TOPIK ACADEMY
9.39K subscribers
1.59K photos
647 videos
115 files
1.85K links
Koreys tili markazi
📍 Toshkent, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko'chasi, 7G
(Mo’ljal: Novza metrosi, Davlat hizmatlari markazi)

📲Murojaat uchun:

+998773720006 (Konsalting hizmatidan foydalanish)

+998773160098 (Koreys tili darslariga yozilish)
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥26❤13⚡10😁2
Seminarimiz boshlandi! 🎓✨

Bugungi seminarimizdan eng muhim va foydali lavhalarni siz bilan bo‘lishib boramiz.

👀Yangiliklar va qiziqarli jarayonlarni o‘tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21🔥9⚡6👏6😍2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥26🤩12❤10⚡1
Ishtirokchilarga soha tanlash, kontrakt va grant shartlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar batafsil tushuntirilmoqda.🎙

Qaysi yo‘nalish sizga mos? Kontrakt va grant imkoniyatlari qanday? — barcha muhim savollarga javob berib boryapmiz.

Seminarimizdan yana qiziqarli jarayonlar bilan bo‘lishaylikmi? 👀

Unda ⚡️reaksiya qoldiring, seminar davomidan yana lavhalarni ulashamiz!🥰
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡43❤15🔥10👍3
✨Bugun seminarimizda qatnashgan barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Biz bilan birga bo‘lganingizdan xursandmiz!❤️

Agar sizga individual konsultatsiya kerak bo‘lsa, ertaga soat 10:30 dan 18:30 gacha sizni Gold Education o‘quv markazida kutamiz.🔖

Barcha savollaringizga batafsil javob beramiz va siz uchun mos imkoniyatlarni birgalikda ko‘rib chiqamiz⚡️

Manzil: Gold education o’quv markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤31🔥10⚡7🎉5
🇰🇷내뱉다 — chiqarib yubormoq, o‘ylamasdan aytib yubormoq

내뱉다 fe’li ikki xil asosiy ma’noda ishlatiladi:

1. Og‘izdagi narsani tashqariga chiqarmoq


🔹침을 내뱉다 — tupurmoq
🔹연기를 내뱉다 — tutunni chiqarmoq
🔹숨을 내뱉다 — nafasni chiqarmoq

담배 연기를 내뱉었어요.
— Sigaret tutunini chiqardi.

숨을 천천히 내뱉으세요.
— Nafasingizni sekin chiqaring.

2. Gapni keskin yoki o‘ylamasdan aytib yubormoq


Bu holatda 내뱉다 odatda salbiy, qo‘pol yoki og‘ir so‘zlarning birdan aytilishini bildiradi.

그는 화가 나서 막말을 내뱉었어요.
— U jahli chiqib, qo‘pol gaplarni aytib yubordi.

생각 없이 내뱉은 말이 친구에게 상처를 줬어요.
— O‘ylamasdan aytib yuborgan gapim do‘stimni ranjitdi.

그녀는 차가운 한마디를 내뱉고 떠났어요.
— U sovuq bir gapni aytdi-da, ketdi.

➡️내뱉다 — ichkaridagi narsani tashqariga chiqarib yubormoq

말하다 — oddiy aytmoq
내뱉다 — gapni keskin yoki o‘ylamasdan aytib yubormoq

💬 말을 내뱉기 전에 한 번 더 생각하세요.
— Gapni aytib yuborishdan oldin yana bir bor o‘ylang.

Agar foydali bo‘lsa, do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang 🤝

🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👏7🔥5⚡2🤩2💯1
TOPIK_Academy_Talim_Yonalishlari_v2.pdf
194.8 KB
Bu faylda Koreya universitetlarida uchraydigan asosiy ta’lim yo‘nalishlari, fakultetlar va mutaxassisliklarning koreyscha nomlari jamlangan. 🇰🇷🎓

🔹Tabiiy va texnik fanlar
🔹Gumanitar fanlar
🔹Ijtimoiy fanlar
🔹Tibbiyot va farmatsiya
🔹Pedagogika
🔹San’at va sport
🔹Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

Shuningdek, 계열, 단과대학, 학과, 전공 kabi universitetga oid muhim koreyscha atamalarning ma’nolari ham berilgan.

📌 Koreyada o‘qish uchun universitet va mutaxassislik tanlayotganlar uchun foydali qo‘llanma.

Saqlab qo‘ying va do‘stlaringiz bilan ulashing! 🤝🇰🇷

🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🔥7👍6🎉1🤩1
✨Aziz ustozlar va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Sizning mehnatingiz — shunchaki bilim berish emas. Siz har bir o‘quvchining orzusi, maqsadi va kelajagiga yo‘l ko‘rsatasiz. Har bir darsingiz, bergan maslahatingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz o‘quvchilarimiz hayotida o‘z izini qoldiradi.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, cheksiz energiya, kasbiy rivoj va yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Har bir shogirdingizning yutug‘i sizga faxr, har bir darsingiz esa yangi ilhom olib kelsin!

Ustozlik — sharafli kasb. Siz esa bu sharafni munosib davom ettirayotgan aziz insonlarsiz!

🎓Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
TOPIK Academy jamoasi 💙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡22👍9🎉8❤2🔥2😍2💯1
발견 vs 발명


🔹발견 — kashf qilmoq, topmoq
Oldindan mavjud bo‘lgan narsani izlab topish yoki bilib olish.

예문:
새로운 사실을 발견했다.
Yangi haqiqatni kashf qildi.

🔹발명 — ixtiro qilmoq
Avval mavjud bo‘lmagan yangi narsa yoki usulni yaratish.

예문:
전기를 발명했다.
Elektrni ixtiro qildi.

📌 Esda saqlang:
발견 = bor narsani topish
발명 = yangi narsa yaratish

Agar foydali bo‘lsa, do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang 🤝

🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍10🔥9⚡4💯2
⚡️ Oktyabr va noyabr oyida TOPIK topshiradigan talabalar diqqatiga!

Bahorgi semestrga Koreyaga ketish uchun katta grantli imkoniyat.

Dastur shartlariga mos talabalar uchun:

— Birinchi semestr kontraktiga 100% gacha grant
— Universitet yotoqxonasida yashasangiz, 1 yil bepul yotoqxona va ovqat
— Universitetdan tashqarida yashasangiz, $2,000 gacha yordam puli
— Bepul aviachipta
— $370 gacha bir martalik stipendiya
— Aeroportda bepul kutib olish

Bonus sifatida bepul SIM karta va Hanpass kartasi ham beriladi.

Talablar:

TOPIK 3 yoki undan yuqori natija ola olishingiz, viza uchun 1 oylik KDB bank hisoboti va ota-onangizning daromad hujjatlari kerak bo‘ladi.

✈️ Telegram: @ADMIN
📱 Telefon: 77-372-00-06

@topikacademy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡19👍11🔥8❤5🤩2💯2
🇰🇷내몰다 — haydab chiqarmoq, majburlab qo‘ymoq


내몰다 fe’li kimnidir bir joydan haydash yoki og‘ir vaziyatga majburan olib kelish ma’nosini bildiradi.

1. Tashqariga haydab chiqarmoq


주인은 손님을 밖으로 내몰았어요.
— Uy egasi mehmonni tashqariga haydab chiqardi.

사람들이 도둑을 마을 밖으로 내몰았어요.
— Odamlar o‘g‘rini qishloqdan haydab chiqarishdi.

2. Og‘ir vaziyatga tushirib qo‘ymoq


Bu ma’noda 내몰다 ko‘pincha 위기, 궁지, 절망 kabi so‘zlar bilan ishlatiladi.

🔹위기로 내몰다 — inqirozga olib kelmoq
🔹궁지로 내몰다 — chorasiz vaziyatga tushirmoq
🔹절망으로 내몰다 — umidsizlikka tushirmoq
🔹극단적인 선택으로 내몰다 — keskin qarorga majbur qilmoq

계속되는 실패가 그를 절망으로 내몰았어요.
— Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar uni umidsizlikka tushirdi.

과도한 경쟁이 학생들을 심한 스트레스로 내몰고 있어요.
— Haddan tashqari raqobat o‘quvchilarni kuchli stressga duchor qilmoqda.

그를 궁지로 내몰지 마세요.
— Uni chorasiz vaziyatga tushirib qo‘ymang.


Agar foydali bo‘lsa, do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang 🤝

🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10❤7👍7🤩4
TOPIK I 102 듣기 분석 TOPIK ACADEMY.pdf
4.4 MB
102-TOPIK I 듣기 tahlilini kutgan edingizmi? 🔍

📌102-TOPIK I 듣기 bo‘limining to‘liq tahlili!

Ichida sizni kutmoqda:

✅ asosiy (kalit) so‘zlar va tarjimalari
✅ barcha savollarning to‘g‘ri javoblari
✅ audio matnlarining to‘liq transkripti

📄 Hammasi bitta PDF’da — yuklab olib, qulay tarzda o‘rganing!

Agar foydali bo‘lsa, do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang 🤝

🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17⚡7👍6👏3🎉2😍2💯2🔥1
TOPIK I 102 읽기 분석 TOPIK ACADEMY.pdf
6 MB
📍 Mana — 102-TOPIK I testining to‘liq tahlili!

Ichida:
✅ muhim so‘zlar + tarjimalar
✅ barcha to‘g‘ri javoblar
✅ sodda tushuntirish va izohlar

📄 Hammasi bitta PDF’da — qulay va aniq. Hoziroq yuklab oling!

Agar foydali bo‘lsa, do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang 🤝

🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24👏12🎉8⚡4👍4💯2😁1
🇰🇷사건·사고 — hodisa va baxtsiz voqealar


Koreys tilida 사건·사고 iborasi jamiyatda sodir bo‘ladigan turli hodisalar, jinoyatlar, favqulodda vaziyatlar va baxtsiz voqealarni umumiy tarzda ifodalaydi.

사건 va 사고 farqi

사건 (事件) — muhim voqea, mojaro yoki jinoyat bilan bog‘liq hodisa
사고 (事故) — kutilmaganda yuz bergan baxtsiz hodisa

☑️살인 사건 — qotillik hodisasi
☑️교통사고 — yo‘l-transport hodisasi

Baxtsiz hodisa va favqulodda vaziyatlarning turlari


🔹교통사고 — yo‘l-transport hodisasi
차를 운전하다가 교통사고가 났어요.
— Mashina haydab ketayotib, avtohalokatga uchradim.

🔹천재지변 — tabiiy ofat
지진이나 홍수 같은 천재지변은 예측하기 어려워요.
— Zilzila va suv toshqini kabi tabiiy ofatlarni oldindan aytish qiyin.

🔹정전 사고 — elektr energiyasining favqulodda uzilishi
정전 사고로 건물 전체의 전기가 끊겼어요.
— Elektr tarmog‘idagi hodisa sababli butun binoda tok o‘chdi.

🔹등반 사고 — toqqa chiqish paytidagi baxtsiz hodisa
악천후로 등반 사고가 발생했어요.
— Noqulay ob-havo tufayli tog‘da baxtsiz hodisa yuz berdi.

🔹화재 사고 — yong‘in bilan bog‘liq hodisa
공장에서 큰 화재 사고가 발생했어요.
— Zavodda katta yong‘in sodir bo‘ldi.

🔹식중독 사고 — ovqatdan zaharlanish hodisasi
학교 급식으로 집단 식중독 사고가 발생했어요.
— Maktab ovqati sababli ommaviy zaharlanish hodisasi yuz berdi.

🔹물놀이 사고 — suvda cho‘milish yoki o‘ynash paytidagi hodisa
여름에는 물놀이 사고를 조심해야 해요.
— Yozda suvdagi baxtsiz hodisalardan ehtiyot bo‘lish kerak.

🔹낚시 사고 — baliq ovlash paytidagi hodisa
높은 파도로 낚시 사고가 발생했어요.
— Baland to‘lqinlar sababli baliq ovlash paytida baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.

🔹공연장 사고 — konsert yoki tomosha joyidagi hodisa
공연장에 사람이 몰리면서 사고가 발생했어요.
— Tomosha joyiga ko‘p odam to‘planishi natijasida hodisa yuz berdi.

🔹지하철 사고 — metrodagi hodisa
지하철 사고로 열차 운행이 중단됐어요.
— Metrodagi hodisa sababli poyezdlar harakati to‘xtatildi.

🔹기차 사고 — poyezd bilan bog‘liq hodisa
기차 사고로 많은 승객이 다쳤어요.
— Poyezd halokati oqibatida ko‘plab yo‘lovchilar jarohatlandi.

🔹비행기 사고 — samolyot halokati
비행기 사고의 원인을 조사하고 있어요.
— Samolyot halokatining sababi o‘rganilmoqda.

Yana qanday 사고 turlari mavjud?


🔹산업재해 — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa
🔹추락 사고 — balandlikdan yiqilish hodisasi
🔹폭발 사고 — portlash
🔹붕괴 사고 — bino yoki inshootning qulashi
🔹익사 사고 — suvga cho‘kish hodisasi
🔹감전 사고 — elektr toki urishi
🔹가스 누출 사고 — gaz sizib chiqishi
🔹안전사고 — xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatidagi hodisa

Muhim birikmalar


🔹사고가 나다 — baxtsiz hodisa yuz bermoq
🔹사고가 발생하다 — hodisa sodir bo‘lmoq
🔹사고를 당하다 — baxtsiz hodisaga uchramoq
🔹사고를 예방하다 — hodisaning oldini olmoq
🔹사고 원인을 조사하다 — hodisa sababini tekshirmoq
🔹인명 피해가 발생하다 — odamlar orasida qurbonlar yoki jarohatlanganlar bo‘lmoq

📌Eslab qoling:

❌사고를 나다
☑️사고가 나다
☑️사고를 당하다

Agar foydali bo‘lsa, do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang 🤝

🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🔥6⚡5😍3💯3👍2👏1
☑Gormonlar nomlari koreys tilida


1. 호르몬 — gormon
2. 성장 호르몬 — o‘sish gormoni
3. 갑상선 호르몬 — qalqonsimon bez gormoni
4. 인슐린 — insulin
5. 멜라토닌 — melatonin
6. 코르티솔 — kortizol
7. 아드레날린 — adrenalin
8. 에스트로겐 — estrogen
9. 프로게스테론 — progesteron
10. 테스토스테론 — testosteron
11. 세로토닌 — serotonin
12. 도파민 — dofamin
13. 옥시토신 — oksitotsin
✨ Koreys tilida tibbiyot va kundalik hayotga oid mavzularda ushbu so‘zlar tez-tez uchraydi.

🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥23❤15👏5⚡2🤩2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎧 재활용? 일반쓰레기? 한국의 쓰레기 처리 방법 ♻️

Agar foydali bo‘lsa, do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang 🤝

🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish
🔥18❤6👏6⚡1😍1💯1
🇰🇷Koreys tilida ta’lim yo‘nalishlari va fakultetlar

Koreya universitetlarida ta’lim sohalari 계열, aniq mutaxassislik yoki kafedralar esa 학과 deb ataladi.

