Hid Gallyutsinatsiyasi
2.01K subscribers
1.02K photos
197 videos
60 files
806 links
Agape
Download Telegram
Hamma narsa o'tadi
Va birdan sen ozodlik haqda qo'shiq aytmay qo'yasan.
Ichingdagi olov oqmay qo'yadi
Daryoning jimgina oqishini tinglab o'tirasan ichingda
-
Va nihoyat sen g'olibsan.
Dunyo ustidan.
Lekin sening tabassuming bu haqda emas - o'tmish haqda emas
Va-da xulosa.
Ehtimol, mangulik haqida sening tabassuming.


*


Oxirigacha yasha
Oxirigacha yerga urasan o'zingni.
Oxirigacha sakra osmonga,
Va ko'rasan oxirida nima bor-
Hali oxir emas
Hali yashasa bo'ladi
Demak oxirigacha shiddatingga erk kiydir.
Qolgani farqsiz -
Baribir oxirida biz yo'q bo'lamiz.


***


Aybdorlik Hamisha mavjud
Hamisha nimadadir aybdormiz.
Aybdorlikdan yulib olganda o'ylarimizni
Faqat erk bilan to'ladi o'rni.
Ha aybdorlik ustidaga chiqib sakray olish mumkin
Erk bilan.
Erk bunday kuchni beradi
Ammo uning o'zi bo'g'zimizda qotib qoladi sovuq qon bo'lib.
Bo'g'izlangan molning
Bo'ynida qotib qolgan qon kabi.
Inson odam va hayvonning o'rtasi. Inson odam va shaytonning o'rtasi. Inson shu o'rtaliqdagini o'zini kashf eta oladi. Namoyon eta oladi. Inson faqat insoniylik tomonda qolgan edi, mudom inson bo'lganda edi, u mutlaq yaxshi bo'lardi. Hech narsaga nisbatan qarshi turmasdi. Hech narsaga qarshi turmaskan, isyon ham bo'lmasdi. Taraqqiyot ham bo'lmasdi. Insonni harakatga keltiruvchi kuch insoniylikning o'zi emas, undagi hayvoniylik va shaytoniylikdir. Shu sabab tufayli u doim nimalargadir qarshi. Boshqa insonlar, jamiyatga, tuzumga, o'ziga va xudoga qarshi. Bu mukammallik intilish desam, juda oshirivorgan bo'laman. Ammo bu insonni mudom turtkilab, uyg'otib turuvchi kuch
Yangi yil alohidaligi nima siz uchun? Orzumi, maqsadmi, yo ichvolib bayram nishonlashdami? Yilni sarhisob qilasizmi yo yangi yilga rejalar tuzasizmi? ( Gaplashish istagi tutdi)

