91 subscribers
5 photos
3 links
Top Math System

Matematika o’rganuvchi va o’rgatuvchilar uchun eng foydali instrumentlar!
Download Telegram
Channel created
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!

Ha bu yangi loyiham)

Loyihadan oldin o’zimni qisqacha tanishtiray.

Men Javokhir Toshpulatov

Ta’lim sohasida 9 yildan buyon borman. Bu muddatda ta’limning Matematikaga aloqador sohada bo’ldim.

2016–2020-o’quv markazlarda;

2020-dan hozirgacha Top xususiy maktablarda;

Orada o’zimning Gauss loyihamda ham faoliyat yuritdim.

Online darslar o’tdim, Qalan.uz da dars o’tdim..

Mediadagi o’quvchilarimdan tashqari 1000 ga yaqin o’quvchilarga jonli dars o’tdim.

Bizgacha Matematikaga qiziqmay kelgan o’quvchilarni Matematikaga qizishlariga sababchi bo’ldik,

MS va Olimpiadalarga natijalar qildik va hozirgacha qilyapmiz Alhamdulillah.

Xullas endi shu to’plangan tajribani Matematika o’rganuvchi va o’rgatuvchilar uchun upakovka qilib ulashishni niyyat qildim.

Bu yerda Misol va Masala yechishni o’rgatmayman.

Zotan bu to’g’risida yetarlicha manba’lar bor..O’zim ham darslar joylab qo’yganman.

Bu kanalda Matematika(va Aniq fanlarni) o’rganish muhimligi, uning instrumentlari;

o’rgatishni o’rgatishga doir samarali usullar va shunga o’xshash unikal ma’lumotlar men tomonimdan barib boriladi.

* Orada ustozlar va o’quvchilarga bag’ishlangan kurslarim haqida ma’lumotlar ham borib tursa rozi bo’lasiz) Qatnashib foyda olsangiz yana ham xursand bo’laman))

Unda boshladik..Bismillah
❤15👍5👏2
Oxirgi paytlarda “keyingi 3 yilda” deb ko’plab prognozlar beryapman)

Ishqilib uyaltirib qo’ymasinda))

Yana bir prognoz:

Keyingi 3 yilda eng talabgir o’qituvchilar SAT va AP o’qituvchilari bo’lishadi.

Talabgir o’qituvchi = Qimmat o’qituvchi

@TopMathSystem
❤7👍6💯2
Darslikdagi muammo

2020/2021-o’quv yillarida yuqori sinf bilan birga 5-6-7-sinflarni ham o’qitganman. O’sha vaqtda sinf darsligidan foydalanar edim. Adashmasam 2017-yil chiqarilgan nashridan.

8-sinflarga esa sinf darsligidan foydalanishni o’sha vaqtda ham ma’qullamaganman. Sababi mavzularda sayozlik sezilgan. Misollar soni kamdek tuyulgan.

Shu yil maktabimizga 5-6-7-sinflarimizga yangi ananviy maktab darslikdan foylanishga kelishdik. U bilan parallel ravishda ustozlarga qo’shimcha kitoblardan ham foydalanishni tavsiya qildim.

Sinf darsliklarini tugatdik ham. Natija quyidagicha bo’ldi:

Qo’shimcha kitoblardan o’tilgan mavzular yaxshi o’zlashtirilgan ammo sinf darsligidagi ko’rsatkich keskin past.

Uni qanday tekshirdim:

Har oylik monitoring imtihon o’tkazamiz. O’quvchilar oy davomida foydalangan kitoblardan misollar tuziladi.

Ba’zida aynan o’zi yechgan misollar ba’zida esa yechganiga o’xshash.

Xullas sinf kitobidagi bo’shliqlarni endi boshqa kitoblardan qayta o’tishga majbur bo’lyapmiz.

Endi men o’ylab qolaman:

Biz deyarli saralab oladigan bolalarda, guruhda 10-12 ta o’quvchi uchun haftasiga 6-8 soatlab dars o’tib sinf kitobidan natija olishga qiynaldik.

O’zbekiston bo’yicha 1.7–1.9 mln o’quvchi 5-6-7-sinfda o’qir ekan. Taxminan 1.5 mln atrofigi o’quvchilar Davlat maktabida o’qishadi.

Ular sinfda 30+ o’quvchi, haftasiga 5 soatgina o’qib bu kitoblardagi mavzularni qanday tushunishyapti ekan?

1. Yangi kitoblar ajoyib, rangba-rang, ochganda o’ziga jalb qiladigan rasmlari bor. Ammo misollar soni ancha kam.

Ustoz bitta misolni tushuntirar ekan huddi o’shanga o’xshash kamida 5 ta misol bo’lishi kerak. Aks holda mavzu mohiyatini tushunmay turib misollar tugab qoladi.

2. Bolalar ustoz mavzuni o’tgandan keyin hech bo’lmasa undagi 60-70% misolni mustaqil yecha olishi kitob rangidan ham muhimroq.

Aks holda farzandini maqsadini o’ylaydiganlar ko’chadan kurs qidiradi. Qolganlar esa “matematika qiyin ekan” deb yuraveradi.

3. Maktab darsligiga sarflangan resurs qo’shimchaga borganda foydalanilgan kitoblarga sarflangan serusrsan ancha ko’proq. Ya’ni muammo resursda emas demoqchiman.

4. Maktabingizda cheklov bo’lmasa, shunchaki planni chetga suring. Maqsadni o’rgatishga/natijaga qarating. Qaysi darslikdan o’tish natijaga olib boradi deb o’ylasangiz o’shandan foydalanish. Aks holda o’quvchilarni katta fansiz qolishiga siz ham sherik bo’lasiz.

P.s
Aynan qaysi qo’shimcha kitoblardan foydalanish kerakligi haqida bilish uchun shunchaki kuzatishda davom eting. Og’rig’imiz o’xshash bo’lgan boshqalarga ham ulashib qo’ying)

@TopMathSystem
🔥9👏3💯3👍2❤1
Matematika ustozlarda eng ko'p uchratadigan kamchiliklarimdan biri(o'zimda ham bo'lgan):

Doskadan uzila olmay qolishadi.

Ya'ni, misolga shu qadar sho'ng'ib ketishadiki o'quvchilar mavzuni tushunishi uyoqda tursin orada bir mizg'ib ham olishadi)

@TopMathSystem
👍6💯4❤2😁2
Matematika o’rgangan/o’rganayotganlarga savol. Qaysi bo’limga ko’proq qiynalgansiz?
Anonymous Poll
7%
Ildizlar
4%
Masalalar
41%
Funksiyalar
31%
Triganometriya
11%
Planimetriya
6%
Kommentga yozaman kettim..
❤2🤔1
Olimpiadalar chempionati🤓

IRN > Kenguru
IRN < Copernicus
TASIMO > Copernicus
TASIMO *** Respublika olimpiadasi

Sizningcha *** o’rniga qaysi belgi bo’lishi kerak?🤔

@TopMathSystem
😁5❤1👍1🤔1
Matematika, hayot va dars

Bugun Masalalar mavzusini o’tayotganimda bir termin chiqib qoldi.

Uni tushuntirishim uchun Banklardagi sotuvda turadigan oltinni eslatishimga to’g’ri keldi.

Mavzu ochilib qolganligi uchun, biznesda ko’chmas mulk va oltinning o’rni haqida biroz tushuntirish berib o’tdim.

Mavzuning yana bir qismida. Do’kon rastalariga ilingan go’shtlar kun o’tkan sayin suvi qurishi va uning tannarxi qurish hisobiga qassoblarga qimmatga tushib boraverishi haqida tushuntirib o’tdim.

Umuman yana 2-3 ta hayotim masalalarni batafsilroq mavzuga bog’liq qismini topib olib tushuntirib ketdim.

Doim shunaqa. Har darsda hayotga aloqador Matematikani kichik qismini qidiraman. Ushlaganimdanoq tezda hayotga bog’lab nimadir tushuntirib ketaman.

Ba’zilarini o’qib o’rgangan bo’laman, ba’zilarini ko’rib yoki eshitib. Hammasi o’quvchilarni uyqusirab turgan ko’zlarini katta qilib ochib yuboradi.

Mavzu topa olmay qolsam hazil vaziyat qidiraman. Uni ham topa olmay qolsam doimiy navbatchi o’quvchilar bor ya’ni hazildan keyingi reaksiyasi ajoyib bo’ladigan. O’shalarga tashlab ko’raman))

Hullas mavzu ham o’tdik, uy ishi ham tekshirdik, ta’til tassurotlari ham eshitdim. Qo’shimchasiga 3-4 ta hayotiy informatsiya ham eshitishdi.

Matematikani hayotga bog’lash qiyin deyishadi. Biroz kuzatib yursangiz hayotni o’zi matematikaligini ko’rasiz.

Hech topa olmay qolsangiz, Hayotni matematikaga olib kela olmay qolsangiz, matematikani o’zini hayotga tortib olib borib ichingizdagilarni shu bahona tushuntirib keting. Menga o’xshab)

Bu dars aktivligini oshiradi. O’quvchilarni fokusini darsga qaytaradi. Mavzuni bog’lab eslab vositasi paydo bo’ladi. Hullas dars sifat oshadi.

@TopMathSystem
👍5🔥5❤4👏4
Jamoamiz natijalari. Alhamdulillah.

Bugun matematikadan Milliy sertifikat natijalar chiqdi.

Kamandamiz ustozlaridan Alloh rozi bo’lsin)

**
C va C+ olgan o’quvchilarni aslida undan ham yuqori ball oladigan potesiallari bor edi.

Shunchaki bularning asosiy fokuslari maqsadlari yo’lidagi boshqa fanlarda bo’lganligi uchun biz buni qabul qildik.
👍10👏2💯2❤1
Sertifikatlarni Rustambek ni kanalidan oldim

Bu qiz maksimal 189 ball egallab bo’ldi. Agar shu qizni to’g’ri yo’naltirib turadigan ustoz topilsa, nafaqat bizdagi studentlardan balki

O’zimizdagi universitedlarini mensimaganligi uchun va xalqarolarga harakat qilib yurganlarning anchasidan kuchliroq shaxs/mutaxassis bo’lib yetishadi.

Sababi intizom va konsentratsiya

E’tibor bersangiz 3 ta fanining imtihonlari o’zaro yaqin kunlarda bo’lgan. Bu uchalasini bir vaqtda tayyorlanganini bildiradi.

“2 ta fan o’qisam ikkalasi ham sifatsiz bo’lib qoladi, ulgurmayman, ustozim qo’ymayaptilar, boshim aylanadi, ko’nglim ayniydi, mazam bo’lmaydi,….” deb qiyshayadiganlarga ko’rsatvoradigan joyi..)

**
“Kuchli mutaxass bo’ladi” deb ishonch bilan aytganim, bunda ham English daraja bor. Va buni xalqaro(IELTS)ga almashtirib natijasini ko’tarib olish imkoniyati ancha katta.

Matematika + English + Intizom + konsentratsiya + to’g’ri yo’naltirib turuvchi ustoz = KUCHLI SHAXS/MUTAXASSIS

@TopMathSystem
👍5🔥3❤2💯2👏1🤯1