Temiryo‘lchi yoshlar
3.29K subscribers
19.7K photos
1.3K videos
226 files
6.46K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

📌Shimoliy Amerika, Kanada: Haydovchilarsiz metro poyezdlari sinovdan o‘tkazildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yangiliklar

❗️2024 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Prezident farmonga ko‘ra, (
https://t.me/huquqiyaxborot/15091) 2024 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:

🔹barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):

▫️22 mart – juma;
▫️11 aprel – payshanba;
▫️18 iyun – seshanba;
▫️3 sentyabr – seshanba;
▫️31 dekabr – seshanba.

🔹6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

▫️2 yanvar – seshanba;
▫️23 mart – shanba;
▫️12 aprel – juma;
▫️31 avgust – shanba;
▫️30 dekabr – dushanba.

🔘 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:

▫️6 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – seshanba kuniga;
▫️13 aprel – shanba kunidan 12 aprel – juma kuniga;
▫️14 dekabr – shanba kunidan 30 dekabr – dushanba kuniga.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

📌Zomindagi osma koʻprik ochildi
Uning uzunligi —305 metr. Balandligi — 150 metr.
Ushbu koʻprik bir vaqtning oʻzida 600 nafar odamni koʻtara olar ekan.
Mazkur osma koʻprik Shveysariyaning “Fatzer AG” kompaniyasi uskunalari asosida barpo etilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yangiliklar

📌Yolgʻiz keksalar uchun poyezdga bepul chiptalar ajratiladi (+video)

🎗️Prezident qarori bilan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestri yuritilib, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoki ularga xamrohlik qiluvchi shaxsga 1 yilda 1-marta temir yoʻl yoki shaharlararo avtobusda borish va qaytish uchun bepul chiptalar ajratiladi.

🎥 To‘liq video

Manba: https://uza.uz/posts/553789

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yangiliklar

1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

🔹Subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingidagi o‘rnidan kelib chiqqan holda ajratiladi va qo‘llaniladi.

🔹Chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinishi bekor qilinadi.

🔹Bola tug‘ilganda suyunchi puli barchaga birdek berilmaydi. Endilikda ikkinchi va undan keyingi farzandlar uchun suyunchi puli barchaga birdek berilmaydi.

🔹Aksiz solig‘i stavkalarining o‘zgarishi munosabati bilan neft mahsulotlari narxlari o‘zgaradi. Xususan, neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz solig‘i Ai-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun 303 000 so‘mdan 340 000 so‘mga oshishi belgilangan.

🔹Tibbiy xizmatlar, veterinariya xizmatlari, dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar uchun 1-apreldan QQS to‘lanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube