Temiryo‘lchi yoshlar
3.23K subscribers
19.8K photos
1.32K videos
227 files
6.5K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
#uchrashuv

📌 “O’zbekiston” lokomotiv deposi boshlig’i E.G’.Omonqulov boshchiligida va depo bosh muhandisi Q.A. Xodiyev bilan birgalikda korxonada xizmat olib boruvchi yosh xodimlar bilan uchrashib, fikr-mulohozalari bilan o’rtoqlashdi.

🖇️Manba: https://t.me/tchuzbekistan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#uchrashuv

📌 Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori I.Narimov rahbarligida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari A.Kamildjanov, Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali rahbari A.Bozorov va boshqa masʼullar ishtirokida Buxoro va Navoiy viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuvdan so'ng Samarqand viloyati hududidagi tadbirkorlar bilan ham
uchrashuv olib borildi.
Samarqand hududida o'tkazilgan
uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar va savollarigi masʼul rahbarlar tomonidan javob berildi hamda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilish hamda boshqa masalalar muhokama etilib, masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

🖇️Manba:
https://t.me/infratuzilma_aj

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#uchrashuv

📌2024 yilning 29-yanvar kuni Termiz lokomotiv deposida 2023 yil sarhisobi va joriy yil rejalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Korxona yoshlar yetakchisi Z.Salimov 2023 yilda korxonada yoshlar siyosati borasida tasdiqlangan dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Yig‘ilish so‘ngida korxona bosh muhandisi S.M.Ubaydullayev raxbarligida “Raxbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda korxona rahbari ayrim yoshlarning taklif va murojaatlarini tingladi. Ularga yechim topish choralari bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

🖇️Manba: @Termizmtu_yoshlari

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#uchrashuv

📌Universitetimiz professor-oʻqituvchilari va “Oʻzbekiston temir yo‘llari” AJ soha rahbarlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#uchrashuv

📌Bugun Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli filiali rahbari "QIZILQUMSEMENT" aksiyadorlik jamiyati rahbariyati bilan uchrashuv olib bordi. Uchrashuv davomida tadbirkorlarga qulaylik yaratish bo'yicha va temir yo'lda yuk tashish hajmini oshirish hamda viloyat markazlarida sement omborlari qurib aholini talabini qondirish bo'yicha kelishib olindi.
Uzel kesimida raqamlashtirish yo'nalishi bo'yicha bir-qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu jumladan harakat xavfsizligini ta'minlash va mijozlarga qo'shimcha xizmat ko'rsatib daromadlarni oshirish yuzasidan uzel tasarrufidagi Tinchlik temir yo'l bekatida elektron tarozisining qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi va yuk vagonlarini o'lchash ishlari boshlandi.

🖇️Manba: @bmtu_press

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#uchrashuv

📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 10 oktyabr PQ-329-son qarori hamda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida "Toshkent mexanika zavodi" AJ ishchi-xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va "Toshkent mexanika zavodi" AJ rahbariyat a’zolaridan iborat ishchi guruh jamiyatning 1-SKvaMYKdagi ishchi-xodimlar bilan uchrashishdi.
Ochiq muloqotda rahbariyatning ishlab chiqarish, iqtisodiy-ijtimoiy, shaxsiy va boshqa masalalar yuzasidan ishchi xodimlarning fikr va mulohazalari hamda takliflari eshitilib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#uchrashuv

📌Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 10.01.2024-yildagi “Transport sohasidagi tashkilotlar rahbarlari hamda Toshkent davlat transport universiteti talabalari oʻrtasida uchrashuvlar tashkil etish toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 31.01. 2024-yildagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi buyruqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat transport universitetida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#uchrashuv

📌Bugun 21.02 2024 yil kuni Toshkent Davlat Transport Universitetida    Transport sohasidagi mutasaddi rahbarlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda "Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi" boshlig‘i SH.T.Tulyaganov, "Vagon xo'jaligi boshqarmasi" boshlig‘i o'rinbosari I.K.Sodiqov, "Elektr ta'minot boshqarmasi" bosh muhandisi H.Z.Zaynuddinov, "Quyuv mexanika zavodi" AJ boshlig‘i K.T.Rashidov, "Toshkent mexanika zavodi" AJ marketing bo'limi boshlig'i S.Abdullayev, "O'ztemiryo'lmashta'mir" UK kadrlar bo'limi boshlig'i o'rinbosari G'.A.Qurbonov, " Toshkent yo'lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi " AJ boshlig‘i o'rinbosari A.K.Qarshiyev hamda "O'zbekiston" lokomotiv deposi boshlig‘i E.G'.Omonqulovlar ishtirok etishdi.

🖇️Manba:
https://t.me/UTYlokomotiv

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#uchrashuv

📌Transport sohasidagi korxona rahbarlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Uchrashuvda O‘zbekiston temir yo‘llari AJ qoshidagi "Aloqa va signallashtirish" bosharmasi hamda "Axborot xisoblash" markazi rahbarlari ishtrokida
uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida rahbarlar korxonalarning asosiy faoliyati bilan kelajakdagi rejalari bo'yicha ma'lumot berish bilan bir qatorda yangi kadrlarga qo'yilayotgan talablar, universitetimiz talabalarini amaliyotga jalb qilish va ishga qabul qilish masalalari bo'yicha ma'lumotlar berib o'tishdi. Uchrashuv yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#uchrashuv

📌O'zbekiston Respublikasi Transport vazirining 10.01.2024 yildagi "Transport sohasidagi tashkilotlar rahbarlari hamda Toshkent davlat transport unversiteti talabalari o'rtasida uchrashuvlar tashkil etish to'g'risida"gi va "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisining 31.01.2024 yildagi "Rahbar va yoshlar uchrashuvini o'tkazish to'g'risida"gi buyruqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent davlat transport unversitetida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.
Yig‘ilishda yoshlarni qiziqtirgan savollarga rahbarlar javob berishdi. Taklif va mulozahalar o‘rganildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube