#mehnat_kodeksi
📃 Mehnat kodeksining 117-moddasiga asosan, ish beruvchi ish bilan bog‘liq, shuningdek quyidagi hujjatlarni xodim arizasiga ko‘ra 3 ish kunida berishi shart❗️
🟢 ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruqlar ko‘chirma nusxalari;
🟢 mehnat daftarchasidan yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma;
🟢 ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
🟢 hisoblangan hamda xodim tomonidan haqiqatan to‘langan soliqlar va yig‘imlar haqidagi ma’lumot;
🟢 ish beruvchida ishlash davri to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar va boshqalar.
❗️Ushbu hujjatlarning ko‘chirma nusxalari tashkilot rahbarining yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi, shuningdek muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
✅ Ish bilan bog‘liq hujjatlar va ularning ko‘chirma nusxalari xodimga bepul beriladi.
🖇️Manba: (https://lex.uz/docs/6257288#6260307)
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

⚡️Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi
To'liq ma'lumotlar👇🏻

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:
(https://lex.uz/docs/6257288#6260620)▫️ homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
▫️ zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;
▫️ davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
▫️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
▫️o‘zi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
▫️ 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
▫️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;
▫️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar;
▫️jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

Telegram
Temiryo‘lchi yoshlar
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot