Türkçe Akademi
2.77K subscribers
94 photos
16 videos
34 links
🇹🇷 Turk tilini A1–B2 darajagacha onlayn o‘rganing!
💻 66 ta video dars
🕒 Istalgan vaqtda o‘qish imkoniyati
🤖 AI va mentor yordami

📩 Kurslarga yozilish uchun:
📞 550557878
@TurkchaAkademi
Download Telegram
📢 SENTABR OYIDAGI TYS IMTIHONIGA TAYYORMISIZ?

🎯 Hilal Edu TYS kursiga qabul ochiq.

Kurs davomida sizni kutadi:
TYS formatidagi Mock Testlar
Xatolar ustida ishlash va batafsil tahlili
Imtihon strategiyalari va ball oshirish usullari
2 nafar tajribali ustoz bilan tayyorgarlik
Real imtihon atmosferasida mashg'ulotlar

📍 Manzil: Hilal Edu — Beruniy filiali
🗓 Dars kunlari: Juft kunlari
🕕 Vaqti: 18:00

⚡️ Sentabr oyidagi TYS imtihoniga oz vaqt qoldi. Imtihonga tayyor ekanligingizni taxmin bilan emas, mock test natijasi bilan biling!

📩 Joylar soni cheklangan.

Birinchi bepul darsimizga yozilish uchun biz bilan bog'laning 👇
📞 +998-55-519-78-78
Aloqa: @HilalEdu
📢 AVGUST–SENTABR OYIDAGI CEFR IMTIHONIGA TAYYORMISIZ?

🎯 Hilal Edu CEFR tayyorlov kursiga qabul ochiq.

Kurs davomida sizni kutadi:
CEFR formatidagi Mock Testlar
Xatolar ustida ishlash va batafsil tahlili
Imtihon strategiyalari va ball oshirish usullari
2 nafar tajribali ustoz bilan tayyorgarlik
Real imtihon muhitidagi amaliy mashg'ulotlar

📍 Manzil: Hilal Edu — Beruniy filiali
🗓 Dars kunlari: Juft kunlari
🕓 Vaqti: 16:00

⚡️ Avgust–sentabr oylaridagi CEFR imtihoniga oz vaqt qoldi. Imtihonga tayyor ekanligingizni taxmin bilan emas, mock test natijasi bilan biling!


📩 Joylar soni cheklangan!

Birinchi bepul darsimizga yozilish uchun biz bilan bog'laning 👇
📞 +998-55-519-78-78
Aloqa: @HilalEdu
5
🍬 Turk lokumi — asrlardan beri saqlanib kelayotgan shirin ta’m! 🇹🇷

Turk lokumi dunyodagi eng qadimiy va mashhur shirinliklardan biri sanaladi.

👑 Uning tarixi Usmonli imperiyasi davriga, taxminan XVIII asrga borib taqaladi. Rivoyatlarga ko‘ra, sultonlardan biri yumshoq va mazali shirinlik tayyorlashni buyurgan. Shundan so‘ng kraxmal va shakar asosida bugungi kunda barchaga tanish bo‘lgan lokum yaratilgan😍


Avvallari lokum saroylarda mehmonlarga tortilgan va hurmat ramzi sifatida taqdim etilgan. Vaqt o‘tishi bilan esa u Turkiyaning eng mashhur shirinliklaridan biriga aylanib, butun dunyoga tarqalgan 🌍

Bugungi kunda lokumning turli xil turlari mavjud:
🌰 Yong‘oqli
🍋 Limonli
🍓 Mevali
🌹 Atirgul hidli
🍫 Shokoladli

Turkiyaga borganingizda lokum tatib ko‘rish — turk madaniyatini his qilishning eng shirin usullaridan biri! 🍬

💬 Siz qaysi turdagi lokumni tatib ko‘rishni xohlardingiz?

@Turkcha_Akademi
7
Bağlaçlar - Bog'lovchilar

🔹Hem …. hem (de) - teng bog'lovchisi bir xil vazifada kelayotgan so'zlarni bir-biriga bog'laydi:

- Aslı yaz tatilinde hem Antalya’ya hem (de) İzmir’e gitmiş.


🔹Ne …. ne (de) - bu bog'lovchi ayni vazifada kelgan so'zlarni bog'lab keladi va ularga inkor ma'no beradi. Lekin gapning kesimi inkor shaklida bo'lmaydi:

- Ne derslere geliyorsun ne (de) ödevlerini yapıyorsun.


🔹Ya ….. ya (da) - bu bog'lovchi ikki narsaning birini tanlash kerak bo'lgan holatdagi gaplarda keladi:

- Her şeyi ben yapıyorum, sen de ya temizlik ya (da) ütü yap.


@Turkcha_Akademi
7
🎉 BUXOROLIKLAR, TAYYOR TURING!

🇹🇷 Hilal Edu endi Buxoroda!

3-sentabr kuni Hilal Edu Buxoro filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi! 🥳


Turk tilini o‘rganishni istaganlar uchun ajoyib yangilik! Siz ham turk tilini noldan boshlab o‘rganing, yangi bilim va imkoniyatlar sari ilk qadamingizni biz bilan tashlang! 🇹🇷

📍 Manzil: Buxoro viloyati, Akademik Ibrohim Muminov ko‘chasi, 7-uy (Золотошвейная фабрика)

🎁 Birinchi bepul darsimizga yozilishga shoshiling: +998-55-519-78-78
📲 Aloqa: @HilalEdu

Buxoroda uchrashguncha!
3
Dilek Kipi - Istak mayli.