Masalan:

자연계열 — ta’lim sohasi
수학과 — aniq mutaxassislik

1. 이공계 — tabiiy va texnik fanlar


이공계 — 이과 va 공과 계열ni birlashtiruvchi umumiy nom. U tabiiy fanlar, muhandislik va texnologiyaga oid yo‘nalishlarni qamrab oladi.

✨수학과 — matematika
✨물리학과 — fizika
✨화학과 — kimyo
✨생명과학과 — biologiya
✨통계학과 — statistika
✨컴퓨터공학과 — kompyuter muhandisligi
✨소프트웨어학과 — dasturiy ta’minot
✨인공지능학과 — sun’iy intellekt
✨기계공학과 — mexanika muhandisligi
✨전기전자공학과 — elektr va elektronika muhandisligi
✨건축공학과 — qurilish muhandisligi
✨화학공학과 — kimyo muhandisligi

저는 이공계 전공에 관심이 있어요.
— Men tabiiy va texnik yo‘nalishlarga qiziqaman.

2. 인문계열 — gumanitar fanlar


✨국어국문학과 — koreys tili va adabiyoti
✨영어영문학과 — ingliz tili va adabiyoti
✨한국어학과 — koreys tili
✨역사학과 — tarix
✨철학과 — falsafa
✨언어학과 — tilshunoslik

3. 사회계열 — ijtimoiy fanlar


✨경영학과 — biznes boshqaruvi
✨경제학과 — iqtisodiyot
✨정치외교학과 — siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar
✨행정학과 — davlat boshqaruvi
✨사회학과 — sotsiologiya
✨심리학과 — psixologiya
✨미디어커뮤니케이션학과 — media va kommunikatsiya
✨국제학과 — xalqaro tadqiqotlar

4. 의약계열 — tibbiyot va farmatsiya


✨의예과 / 의학과 — tibbiyot
✨치의예과 / 치의학과 — stomatologiya
✨약학과 — farmatsiya
✨간호학과 — hamshiralik ishi
✨물리치료학과 — fizioterapiya
✨보건학과 — sog‘liqni saqlash

❗️물리학과 — fizika
❗️물리치료학과 — fizioterapiya

Nomlari o‘xshash, lekin ular mutlaqo boshqa yo‘nalishlar.

5. 교육계열 — pedagogika


✨교육학과 — pedagogika
✨유아교육과 — maktabgacha ta’lim
✨초등교육과 — boshlang‘ich ta’lim
✨특수교육과 — maxsus pedagogika
✨국어교육과 — koreys tili o‘qitish
✨수학교육과 — matematika o‘qitish

6. 예체능계열 — san’at va sport


✨디자인학과 — dizayn
✨미술학과 — tasviriy san’at
✨음악학과 — musiqa
✨연극영화학과 — teatr va kino
✨체육학과 — jismoniy tarbiya va sport
✨무용학과 — raqs san’ati

7. 농림·수산계열 — qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi


✨농업경제학과 — agrar iqtisodiyot
✨식품공학과 — oziq-ovqat muhandisligi
✨동물자원학과 — chorvachilik resurslari
✨산림학과 — o‘rmon xo‘jaligi
✨수산학과 — baliqchilik sohasi

💎 Muhim so‘zlar:

계열 — umumiy ta’lim sohasi
단과대학 — universitet tarkibidagi fakultet yoki kollej
학과 — kafedra yoki mutaxassislik
전공 — talabaning asosiy yo‘nalishi

💬여러분은 어떤 전공을 선택하고 싶으세요?

Agar foydali bo‘lsa, do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang 🤝

🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish
❤15⚡6👏6👍2😁1🤩1
🧭Koreys tilida shimol, janub, sharq va g‘arb qanday aytiladi? Birga o‘rganamiz!

⬆️ 북 — shimol
⬇️ 남 — janub
➡️ 동 — sharq
⬅️ 서 — g‘arb

📌 Oraliq tomonlar:

↗️ 북동 — shimoli-sharq
↖️ 북서 — shimoli-g‘arb
↘️ 남동 — janubi-sharq
↙️ 남서 — janubi-g‘arb

💡방향 — yo‘nalish, tomon.
Tomonni ko‘rsatishda 쪽 so‘zi ham ishlatiladi:

✅북쪽 — shimol tomoni
✅남쪽 — janub tomoni
✅동쪽 — sharq tomoni
✅서쪽 — g‘arb tomoni

☀️ 해는 동쪽에서 떠서 서쪽으로 져요.
Quyosh sharqdan chiqib, g‘arbga botadi.

🧠 Koreys tilida bu to‘rt tomon ko‘pincha 동서남북 tartibida aytiladi: sharq, g‘arb, janub, shimol!

💬북쪽 qaysi tomon? Javobingizni izohlarda yozing!

📌Yangi so‘zlarni takrorlash uchun postni saqlab qo‘ying.

Agar foydali bo‘lsa, do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang 🤝

🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22🔥10⚡8
🇰🇷내다보다 — tashqariga qaramoq, oldindan ko‘ra bilmoq


내다보다 fe’li ikki asosiy ma’noda ishlatiladi.

1. Ichkaridan tashqariga qaramoq


창밖을 내다봤어요.
— Derazadan tashqariga qaradim.

아이들이 창문으로 밖을 내다보고 있어요.
— Bolalar derazadan tashqariga qarashyapti.

그는 문밖을 조심스럽게 내다봤어요.
— U eshikdan tashqariga ehtiyotkorlik bilan qaradi.

2. Kelajakni oldindan ko‘ra bilmoq


Bu ma’noda 내다보다 kelajakdagi holat yoki natijani tahlil qilib, oldindan taxmin qilishni bildiradi.

🔹미래를 내다보다 — kelajakni oldindan ko‘ra bilmoq
🔹앞날을 내다보다 — kelajakni ko‘z oldiga keltirmoq
🔹시장을 내다보다 — bozor istiqbolini baholamoq

미래를 내다보고 준비해야 해요.
— Kelajakni o‘ylab, oldindan tayyorlanish kerak.

그 회사는 시장의 변화를 내다봤어요.
— O‘sha kompaniya bozordagi o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bildi.

앞을 내다보는 선택이 필요해요.
— Kelajakni hisobga olgan qaror kerak.


Agar foydali bo‘lsa, do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang 🤝

🚀Telegram | 🎬YouTube | 📷Instagram | 🛫 Janubiy Koreyada o’qish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯7❤6⚡3🔥3
⚡️ TOPIK ACADEMY jamoasiga KOREYS TILI USTOZI qidirmoqda!

Agar siz koreys tilini yaxshi bilsangiz, dars berishdan zavqlansangiz va o‘quvchilar natijasiga befarq bo‘lmasangiz — sizni jamoamizda kutamiz!

Bizning talablarimiz:

💎 Koreys tilidan kamida TOPIK 5 daraja
💎 Kamida 2 yillik o‘qituvchilik tajribasi
💎 O‘quvchilar bilan ishlash va darsni qiziqarli olib borish qobiliyati
💎 Mas’uliyatlilik va intizom
💎 Jamoada ishlay olish
💎 O‘quvchilarga natija chiqarishga yo‘naltirilgan yondashuv

Biz taklif qilamiz:

✅ O‘z vaqtida va barqaror ish haqi
✅ Kasbiy va lavozim bo‘yicha o‘sish imkoniyati
✅ Do‘stona va professional jamoa
✅ Metroga yaqin qulay lokatsiya
✅ Rivojlanayotgan TOPIK Academy jamoasining bir qismiga aylanish imkoniyati

📍Manzil: Toshkent shahri, Novza metrosi yaqinida

🚀 Murojaat uchun: @ADMIN

Telegram orqali rezyumeingizni yuboring.

TOPIK ACADEMY — natija beradigan ta’lim jamoasi ⚡️

@topikacademy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍9🔥8