Temiryo‘lchi yoshlar
3.22K subscribers
20.1K photos
1.35K videos
229 files
6.59K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
O'zbekiston Raspublikasi Transport prokuroturasi tashabbusi bilan Koson tumani Darcha MFYda sun’iy futbol maydonchasi qurib foydalanishga topshirildi. “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK quruvchilari tomonidan qurilgan futbol maydonchasini tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Raspublikasi Transport prokurori M.Xodjaev, Qarshi transport prokurori B.Nazarov, “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” UK boshlig’i S.A.Norqabilov hamda Darcha mahallasining faollari qatnashishdi. Mahalla faxriylari tomonidan stadion qurilishi mutasaddilariga samimiy minnatdorchilik bildirildi. Tadbirda mahalla yoshlari tomonidan futbol o’yini o‘tkazilib, “Taekwondo”chi yoshlarning ko‘rgazmali chiqishlari yig’ilganlarga manzur bo‘ldi. Shuningdek, tadbirdan so‘ng “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida stadion atrofi obodonlashtirilib daraxt ko‘chatlari ekildi.

👉@rjukarshi 👈
#ОгохликДаврТалаби

Наманган темир йўл вокзалида Харбийлаштирилган қўриқлаш отряди, Наманган вилояти ИИБ транспортда хавфсизликни тамъминлаш бошқармаси, Ўзбекистон ИИБ МОМБ Наманган вилояти махсус отряди билан хамкорликда ўқув семенар бўлиб ўтди. Ўқув семенарда эгасиз буюмларни кўрганда қандай харакат қилиш, хамда ФВВ бўлганда харакатланиш тартиби ва ахолини эвокуация қилиш чораларани кўриш юзасидан ўқув машғулоти ташкил этилди. Йиғилиш давомида ходимларга керакли маълумотлар хамда ўзлари қизиқтирган саволларга тегишли мутасаддилар томонидан жавоблар бериб ўтилди.

https://t.me/TemiryulchiYoshlar
Афғонистонга навбатдаги инсонпарварлик ёрдами жўнатилди

Бугун, 23 декабрь куни Ўзбекистон Республикасининг биродар афғон халқига 63 вагонда озиқ-овқат, кийим-кечак ҳамда кўмир маҳсулотларидан иборат навбатдаги инсонпарварлик ёрдами ортилган эзгулик поезди Термиз шаҳридаги "Айритом" чегара ўтказиш пункти орқали Афғонистоннинг Мозори Шариф шаҳрига жўнатилди.

Шу муносабат билан бугун Балх вилояти марказида икки мамлакат расмийлари иштирокида инсонпарварлик ёрдамини топшириш маросими бўлиб ўтади. Бу ҳақда кейинроқ воқеа жойидан хабар берамиз.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

👉 Каналга уланиш:
t.me/axborot_xizmati
“Quvasoy” temir yo‘l stansiyasi faoliyatidan
“Quvasoy” Qirg‘iziston Respublikasi chegarasi yaqinida joylashgan stansiya bo‘lib, 2021 yil mobaynida bu yerdan eksport yuklar hajmi belgilangan rejadan ham ortib, import mahsulotlarining olib kelinishi ham keskin surʼatda oshib bormoqda ... 👉 BATAFSIL O'QISH BU YERDA

О деятельности железнодорожной станции «Кувасай»
Железнодорожная станция «Кувасай» расположена недалеко от границы с Кыргызской Республикой, и в течение 2021 года объем экспортных грузов превысил установленный план и резко возрос ввоз импортной продукции ... 👉 ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ

| Telegram | Facebook | YouTube | Instagram |
📣📣 "КАСБИМ - ФАХРИМ"

👉"Тошкент механика заводи" АЖ ёшлар етакчиси ташаббуси билан ёш мутахассисларнинг касбий маҳоратини ошириш, иқтидорини юзага чиқариш, улар ўртасида ўз касбига бўлган меҳрни янада ошириш мақсадида корхонада фаолият олиб борувчи ишчи ёш мутахассислар ўртасида "КАСБИМ - ФАХРИМ" танлови ўтказилди.
👉Танловда ёшларнинг назарий ва амалий билимлари малакали мутахассислар томонидан синовдан ўтказилди.
👉 Танлов якунларига кўра
"Маҳоратли пайвандчи" номинациясида:
🥇 Ш.Мадаминов 17-цех пайвандчиси
🥈 Т.Халилов 11-цех пайвандчиси
🥉 У.Таджиханов 29-цех пайвандчиси ва Б.Абдуллаев 7-цех пайвандчиси
"Илғор токар" номинациясида:
🥇 Д.Качалин 22-цех токари
🥈 А.Расулматов 88-цех токари
🥉 М.Миркузиев 3-цех токари
"Илғор чилангар" номинациясида:
🥇 К.Салохиддинов 11-цех чилангари
🥈 А.Маннопов 22-цех чилангари
🥉 Ф.Норбоев 11-цех чилангари ғолибликни қўлга киритишди.
📌Ғолиблар пул мукофоти билан тақдирланишди.

https://t.me/TemiryulchiYoshlar
Talabalar uchun bayram chegirmalariga sharh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi "2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi PF-35-sonli Farmoniga muvofiq mamlakatimizda ichki yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari tarifidan kiritilgan chegirmalar to‘g‘risidagi e’lon talabalar tomonidan savollar kelib tushmoqda.

Avvalo shuni ta’kidlaymizki, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-517-sonli 1992 yil 22 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi o‘quvchilari va talabalarining yillik qishki ta’tillari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har yili 28 dekabrdan 10 yanvarga qadar belgilanadi. Mazkur xujjatda qayd etilishicha, qishki ta'til davrida kunduzgi bo‘limlarning talabalari va o‘quvchilariga yo‘l haqi 50 foizli chegirtma bilan sotiladi.

Shu kunlarda e’lon qilingan, ya'ni 2021-yil 31-dekabrdan 2022-yil 4-yanvargacha bo‘lgan davrdagiga chiptaning tarif qismidan – 15 foizli chegirtma O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarining qolgan boshqa ta’lim bo‘limlari (sirtqi, kechki va magistratura) talaba va o‘quvchilariga nisbatan qo‘llaniladi.

ESLATMA: Imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Axborot-tahliliy media markazi

| Telegram | Facebook | YouTube | Instagram |