🇹🇷 Istak mayli biror bir ishning bajarilishi yoki ro'yobga chiqishini istaganda ishlatiladi.

👉 Ko'pincha “keşke” so'zi qo'llaniladi. Bunday gaplardan keyin kelgan gaplar ba'zan shart mayli ma'nosida ham kelishi mumkin.

Örnek:
- Keşke şimdi evde yatıp dinlensem. - Koshki (qaniydi) hozir uyda yotib dam olsam.

- Yarın hava güzel olsa da pikniğe gitsek.
- Qaniydi ertaga havo yaxshi bo'lsa va piknikka chiqsak.

- Kendimi çok hâlsiz hissediyorum. Yarın işe gitmesem mi?
- O'zimni juda holsiz his qilyapman. Ertaga ishga bormasammikin?

- Senin yerinde olsam, ona her şeyi söylerim.
- Sening o'rningda bo'lganimda unga hammasini aytgan bo'lar edim.
4
👉 Berilgan gaplarni istak mayli qo'shimchasi bilan to'ldiring.

1. Keşke iş yerim evime yakın ol……………. .

2. Keşke patronumdan izin al……………. da bir hafta tatil yap………….. .

3. Keşke hep ye……………….. ama şişmanla…………………. .

4. Keşke çok zengin ol..................... da dünya turuna çık.......................... .

5. Bu akşam annemleri ziyaret et………………………….?

6. Bu etek çok güzel ama biraz pahalı. Sence al…………………, al…………………..?

7. Keşke hiç büyü…………………….. hep çocuk kal………………. .

8. Çok kararsızım. Acaba o iş teklifini kabul et……………………….?

9. Şimdi tatilde ol...................... ve geç saatlere kadar uyu........................... .

10. Keşke hayat daha kolay ol........................ .

@Turkcha_Akademi
5
🎉 Bugun sizlar bilan xotirangizni sinab ko'ramiz.

⁉️ Qanday deysizmi?
Turkcha so'zlarning yozilishini qanchalik eslab qolar ekansiz birga ko'ramiz...

🔥 50 ta reaksiya bosib qo'yamiz.
🔥27😍185
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
56%
Göl evi
44%
Gölevi
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
69%
Ay çiçeği
31%
Ayçiçeği
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
44%
Kuru yemiş
56%
Kuruyemiş
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
40%
Herkez
60%
Herkes
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
45%
Laboratuvar
55%
Laboratuar
1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
67%
Kolonya
33%
Kolanya
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
61%
Müsait
39%
Müsayit
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
26%
Gasbetmek
51%
Gasp etmek
22%
Gaspetmek
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
53%
Türkler'in
47%
Türklerin
1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
57%
Neyseki
43%
Neyse ki
ISTANBUL 2 QIT'ADA JOYLASHGAN!

Dunyoda faqat bitta shahar bor — u bir vaqtning o'zida ikkita qit'ada joylashgan! Bu — Istanbul 🇹🇷

🔹 Istanbulni Yevropa va Osiyoni ajratib turuvchi Bosfor bo'g'ozi kesib o'tadi, aholining taxminan uchdan ikki qismi Yevropa tomonida yashaydi.

🔹 31 kilometrlik Bosfor bo'g'ozi Qora dengizni Marmara dengizi bilan bog'laydi va shaharning eng muhim geografik xususiyati hisoblanadi.

🔹 Istanbul dunyodagi shu turdagi eng yirik va yagona metropolis hisoblanadi — shunga o'xshash boshqa transkontinental shaharlar (Rossiyaning Orenburg, Magnitogorsk shaharlari, Qozog'istondagi Atirau) Istanbul miqyosiga hech qachon yetolmagan.

🔹 Hozirda Bosfor ustidan 3 ta ko'prik va 2 ta temir yo'l tunneli o'tkazilgan — bular Yevropa va Osiyoni jismonan bog'laydi.

🔹 Istanbullik odam ertalab Osiyoda uyg'onib, paromga chiqib, bir necha daqiqadan so'ng Yevropada tushishi mumkin — shahar chegarasidan chiqmasdan!



💬 Agar Istanbulga borsangiz — qaysi qit'adan boshlagan bo'lardingiz, Yevropadanmi yoki Osiyodanmi? Izohda yozing! 👇


@TurkchaAkademi

📱Telegram 📱Instagram
5🔥1
Turk choy madaniyati ☺️


Turkiyada choy ichish umumiy odat bo'lsa-da, aynan Qora dengiz (Karadeniz) mintaqasi choy ishlab chiqarish va iste'mol qilishning markazi hisoblanadi. Nega shunday bo'lganini bilasizmi? 🤔

☁️ Iqlim va tuproq — Karadeniz mintaqasining nam iqlimi va tog' yonbag'irlaridagi tuproq choy o'simligi uchun juda qulay sharoit yaratadi.

🏰 Iqtisodiy ahamiyat — choy ko'plab oilalar uchun asosiy tirikchilik manbaiga aylangan.

☕️ Ijtimoiy an'ana — Turkiyada choy — mehmondo'stlik ramzi. Har qanday suhbat choy bilan boshlanadi.

🫖 "Çaydanlık" madaniyati — mahalliy ikki qavatli choynak orqali choy tayyorlash usuli aynan shu mintaqadan boshlangan.

💬 Kuniga nechta stakan choy ichasiz? Komentda yozing! ☕️

@Turkcha_Akademi
5