Temiryo‘lchi yoshlar
3.26K subscribers
19.7K photos
1.3K videos
227 files
6.47K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
Forwarded from BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI (Umid Gaffarov)
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (44–son, 31.01.2023 y.) bilan Umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko'ra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:

▫️tayanch o'rta ta'lim to'g'risida shahodatnoma (9-sinf);
▫️tayanch o'rta ta'lim to'g'risidagi a'lo darajali shahodatnoma (9-sinf);
▫️umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnoma (11-sinf);
▫️umumiy o'rta ta'lim to'g'risida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
▫️umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi a'lo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
▫️psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to'g'risidagi sertifikat.

▶️ Shahodatnoma o'zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

📌 Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

🗓 Bunda har yili 1 dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli ma'lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.

➡️ Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi.

📁 Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.

⚠️ Qarorga ko'ra, 2022/2023 o'quv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma'lumotlar kiritib boriladi.
(Manba:huquqiyaxborot)

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi boʻlgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar yaratiladi

🖇Manba:
https://t.me/huquqiyaxborot

Davomi pastda👇🏻

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Oʻzbekiston Respublikasida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–20-son, 12.01.2024-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga koʻra, 2024-yildan:


🔹nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros obyektlarida ularga shikast yetkazmagan holda pandus, plintus va liftlar hamda koʻzi ojizlar uchun madaniy meros obyektlarining kichraytirilgan oʻlchamdagi maketlari oʻrnatiladi va ular toʻgʻrisida Brayl alifbosidagi maʼlumotlar joylashtiriladi;

🔹temir yoʻl va jamoat transportlarida hamda barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi boʻlgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar, maxsus koʻtarilish panduslari va qulay zina tutqichlari oʻrnatiladi hamda kema aravachalari (nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus aravacha) qoʻyiladi;

🗓 2027-yil 1-yanvarga qadar:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida I va II guruh nogironligi boʻlgan 1000 nafar shaxsga Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 ming soʻmdan oshmagan qismi;

eshitish qobiliyatini yoʻqotgan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

🔘 2024-yil 1-apreldan 2026-yil 1-aprelgacha mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlar mehmonxonaning kamida 3 ta xonasini nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlasa, shuningdek, eshitishi va koʻrishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar oʻrnatsa, ularga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi:

▫️yulduzli toifadagi mehmonxonalarga – 2 million soʻm;
▫️yulduzli toifa olmagan mehmonxonalarga – 1 million soʻm.

📋 Qaror bilan Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va ularning sayohat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

🔘 Dasturda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:


🔸2024-yil 1-martdan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun Uzbekistan.travel yagona milliy turistik axborot portalidan foydalanish imkoniyatini yaratish;

🔸respublikaning har bir hududida nogironligi boʻlgan bolalar uchun milliy hunarmandchilik terapiyasi faoliyatini tashkil etish;

🔸avia, temir yoʻl hamda avtobus biletlarini xarid qilish boʻyicha onlayn platformalarda eshitish va koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq eʼlonlar uchun taktil hamda ovozli funksiyali displeylarni joriy qilish.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM