Maklerlar kim? Nega hamma o'zi e'lon berishi, e'londan topishi mumkin bo'lgan sharoitda , hamma e'lon pastida makler xizmati deb yozib qo'ygan?
Maklerning xizmati nima - na ijara shartnoma tuzib bermaydi, na mijozga foydasi tegmaydi, faqat uy egasining raqamini bergani uchun 50% haq olib ketaveradimi?
Va nihoyat maklerlar daromad solig'i to'laydimi? Ulardan kimga foyda bor? Davlatga foyda bo'lmasa, mijozga foyda bo'lmasa, uy egasiga foyda bormi?
Internetni tushinadigan uy egasiga maklerning keragi yo'qku hozirda , demak, unda nima uchun hali ham ular bor?
Maklerlar chayqovchilarmi? Nega ular men maklersiz deb bergan uy berish haqidagi e'lonimni olishadiyu, boshqa kanal va guruhlarda uyimni suratini makler xizmati va o'z telefon raqami bilan e'lon qiladi? Ularga kim chora ko'radi?
Maklerlarni tugatish vaqti qachon keladi? Yo bu ham yovvoyiligimizga bir isbot o'laroq saqlanib turaveradimi? Qonuniy rieltorlik agentliklari qachon ochiladi va ular zimmasidagi haqiqiy majburiyatini qachondan haqiqatdan bajara boshlashadi? Ijara uchun 50% xizmat haqi olish qonuniymi? Maklerlik haqidagi bloglarda xizmat narxi 2-10 % gacha ko'rsatilgan. Bizda esa narx osmonda.
Qachon bu sohada ham qonun ishlashni boshlaydi?

#Izlam
Oʻylanib qoldim... aslida nega she'r òqiymiz?
Har kimning javobi, albatta, turlicha boʻlishi mumkin. Ammo men aslo buni shunchaki yupanch demagan boʻlardim...
She'r taskin beruvchi xususiyatini rad etmagan holda aytish mumkinki, u ruhiyatimizdagi muammolarga eng yaxshi davo...
Hammamizda muammo bor...umuman, muammo — butun insoniyatdagi umumiy mavjudlik.. va yana aksar muammolar faqat vaqt silsilasida barham topadi. Baʼzan siqilganimizda ham she'r eng yaxshi malham boʻladi. Qiynalib yurganimizda eng yaxshi chalgʻituvchi. Ammo bu degani biz xush-xandon paytlarimizda she'rlarga qaragimiz kelmaydi, degani emas.
She'r òqish, yodlash xuddi suv ichish,taomlanish kabi odat, ehtiyojga, oʻqilmay qoʻyilganda, sogʻinchga aylanishi kerak. Ehtimol, she'rlarni muttasil oʻqib ham baxtiyor emasdirmiz(aslida baxt oʻta xususiy tushuncha), ammo menimcha, ularsiz biz sirayam baxtli boʻlolmasdik...
Mayli, she'r afyun boʻla qolsin, aslida hayotimiz davomida nima(kim)gadir koʻnikib, suyanib qolishimiz tabiiy hol. Yupanch izlash insonning mohiyatida bor. Izlaganimizni she'rlardan topish esa eng xayrli yechim...
She'rlarni nima uchun o'qiysiz, degan savolga ham javob topgandekman: so'zlar uchun, takrorlanmas sòzlar uchun. Qalb og'riqlariga malham bo'lsin uchun.
Òsha òzim ham bilmaydigan achchiq qora dard hovurini pasaytirish uchun...
So'zlardan qattiq ta'sirlanaman. Ba'zi bir satrlar xotiramga muhrlanib ham ketgan...
Tillaniso opaning sherlarini òqib yurardim-u ammo aynan "Sunbula" asarini òqib òzim uchun kashf qilganman.
Keyin "Qon" qòlimga tushdi. Qonga aylanib ketti hamma joy. Oģzimda qonning achimsiq ta'mi.
She’rlarini o’qib odam o’ziga kelolmaydi. Dard, qorong’ulik, isyon, erkinlik qandaydir mening ichimdagi tushunarsiz his Tillaniso opa qalamida mavjud. Yozganlarini o’qisam boshqa bir holga tushib qolaman.
Qora quyundek nimadir yopirilib kelaveradi, "Bòldi òqimayman", deyman, ammo òqishga nimadir majbur qilaveradi.
"Men insonman tik qarab itargan hayotni kòkragidan";
"Tun sutday yaxti;
"Yuragim òynoģidan eshitaman ruhlar shivrini";
"Òlganlarga rahmim,
Òlmaslarga kulgim keladi.
Tuģilmaganga esa havasim..."
"Sevgilim, nafratimdan bola kòrdim";
"Hammasi isitma aralash bir xayol..."
"Bizni qurshab yotar zamon, yòqlik va dunyo"...
So’z gadosi sifatida ayta olaman, so’zlar juda chiroyli tanlangan. Takrorlanmas. Ajoyib...
Davralarda 2022-yil hisobida Tillaniso opa haqida ko‘p gapirildi. Tanqid, maqtov, ģajish...
Ammo bor-budini ko‘rsatishdan uyalmaydigan, cho‘chimaydigan, hur fikrli, boshqalar nima derkin deb yashamaydigan ulkan, ammo nozik bir qushn chizilaverdi tasavvurimda.
Tillaniso opa she'rlarida tushunarli bo'lmagan hissiyotlar tasvirlangan misralar kòp. Tòģriroģi boshdan oxir shunday.
Ammo u tushunarsizlik va mavhumlikni sevadi. Kòpchilik shoirani tanqid qilishi ham aslida tushunmasligida.
Mavhum narsani his qildirish san'at,ammo his qilishdan go'zali yo'q!
Shoira mavhumlikdan mazza qiladi. Aslida u mavhum his emas. Faqat biz aynan nima nazarda tutilganini to'liq his qilolmasligimiz va tushunolmasligimiz uchun shunday nom beramiz. Boshqacha qanday atashni bilmaymiz chunki.
Xullas, Tillaniso opa she'riyati, ijodi haqida neytral fikrdaman. Tushunsang olam ma'no, his, sezim, tuyģu, kechinma...
Tushunmasang sòkib, qarģab yuraver.
Rauf Parfi ta'biri bilan aytganda Tillaniso opa yaxshi, ammo qòrqinchli yaxshi...
Sevara Qóshshayeva.

Hid Gallyutsinatsiyasi
https://youtu.be/cLS5jFw4Jzw
Tobora holda toyayotgan jismimiz, inqirozga uchragan ruhimiz haqida kino
Rassomlikni zo'r tushinadigan odam emasman. San'atshunoslarning "rasmni faqat his qilish kerak" degan gapi ham jo'n tuyiladi. Asl san'atning bahosi tuya olish uchun ma'lum his ko'nikmasi bo'lishi kerak. Yo'q, yomon kartina yo rasmni farqlay olaman. Ammo yaxshi va mukammal (mukammal degani aslida nomukammaligi bilan mukammal bo'lgan bo'ladi) rasm farqlashim juda qiyin. Ba'zi kartinalar har tomonlama mukammal ko'rinadi - g'oya, ifoda uslubi, o'zgachaligi, san'at talablariga javob berishi, ammo nimadir yetishmaydi, o'sha nimadirni his qilgan ixlosmand "nimadirni" aniqlashi, tushintirib bera olishi kerak. Jo'n ixlosmand bo'lish yaramaydi.
24-dekabrdaYigitjon ( Yigitali), Сардор Эркинов va Erikning ko'rgazmasi bo'ladi. Yigitni feysbuk orqali tanib, do'stlashganman. Bu rassom har joydan yangi fikr va his qidirib yuradi. Shuning tez-tez yangi odamalar, tanishlar, do'stlar orttirib yuraveradi. (Qachon qarama storieslarida ustaxonasidagi yangi shinavandalari bilan osh-qatiq rasmlarini e'lon qilib boradi) Topgan odamlaridan ko'ngli to'lmaydi yoki to'ladiyu, ulardan olgan taasurotlarini o'ziniki bilan qo'shib kartinalarga aylantiradi. Keyin yangi kartinalar uchun yangi taassurotlar qidiradi , yangi odamlar ham. Yigit bilan qancha hamtovoq bo'lmaylik, kimligini bilmayman. Tashqaridan skeptik zamonaviy bir odam, ichidan esa o'z san'atidan mukkasidan ketgan darveshdek tuyiladi. Uning savollariyam, tahlillariyam hech tugamaydi. Bu tugamaslik kartina yaratish uchun manba. Bilmaslik sabab rasmlariyam aniq nima haqdaligini bilmayman. Ammo ranglari juda o'ziga xos. Rasmda muayyan shakl, odam, natura ham kerakmas, rasmda tanlangan va hatto chaplab tashlangan rang eng asosiy gapni aytadi. Yigitning ranglari gapiradi. O'sha ranglar -His. Ammo rangni o'zi bilan qoniqmaydi u. Axir tahlillovchi odamku. G'oyaniyam singdiradi. Endi san'atkor va ijodkorning farqiga keladigan bo'lsak, Yigitda shu narsa bor. Chunki ijodkor ko'p, san'atchi doim kam. O'zim rasmda buni farqlashim qiyin , Orzu A'zamdan yordam olib turaman. (Asli Orzu san'atshunos bo'lganda, bizga rassomlikni ko'proq anglata olardi). Yigitni kartinalarini tez-tez baholab turamiz o'zaro - shunchaki yaxshi rassommi yo san'atga aloqadormi? Xulosa, doim san'at foydasiga bo'lgan. Demak, Yigit san'atkor rassom. Shuning uchun ham bu ko'rgazmaga kelishga chaqiraman hammani.
