๐Ÿ“š๐Ÿ“š๐Ÿ“šMILLIY SERTIFIKAT( ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI) ๐Ÿ“š๐Ÿ“š๐Ÿ“š
515 subscribers
1.25K photos
246 videos
1.05K files
744 links
MILLIY SERTIFIKAT VA ATTESTATSIYA SINOVLARIGA TAYYORLANAYOTGAN USTOZLAR HAMDA ABITURIYENTLAR UCHUN MO'LJALLANGAN ENG KERAKLI KANAL.

Maqsadingiz sizni yuksaltiruvchi kuchdir.

Murojaat uchun @GulnozaJalilovaa yoki +998919731188
Download Telegram
#bir g'azal tahlili

โœโœโœ"Tun oqshom boโ€™ldi-yu, kelmas mening shamโ€™i shabistonim..." matlali g'azalโœโœโœ

Tun oqshom boโ€™ldi-yu, kelmas mening shamโ€™i shabistonim,
Bu anduh oโ€™tidin har dam kuyar parvonadek jonim.

Ne gโ€™am, koโ€™rguzsa koโ€™ksum porasin choki giribonim,
Koโ€™rinmas boโ€™lsa koโ€™ksum yorasidin dogโ€™i pinhonim.

Gโ€™amidin durri maknundek sirishkim oqti Jayhundek,
Muzayyan qildi gardundek jahonni ashki gโ€™altonim.

Falak ham toโ€™ldi kavkabdin, quyosh ham tushti ashhabdin,
Kelib tushmasmu markabdin mening xurshidi raxshonim?

Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra oโ€™lgum, vah,
Menga boโ€™lsang ne Xizri rah, yetib, ey, obi hayvonim.

Dema koโ€™ktin quyosh ketmish, falakka tiyralik yetmish,
Ul oy hajrida tor etmish falakni dudi afgโ€™onim.

Quyosh qochib โ€“ yuzin uydi, shafaq oโ€™tqa tushub โ€“ kuydi,
Falakka dogโ€™lar qoโ€™ydi gโ€™amingdin soโ€™zi pinhonim.

Navoiy kibi hijrondin bu oqshom oโ€™ldum afgโ€™ondin,
Gโ€™amim yoโ€™q boโ€™yla yuz jondin, yetib gar kelsa jononim.

โœโœโœโœโœโœโœโœโœโœโœโœโœโœ
โ€‹
๐Ÿค”BILASIZMI?

-san qo'shimchasi shakldosh qo'shimcha hisoblanadi.

๐Ÿ”ฐ-san I - shaxs-son qo'shimchasiโœ…

โœAyta+san,kela+san,yoza+san.

๐Ÿ‘†Bunda asos fe'l so'z turkumida bo'ladi.

๐Ÿ”ฐ - san II - kesimlik shakli.

โœona+ san, yaxshi+san,talaba+san.

๐Ÿ‘†Bunda asos ismlar bilan ifodalanadi.

โ€ผ๏ธIsmlar :
ot,
sifat,
son,
olmosh,
taqlid,
harakat nomi,
sifatdosh .


https://t.me/Til_va_adabiyott
๐ŸŒŸ DIQQAT! QABUL! ๐ŸŒŸ

๐Ÿ”ฐBahorda o'tkaziladigan MILLIY SERTIFIKAT VA ATTESTATSIYA sinovlari uchun 1-dekabrdan ochiladigan online darslarimizga qabul boshlandi.

โœDarslar quyidagicha tashkil etiladi:

โœ…Haftada 3 kun ona tili grammatikasi noldan hijjalab o'rgatiladi.
โœ…Darslar amaliy mashg'ulotlar va mavzulashtirilgan testlar bilan mustahkamlanadi.
โœ…5-11-sinf adabiyoti to'liq satrma-satr savol-javob qilinadi.
โœ…Haftada 1 kun mumtoz adabiyot kuni. Bunda:

-she'riy san'atlar;
-aruz vazni;
-g'azal va qit'alar tahlili noldan o'rgatiladi.

โœHaftada 1 kun esse kuni.Har bir ishtirokchi essesi alohida tekshirilib ,tahlil qilib beriladi

โœHaftada 1 kun badiiy adabiyot kuni. Bunda mustaqil o'qish uchun berilgan asarlar tahlili o'tkaziladi .

โ€ผ๏ธDarslar davomida 5-11-sinf darsliklari ham birma-bir ko'rilib,tahlil qilinadi.

โœMashgโ€˜ulotlar Milliy sertifikatga ega,oliy toifali ustoz Jalilova Gulnoza tomonidan o'tkaziladi.

๐Ÿ’ฐKurs narxi :150 ming so'm.

Murojaat uchun:
@GulnozaJalilovaa ga yozing.

๐Ÿ•ŠMaqsadingiz sizni yuksaltiruvchi kuchdir!Maqsadlaringizga biz bilan birgalikda yetishing!๐Ÿ•Š

๐Ÿ”–MAROQLI DARSLAR TILAYMIZ!

๐Ÿ“ฒKanalga ulanish: ๐Ÿ“ฅ
https://t.me/Til_va_adabiyott
โœBayt:

Tun oqshom boโ€˜ldi-yu kelmas mening shamโ€™i shabistonim,
Bu anduh oโ€˜tidin har dam kuyar parvonadek jonim.


Vazn:
Mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun /
V โ€“ โ€“ โ€“ / V โ€“ โ€“ โ€“ / V โ€“ โ€“ โ€“ / V โ€“ โ€“ โ€“ /
Hazaji musammani solim

Oโ€˜qilishi:
Tu-n oq-shom-boโ€˜l /di-yu:-kel-mas / me-ning-shamโ€™-i: / sha-bis-to-nim, /
Bu-an-duh-oโ€˜: / ti-din-har-dam / ku-yar-par-vo / na-dek-jo-nim. /

Asosiy qofiyalar: shabistonim, jonim, giribonim, pinhonim, gโ€˜altonim, raxshonim, hayvonim, afgโ€˜onim, jononim.

Raviy: โ€œnโ€ undoshi.

Qofiya turi: mutlaq qofiya.
Tahlil:
1. Tun oqshom boโ€˜ldi-yu kelmas mening shamโ€™i shabistonim,
Bu anduh oโ€˜tidin har dam kuyar parvonadek jonim.

Lugโ€˜at:
Tun oqshom โ€“ kechqurun,
Shabiston โ€“ qorongโ€˜u kech, qorongโ€˜ulik.

Nasriy bayon:
Kechqurun boโ€˜ldi, ammo mening qorongโ€˜u kechani yorituvchi shamโ€™im kelmadi. Bu anduh oโ€˜tidin jonim har dam parvonadek kuymoqda.


โ“โ“Baytda qanday badiiy sanโ€™atlardan foydalanilgan?

Badiiy sanโ€™atlar:
Tavzeโ€™ (alliteratsiya) โ€“ โ€œshโ€ tovushi takrori;
Tanosib โ€“ tun oqshom, shamโ€™i shabiston, parvona;
Tashbeh โ€“ jon parvonaga oโ€˜xshatilmoqda;
Istiora โ€“ anduh oโ€˜ti;

Zulqofiyatayn โ€“ shamโ€™i shabistonim / har dam jonim;
Kalomi jomeโ€™ โ€“ shikoyat.

Obidjon Avaznazarov
2. Ne gโ€˜am koโ€˜rguzsa koโ€˜ksum porasin choki giribonim,
Koโ€˜runmas boโ€˜lsa koโ€˜ksum yorasidin dogโ€˜i pinhonim.

Baytda qaysi badiiy san'at uchramaydi?
โœIzoh ๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡:


Takrir โ€“ koโ€˜ksum;
Tanosib โ€“ koโ€˜ksum porasi, choki giribonim, koโ€˜ksum yorasi.
3. Gโ€˜amidin durri maknundek, sirishkim oqti Jayxundek,
Muzayyan qildi gardundek jahonni ashki gโ€˜altonim.


Baytda qansi san'atlar uchraydi?
โœ Izoh ๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡:

Tashbeh โ€“ oshiq koโ€˜z yoshi dur, ularning behisob toโ€˜kilishi Jayxunning oqishiga oโ€˜xshatilgan;

Mubolagโ€˜a - ko'zyoshning Jayxundek oqishi.
4. Falak ham toโ€˜ldi kavkabdin, quyosh ham tushti ashhabdin,
Kelib tushmas bu markabdin mening xurshidi raxshonim.

Baytda qanday she'riy san'atdan foydalanilmagan?
โœ Izoh ๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡๐Ÿ‘‡:

Badiiy sanโ€™atlar:
Tanosib โ€“ kavkab, quyosh;
Istiora โ€“ xurshidi raxshon; ashhab; markab;
Tazod โ€“ tushdi / tushmas;
Tashxis โ€“ quyoshning ulovdan tushishi;
5-ัะธะฝั„ ัะฝะณะธ ะดะฐั€ัะปะธะบ ะผะฐัˆา›ะปะฐั€ ั‚ะฐาณะปะธะปะธ

84-ะฑะตั‚ 5-ะผะฐัˆา›, าฒัƒัะฝะธั…ะฐั‚ะธะฝะณ ะฑัžะปัะฐ ะผะฐั‚ะฝะธ ะผะฐัˆา›ะธ

๐Ÿ‘‰NuriddinUKtamov
โœโœQIT'A โœโœ
Tavozu ' yaxshi ,ammo yaxshiroqdir,
Agar da'b etsa ani ahli davlat.
Erur ham afv xo'b-u, xo'broq ul,
Ki,zohir bo'lg'ay el topqonda qudrat

1.Qit'aning qofiyalanish tartibi qanday?
2.Qit'adagi qofiyadosh so'zlarni aniqlang.
3.Qofiyadosh so'zlar tarkibidagi raviyni ko'rsating.
4.Raviyning o'rniga ko'ra qofiyaning turi qanday?
5.Qit'ada radif qo'llanganmi?
6.Radif (qo'llangan bo'lsa) turini yozing.

Ma'noviy savollar:
7. 1-baytni tahlil qiling.

8. 2 - baytni tahlil qiling.

9.Qit'ada qaysi insoniy fazilat ulug'langan?