Hid Gallyutsinatsiyasi
2.01K subscribers
1.02K photos
197 videos
60 files
806 links
Agape
Download Telegram
Forwarded from BOOK.UZ
#TOP20

🔥
BOOK.UZ kitob doʻkonimizda sentyabr oyi bo'yicha eng ko'p sotilgan TOP20 kitoblar ro'yxati.

1. «Shaxsiy xona» 32 000
2. «O'tkan kunlar» 19 000
3. «Xolid ibn Al-Valid» 70 000
4. «Atrof to'la ahmoqlar» 42 000
5. «Stress va din» 31 000
6. «Bolalik xotiralarim» 18 000
7. «So'nggi to'fon. O'gay ona» 22 000
8. «Alkimyogar» 25 000
9. «Uyimiz jannatga aylansin» 35 000
10. «Turkiston Rossiya va Xitoy oralig'ida» 69 000
11. «Choliqushi» 35 000
12. «Arastu. Axloqi kabir» 39 000
13. «Aflotun. Davlat» 49 000
14. «Baqirmaydigan onalar» 35 000
15. «Jinoyat va jazo» 59 000
16. «Ixchamlashtirilgan. Tom Soyer» 14 000
17. «G'arbiy frontda o'zgarish yo'q» 25 000
18. «Qalbingni isloh qil» 26 000
19. «Qiyomat» 20 000
20. «Qo'rquv psixologiyasi» 38 000

Buyurtma berish:
📞 +99871 230 00 50
🛒 @bookuzbot | @bookuzbek

📚@bookuzbekistan
Hid Gallyutsinatsiyasi
Photo
"Shaxsiy xona" uchib ketvotgankanmi? Hammalariz yotivolib o'qiyapsizlar shekl😁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Фотография тарихи билгичлари ва хоразмликлар диққатига. Урганчда фотография музейи ташкил қилиш бўйича ташаббус юзасидан таклифлар кела бошлади. 1961 йилдан то 1973 йилгача Хоразм телевидениясида ишлаган журналист Ражабой Бобожонов туширган фотографиялар коллекцияси ва у киши қўлланган техник ускуналар келгусида очилажак музейга тақдим қилинди.
Эслатиб ўтаман Урганчда фотография музейи очиш ғояси жуда оддий.
Музей 400 ëшли Урганч тарихининг фақат 100 йили 1900 йилдан 2000 йилгача даврини қамраб олади. 1900 йилдан то 2000 йилгача Урганчда яшаганлар фотоларидан иборат бўлади.

Музейда уч хил экспонат бўлади.
1. 1910 йилдаги фотостудия айнан қайта тикланган шакли ва ундаги фотографнинг воск фигураси.
2. Эски фото техника
3. Фотографиялар
Музей учун шаҳарнинг эски обувной фабрика рўпарасида жойлашган икки қаватли ғиштин бино текин беғараз берилади. (бинони кадастр ҳужжати бор)

Таклифларни музей ташкил қилиш ташкилотчиси Ғайрат Бобожоновга билдира оласиз.
Телефон +998999687712 TG @gayratbaba
Bugun Faxriyor tug'ilgan kun! Buni👇ko'rdizlarmi?
Ko'rganlar (kasal basharamni va noziiiik fikrlarimni), komment pomment yozib qo'yinglar, ko'rib kelaman
ФОНИЙЛИК

Кўнгилда мавҳум ҳислар тўлқини тошди
Ташқарида куз ели ,
Енгил жунжиктирар дарахтлар танин.
Сояларда қалтирар недир,
Сояларда қалтирар маҳзунлик-
Дарахтларнинг, деворларнинг сояларида.
Кўнгилда маҳзунлик тўлқини тошди.
Ва ҳадемай ўтар,
Қуйилар абаднинг дарёларига
Фонийлик исканжасида ташлаб юракни


2016.

Foniylik yaqin - Kuz...

Ps.:Rasmda "Qon" bilan Charos Bobomurodova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Notre Dàme Universityda (Indiana, US) Shoxinaxpn Bahromova taqdimotidan lavha. Lavhada "Ular avval raqsni taqiqladilar" haqida nutq qilyapti.
Forwarded from The Stranger
Tillaniso – "Qon"

​​Tillanisoning nasri yoqar edi. She'rlarini kam oʻqigandim. Oʻsha oʻqiganlarim esa yoqmagan. Bee'tibor oʻqiganmanmi, bilmadim, tushunarsiz tuyilgan. Aslida esa nihoyatda tushunarli yozilgan ekan. Ozgina eʼtibor, ozgina hissiyot bilan yondashuv kerak ekan xolos.

Barmoq vaznidagi she'rlarda asosiy urgʻu garmoniyaga ketib qoladi baribir. Zoʻr qofiyalangan she'rda ma'no notugal yoki umuman boʻlmasa ham bilinmaydi. Tillanisoniki kabi oq she'rlarda ma'no birinchi oʻrinda turadi. Shaklga boʻysunish majburiyati boʻlmagani bois his va gʻoya boʻrtib koʻrinadi.

Tillanisoning she'rlari qofiyasiz, ammo ohangsiz emas. Men sheʼrlarni ovoz chiqarib oʻqiyman. "Qon"dagi deyarli barcha sheʼrni ovoz chiqarib oʻqidim. Sezdimki, ohang zoʻr. Biror joyida ohang buzilmaydi, ichki garmoniyasi ajoyib.

Kimga suyansang,
chirigan pol kabi yiqilib tushadi poyingga.


Tillanisoning she'rlari tayanchsiz qolgan olam va odam haqida.
"Darvoqe, men tugʻilganda, qulab boʻlgandi dunyoning tayanchlari";
– "Dunyo ustunlari qulasin";
"Itarib otadi dunyoning tayanchlari".

Sheʼrlar shaklan oq, mazmunan qora. Biror bir nekbinlik yoʻq. Faqat oʻkinch, faqat nafrat, faqat arosat.
"Qon"dagi barcha sheʼr avtobiografik ruhga egaday... Hamma-hammasi yashalgan, his qilingan ogʻriqlar. Shuning uchun ham odamga darrov yuqadi. Ammo bu kechinmalar faqat shoiraning emas, butun boshli bir avlodning kechinmalari.

Yoʻl yurdik,
Yoʻl yursak ham moʻl yurdik.
Lekin bemanzil.

Yoʻl koʻrinmay qolsa, faqat uxladik.

Bu avlodning tayanchi yoʻq. Hayot markaziga qoʻyadigan gʻoyasi yoʻq. Tayanchi boʻlmagani uchun ham ular betoqat, hamma narsani inkor etadi, hamma narsani qoralaydi, hech nimadan halovat topmaydi. "Qon" shu avlodning ruhiy ahvoli bayoni boʻlgani uchun ham sevib oʻqildi shekilli.

@salimov_blogi
Hid Gallyutsinatsiyasi
Tillaniso – "Qon" ​​Tillanisoning nasri yoqar edi. She'rlarini kam oʻqigandim. Oʻsha oʻqiganlarim esa yoqmagan. Bee'tibor oʻqiganmanmi, bilmadim, tushunarsiz tuyilgan. Aslida esa nihoyatda tushunarli yozilgan ekan. Ozgina eʼtibor, ozgina hissiyot bilan yondashuv…
Buxorodagi uchrashuvda kelganlarga kitob tarqatdim - "Olovrang tug'yon"ni. Boricha hammaga berib chiqayotgandim, bir jufltlik o'tirgandi, ulargayam uzatib, bundoq qarasam Ilhom va xotini ekan, darrov tortib oldim, "baribir o'qimaysizlar-ku" dedim. Ular ham e'tiroz bildirishmadi. Kulishdik.

Ilhom "baribiram o'qimaslik" aybini yuvmoqchi bo'lgan shekilli😄
Hid Gallyutsinatsiyasi
Keyingi savol: Aruz kabi bir rustamlaka? Nima degani?
Aytmoqchi, bu savolga javob topdilarizmi? Men topdim. Shoirning o'zidan bildim. Qizig'i, savolga kanalda berilgan javoblar ichida to'g'risi yo'q ekan. Hamma "aruz kabi" ni ijobiy bo'yoqda deb taxmin qilgandi. Demak, she'r shu paytgacha noto'g'ri tushinib kelingan. Joy ma'nosida deyuvchilar ham bo'lgan.

Javobini suhbatda aytganman. Oxirigacha ko'rgan odam bilvoladi.

https://youtu.be/M7L7JvhBdog?si=orT3P7k4yDhPvgr4
Слово almanaxining yangi sonida Suhbat Aflotuniy tarjimasida she'rlarim chiqdi.
Forwarded from Guljamol Asqarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Мен қайғуларимга ҳам, қайғули йилларимга ҳам садоқатли одамга айланиб боряпман.
Балки мен қандай яшамаслик кераклигига намунадирман, лекин руҳим қиличдек бўлишини истайман…”
Шоира Гулжамол Асқарова “Изларим…”лойиҳасида. Кўрсатув сўнггидаги шеър махсус ёзилди ва номи:

Юлдузга…🙏

Қоронғулик ичра кўп юрдим,
Энди ёруғ бўлсин юзларим.
Милярд одам бор бу дунёда,
Қолсин дейман нурли изларим!

Бахтли бўлсин бунда ҳар одам,
Нур излаган ҳар кимки бахтли.
Шу тупроқда эканку, нечун,
Мен осмондан излабман бахтни?

Ватан каби улуғвор, рангин,
Тоғлар каби баланд ҳисларим.
Юлдузлардек нур сочсин мангу,
Уфқларга туташ... изларим***

Эфир 13 октябр соат 18:00, Му5 телеканалида
Inson ikki qarama qarshi qutblarda yashaydi. Masalan, ertalab bir oyog'ingiz bilan ishga yo o'qishingizga ketyapmiz. Ikkinchi oyog'ingiz esa boshqa - xayol yo ko'ngil tortgan joy bor o'shanga tomon ketyapti. Shunaqa ikki oyoq o'rtasida muvozanat topolmay umr o'tadi. Birinchisi bu -ehtiyojlaringiz. Kapitalistik dunyoda nomi - pul. Ikkinchisi - orzularingiz. Orzularingiz pulga bog'liq bo'lmasligi mumkin. Lekin ularni yuzga chiqarish uchun vaqt kerak. Afsuski, vaqtingizni sotib qo'ygansiz. Pulga. Pul topish uchun albatta umringizni, vaqtingizni sotishga majbursiz. Qarabsizki, orzularga vaqt qolmaydi.
Hozir hamma iste'molchilik madaniyatidan noliydi. Odamzotda o'zining asl orzulariga yetish uchun vaqt qolmadimi, o'zini ovuntirish uchun o'sha pulga bog'liq mashg'ulotidan orzular yasayvergan yoki yasab berishgan. O"sha ikkinchi oyog'ingiz orqaga qaytib ketmasin deb. Ayro qolmang, tezlashing deb. Rostdan bugun pul, iste'mol, ish yo"lida tezkormiz. Lekin zamon battarroq tezkor bo"lishni kutyapti. Zamon bizni tezroq yeb tugatish, hazm etib tashlashni istaydi. Ilhom "Qon" haqidagi mulohazasida g'oyasi yo'q avlod debdi hozirgi avlodni. Chunki g'oyaga vaqt qolmaydi-da. O"sha g'oyaga yo ma'naviy ilinj tomon yuradigan oyoqni to'liq borini kesib tashlashdi, bo'ysunganini aldab-sultab ovutishdi . Bu hozirgi avlodda emasdi, bundan oldin ham shunday edi. Tirikchilik bilan g'oya yoki ma'naviy ideal kesishmaydigan so'zlar. Avvalgilar ma'naviy ideal o'lsa ham, intilishlaring yuzaga chiqmasa ham, o"zni chekkaga olib yashab qolish haqda gapirishgan. Lekin zamon buniyam ilg'ab qolgan. Hech kim chetda qolmasligi uchun pul, sog'liq, qorin g'amini ham qattiqlashtirdi, ham tezlashtirdi. O'lsang, hammang birga o'l, yo'q bo'lib ket degani bu. Rostdan yo'q bo'lib ketayotganimizni sezaman. Kapitalizm axloqi va ideallar bir-biriga yot so'zlar. Endi dunyodan ma'naviy ideal kutmasa ham bo"ladi, eng kamida bunga qodir odamlar bo"lmaydi. Endi faqat ishlaymiz , urishsa o'lamiz, berishsa, yeymiz. Boshqa yo"l ko'rmayman.

Faqat bitta narsaga qoyil qolaman - ichidagi asl intilishni o'ldirib, turmushga bosh ega olganlarga? O"ldirmasayam, faqat o'shaning iztirobi, alami bilan yashaganlarga - asl qahramonlar o"sha.

Ularga havasim keladi - har gal oynaga qaraganimda - faqat o'sha odamlarga havas keladi ichimdan. Yaxshiki, oynaga deyarli qaramay qo"ydim, borgan sari oynaga qarash og'ir, hatto sochimga haftalab taroq urmayman qaramaslik uchun. Bo"ysunib bo"ysunolmagan odamni ko"rgim kelmaydi.

Oxirida ko'zimdan bir tomloq temir kabi tosh dumalaydi.

(Hech qachon turmush, tirikchilik, kapitalizm dunyosi haqida yozmayman, hayotga yal-yal yonib chiqaman va unga egilmayman degan mag'rur bir paytlardagi hayqirig'imning ayanch kulgusini eshitgim kelmaydi.)