Temiryo‘lchi yoshlar
3.22K subscribers
20.1K photos
1.35K videos
229 files
6.59K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
👉 “Ўзбекистон темир йўллари” АЖ бошқарув раиси Хасилов Хуснутдин Нуриддиновичга туғилган кунлари билан “Ўзбекистон темир йўллари” АЖ ёшлари номидан самимий табрикларимизни изҳор этамиз.💥💥💥💥💥💥💥💥

👉 Сиздаги камтарлик, шижоат ва меҳнатсеварлик, қатъият ва мардлик каби фазилатлар биз ёшлар учун ҳамиша ўрнак бўлиб келган.

👉 Сизга ўзимизнинг юксак ҳурмат ва эҳтиромимизни билдирган ҳолда чин қалбимиздан самимий табрикларимизни йўллаб, темир йўл тизимини янада ривожлантириш йўлидаги масъулиятли фаолиятингизда ғайрат-шижоат, ташаббусларингизга омад ёр бўлишини тилаб қоламиз!

#темирйўлчиёшлардан

https://t.me/TemiryulchiYoshlar
Poytaxtda doim yashil bo‘lib turadigan daraxtlar soni yana 25 taga ko‘paydi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etishda davom etmoqda. Taʼkidlash joiz, mazkur loyiha doirasida barcha tarkibiy temir yo‘l bo‘linmalari tomonidan bugungi kunga qadar respublika bo‘ylab 115 ming tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bugun, 18 dekabr kuni mazkur loyiha doirasida Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi hududida 25 tup Qrim qarag‘aylari ekildi ... 👉 BATAFSIL O'QISH BU YERDA


В столице высажены ещё 25 деревьев вечнозелёного вида
АО “Узбекистон темир йуллари” продолжает активное участие в проекте “Яшил макон”. До сегодняшнего дня структурными железнодорожными подразделениями по республике уже посажено более 115 тысяч декоративных и плодовых деревьев и эта созидательная работа продолжается. Сегодня, 18 декабря, в рамках реализации данного проекта, во Дворце культуры железнодорожников были высажены 25 крымских сосен ... 👉 ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ

| Telegram | Facebook | YouTube | Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “Qamchiq” dovonida o‘tkazilayotgan yirik qo‘mondon-shtab o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi

Joriy yilnning 17-18-dekabr kunlari “Qamchiq” dovonida FVDTga (Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi) kiruvchi 40 dan ortiq tashkilot kuch va vositalari jalb etilgan holda keng ko‘lamli qo‘mondon-shtab o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. O‘quv mashqning butun jarayoni Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari tomonidan muvofiqlashtirildi. Batafsil...
—————-
Сегодня на перевале Камчик завершились крупные командно-штабные учения

17 – 18 декабря на перевале Камчик проводились полномасштабные командно-штабные учения с привлечением сил и средств более чем 40 организаций, входящих в состав ГСЧС (Государственная система чрезвычайных ситуаций). Весь процесс учений координировался экспертами МЧС. Подробно...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ёшлар учун кўҳна Хоразмга саёҳат ташкил этилди

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 7 февралдаги “Ички туризмни жадал ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрсида”ги ПҚ–3514-сонли қарори ижросини таъминлаш мақсадида жорий йилнинг 17-21 декабрь кунлари “Қуюв-механика заводи” шўъба корхонасида фоалият олиб бораётган бир гуруҳ ёшлар учун Хоразм вилоятига саёҳат ташкил этилди.
Ёшларни қўллаб-қувватлаш, уларни рағбатлантириш ва улардаги ташаббукорликни янада ошириш мақсадида саёҳатга "Ўзбекистон темир йўллари" АЖ томонидан ўтказиб келинаётган тадбир ва танловларда фаол иштирок этиб келаётган фаол ёш ишчи-ходимлар жалб этилди.
Ёш кадрлар Харазмнинг қадимий шаҳарларидан "Урганч-Хива" шаҳарларига саёҳат қилишди. Уч кунлик сайёҳат дастури доирасида ёшлар карантин қоидаларига қатъиян амал қилган ҳолда вилоятнинг диққатга сазовор жойларини томоша қилишди. Жумладан, маҳобатли миноралар, масжид ва мадрасалар, савдо гумбазлари ва бозорларида бўлишди.
Ёшлар учун мамлакат бўйлаб бундай сайёҳатларнинг ташкил этилиши, уларнинг Ўзбекистоннинг бой ва кўп асрлик тарихи ҳамда ноёб меъморий ёдгорликлари ҳақидаги билимларини мустаҳкамлашга ҳамда уларнинг қалбларида ватанпарварлик туйғуларни жўш урдиришга хизмат қилади.
Саёҳат давомида ёшларга Хоразмнинг тарихий масканлари ҳақида маълумотлар тақдим этилди ва уларни қизиқтирган барча саволларга жавоблар берилди.

https://t.me/TemiryulchiYoshlar
​​💁🏻‍♂ Bizda yoshlar uchun yangiliklar bor!

💰Bugungi sarmoya ertaga o‘z mevasini berishi shubhasiz.

🧑🏻‍💻Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida talaba-yoshlar, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlar uchun yangi xizmatlar joriy etildi.

🌐 Ya’ni my.gov.uz orqali «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun iste’mol kreditlarini ajratish va ularning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishga ariza yuborish mumkin.

📝 Buning uchun ikki tomonlama kompyuter oldi-sotdi shartnomasi nusxasi bo‘lsa bas. Ariza 3 kundan 5 ish kunigacha ko‘rib chiqiladi.

📔Shuningdek, «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish uchun ariza ham my.gov.uz manzili orqali qabul qilinadi.

📑 Bunda uch tomonlama shartnoma va to‘lov qog‘ozi nusxasi bo‘lsa kifoya. Ariza 15 kundan 30 kungacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

💁🏻‍♂ Har ikkala xizmat ham mutlaqo bepul.

📲@MyGovUz
2022 YIL: YEVROPA YOSHLARI YILI 🇪🇺

📣 Yevropa Ittifoqi 2022 yilni Yevropa yoshlari yili deb e'lon qildi.

🔰 Yil maqsadi – Yevropa bo'ylab milliy, mintaqaviy va mahalliy darajadagi keng ko'lamli ishlarni amalga oshirishdir.
Yevropa yoshlar yili dasturi yoshlar, yoshlar tarmoqlari, manfaatdor tomonlar, davlat organlari va Yevropa Ittifoqining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.

📌 Tadbirlar yoshlarning maqsadlariga qaratilgan bo'lib, ularning talab va ehtiyojlarini qondirishga yo'naltiriladi. Bunda iqlim va atrof-muhit, ta'lim va bandlik imkoniyatlari, jismoniy va ruhiy salomatlik kabi masalalar nazarda tutiladi.

#YOMI #yoshlarinstituti

https://t.me/TemiryulchiYoshlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон учун 100 ғоя!


Ўзбекистон келажаги бўлган ёшлар ўз ихтироларини намойиш этишмоқда. Улар орасидан 100 таси танлаб олиниб ҳаётга тадбиқ этилади



https://t.me/TemiryulchiYoshlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz temir yo'l sohasida ishlaysizmi 🚂
Bu tanlov faqat siz uchun
🎗🎗🎗🎗🎗🎗🎗🎗🎗🎗🎗
"Innovatsion g'oyalar" ko'rik-tanloviga START BERILDI

Xududlardagi temiryo'lchi yoshlar korxonangiz yoshlar yetakchisiga murojat qilishingiz mumkin..

Murojaat uchun tel 37-933, 47-048, 71-299-79-33
👇
https://t.me/TemiryulchiYoshlar
⚡️Дўстлик метро бекатидан Янги Ўзбекистон боғига бепул автобус қатнови йўлга қўйилди

Кириб келаётган Янги йил байрами муносабати билан "Янги Ўзбекистон" боғига ташриф буюрувчи фуқаролар ва пойтахтимиз меҳмонларига сифатли ва қулай транспорт хизматини кўрсатиш мақсадида, "Тошшаҳартрансхизмат" АЖ томонидан "Дўстлик метроси - Янги Ўзбекистон боғи" йўналишида ҳаракатланувчи махсус бепул автобуслар ишга туширилди.

Ушбу йўналишда автобуслар қатнови жорий йилнинг 20 декабрь кунидан бошлаб, 2022 йилнинг 10 январь кунига қадар амалга оширилади.

Қатновлар соат 08:00 дан 22:00 га қадар давом этади. Автобуслар ҳаркатининг оралиқ интервали 10-11 дақиқани ташкил этади.

@Militsiya_Uzb👈🏽
Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘lining "Qamchiq" dovoni hududida bo‘lib o‘tgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari haqida

Joriy yilning 17-18 dekabr kunlari "Qamchiq" dovonida Favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi qirqdan ortiq tashkilot kuch va vositalari jalb etilgan holda keng ko‘lamli qo‘mondon-shtab o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Unda, shu jumladan, Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘llarining "Qamchiq" dovoni qismida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun temir yo‘l stansiyalari va uchtaska yo‘llarida barcha zarur sharoitlar yaratilib, unda temiryo‘lchilar ham zamonaviy texnikalarda samarali ishtirok etishdi va nazariy hamda amaliy bilimlarini yana-da oshirishdi ... 👉 BATAFSIL O'QISH BU YERDA

| Telegram | Facebook | YouTube | Instagram |
Yo‘lsozlar malakasi va tajribasi oshirildi
Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston temir yo‘llarining umumiy uzunligi 7500 kilometrdan oshdi. O‘z-o‘zidan mamlakatimiz iqtisodiyotining qon tomiri deya taʼrif etilgan tarmoqning yo‘l xo‘jaligi tizimida mahalliy va tranzit yuk hamda yo‘lovchi poyezdlarining xavfsiz, shuningdek, ishonchli harakatlanishi eng avvalo, yo‘lsozlarning tajribasiga, so‘ng esa ularning bilim, ko‘nikmasiga ham bevosita bog‘liq ... 👉 BATAFSIL O'QISH BU YERDA

| Telegram | Facebook | YouTube | Instagram |
Afg'onistondan temir yo'l orqali eksport hajmi ortib bormoqda
Maʼlumki, Transafg‘on temir yo‘l yo‘lagini yana-da rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi orqali tranzit yuk tashish hajmini oshirish, respublika korxonalarining eksport salohiyatini kengaytirish, hamda uzoq yillik qo‘shnichilik aloqalarini yana-da mustahkamlash maqsadida qariyb 10 yil davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Sogdiana Trans” sho‘ba korxonasi Afg‘onistonda “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yo‘l liniyasini ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelmoqda ... 👉 BATAFSIL O'QISH BU YERDA

Увеличиваются объёмы экспорта из Афганистана на железнодорожном транспорте
Как известно, в целях дальнейшего развития Трансафганского железнодорожного коридора, увеличения объемов транзитных грузоперевозок через Республику Узбекистан, расширения экспортного потенциала предприятий республики, а также дальнейшего укрепления долгосрочных добрососедских связей, в течение почти 10 лет дочернее предприятие "Согдиана Транс" акционерного общества "Узбекистон темир йуллари" занимается эксплуатацией и техническим обслуживанием железнодорожной линии "Хайратон – Мазари-Шариф" в Афганистане ... 👉 ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ

| Telegram | Facebook | YouTube | Instagram |
“АДОЛАТ”НИНГ "ЁШЛАР ПАРЛАМЕНТИ”ДАГИ ФАОЛ АЪЗОСИ"

ОМҚП ҳузуридаги “Ёшлар парламенти”га “Адолат” СДПдан сайланган ёшлар орасидан йил якунлари бўйича энг фаолини аниқлаш мақсадида ташкил этилган сўровномада ўзингиз муносиб деб билган номзодга овоз беринг!
Final Results
2%
Бакиров Аъзаматжон, Андижон вилояти.
2%
Пўлатов Ойбек, Бухоро вилояти.
3%
Котибов Рустамхон, Наманган вилояти.
2%
Шамсиддинова Юлдуз, Самарқанд вилояти.
2%
Абидова Шохиста, Тошкент вилояти.
67%
Ахроржонов Абубакир, Фарғона вилояти.
3%
Олимова Нодира, Хоразм вилояти.
2%
Аллабердиева Мадина, Қашқадарё вилояти.
15%
Садриддинов Оқилжон, Тошкент шаҳри.
1%
Собирхонов Абдулбоситхон, Наманган вилояти.
Temiryo‘lchi gazetasining 50-soni.pdf
10.9 MB
"Темирйўлчи" газетаси 50-сон

https://t.me/TemiryulchiYoshlar