Manda, masalan, yangi yil hayotimni yana va yana, tezroq o'zgartirish istagini uyg'otadi.
Do'stlar, tabriklayman! Doim bor bo'laylik! Мир во всем мире🍾
Ota-onalar, kattalar bolalarga uni qilsang, yaxshi bo'ladi, buni qilsang yaxshi bo'ladi deganida - masalan, zo'r o'qisang, yaxshi universitetga kirsang, yaxshi joyda ishlasang, yaxshi bo'ladi deyishganida - ko'pincha, "qonli tirikchilik seni bosib qo'ymaydi, biroz yengilroq yashay olasan, eng kamida bizdan yaxshiroq yashashing mumkin" degan ma'noni nazarda tutadi. Bolalar esa bu ma'noni emas, shularni qilsam, dunyoni butunlay o'zgartira olar ekanman degan ma'noni tushinadi. Yoshlik, bolalik -idealistlik bo'ladi. Maksimalistlik bo'ladi doim. Shuni uchun yoshlar doim idealistlar sifatida hayotga kirib keladi Har zamonda. Hayot ularning burnini yerga ishqalaydi. Kimdir esa oxirigacha o'sha gaplarni o'zi tushingan ma'noda qabul qilaveradi. O'jarlik bilan. G'oyaga sig'inadi.
Kimdir esa ota-onalar va kattalar aytgan ma'noni alamli anglaydi, turmushga singib ketadi (Asli hammamiz tirikchilikka singib ketamiz)
Aytilayotgan har bir so'z o'z ma'nosida emas , o'z ma'nosidan kichikroq yo umuman ulkan.
Aytayotgan boshqa ma'noni aytadi, qabul qilayotgan boshqa narsani tushinadi.
Poyezda kutardim.
Yangi yilning birinchi kuni.
Sumkasini tashib hamma
Qaygadir oshiqqan.
Quyosh yo'q edi.
Quyosh bulutlar ortida edi.
Sovuq va tuman.
Lekin shu ham yoqimli.
Bosib bosib chekdim.
Osmonga qaradim.
Aytdim-
Ey, xudo nahot shunday o'tib ketsa umrim,
Shunday xonanishin va benaf.
Axir tenglarim
Farzand o'stirardi.
Ularning uyi bor edi
Ularning yo'li bor.
O'zimni hayotdan qolib ketgan sezdim.
Go'yoki shuncha qilganim sovrildi havoga
Asli nima ham qildim
- bolaligimdan boshlab
"Mana shunday, shunday qilsang yaxshi bo'ladi deyishganlarini qildim barisin.
Ular aldaganmidi,
Yo'q, men aldandim.
Ular hayot deganda turmushing yaxshi o'tadi deb aytishgan.
Men esa hayot deganda -
Dunyoni zabt etaman deb o'ylaganman.
Shucnhaki yoshlik va egoizmning yuksak cho'qqisi.
Men ishonib qolib ketdim
Tubsiz bo'shliqda.
Hamma Har narsani aytadi
Bunday qilsang, yaxshi,
Bunday qilsang yomon deganda.
Hamma Har narsani tushinadi Har so'zdan.
Men endi hamma narsani o'zgartirish istayman
Hamma uchun
Vaholanki, taksida kelguncha
Puldor bir xotin hamma narsani Men bilaman deganda
Og'ziga urolmadim.
Hatto o'z qarashimni himoya qilolmay
Uni o'zgartirish istadim.
Pul hamma narsani Hal qilsin, farqsiz endi.
Sevgilim aytardi ko'p:
Sen hayotga ko'p talpinasan,
Menga esa farqsiz.
Allaqachon benaf , befarqman.
Men doim o'zgarish istadim.
"Menga porox bering".
Men olov yoqish uchun juda kuchsizman.
Lekin ich-ichimda
Olov yoqish uchun tug'ilganman deyman
Va ayta turib yig'layman
O'z aldovimdan
Sovuqda,
Vokzal skameykasida.
Xudoga yig'lab,
Yana o'zgarishlarga tikmoqchiydim o'zimni
Va jabrdiydaligim yana rahmini keltiradi
Deb o'yladim
Xudoning.
Osmonga qaradim.
Quyosh yo'q.
Xudo ham o'lgandi.
Asli yo'q edi hech qanday buyuk orzular.
Faqat turmushning
Qonli tirikchiligi bor edi.
Iltijo qila turib
Nogoh chatnadi miyam:
Xudo yo'q bo'lsachi.
Negadir hatto atrofim
Tabiat
Qushlar ham qo'shildi o'yimga.
Xudo yo'q edi,
Xudo o'lgandi.
Men o'z tubsizligimda edim.
Endi nima qilsa bo'ladi.
Endi faqat ichish mumkin
Yo kulish mumkin
Miyam ishlamay
Kulgudan yorilib qolguncha,
Hech bo'lmasa shunda dunyo bo'zg'ingdan olmaydi
Bukovskiy aytgani kabi.
Shunda olov istamaysan
Shunda 21 yoshingda tikanday sanchilgan atrofdan kuyinib yig'lagan bo'lsang,
Endi tikan ustida raqs tushishni o'rganasan.
Bu yo'llar o'zi raqs.
Poyezd meni olib ketadi
Va manzilga yetguncha
Ongimda yangi yil Karnavali qo'padi.
Hislar, o'ylar, va yana ko'ngil aynish.
Bilmayman , manzilga esa qachon yetaman.
E'lon qilinadi:
Poyezd ketadi.
Bilmayman qachon yetaman manzilga
Va tugaydi keyin hammasi.
Hammasiki, endi Men hech kimni aldamayman
Hammasiki, endi meni hech kim alday olmaydi.
Hayot go'zal deb,
Xudo buyuk deb,
Inson qodir deb
Va kelajak keladi deb
Keladi deb buyuk o'zgarishlar davri
O'zgarishga aylan o'zing deb
Men o'zimni alday olmayman ortiq.
Qozoqlarda miting qilish huquqi konstitutsiyada kafolatlangan va ular istagan paytda miting qilish huquqiga egami? Yo miting o'tkazish uchun ruxsat so'rab, qog'oz ko'tarib uyoqdan-buyoqqa chopishdimikan?
Forwarded from TentakMinds
​​Митинг иштирокчилари талаб қилганидек, Қозоғистонда суюлтирилган газ нархи 50 тенгега туширилди.