Sardorga keladigan bo'lsak, uni birinchi marta Aziza Umarovaning posti orqali taniganman - o'sha mashhur Amir Olimjon va yonida qurol ushlagan ikki 21 asr zobiti. San'at tarixni aynan o'zicha, 100 yil oldinga qaytib ishlashi , o'shanday ko'rishi shartmas, hozirdan turib zamonaviy nigoh bilan anglash kerak tarixni. Bu kartina shu haqda deb o'yladim. Masalan, biz jadidlar haqida gapirganda, shu kartinani ilib qo'ysak bo'ladi. Nega endi hamma narsani san'atni voqealikni asl o'zicha ko'rsatish kerak?! Bu kartina yangi, qayta Anglashku.
Sardorning ranglari juda boshqacha. Yigitnikiga yaqin desam, Sardorga yoqmasa kerak. (Ijodkorlar birovi birisi o'xshashni yomon ko'rishadi.) Lekin rang tanlashda uyg'unlik bor. His yo g'oya o'xshash demoqchimasman. Keyin Sardor portret chizishni yaxshi ko'radi. Lekin bu biz o'rgangan portretlarmas. G'alati portretlar. Modilyanini yoqtirmaysizmi ishqilib?
Erikni esa ko'rmaganman. Hatto avval eshitmaganman. Sardor va Yigit haqida shuncha yozdimu, ammo bu ko'rgazmaga Erik uchun bormoqchiman. U bilan tanishish, ko'rish, rasmlarini tuyish uchun.
Xullas, mana 2 kun oldindan aytyapman. O'sha kuni boshqa ishlarni yig'ishtirib kelaveringlar.
Aytmoqchi, sizlarga ham Toshkent madaniy muhiti biroz jonlanib qolgandek tuyiladimi? Har hafta nimadir yangi san'at hayotiga oid tadbir bor. Agar tuyilmasa, o'zingiz aybdorsiz, qiziqmayapsiz. Keling, qiziqing, san'at hayotni jozibali qiladi.
(Shuncha jonlanish bo'lsa ham, hali ijodiy salonlarga yetib kela olmadik. Bir hotamtoy chiqib, turli sohadagi ijodkorlar uchun suhbat o'chog'i, fikrlar qumg'oni bo'lgan adabiy-ijodiy salon tuzarmikan? Orzu bu!!!)
Ko'rgazma vaqti : 18:00 da
Sanasi : 24-dekabr
Joyi : Foto Uyi
https://maps.app.goo.gl/afN3s7dDkSBoSRxm8)

Facebook
Log in or sign up to view
See posts, photos and more on Facebook.
Forwarded from Перезагрузка
1. Ярим тун болалайди
майда-майда ярим тунлар атрофга бошлар сочилиб
шиша соққа каби оёқ остида ўралашар
ва оёқ босса кўздек кетади оқиб
ўлатга эврилар
сутдек оқиб борар даҳшатда
ким бунча тез болалар
нега бунча инграр тўлин ой
2. Мусаввир
аламни қирмизи тасвирлар
сўнг ўша алам устига қора тортади
қора кўзгуларга сачрар қорачиқ
бурчак-бурчакларда кўпаяди дард
қўрқув туман каби чўкар шаҳарга
у тирнар ер бағрин
сўнг итдек
кетар отилиб
3. Совуқда муз қотган
оҳангни кўрдим
дарахт шохларига қўниб
яхга айланганди у
эрталабки офтоб тафтида
ерга тушиб чилпарчин бўлди
ва атрофни босди аянч
чинқириқ
АлФаЙЗ
@perezagruzka_2021

1. Ярим тун болалайди майда-майда ярим тунлар атрофга бошлар сочилиб шиша соққа каби оёқ остида ўралашар ва оёқ босса кўздек кетади оқиб ўлатга эврилар сутдек оқиб борар даҳшатда ким бунча тез болалар нега бунча инграр тўлин ой 2. Мусаввир аламни қирмизи…
Sen o'zingning mayda tashvishlaringga o'ralashib yurgan chog'ing kimdir chinakam SHE'R yozayotgani ham havasingni, ham hasadingni keltiradi. Ichingni it tirnaydi xullas
Bu dunyoda o'zbek bo'lish butun umr tupoylar orasida yashash, tupoylar bilan muomala qilish degani. Va oxir o'zing ham yo tupoylikka moslashasan yo asabdab ajalingdan ming yil burun o'lasan. O'zbek bo'lish hech qachon qoida borligini bilmaydigan, tushinmaydigan g'irt yovvoyi bo'lish degani. O'zbekka hatto konstitutsiyani ochib o'zingning va uning haq huquqlari haqida gapirsang, uning foydasiga gapirayotgan bo'lsang, "men bu narsalarni tushinmayman , laqma va anqovman, menga "o'zbekchilik yetadi" degan yovvoyilik degani, o'zbek bo'lish o'zida miya degan narsa borligini faqat "yulg'ichlik" yo'lidagina ishlatish, faqat yesam, yesam, boshqalardan yulsam, degan qabih ochko'zlik degan. Lekin shundayam hali birorta o'zbekning kosasi oqarib ketmadi. U doim qashshoq qolib ketaveradi. Chunki qonunsizlik sabab kimdir yulgan pul yulgan odamning emas, boshqa bir yulg'ichning jig'ildoniga tushadi. Bu sikl davom etib ketaveradi. O'zbek bo'lish na qonun qoida asosida yashash, na insoniy qoidalar bilan yashash degani. O'zbekda qonunning ham, insonning ham o'zi yo'q. Hayvoniy-ibtidoiy qoidalar bilan yashash degani o'zbek bo'lish. O'zbekni biror asarda ijobiy qahramon qilib olib bo'lmaydi. Olsang ham eng past sort qilib olishga majbursan.
Xullas, o'zbek bo'lish peshonasida do'zax yorlig'i bor, do'zaxning eng tubiga tushish (yashash) degani.
Xullas, o'zbek bo'lish peshonasida do'zax yorlig'i bor, do'zaxning eng tubiga tushish (yashash) degani.
Hid Gallyutsinatsiyasi
Bu dunyoda o'zbek bo'lish butun umr tupoylar orasida yashash, tupoylar bilan muomala qilish degani. Va oxir o'zing ham yo tupoylikka moslashasan yo asabdab ajalingdan ming yil burun o'lasan. O'zbek bo'lish hech qachon qoida borligini bilmaydigan, tushinmaydigan…
Bu fikrlarimga desert o'rnida Belinskiyning Gogolga yozgan xatini taqdim etaman. 2 asr oldingi rus jamiyati va hozir o'zbek jamiyatining naqadar birligini ko'rasizlar. Farqi, ular o'z kamchiligini, hayvoniyligini 2 asr oldin anglab, ancha o'nglanishga kuch topdi o'zida. Biz o'zimiz haqida bunaqa gap eshitsak, darrov burun jiyiramiz. Chunki bizga odam bo'lish, odamga evrilish yoqmaydi. Bu mashaqqatli jarayon. Biz esa bu dunyo qisqa qilib aytganda yeb-chicharga kelganmiz. Shuni uchun bizdw shunday xalq, shunday jamiyat, shunday hukumat va shunday tafakkursizlik
Hid Gallyutsinatsiyasi
Bu fikrlarimga desert o'rnida Belinskiyning Gogolga yozgan xatini taqdim etaman. 2 asr oldingi rus jamiyati va hozir o'zbek jamiyatining naqadar birligini ko'rasizlar. Farqi, ular o'z kamchiligini, hayvoniyligini 2 asr oldin anglab, ancha o'nglanishga kuch…
Belinskiy.docx
31.2 KB
Belinskiydan Gogolga xat. Tarjima uchun Javlon Qodirovga rahmat.
Xatning naqadar muhimligini mana bu postda yozganman.
Xatning naqadar muhimligini mana bu postda yozganman.
Hid Gallyutsinatsiyasi
Belinskiy.docx
Do'stlar,
buni ko'proq tarqatinglar. Hamma o'qisin. 200 yil oldingi rus jamiyati bilan bizning hozirgi muammolarimiz aynan. Lekin ular Belinskiy kabi tafakkur egalari tufayli ancha o'nglandi. Biz ham nimani tanlashimizni bilishimiz kerak.

https://telegra.ph/Belinskiyning-Gogolga-xati-12-25
Buni oʻqish vijdon uchun majburiy, koʻngil uchun tavsiya qilinadi. (Kamoliddin A'zamov)
...Эҳтимол бу ўзгаришингиз самимий бўлгандир, аммо буни оммага намойиш этиш истагингиз хатарли чиқди. Ҳатто бизнинг жамиятда ҳам маъсум тақводорлик даври ўтди. Жамиятимиз ибодатни қаерда қилиш муҳим эмаслигини, Ийсо ва Қуддусни ўз қалбларида Ийсо ва Қуддус бўлмаган ёки уларни йўқотганларгина ахтаришини англаб етган. Ўзгалар изтиробидан изтироб чекувчи, мазлумни кўрганда азобланувчи инсоннинг кўксида Ийсо руҳи яшайди, унинг Қуддусни бориб зиёрат қилмоққа эҳтиёжи йўқ…
© Belenskiyning Gogolga yozgan xatidan
...

