Temiryo‘lchi yoshlar
2.53K subscribers
18.4K photos
1.18K videos
211 files
5.9K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
#Bilasizmi? Poezd velosipeddan oldin ixtiro qilingan.

@TemiryulchiYoshlar
#Bilasizmi? Poezd velosipeddan oldin ixtiro qilingan.

@TemiryulchiYoshlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#hashar2021

❗️HASHAR MAJBURIY MEHNAT HISOBLANMAYDI

Shu o'rinda eslatma!!!
VM ning 455 sonli farmoyishiga asosan joriy yilning avgust oyi "Maxallalarni obodonlashtirish" oyligi deb elon qilinishi munosabati bilan ertaga 21 avgustida Temir yo'l tizimidaxam umumxalq hayriya hashari o'tkazilishi belgilandi.
🪚🪓🗑
Ertaga hashar temiryo'lchi yoshlar!!

https://t.me/TemiryulchiYoshlar
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
#bilasizmi

🟥Bugun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam koʻrsatishni ta’minlash maqsadida 1988-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan har yilning 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.

BMTning OITSga qarshi kurash tashkiloti (UNAIDS) tashabbusi bilan bu sana “Xalqaro hamjihatlik, umumiy mas’uliyat” shiori ostida oʻtkaziladi.

Ma’lumotlarga koʻra, bugungi kunda dunyoda OITSga chalingan bemorlar soni 38 million kishidan oshadi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣 Xorijdagi o'zbekistonlik yoshlar eng ko'p duch kelayotgan 3 ta muammo haqida bilasizmi?

#Bilasizmi #yoshlarittifoqi #Wayu

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

☑️ Yo'lovchi o'zi bilan birga yo'lovchi tashish poezdida yo'l haqi to'lamasdan 5 yoshgacha (jo'nash vaqtiga yoshi to'lgani ham) bitta bolani alohida joy berilmasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yo'l haqi to'lamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshiriladi.

❗️ Yo'lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha bolalar ketayotgan bo'lsa, ulardan biri yo'l haqi to'lanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan 50 foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi.

▶️ 5 yoshdan 10 yoshgacha bolalarga ham tarif qiymatidan 50 foiz chegirma bilan alohida joy beriladi.

📌 10 yoshdan oshgan bolalar uchun chiptalar kattalar sifatida sotib olinadi.

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

📌Qonunchilikka koʻra, kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi berilishi joriy etilgan.

Bolalar nafaqasining har oylik miqdori quyidagicha etib belgilangan:

3 yoshdan 18 yoshgacha 1 nafar farzand uchun – 250 ming soʻm;
3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzand uchun – 325 ming soʻm;
oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha – 150 ming soʻm;
oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 ming soʻmdan.

✔️Shuningdek, yolgʻiz fuqarolarga, farzandi boʻlmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga oylik 380 ming soʻm moddiy yordam tayinlanadi.

📌 Maʼlumot uchun: bolalar nafaqasi 18 yoshgacha bolalar uchun 12 oygacha toʻlanadi.

Batafsil🤏🏻

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

📌Talabalarga amaliyot oʻtagani uchun haq toʻlanadi

🗓2024-yil 8-yanvardagi 11-son hukumat qarori bilan Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

🎗Unga koʻra, haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar oʻrtasida har yili kamida bir marotaba tanlov oʻtkaziladi.

🧩Amaliyot 1 oydan 3 oygacha boʻlgan davr mobaynida oʻquv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

🖇Batafsil:
https://uza.uz/posts/555854

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

✔️ Qonunchilikka koʻra, 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan toʻliq qoplab berilishi belgilangan.

🗓 Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.

⚠️ Ushbu qoida byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada toʻlovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

🔰 Ish beruvchi tashkilotda
5 kundan ko'p ishlagan barcha xodimlar uchun mehnat daftarchalarini yuritishi shart.

Xodimning yozma arizasiga ko'ra asosiy ish joyidagi ish beruvchi mehnat daftarchasiga o'rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborilgan davrlar haqidagi yozuvlarni kiritadi.

Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari)
mehnat daftarchasiga yozilmaydi.

Xodimga mehnat faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar xodim ishlayotgan vaqtda ariza berilgan kundan 3 ish kunida, ishdan bo'shaganda esa mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda berilishi kerak.

Manba:
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

📌Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalariga ko'ra, rahbarlar bo'ysunuvidagi davlat xizmatchilariga qo'pol muomalada bo'lishi, haqorat qilishi, shaxsiyatiga tegishi, ularga asossiz tanbeh berishi yoki ayblashi hamda kamsitishi mumkin emas.

🖇️Manba: https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

❗️
Qonunchilikka ko'ra, poezdlarning vagonlari, avtotransportlar va shahar yo'lovchilar transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish – BHMning ikkidan bir qismi (170 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, har yili “Eng yashil mahalla” tanlovini o'tkazish va tanlov natijalari bo'yicha g'olib bo'lgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan quyidagi rag'batlantirish choralarini ko'rib borish belgilangan:

🔹mahallaning tegishli jamg'armasiga daraxtlar ekish va sug'orish, “yashil jamoat parki”ni yaratishga jami 500 million so'mdan o'tkazib berish;

🔹o'zini o'zi boshqarish organlariga xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil xarid qilish va topshirish.

🖇️Manba: @huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, aholi va tadbirkorlarga subsidiya ajratish bilan bog'liq barcha xizmatlar bosqichma-bosqich “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platforma”siga o'tkazilishi belgilangan.

▶️
Shuningdek, subsidiyalarni ajratishning maqsadga muvofiqligi elektron platforma orqali onlayn tekshiriladi.

🖇️Manba: @huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

📌Qonunchilikka ko'ra, aholi va tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar bo'yicha qarzdorlikni undirish bo'yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar bo'yicha foizlar va neustoyka hisoblash to'xtatilishi belgilangan.

🖇️Manba: @huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

📌 Rezident va norezident jismoniy shaxslarga — qiymati 100 million so'mgacha bo'lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo'lovchi bojxona deklarasiyasini to'ldirmasdan, 100 million so'm va undan ortiq bo'lganlarini yo'lovchi bojxona deklarasiyasi asosida O'zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat etilgan.

🖇️Manba: @huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️ Qonunchilikka ko'ra, soliq to'lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.

☑️Bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:

🔹 qimmatli qog'ozlarni (bundan fond birjasida realizasiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog'ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);

🔹 noturar joylarni;

🔹 36 kalendar oydan kam muddatda soliq to'lovchining mulkida bo'lgan turar joylarni.

🖇️Manba: @huquqiyaxborot_lotin

Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
#bilasizmi

📌 Mehnat kodeksiga ko'ra, quyidagilar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish hisoblanadi
mehnat
va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to'g'risidagi talablarni buzish
ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo'lgan shaxslarni (ish o'rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo'yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;
homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilmaslik
sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik, yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik.

🖇Manba: @ huquqiyaxborot_lotin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube