Hid Gallyutsinatsiyasi
2.01K subscribers
1.02K photos
197 videos
60 files
806 links
Agape
Download Telegram
***
Севги
Кўпинча диалогни,
Баъзан монологни севар
Монологни сева бошлаганида
Уни тарк этган маъқул
Илло ҳар қандай монолог
Бир буюк жимликнинг ибтидосидир
Marina Svetayevaga

                 "Yoningda rafiqang, baxtlisan go'yo"
      M. Svetayeva.

Qachon buncha berildim senga,
Qachon buncha bog'landim?
Axir yoningda xotining,
     axir yoningda...

Kunlarim kirmoshinda kir kiyim bilan qolib
Rangi tutilgan sharfimdek xira.

Ko'chaga chiqaman...Ayoz!
Ayoz sovug'i uzra aylantirib olaman dilni.
Aylantiraman chirpirak qilib.
Biroz sovisin.

Oqshom shul'azorida
Mo'jaz do'kondan turkcha so'zlik oldim.
Muhabbatni kesar dedim faqat muhabbat.
Chiroqlarning g'arib nurlari
To'kilgandek tungi ko'chaga
O'zimni beraman, umrimni to'kkaman so'zlarga:.
Ağlar Veysel, çikmaz sesi.
Umrimni beraman va
Unutaman!
Muhabbatni kesar deyman faqat muhabbat.

... va ...
Turkcha o'rganayotganimni
maqtanaman senga
xayolan.


© Tillaniso
04.12.2018
TANASI BOSHQA
(G'azo bolalariga)

Dunyoning holiga kuymayman.
Ozod ovoz uchun kuyaman -
Dengizday toshqin,
Dovulday shovqin
Olov vulqonli
Ko'chalarni to'ldirgan lekin -
Qasrlar, qo'rg'onlarni teshib o'tolmas
Ovoz uchun kuyaman faqat.

Kuyaman qalbimga va o'z ichagimga
Jigarimga kuyaman
Nariroqda o'lsa birovi
"Ha, o'lmoq qismatimiz" degan
Va qilt etmagan boshimdagi bitimga ,
Tuyg'umga kuyaman,
O'z boshimga tushmagunicha
Qovirilmas umrimga kuyaman.
Maqollar ovutgan,
Hikmatlar elitgan
Qalqimas xalqimga kuyaman.

O'smirga kuyaman - nishlagan mo'ylab,
Yosh qizga kuyaman - hurkak nigohlar
Hademay-hademay hayot to'fonida
Ontariladigan
Qosh, ko'z, qalb, qo'l,
Ong, tushlar, ro'yolar -
Yerda yotgan param-parchalik
Kuyaman yigitga, kuyaman qizga.

Otamga kuyaman
Yashirinib yurar
Kichik ko'chalarda -
Topmasin o'lim.
Xayollari oqib ketar
Choshgoh vaqtida.
Sochiladi har yoqqa
Nardasining toshlari -
O'ynab adashtirib qo'yamiz dilni,
O'limni.

Va o'zimga, tengimga kuyaman
Taslim bo'lmas urush o'ynida.
Qurolsiz jangga kirgan tengimga
Hayotga masxara, kloun kabi
Hech vaqosi yo'q istakdan bo'lak -
Muhaqqaq o'rnimga kuyaman.

Ammo, ammo
Kuymayman nechun
Olis zaminimning bir burchagida
Paketga solingan bolalar tani
Ilma-teshik bo'lgan o'q, bomba zarbidan
Nafaslari qaytib qiynagan
O'lim qo'rquvidan titragan dag'-dag'
Umrini yo'qotgan umrlar -
Bir pana yo'q bag'riga qochsa
Hali ko'p umrni o'g'irlar
Agar tirik qolsa.
Agar tirik qolsa
Ko'kka ham uchar
Yuragi yorilar agar tirik qolsa-
Bolaga kuymayman nechun,
Bolamga kuymayman?!
TILLANISO.pdf
712.4 KB
"O'zbekistonlik" jurnalidagi materialni o'qimoqchi bo'lganlar uchun
Forwarded from Nodirabegim
Тилланисо тавсиясига кўра, шу эссе-қиссани таржимасини бошладим. Руҳиятда яқинлик бор экан, тез тил топишдик.
Талабгор нашриётлар бўлса, банд қилиб қўйишлари мумкин.

@mittihaqiqatlar
ЎЗИМ УЧУН ЭРТАКЛАР
(Ҳимоячи фариштам)

Бугун менинг ҳимоячи фариштам келмади. Неча кундан бери бошим оғрияпти.
У қаерда қолдийкан?
Мен югургани чиқдим. Эртакларни титкиладим. Гарри Потерни кўрдим. Аммо ҳимоячи фариштам ҳамон келмаяпти. Усиз кўчага чиқолмайман. Қуёш юзимни куйдириб қўяди. Қолаверса, кўчада аждарҳо бор. Аниқ борми-йўқми, билмайман. Аммо шундай дейишди. Ҳеч ким аждарҳони кўрмаган. Лекин унинг келиши ҳақидаги хавотир доимий бор шаҳарда. Бир марта аждарҳо деб ўйлаб туяни тутиб олишган. Мен қабристоннинг олдида катта бўлганман. Биздан бир чақирим узоқда яшайдиган чолнинг туяси бор эди. Туя асосан чўлда қоларди. Йилда бир ёки икки қишлоққа олиб келиб қабристоннинг ёнига боғлаб қўйишарди. Айниқса, Наврўз пайтлари. Уйим қабрситон олдида, чолники эса орқасида эди. Туя кечқурунлари қўрқинчли наъра тортарди. Туяни ўлганлар билан гаплашади дейишарди. Момом айтарди шундай деб. Аждарҳо шаҳарнинг қаерида яшаркан?
Аждарҳо ҳақидаги гап-сўзлар миш-миш эмас. У аниқ бор. Фақат қидириш керак. Қидираётганлар бор эди, аммо уларни гумдон қилиб юборишди. Йўқ, аждарҳо эмас, шаҳар эгалари шундай қилди. Шаҳар эгалари баёнотида туянинг наъраси аждарҳоникига ўхшаши айтилган. Бундаям жон бор. Туя ўликлар дунёси билан гаплашади. Аммо туя ер остида юролмайди – шаҳарда эса тез-тез ер ўприлиши бўлади, баъзи жойларда ер ўприлиб одамларни ютяпти. Фалокатдан тирик қолганлар ўприлиш пайти қулоқни том битирадиган наъра эшитишади. Энди эса ҳимоячи фаришталарни ҳам занжирбанд қила бошлашди. Буни ким қилаётганини ҳеч ким билмайди. Аждарҳонинг қўшини борлигига қўшилмайман. Бу ерда тушинтириб бўлмаса кучлар ҳаракати бор. Одамлар барибир кўчага чиқяпти. Кимдир тирик қайтади уйига, бошқалари ўлиб кетади. Қандай ўлаётганлари ҳам номаълум. Шаҳар эгаларининг ўзида хавотирга тушиб қолган. Улар хавфга қарши туролмайди. Назоратни бутунлай қўлдан чиқаришди.
Одамлар хавотирни енгиш учун кечқурунлари уришадиган муштлашув хоналари очди. Шу йўл билан кўринмас куч хавотиридан қутилишади. Мен ҳам ортиқ ҳимоячи фариштамни кутмаяпман. Ҳимоячи фаришталарнинг илк аниқ кўринишини Уилям Блейк чизган. “Архитекторлар” деб номлаган у ишини. Бундай ишларидан бир нечта бор. Архитекторлар Гая тизимини ҳимоя қилиб келган. Ҳар биро дамнинг алоҳида архитекторлари бор дейилади қадимги манбаларда, Тизимнинг ўзининг ҳам алоҳида атхитектор посбонлари бор. Вақт ҳисоби бўйича Тизим … ГРц кучланишига ўтиши керак эди. Аммо бу содир бўлмади. Ҳимоячи фаришталарга тизимни ва мавжудотларни ортиқ ҳимоя қилмаслик буйирилади. Қўриқчи фаришталар бир-бир занжирбанд қилиняпти. Ер остидаги Янь кучи уйғонди.
Уилям Блейкнинг на расмлари, на шеърлари вақтида қадр топмаган. Аммо аждарҳо қўрқувидан уйга бекиниб олган бундай паллаларда уни ўқишдан бўлак жўяли маслаҳат бермаган бўлардим. Ўлганларни Блейк шеърлари остида дафн этишарди.

Tillaniso, 2020.
Forwarded from Yoziqlar
"Qon" haqida qon qaynatar xotiralar

Akademnashr nashriyotining keng muhokamalarga sabab bo'lgan, ko'plarni kutubxonasiga kirib borgan yosh yozuvchi va shoirlarning ijod guldastasi"Izlam" to'plami qo'limga tekkaniga bir yildan o'tibdi. Bir yil avval qizg'in bahslarga sabab bo'lgan bu kitoblar haqida e'tiroz bildirgan odamlar Izlamni yodlaridan ham chiqarib bo'lgandir, lekin bu asarlarni yurak berib o'qigan o'qirmanlar doim yodlarida saqlamoqda, "Izlam"ning ikkinchi fasli chiqishini intizor kutmoqda.Boisi "Izlam" eskilik va qolipdan tashqari bitiklar bilan qalblarga erk va yangilik shabadalarini olib keldi.
Men bu to'plamni qanday xarid qilganim, avvaliga shoshib keyin o'ylanib o'qib chiqqanimni zavq bilan eslayman.


"Izlam"ni izlaganim.

"Izlam" ni sotib olishimga asosiy motiv Jontemir she'riyati bo'lgan. Jontemirning she'rlarini o'qiganimda hapqirib, ichimdagi mog'or bosgan nimadirlar tozalangandek his qilardim. Shu bois kitobi chiqqanini eshitiboq yugurib nashriyot bosh ofisiga bordim.Bir hafta o'tgach student cho'ntagim ozgina jilmayganidan foydalanib "Faqat u qoldi"ni sotib oldim . Shunda har hafta yig'ib-terib Izlamdan bitta kitob sotib olishga qaror qildim.Biroq bir necha kun o'tgach nashriyot "Izlam"ni to'plam holida sotib olsa chegirma borligini e'lon qildi.Eh bittalab olmasam bo'larkan!!! deb avvaliga attang qildim, so'ng tezda bir fikr kelgach xursand bo'ldim-u, nashriyotga shoshildim, Xullas fikrimcha sotib olgan ikkita kitobimni qaytarib olib borib ko'rsatsam va qolgan kitoblarni sotib olsam chegirma berishar degan umid uyg'ongandi.Shunday ham bo'ldi.
Natijada chegirma bahonasida Izlamning men tanimagan ijodkorlarining kitoblari ham qo'limga tushib qoldi. Shu jumladan Tillaniso Nuryog'dining "Qon"i ham...


Qon

Qon Izlam ichida uchinchi bo'lib tugatgan kitobim. Nega "Qon"ni o'qidim? Chunki undagi g'ayritabiiy depressiya, ichki ruhiyatimda topiladigan ishonchsizlik, bo'ysunmaslik, isyon kabi hislar meni o'qishga majbur qiladi. Axir hamma she'rda ham o'zingni ko'ravermaysan! "Qon" dagi she'rlar achchiq haqiqatlarni dadil aytishga qasd qilgan, ichidagi anchayin mavhum hislarni kashf etishga harakat qilayotgan qahramon orqali menga muallif barobarida o'zimni tanishtiradi. "Qon"ni o'qishga undagan sabablardan yana biri muallifning shaxsiyati, u haqida bilganlarim ham desam yolg'on bo'lmaydi.

Tillaniso

Aslida Tillaniso Nuryog'di ijodidan oz-moz xabardor edim. Chunki Jontemir tarmoqdagi sahifalarida Tillajon deb bir-ikki tilga olgandi.
So'ng Facebook dan shaxsiy sahifasini uchratib qoldim. Unda ko'zim tushgan va meni Tillajonga bog'lagan she'r- "Svetayeva yozgandiki..." deb boshlanadigan she'r edi. O'qiganimda xayollarim to'zg'ib ketgan. Xudoga murojaat menga umuman yangicha va qo'pol tuyulgani bir sabab bo'lsa, she'rdagi isyon va o'ziga ishonch ( bor bo'lsa borlikka tikka, yo'q bo'lsa yo'qlikka tikka,) ikkinchi sabab edi. So'ng qaysidir kinodagi parcha fonida Tillajonning bir she'ri o'qilgan videoni ko'rdim. Videoda ayol yuguradi, qochadi...
She'r esa ayolning ichki dunyosini tasvirlayotgandek. Ux, butkul boshqachalik degandim ichimda.
Bu boshqacha ijodlar muallifini bir necha bor hayotda ham ko'rganim haqidagi xotiralarni ham qistirib o'tmasam bo'lmas.(Har holda shu xotiralar ham shoiraning ijodiga muxlis bo'lishimga sabab bo'lgan) Birinchi bor Gyote institutida Semurg' olmon-o'zbek adabiyot tanishuv loyihasida uchratgandim.
Rosti rosa ko'p yoniga borishga harakat qildim, salomlashib, ijodidan xabardorligim, she'rlarini o'qib borishimni aytmoqchi bo'ldim.Lekin qishloqi uyatchanligim, hijolatga oshnoligim bois shoirani faqat chetdan kuzatishga majbur bo'ldim. (Balki shu chetdan kuzatish alami ijodiga yaqinroq kirishga undagandir) . Tillajon tadbirda tashkilotchidek ko'p uyog'dan-buyog'ga yurardi. Shoiralar bilan suhbat qurar , Germaniyalik ijodkorlar bilan tanishtirar edi. Tadbir davomida Dalahastning konserti boshlanganda esa chetda qo'shiqni ich-ichidan his qilib raqsga tushayotganini ko'rganda ,ich-ichimdan zavqlanib, havasim kelgan.
Forwarded from Yoziqlar
Chunki, ommadan uyalmaslik, o'zining ko'nglidagi zavqni yashirmaslik bu men uchun orzu edi.Bu orzuga erishish mumkinligini esa Tillaniso qo'shiqqa baland ovozda jo'r bo'lishi va go'zal raqsga tushishi bilan isbotlardi.
Keyinroq esa "Izlam" taqdimotida ko'rishdik. Ha bu safar ko'rdim emas ,ko'rishdik. Taqdimot boshlanmasidan avval yoniga bordimda, kitobga dastxat so'radim
( Taqdimotdan so'ng alohida dastxat berish qismi borligini bilmagandim, bo'lmasa o'shanda olardim dastxat, ortiqcha bezovta qilmasdan) . U esa "Abbos, she'rga mehriz uchun rahmat.Yuksaklik tilayman" deb dastxat qo'yib berdi. Undan so'ng Tillajon bilan faqat ijtimoiy tarmoqdagi maqolalari, she'rlari orqali g'oyibona ko'rishaman.
Undagi dadillik, o'z pozitsiyasiga sodiqlik meni doim havasimni keltiradi. Xullasi, shoirani o'zimga do'st, darddosh, fikrdosh bilaman.
Shu bois ham "Qon"ni ora-orada varaqlab turaman.

Qon haqida yana aytaring bormi desangiz, uni hajmi kichikligidan asabim buziladi. Qaniydir ko'proq kattaroq bo'lsa deyman... Negadir shunaqa .. O'qib to'ymay qolaman deymanmi,bilmadim...

Xo'sh, siz "Qon" bilan tanishmisiz?
Uni o'qish rejangizda bormi?

https://t.me/TillanisoEN
Lan'at bo'lsin, hammangga lan'at,
Sulloh shoirlar,
Hayotsotarlar,
Vatansotarlar,
Aqlsotarlar,
Vijdonsotarlar.
Baring ifloslikning kulini
O'zingga surib yurgan
Sulloh qo'g'irchoq.
Bir so'zing o'zingnikimas.
Bir narsang o'zingniki.
Senlar hayot sotasan.
Yashamaysanlar.
O'z hayotingni pullaysan
Obro'ga,
Shuhratga,
Mansabga,
Sevgiga,
She'rlarga,
Niqoblarga,
Kitoblarga,
Shirin so'zlarga,
Yaxshi ko'rinishlar,
Ko'rsatishlarga.
Birortangda bitta ham rost yo'q.
Lek senlarga mendan omon yo'q.
Mening qichqirig'im
Yirtqichga aylanib yutadi hammangni.
Yo'q, siz so'zga qaramang. Siz so'z ortidagi holatga qarang. Menam million so'zni qalashtirib she'r yozish nimaligini bilaman. Va hatto odamlarni ohang bilan aldab, osmonlarda uchirib bu she'r deyishniyam. She'rdagi asosiy narsa - ruh bo'ladi. Ruh bu bomba. Siz aytgan ma'no ham, so'z ham hatto aldamchi.  Ruh - odamga yuqadigan , miyasini ezadigan, ichini yuragini g'ichimlaydigan narsa. Agar bir narsa o'qib shu holga tushsangiz , mana shu she'r, adabiyot. Agar yo'q, ming go'zal, hikmatli bo'lmasin u hech narsa. Shuning uchun she'rni, adabiyotni aldab bo'lmaydi. San'at nega muqaddas. Chunki uni aldab aldab bo'lmaydi. Uning ilohiyligiyam shu aslida. Ruh - vaqtga qo'yilgan bomba. Vaqt o'tsayam, qayta-qayt portlayveradigan. Lekin afsus ruhni anglaydigan o'quvchi kamdan-kam. Milliondan bitta
@Tillaniso8888

Twitterni yangidan ochdim. Mabodo kuzataman deganlarga

http://x.com/tillaniso8888
PASHSHALAR SEVGISI

Men bormayman, janob, qo'ng'iroq qilmang,
Nimani gaplashamiz, nima ham qoldi,
Bu charx boshimizda chappa aylandi.

Sizga ko'p yozaman, so'ng o'chiraman,
Xonim, so'zlarimiz mag'zi ko'p to'liq
Lekin takrorlanar eski xirgoyi
Yangisi ham foyda bermaydi.

O, yangi tanishlar,
Qani, bir-bir keling,
O'ynab o'tiraymi
Shar kabi yorib -
Doim bir xilsiz
Oxirda bir so'zni so'zlaysiz horib.

Qo'ying, men shu xonavayron uydan chiqmayman,
Chaynalgan kaset kabi
Bezillayaman har turli gapdan.
So'zlarimiz ma'noli -
Biroq endi yuksizdir bari
Bazmlar, oqshomlar -
Ko'ngildan nari.

Baridan bezib sha'n davralardan
Bosh olib ketmoqqa Onegin kabi
Olis yurtlarga
Cho'ntakda xemirim
Yo otam qoldirgan davlatim ham yo'q -
Yo erta tug'ildim
Yo erta anglab bo'ldim hammasin -
Suvi siqib olingan nashvati hayot.

Faqat bilasizmi,
Xona burchida
Pashshalar viz-vizi xalal beradi -
Pashsha kabi masrur odamlar.
Ularni sevish kerak,
Viz-vizni sevish.
Shunda yengil muvozanatga do'nadi sevgi -
Sevgini qo'yamiz qalbning ustiga -
Bu muvozanatni o'pmoq,
To'yinmoq lozim.

O'z faslimni quraman "viz-viz" sevgidan
Endi ichida mangu qolaman -
Holat ustida.

Qo'ng'iroq qilmang, xonim,
Men ham boshqa yozmayman, janob.
Bizda adabiyotshunoslar va mullalarni tanqid qilish umuman mumkinmas, tavba, sabab nima? Nega buncha ilohiylashtiriladi ular? Qizig'i, adabiyotshunoslarimiz va ular atrofidagi shogirdlari "ulug'lik" obrazini yaratib olgan o'zlariga. Qiladigan, qilingan ishni emas, jon-jahdi bilan shu obrazni himoya qilishadi. Biz esa hatto olimlarimiz tomonidan eng o'rganilgan soha - jadidlar haqidagi eng konkret savollarga konkret javoblarniyam "Making Uzbekistan" asaridan olib yuribmiz. Xorijlik mualliflardan ya'ni.

Shu mavzuda tvitterda Nozima Mirzo ismli foydalanuvchining qoldirgan fikrlari:

****

"Yaqinda "Qurultoy" podkastidagi Qodiriy va "O'tkan kunlar"ga bag'ishlangan sonini ko'rdim va TVda har safar Qodiriy haqida aylanadigan gaplarni yana eshitgandimdan hayratga tushdim. Qodiriyshunos sifatida tanishtirilgan olimni "O'tkan kunlarshunos" deb atagan bo'lardim. Uzr, lekin mustaqillik yillarida jadidlar milliy qahramonga aylantirilgani, ayniqsa Qodiriyga o'xshagan arboblar o'zbeklarning ma'naviy, madaniy yetakchisiga aylantirilgani uchun, jadidlar aslida kim, masalan Qodiriy aslida qaysi yo'ldan ketgani tahlil qilinmasligi bor gap. Germenevtika deya talqin qilingan holat esa, shunchaki satrlar orasida berkitilgan/magan har xil mavzudagi nuqtalarni qidirib topish bilan shunchalik band bo'lish, bor fokusni shunga qaratish va bu bilan matnda asli yo'q, lekin bor qilib ko'rsatadigan bir holatdir. Qodiriyshunos" deya yuksak maqom berilgan ustoz bilan bo'lgan podkast soni uncha o'zini oqlamagani sababi, balki suhbat asli adabiyotshunos bilan bo'lgani tufaylidir? Bilmadim. Lekin to'g'ri, jadidlar, ularning asarlariga bo'lgan munosabat, ularning hayoti, ijodi, tutgan yo'li – hamma-hammasini talqin qilishda katta jarliklar, so'roqli nuqtalar juda ko'p. Mayli bu holat G'arb tadqiqotchiligida normal, lekin bizdagi talqinlar odamni hafa qiladi".
Tunov kun Bahrom og'ani yo'qlab borgandim. Shoir yaqinda qayta chiqqan "birinchi kitob" ini sovg'a qildi - "Tovushsiz qadam". Ko'pchilik bu shoirni bilar, hozirgi o'quvchi esa tanimasligi mumkin. Ammo ular uchun bir muhim fikrni aytaman - Bahrom Ro'zimuhammad ijodi o'zbek badiiy tafakkurida burilish, inqilob deb nomlangan. O'zi shu avlod shoirlarining ijodidan juda ko'p narsa o'rgansa bo'ladi - fikrni tasvirga bo'ysundirish, tasvirda esa ichkari-ichkari kirib ketaverish. Syurrealistik kayfiyat va syurealistik tasvir ayni shu avlod va keyingi Go'zal Begim kabi shoir ijodida yetakchilik qiladi. Umuman hozirgi she'riyatdan, o'zigacha bo'lgan she'riyatdan (Solihni istisno qilganda. Lekin Solihda tasvir emas, fikr yetakchi. Shu jihatdan mutlaqo farqlanadi) mutlaqo farq qiluvchi she'riyat bu avlod ijodi. O'qish kerak -kemtiklarimiz to'ladi - tasavvurimiz ichkarilaydi - hozir qandaydir quruqshab yotibmiz - balki qidirganimiz faqat his, fikr emas, tasavvur erkidagi tasvirdir.
Hid Gallyutsinatsiyasi
Tunov kun Bahrom og'ani yo'qlab borgandim. Shoir yaqinda qayta chiqqan "birinchi kitob" ini sovg'a qildi - "Tovushsiz qadam". Ko'pchilik bu shoirni bilar, hozirgi o'quvchi esa tanimasligi mumkin. Ammo ular uchun bir muhim fikrni aytaman - Bahrom Ro'zimuhammad…
Shoirning she'riy kitobi peshtaxtalarga chiqmay qo'yganiga 26 yil bo'lgan ekan. 26 yildan keyin shoir she'rlari kitob do'konlariga qaytmoqda. Men hozirgina tugatdim kitobni. Qidirganim - ruhiy lazzatni tuydim. Otning yoliga osilib tasavvur kengliklarida yoyildim.

Kitobni olaman deganlar, xabar bersin izohda, shoir va nashriyot bilan bog'layman!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nihoyat 2 oy deganda she'riy videomiz tayyor bo'ldi.

Ustida ishlaganlar :
Operator : Islom Risqulov
Montaj: Marjona Xidirova
Matn, audio : Tillaniso Nuryog'di
Kuz va "Qon"

Instagramdagi muxlislardan