Temiryo‘lchi yoshlar
2.53K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
224 files
6.22K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
#bilasizmi

📌Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalariga ko'ra, rahbarlar bo'ysunuvidagi davlat xizmatchilariga qo'pol muomalada bo'lishi, haqorat qilishi, shaxsiyatiga tegishi, ularga asossiz tanbeh berishi yoki ayblashi hamda kamsitishi mumkin emas.

🖇️Manba: https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

❗️
Qonunchilikka ko'ra, poezdlarning vagonlari, avtotransportlar va shahar yo'lovchilar transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish – BHMning ikkidan bir qismi (170 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, har yili “Eng yashil mahalla” tanlovini o'tkazish va tanlov natijalari bo'yicha g'olib bo'lgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan quyidagi rag'batlantirish choralarini ko'rib borish belgilangan:

🔹mahallaning tegishli jamg'armasiga daraxtlar ekish va sug'orish, “yashil jamoat parki”ni yaratishga jami 500 million so'mdan o'tkazib berish;

🔹o'zini o'zi boshqarish organlariga xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil xarid qilish va topshirish.

🖇️Manba: @huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, aholi va tadbirkorlarga subsidiya ajratish bilan bog'liq barcha xizmatlar bosqichma-bosqich “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platforma”siga o'tkazilishi belgilangan.

▶️
Shuningdek, subsidiyalarni ajratishning maqsadga muvofiqligi elektron platforma orqali onlayn tekshiriladi.

🖇️Manba: @huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

📌Qonunchilikka ko'ra, aholi va tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar bo'yicha qarzdorlikni undirish bo'yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar bo'yicha foizlar va neustoyka hisoblash to'xtatilishi belgilangan.

🖇️Manba: @huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

📌 Rezident va norezident jismoniy shaxslarga — qiymati 100 million so'mgacha bo'lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo'lovchi bojxona deklarasiyasini to'ldirmasdan, 100 million so'm va undan ortiq bo'lganlarini yo'lovchi bojxona deklarasiyasi asosida O'zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat etilgan.

🖇️Manba: @huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️ Qonunchilikka ko'ra, soliq to'lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.

☑️Bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:

🔹 qimmatli qog'ozlarni (bundan fond birjasida realizasiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog'ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);

🔹 noturar joylarni;

🔹 36 kalendar oydan kam muddatda soliq to'lovchining mulkida bo'lgan turar joylarni.

🖇️Manba: @huquqiyaxborot_lotin

Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
#bilasizmi

📌 Mehnat kodeksiga ko'ra, quyidagilar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish hisoblanadi
mehnat
va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to'g'risidagi talablarni buzish
ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo'lgan shaxslarni (ish o'rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo'yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;
homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilmaslik
sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik, yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik.

🖇Manba: @ huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya, daromadi yuqori bo'lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga ajratilishi belgilangan.

⚠️ Bunda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo'lgan o'rtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha bo'lganlar, daromadi yuqori bo'lmagan fuqaro yoki oila deb hisoblanadi:

🔹Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming so'mdan 8 mln 400 ming so'mgacha);

🔹Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming so'mdan 9 mln 660 ming so'mgacha).

Ma'lumot uchun: bugungi kunda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori 1.050.000 so'm

🖇Manba: @huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

БИРИНЧИ ТИББИЙ ЁРДАМ КЎРСАТИШ

https://t.me/tyqizilyarimoy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

⚡️❗️Bugun Oʻzbekistonda 1-iyundan nimalar oʻzgaradi?

2024-yil 1-iyundan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlari oʻzgaradi.
Tazyiq va zoʻravonlikdan aziyat chekkan ayollarga yordam koʻrsatiladi.
Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming soʻmdan subsidiya toʻlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Dam olish kunlari yoki ishlanmaydigan bayram kunlari uchun kamida ikki hissa haq to'lanadi.

Ichki hujjatlarda ikki hissadan ko'proq haq to'lanishi belgilanishi mumkin.

➡️ Dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga ko'ra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.

📌 Dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish uchun xodimga o'zining xohishiga ko'ra boshqa dam olish kuni berilishi mumkin. Bunda xodimga bir hissa haq to'lanadi.

⚠️ Xodim jadvalga yoki mehnat shartnomasiga muvofiq umumiy belgilangan dam olish kunlarida (besh kunlik ish haftasida shanba yoki yakshanba kunlari yoki olti kunlik ish haftasida yakshanba kuni) ishlasa, dam olish kunlari esa unga boshqa kunda berilsa, umumiy dam olish kunlaridagi ish uchun bir hissa haq to'lanadi.

🖇️Manba: @huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra har yilgi mehnat ta'tili qismlarga bo'linishi mumkin.

🗓 Bunda ushbu ta'tilning hech bo'lmaganda bir qismi 14 kalendar kundan kam bo'lmasligi kerak.

🖇Manba: @huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Taʻlim #Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo'lgan oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo'lgan taqdirda ta'lim bo'yicha to'lov kontrakti miqdorining 35 foizi to'lanishi belgilangan.

🖇Manba: @huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube