Hid Gallyutsinatsiyasi
1.93K subscribers
1.03K photos
197 videos
60 files
807 links
Agape
Download Telegram
Bugungi leksiyadan lavhalar

Hech qiziq narsa folklor manbalarimizda matriarxat davriga oid sath bormi yoki yo'qligi haqidagi savol bo'ldi.
Asli o'ylanardim , lekin hali jiddiy tadqiqotalarni o'qimaganman bu haqdagi.
Yo'lda o'ylab kelayotganimda "Qirq qiz" dostoni esimga tushdi. Matriarxat davri haqida bo'lishi mumkin va yana bu haqda "Davra" miz tuzuvchisi Saodat Ismailova ham kino ishlagan.

Suratlar muallifi Xolida Musurmonova
Ertaga Almatida she'r oqshomi!

U yerdagi yaqinlar, do'stlarni taklif qilaman!
Hid Gallyutsinatsiyasi
Олтинчи кун Тилланисо Ўқиш: https://telegra.ph/Aza-01-27-2
Tig'iz hafta - ayni dam safarda bo'lganim uchun yangi hikoya yozolmadim. Ammo "Qabriston hikoyalari" ruhidagi bundan 8 yil avval momom o'lgan paytlardagi yozganimni ulashdim.

Ehtimol, hozir yozayotgan "qabriston hikoyalari"mning ham asosiy nuqtasi o'shandan boshlangandir.
Ichida shaxsni uyg'otmay, mani falonchaga o'xshatinglar, voy mani qulonchaga o'xshatinglar deb to'rt tomonga alanglab, gado kabi to'rt tomondan maqtov kutayotgan "sh.cha"lar, odam o'zini osgani yaxshi - meni kimgadir o'xshat deguncha! Sen o'zing men Alohida boshqa Shoirman deydigan darajada shaxsingki yo'q ekan, nima qilasan, she'r yozib? O'zinggni osib, o'zingni boshqatdan yarat! To'rtta so'zni chiroyli qilib qo'yish, she'r yozdim deyish ko'pning qo'lidan keladi. Shaxsing yo'q ekan, hech narsang yo'q , so'zingning qadri yo'q chunki.

Va yana bitta narsa - she'r yozaman deb maydonga otildilaringizmi, anonim bo'lmanglar, qiyofasini, yuzini, shaxsini ocholmaganki odam, Qalbini qanday ocha oalardi?! Qalbini yashirib, yozdim degani - o'zini aldash xolos. Yosh bolaning o'zi bilan o'ynayotgan o'yini. Oddiy narsagaki jur'at yo'q... (ha, mayli)

Va yana uchinchi toifa odamlar - sizlar ham qachondir hadeb u yonga, hadeb bu tarafga chopavermay, o'yin qilavermay , qat'iy pozitsiyasi bor odamlar darajasiga erisharmikansizlar? Menimcha, yo'q. Sizlarsiz maydon bo'shab qoladi. Axir eng o'rtani qizitadigan o'rtakash odamlar sizlarku, sizlarsiz zerikib qolamiz. Baribir, insoniyatning eng ko'pi sizlardan iborat bo'lib qolaveradi.
Qozoqlar bilan tilimiz deyarli farq qilmas ekan, rusccha, inglizcha aralash gapirgandim, "koreysmisiz" deyishdi. G'irt o'zbekman desam, " o'zbekcha so'llang axi" deyishdi, oson tushindik, o'zbekcha-qozoqchada. Xuddi Toshkentda yurgandekman, Damaslar har yoqda
Qishloqlar endi hech kimga kerak emas, bu yerda ochlikdan o'lamiz.

(Qolgani matnda)

Qozoq yoshlarining 36 dom kz. dagi ko'rgazmasidan
Yoshlar qo'rqoq, men esa umrimni yashadim...
Endi nima qilamiz?