Telegraph
Belinskiyning Gogolga xati
Maqolamni gʻazab otiga mingan kishi qalamiga mansub deb hisoblaganingizda faqat qisman haq edingiz:¹ kitobingizni oʻqish oqibatida tushgan ahvolimni ta’riflash uchun bu nom oʻta yumshoqlik qiladi. Lekin ushbu holatni oʻz iqtidoringiz muxlislariga nisbatan…
Barcha ziyoli òqishi bòlgan xat, Tillaniso Nuryog'di xatni òqib chuqur ta'sirlandim. Eng kòp ta'sir qilgan joylarni òzimcha òzgartirib òqidim. Belinsky tilga olgan muammolar deyarli bir xil bizniki bilan.
Agar Belinsky Òzbek bòlganda shunday derdi balki
"Shu sababli ham Òzbekiston uchun najot mistitsizmda, asketizmda yoki pietizmda emas, balki sivilizatsiya, ma’rifat va gumanizmni rivojlantirish ekanini payqamay qoldingiz. U amri-ma’rufga, duolarga emas, balki farzandlari qalbida ko’plab asrlar davomida tuproq va axlat bilan bir qilingan insoniy qadr-qimmat tuyg’ularining qayta uyg’onishiga muhtojdir; u masjid ma’ruzalariga emas, balki sog’lom aql va adolatga mos keluvchi qonunlarga va ularning imkon boricha qattiq amal qilinishiga muhto.
Sizningcha, òzbek xalqi – dunyodagi eng dindor xalq: yolg’on! Dindorlik asosida taqvodorlik, hurmat-ehtirom, Xudodan qo’rquv yotadi. Òzbek kishisi esa ketini qashib turib ham xudoning nomini tilga oladi. Xudo haqida u deydi: agar foyda bersa, sig’in; bo’lmasa tuvakka qopqoq bo’ladi.
Yaxshiroq qarasangiz, uning dindan tubdan yiroq xalq ekaniga guvoh bo’lasiz. Unda xurofot ko’p, lekin zig’ircha ham dindorlik alomatlari yo’q. Xurofot odatda sivilizatsiya muvaffaqiyati bilan yo’qolib ketadi; lekin dindorlik u bilan birga rivojlanishi mumkin. Bunga yaqqol misol – Fransiya."
"Bizda esa buning aksi sodir bo’ladi: kishi (xattoki hurmat-e’tibor qozongan kishi) psixiatrlar orasida religiosa mania nomi bilan tanilgan xastalikka chalinishi bilan u samoviy xudodan ko’ra zaminiy xudo haqqiga ko’proq sanolar to’qiy boshlaydi, xattoki ulardan ikkinchisi uning qullarcha laganbardorligini taqdirlashga majbur bo’lib qolishiga umid qilib, bu maqsad yo’lida o’zining jamiyat oldidagi obro’sini yo’qotib qo’yishdan ham cho’chimaydi… Naqadar qallob xalqimiz!..."
Nigora Shamsiddin

Vissarion Belinskiy. Tanlangan asarlar (1).pdf
17.3 MB
Do'stlar, janob Belinskiyning bu xati 1975 yildayoq tarjima qilingan ekan. Shunaqa, xazinalarimiz avvaldan mavjudligini bilmay o'tib ketaveramiz. Bor narsalarimizni ham nega muhimligini bilishga, qayta anglashga muhtojmiz. Bu tarjimani ham bir ko'ringlar.
Yana "Zamonamiz qahramoni" tahlili bor ekan. Endi shu kitob o'qishni boshlamoqchiydim. Yaxshi bo'ldi. Tahliliniyam o'qib chiqaman bira to'la. Keyin tahlil yozaman umumiy
Yana "Zamonamiz qahramoni" tahlili bor ekan. Endi shu kitob o'qishni boshlamoqchiydim. Yaxshi bo'ldi. Tahliliniyam o'qib chiqaman bira to'la. Keyin tahlil yozaman umumiy
Hid Gallyutsinatsiyasi
https://telegra.ph/Belinskiyning-Gogolga-xati-12-25 Buni oʻqish vijdon uchun majburiy, koʻngil uchun tavsiya qilinadi. (Kamoliddin A'zamov) ...Эҳтимол бу ўзгаришингиз самимий бўлгандир, аммо буни оммага намойиш этиш истагингиз хатарли чиқди. Ҳатто бизнинг…
Адабиёт нима?
