim boshqa rejang bolsin. Kutish bu — dangasalarning qismati.

6. Kimdir senga nimadir berishi kerakligi hissi

Hech kim senga hech nimani bermaydi. Shu mantiq bilan sen kimgadir nimadir berishda majburiyatda qolasan. Sen ahir hech kimga hech nimada majburiyatda emassan-ku?!

7. Umidsizlik hissi

Umidsizlikni unut! Kayfiyatingni kotar! Faqat bahra ol! Nimani istashsa, shuni qilma, balki sen nimani istasang, shuni qil.

8. Qorquv hissi

Qorquv va ozini himoya qilish bir-biridan farq qiladi. Sen qorqar ekansan, harakatsizsan. Harakatsizlik esa dangasalikdir. Dangasalik bu — yolgizlikdir. Davomini ozing bilasan.

9. Qobiliyatsizlik hissi

Inson organuvchan. Har narsaga va har doim organadi. Agar bunday bolmasa, u inson emas.

10. Masuliyat hissi

Bu hissiyot bolishi kerak emas. Bu fakt bolishi kerak.

11. Xafalik hissi

Xafa bolma. Xafa qilganlar odamlar, xolos. Ularning ishi senga pand berish.

12. Uyalish hissi

Agar sen hammasini togri qilgan bolsang, uyalishing kerak emas. Agar kimdir nimanidir notogri qilgan bolsa, xafa bolma. Uyalish bilan sen xafa bolishni aralashtirib yuboryapsan.

13. Muhabbat hissi

Muhabbatni bazida unutishni ham organ. U seni haqiqatdan muhim narsalardan chalgitadi. Esingdami, bu olamda ideal yoq.

14. Tanlash imkoni yoqligi hissi

Tanlov mavjud emas. Agar bunday bolmasa, unda tanlama.

15. Vahima hissi

Eslab qol, hamma narsaning oxiri bor. Sen hayot ekansan, barcha ortiqcha narsalardan xalos bo'l
.


@Tursunoy_Sodiqova
Сиздан йироқ юрсин ташвишу қайғу.
Қалбингизда бўлсин хайрли туйғу.
Агар кипригингиз силаса уйқу.
Сизга хайрли ТУН хайрли УЙҚУ.

ХАЙРЛИ ТУН!😴

https://t.me/joinchat/AAAAAEsgHvos4MzxaB-s6Q
Bu mening onam 😢😭
Shirin qizchadan ajoyib qòshing meni ham tasirlantirdi 😢
Onalarimizni asreylik azizlar

https://t.me/joinchat/AAAAAEsgHvos4MzxaB-s6Q
#нимага_бундей_фикр_кеб_қолди_билмадим

Фикри ожизимча, ўзингизни қийнаб қўядиан даражада ҳаммага ҳам яхшилик қилавермаслик керак. Бир кун қўлингдан ҳеч нарса келмай қолганида ёки бош тортганингда, сен ҳақингдаги ижобий фикрларини бирданига ўзгартиришади. Гўёки сен фақат уларга ёрдам бериш учун яратилгансан. Ва ҳеч фойданг тегмай қолганида иккиланмай сендан юз ўгиришлари ҳам эҳтимолдан холи эмас.

Нима деб ўйлисизлар ?

#worldofbooks
#ESLATMA

Postlarimiz shaxsan adminlar tomonidan, mualliflik huquqi ostida yoziladi, ozmi-ko‘pmi shu telefon qarshisida qimmatli vaqtlarini sarflaydilar.
Agar biron kanalga qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, postlarimizni o‘zgartirmasdan joylang!

Birovning mehnatini qadrlang!

Shu kanal orqali sizlarga nimadir bera olganimizdan xursandmiz!

🌺@Tursunoy_Sodiqovaa 🌺
Tursunoy Sodiqova pinned Deleted message