Барибир инсоф йўқ экан.

@tentakminds
Agar bizda ham xalq mitingga chiqsa, aynan nimalarni hukumatdan talab qilish kerak deb o'ylaysiz? (Shunchaki faraz qilib ko'ramiz)
Bizda san'at asarlari iste'molchiligini taqiqlash kerak degan fikr o'tadi xayolimdan. Chunki kinolar shunchaki kino bo'lgani uchun ko'riladi, qo'shiqlar yo'lda mashinada eshitib ketish uchun (madaniy hordiq uchun - garchi san'atning hordiqqa umuman aloqasi yo'q) , kitoblar bilmadim nima uchun - oshno og'aynilar davrasida aqlliroq ko'rinish uchun, ha faloncha kitob o'qigan ekan, yo bundaqa ma'lumotni bilarkan degan gap uchun o'qilsa kerak.
Lekin aniqki, Mohiyatni anglashga xizmat qilmayapti san'at asarlari iste'molchiligi. Xuddi ovqat tanovul qilgandek yeb, keyin hojat bilan chiqarib yuborilmoqda. San'atdan bahra olib , yo o'lish yo to'liq tiralish tomon bormayapti iste'molchilar. (Albatta o'lish ham, tiralish ham ramziy ma'noda bu yerda) Inson nima uchun o'ladi yo nima uchun yashaydi degan savolni qo'ymayapti o'ziga. Bu savolni qo'ygan va shunga javobi bor (hech bo'lmasa izlayotgan) odam qo'rqoq bo'lmaydi, ozod bo'ladi ruhi, ozod bo'lib boradi umr oxirigacha , u hayvoniy yashash yo'lini emas, insonday yashashni tanlaydi - albatta mohiyatni anglashga urinsa shunday bo'ladi. Mohiyatni, insoniy erkni anglashga urinadigan odamni san'at yo o'ldiradi yo tiraltiradi. San'atning buyuk iste'molchilari aynan shu uchun ulug'lab kelishyapti ming yillardan beri bu mo'jizani.
Yangi audiopodkast ekan
Iztirob Irodasi. Buddah va Shopenhauer(1)
Subnazar
Iztirob Irodasi. Budda va Shopenhauer(1)

- Mavzuga kirish
- O'q Zamoni
- Sidhartha Gautamaning Buddaga aylanishi
- Iztiroblar Psixologiyasi
- Sansaradan Nirvanaga chiqish
- Buddizm hozirgi zamonda
- Islomiy munosabat
- Keyingi mavzuga o'tish

Jamshid Muslimov

#Tafakkurqoyalari

@Subnazar
Iztirob Irodasi. Budda va Shopenhauer (2)
Subnazar
Iztirob Irodasi. Budda va Shopenhauer (2)
#Tafakkurqoyalari

- Buddizm falsafasi haqida
- Shopenhauer falsafasi: Tasavvurlar va Iroda
- Munosabat
- Keyingi mavzu

Jamshid Muslimov
@subnazar
Zamonaviy rus faylasufi Duginga "Faylasufga 10 ta ahmoqona savol" ruknida " Faylasuf hamma narsani biladimi" deb savol berilgan ekan. (Yutubda bor)
Dugin aytadi, faylasuf superqahramon emas. Aristotel kabi faylasuflar ham qaysidir lahza bilishini, qaysidir lahzada umuman hech nimani bilmasligini e'tirof etgan. Faylasuf ongida qandaydir chaqin chaqadi - (buning qanday sodir bo'lishini ham tushintirgan) va fikrlar ustida emas, fikrlar qanday tug'ilishi ustuda o'ylay boshlaydi , faylasuf olim yo boshqa izlovchilar kabi manbani tashqaridan emas, ichida izlay boshlaydi.

Faylasuf - sofiyaga muhabbati bilan ham qolganlardan alohidadir. Lekin u hech qachon sofiyaga ega ekanlikka davo qilolmaydi. Balki sofiya (donishmandlik) unga egadir. Shunday lahzalar bo'ladiki, o'sha donishmandlik, fikr va ma'no faylasufni zabt etadi. Faylasuf esa o'sha onlarni kutib yashaydi. U o'tkazuvchi xolos. O'sha fikr va ma'no undan yoki u orqali o'tadi. Lekin bu bilan u nimagadir ega yo nimnidir biladi deb bo'lmaydi.

Bu faqat faylasuflargagina emas, ijodkorlarga ham birday xos. Bekorga "borgan sari hech narsani bolmasligimni bilaman" degan donishmandona qanotli iboraga aylanib ketmagan.