Виссарион Белинский Ғарб таъсири сабабли Россияда чинакам адабиёт туғилди дейди. Унгача бўлгани адабиёт эмас эмиш. Нега? Унинг фикрича, адабиёт бутун инсоният учун универсал, фундаментал мавзулар ва туйғуларни ифода этиши лозим. Халқ оғзаки ижоди, фольклор бир маҳаллий қизиқишлар, тутум ва хурофотлар аксидир холос.
Бу саволга китобларда ёзиладиган жавобни бермоқчимасман. Биласизми, мана шу саволга жавоб йўқ. Менимча, йўқ. Қандайдир адабиёт деган ҳодиса бор, аммо уни таърифлаб бўлмайди. Мен адабиётшунос эмасман, агар шундай бўлганда, бирор таърифни албатта келтирардим, ўз соҳамнинг мавжудлигини оқлашга уринардим. Аммо фалсафий сўроқлаш орқали бу саволни таҳлил қилишга уринишим мумкин. Фалсафий сўроқлаш сизга жавоб бермайди, аммо қотиб қолган тушунчангизни эритиши мумкин.
Нима, қайси хусусият адабиётни адабиёт қилади? Адабий жанрлар, услублар асрлар бўйи ўзгариб келган, фарқлар жуда катта. Прозаик адабиёт нисбатан кейин пайдо бўлган. Аммо аввал бошда прозаик адабиётни ҳам адабиёт деб билишмаган. Адабиёт поэзия эди. Табиийки, анъана қўриқчилари учун биринчи романни ёзган ёзувчи адабиётнинг душмани, бир маданий вандал бўлиб кўринган бўлиши эҳтимол. Умуман шаклий фарқларни, услуб, жанрларни адабиётнинг муҳим белгиси деб бўлмайди. Акс ҳолда, Данте билан Артур Кларкни нима боғлаб туриши нотайин бўлиб қолади.
Образлиликни бадият учун ўлчов қилиб олишади. Аммо образнинг ўзи нима ва у қандай бўлиши кераклиги масаласида ҳам якдиллик йўқ. Натуралистик ёндашув тарафдоридан сўрасангиз, адабиёт социологик, психологик ва биологик фактларни ҳисобга олиши ва борича акс эттириши керак дейди. Бадиий асар мисоли ҳужжатли битик бўлиши керак. У конкретликни конкретлик орқали ифодалаши шарт. У борлиқнинг акси бўлиши уни бузиб кўрсатмаслиги керак. Натуралист учун образ шунчаки реалликнинг нусхаси холос. Натуралистга қариндош реалист учун адабиёт конретлик орқали абстрактликни ифодалаши мумкин, барибир, у борлиқни идеаллаштирмаслиги керак. Унга кўра, образ аниқ бир нарса бўлса ҳам, аслида у абстракт ниманингдир ифодасидир. Ортиқча спекуляция, мистика адабиёт эмас. Романтик учун эса адабиёт бор нарсани эмас, идеални акс эттириши керак, идеал бўлганда ҳам, у албатта гўзал бўлмоғи шарт. Яъни образ нарсанинг нусхаси бўла олмайди, у ижодкор яратган идеалнинг ифодасидир. Шунинг учун ҳам адабиёт фақат адабиёт учундир, у ўз ички қонунияти билан яшайди, бирор мафкура, дин ёки ахлоққа хизмат қилиши мукин эмас. Ижодкор фактлар билан ҳисоблашишга мажбур эмас. Натурализм учун адабиёт “нима қандай мавжуддир” саволига тасвирий, ҳиссий жавоб бўлса, романтик учун адабиёт реал “нима”нинг ўзи эмас, балки онгдаги хаёлий идеал холос. Илмий-фантастик асарлар бу мезонларнинг бирортасига мос келмайди: у нима мавжудлиги эмас, нима бўлиши мумкинлигини (what is possible) ҳам қамраб олади. Аммо бу “бўлиши мумкинли” хаёлий эмас, балки мантиқан имконли нарсадир. Диний ва дидактик адабиёт эса на реалистик ва на романтикдир. У акс эттирмайди, балки бор нарсани ўзгартиришга уринади. Унинг учун психологик ёки биологик факт бузиб ўтилиши лозим тўсиқ холос. У ниманидир таклиф қилади ва бошқаларни шунга эргашишга ундайди. У “қандай” ва “қандай бўлиши керак”лиги ўртасидаги контрастни кучайтиради. Буларнинг ҳеч бирида образ айни бир маънода қўлланмайди. Хўш нима у образ деганлари?
Реалликнинг онгдаги аксини образ деб ҳам олиш мумкин. Бироқ унинг маъноси кенгайиб кетади ва исталган турдаги тушунчани қамраб олади. Демак, бадиий асардаги образ шунчаки нусха бўлмаслиги керак. Нусхалилик даражаси қандай бўлади? Натуралист билан романтик бу борада келишмаслиги аниқ.
Савол очиқ қоляпти: нима адабиётни адабиёт қилади? Сўзми? Шу масалада ҳам баҳс бор. Биринчидан, сўз адабиётдан бошқа соҳаларда ҳам қўлланади. Тасвирми? Тасвир илмий-оммабоп асарда ҳам бор. Хаёлийликми? Тарихий романларни нима адабиёт қилади у ҳолда?
Виссарион Белинский Ғарб таъсири сабабли Россияда чинакам адабиёт туғилди дейди. Унгача бўлгани адабиёт эмас эмиш. Нега? Унинг фикрича, адабиёт бутун инсоният учун универсал, фундаментал мавзулар ва туйғуларни ифода этиши лозим. Халқ оғзаки ижоди, фольклор бир маҳаллий қизиқишлар, тутум ва хурофотлар аксидир холос.
Hid Gallyutsinatsiyasi
https://telegra.ph/Belinskiyning-Gogolga-xati-12-25 Buni oʻqish vijdon uchun majburiy, koʻngil uchun tavsiya qilinadi. (Kamoliddin A'zamov) ...Эҳтимол бу ўзгаришингиз самимий бўлгандир, аммо буни оммага намойиш этиш истагингиз хатарли чиқди. Ҳатто бизнинг…
Таркибида муайян даражада хаёлийлик бўлган ҳар қандай асарнигина адабиёт деб аташ мумкиндир балки? Аммо Белинскийнинг ўлчови буни инкор қилади, у шунчаки хаёлийлик эмас, балки унинг универсал инсоний туйғуларга дахлдор бўлишини ҳам талаб қилган.
Кўряпсизми, адабиёт нима, бадиий асар нима деган саволга ҳамманинг кўнглига ёқадиган жавоб йўқ. Кимдир бир жавобни берса, унга эътироз билдирадиган бошқа бири топилади. Шунинг учун ҳам бирор бадиий асар устида тортишаётган адабиётшуносларни кузатсангиз, бу адабиёт эмас, деб юборадиганлар бўлади. Демак, улар адабиёт нималиги борасида якдил фикрда эмас.
Xurshid Yo'ldoshev

YO'L QISSASI
(Epifaniya)
Ori Rustamjonovaga
Yilim, xush qol endi,
biz ketayapmiz.
Qaytmas bo'lib ketamiz.
Yil nima o'zi?
Zamon nima?
Yashadikmi zamoningda, yilim?
Bir oyog'imiz osmonda mudom
Birisi go'rda
Bu oraliqda qadam tashlolmaymiz
Ayrilar putimiz
Yorilar chotimiz.
Ilohlar kabi zamon ustida
Oyoq yozib turibmiz
Bir oyog'imiz osmonda
Birisi go'rda
Ayrilgan putimiz,
Yorilgan chotimiz.
Biz seniki emasdik, yilim
Yo o'tmishniki, yo kelajaknigi
Yo bir nafratniki.
Seniki bo'lmadik, yilim
Yashamadik sen bilan
Va lekin yashamoq nima degani?
Odamlar har ko'yli yashar
Kimdir odam so'yadi,
kimdir o'zini
Kimdir esa muallaq qotgan zamon ustida
Unutgan u borlig'ini ham
Yilim, zamonga to'r yozgan senmiding
Yig'ib oladirsan o'sha to'rlarni -
Loqayd va befarq seni o'zdan uloqtiramiz
Yulib otamiz seni.
Yilim,bugun sevganim xotini bilan urishdi
O'zi ko'tarolmagan og'irlik sezdim so'zida
Uni doim urishgan bu olam,
hayot
Qay burchakka qochmasin
Mudom tund, mag'lub
Nigohlari muztar, og'irva mag'rur
O'zi ko'tarolmagan dardlari bilan quchadi meni
Lekin qayga olib boray
Qayga olib borib adashtiray dardlarni
Ertakdagi o'rmonga olib bordim adashtirgani
Biroq o'zim adashdim qismatning o'rmonida.
Qaytib kelmadim.
Suvga oqizoq qildim
Baribir ketmadi oqib
U dunyoga xabarchi emas suvlar ham
Faqat hozir bor
Ha, faqat hozir
U dunyo ham,
Bu dunyo ham "hozir"da qovushgan
Biz esa hozirdan hatlab o'tmoqchi bo'lamiz mudom
Ikki oyog'imiz hozir ustida kerilgan
Biroq hatlolmaymiz,
Zero, sakramoqqa tomon yo'q.
Bir oyog'imiz osmonda,
Birisi go'rda
Ayrilgan putimiz,
Yorilgan chotimiz.
U dunyodan ham, bu dunyodan ham sakrab o'tmoq bo'lamiz
Ammo tomon yo'q.
Sening sharafingga qadah ko'tardik
Xayrlashdik sen bilan, yilim
Bir do'stim keldi oldimga
"Ular mudom oqlaydi o'zni
(Do'stlarni ko'rsatdi nuqib)
Men qoraladim.
Xiyonatni ko'rdim. Ko'rdim bevaqt ayriliqlarni".
Oqladi o'zni. Bu telba, xoksor odamlar qalbida
Uyg'ongan shafqat va mehr
Ovutarmi alamlarini?
Alam yirtqich bo'ri
Panalarda turib ovladi bizni.
Ovlanmagan bir zog' qolmadi.
Hammamiz endi uning qulimiz.
Ovutmaydi bizni
sevgimiz,
kulgimizi,
yong'in, kulimiz.
Bu dunyoda odam o'zini oqlagan emas.
Oqlagan zamon,
Oqlagan qismat,
Oqlagan olam.
Odam qora.
Oqlolmagan odam o'zini.
Oqlamagan odam o'zini.
Yilim, senda oq eding.
Sen odam emassanku, yilim.
"Koshki yiqilsa dilim
Qaltirab turar qo'lim
Jigarimni yulmasdan."
Sen odam emassan, yilim.
Dugonam yozdi : uzoq turing filmlardan, mahzun kuydan, qo'shiqdan.
Lekin kuysiz, qo'shiqsiz yashash mumkinmi, Dilim?
Mumkinmi, Yilim?
Olamning har qatida kuy sizib kelsa
Ko'z yoshimda kuy suzib kelsa
Mumkinmi, Dilim?
Mumkinmi, Yilim?
Yo mahzunlik yashash emasmi?
Yashash nima o'zi?
Mahzunlik nima?
Qismat bo'lgan narsa yashalgan
Yashalgan har narsa mahzunlik!!!
Har kim har ko'yli yashar
Qismatini yashar har odam
Qismat esa oqlangan. Qismat mudom oq.
Doim cho'chib tushadi
Nigohimdagi nafratdan
Menga xona bergan uyning egasi.
O'z taftimdan sovqotaman o'zim.
Nafratimdan ketaman cho'chib.
Men bu haqda yozishni istamayman.
Ha, istamayman. Na nafrat, na uy egasi haqda.
Bilaman, yanagi yilda ham
Ko'chib ketolmayman uyidan
Shunga mahkumman.
Men odamman. Mahkumman o'z ojizligiga.
Bir dunyo qulamoqda
Dardlar, sevgi, Aqllar
Bir dunyo qulamoqda.
Bir dunyo qolmoqda.
Men aytolmayman qanday dunyo bu
Ortiq odam emasman axir
Men bir Yodman, Hammasidan qolgan Telbalik
Men hech qachon bo'lmagan yo'lman endi
Na kelishim, na ketishim bordir.
Yilim, sen zamonning uzun yo'li
Senga ketish,
Menga Yodlar,
Qolgan Gardlar,
Mangulik Yordir!
2019, 24-dekabr

Forwarded from Дил синиқлари
Telegraph
Қуш киприги
Қишлоғимизнинг номи Қалъаи Мири шикор (ов амирининг қалъаси) Унинг иккита масжиди бўларди. Биттасини ақли ғавлаб кетганлар йиқитдилар. Ўрнини пахтазор қилар эканлар... Иккинчиси ҳали-ҳануз қад ростлаб турибди, баланд, кодоклари вассажуфтли. Лекин жуда фарсуда.…
Forwarded from “Аkademnashr” nashriyoti
#sarhisob
«Izlam» turkumining I faslida chop etilgan kitoblar bugungi kungacha quyidagi miqdorda sotildi:
«Tutqun» Feruza Xayrullayeva – 885 dona
«Faqat u qoldi» Xurshid Abdurashid – 674 dona
«Жазба» ЖОНТЕМИР – 696 dona
«Азал ва абад йўли» Азизбек Норов – 566 dona
«Qon» Tillaniso – 565 dona
«Ichingda bahor» Rafiq O‘zturk – 562 dona
«Dugoh» Muhammad Siddiq – 448 dona
«Qumaru» Madina Norchayeva – 448 dona
«Mahv» Mirzohid Muzaffar – 421 dona
Xarid: t.me/akademsavdo
❓Siz «Izlam» ruknidagi qaysi kitobni xarid qildingiz?
📚 @akademnashr | #IZLAM