Odatiy hayotda ijodkor yo faylasufdan (zotan falsafa ham ijod) alohidalik kutish, superqahramon yasash kerak emas. Bu toifa Haydegger aytmoqchi, "xudodan faqatgina o'sha o'zkazuvchanlik lahzalarinigina so'rovchi", va o'sha daqiqalarni , o'sha daqiqalarda nogohonda anglab qolinadigan ma'no undan o'tmagan taqdirda ham, hech bo'lmasa yonidan o'tib ketishini kutib yashovchi odam. Faqatgina sofiya va logos (so'z) ga muhabbatgina ularning yagona ega bo'lgan narsasi xolos.
"Muza" Yozarlar Klubi konsepsiyasi:

- ijod psixologiya;
- yozish texnikasi;
- ijodkor va auditoriya aloqasi;
- har kunlik yozish mashg'ulotlari;
- fri writing;
- taym menejment (kuniga 500 ta so'z yozishdan boshlash)
- yozish marafoni;
- ilmiy, badiiy, falsafiy asarlar, kinolar uchun revyu yozib borish;
- taniqli ijodkorlarninv mahorat darslari;
- yozishda ichki senzurani yengish;
- uslub va shaklni qanday rivojlantirish;
- chigalyozdi praktikalar;
- perfeksionizmni yengish;
- dunyoga mashhur ijodkorlarning ijod labaratoriyasini o'rganish;
- har darsda jahon va o'zbek adabiyotlari mutolaasi;
- ishtirokchilar kurs davomida yozgan narsalari e'lon qilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali targ'ib qilib boriladi.
- kurs davomida har kuni ishtirokchilarni yozishlari va o'z ijodlarini ommaga olib chiqishlari ko'zda tutilgan.


Kursda boshlanishiga 5 ishtirokchi qatnashadi.

Uch oy davomida olib boriladi.

15 ta darsdan iborat.

Har dars 2 soatdan bo'ladi.


Shuningdek, kurs programmasini shakllantirishda turkiyalik yozarlar klubining yurituvchilaridan biri Jan Akkirishning "Yaratuvchi yozarlar kursi"dasturini sotib olish, shu asosda ishtirokchilarga yangi bilimlar, ko'nikmalar berish ko'zda tutilgan.
Hid Gallyutsinatsiyasi
"Muza" Yozarlar Klubi konsepsiyasi: - ijod psixologiya; - yozish texnikasi; - ijodkor va auditoriya aloqasi; - har kunlik yozish mashg'ulotlari; - fri writing; - taym menejment (kuniga 500 ta so'z yozishdan boshlash) - yozish marafoni; - ilmiy, badiiy, falsafiy…
Yozarlar klubining yangi boshlanadigan kursi uchun ishtirokchilar qabul qilishni boshlaymiz. @gora8888 ga yozing.

Qabul vaqti 17 - yanvargacha.

Ijodiy ishlarizni yuborishingiz kerak.

Bundan tashqari sizda har kun yozish, bosim bilan adabiyotlarni o'qish uchun vaqt masalasi qanday?

Shulardan kelib chiqib tanlov qiling. Chunki kurs davomida juda ko'p shug'ullanish talab etiladi.
Sen meni ozodligim.
Lablaring, nafaslaring
Ko'zim ustida,
Ko'ksim
Xudoning nafasi kabi
Ozodligim.

Ozodligim, sevgim
Seni xudo yanglig' suydim
Suydim
Bag'ringdan uzoqda
Faqat seni sog'indim.
Qo'msadim seni.
Bag'ringga keldim
Kelaman begona dunyodan
Dunyo begonalagidan.
Bag'ringda
Dunyo haqida o'ylasam bo'ladi.
Xotirjam.
Bag'ringda dunyo haqida o'ylayman
Shunchalik xotirjamman
O'ylay olaman boshqa barsani.

Ozod nafasim yuzlarim ustida
Tanam ichkarisida turgan
Ilohimsan
Doim sendan uloqib ketib
Doim seni anglab yangidan
Ulug'vor anglab
Qaytaman oyoqlaring ostiga.
Ilohimsan.
Xudo insonga puflagan ruh kabi ozod nafasim
Ozodligimsan
Ruhim
Sevgilim .

Ozod qilguvchi
Nafaslaring
Labim ustida
Qalbim ustida.
Hid Gallyutsinatsiyasi
https://youtu.be/qciUj44yUy8
"Jang klubi" haqida yaxshi tahlilcha ekan.