Temiryo‘lchi yoshlar
3.22K subscribers
20.1K photos
1.35K videos
228 files
6.58K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
➡️ Bugungi #kasb_fidoyilari rukni ostidagi sahifa mehmoni — Nazarov Kamaridin Eshmurodovich. Qahramonimiz 27 yil davomida, ish joyini o'zgartirmasdan, «O‘zvagonta’mir» AJga qarashli Samarkand vagon ta’mirlash deposi Yordamchi tayyorlov sexida 4-malaka darajali payvandlovchi lavozimida bajarib kelmoqda.

Metall konstruktsiyalarni ishlab chiqarish bilan bog'liq deyarli har bir ishlab chiqarishda payvandchilar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kasblardan hisoblanadi. Sahifa qahramonimizning asosiy vazifasi muftalar, lyuklar, eshiklar, yuk vagonlari kuzovlarini kapital ta'mirlash va depo ta'mirlash vaqtida payvandlash va qoplama ishlarini bajarish asosiy vazifalaridan biridir. Payvandchi, shuningdek, muhim qismlarni yoy va kislorod bilan kesish bilan ham shug'ullanadi.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
➡️ Bugungi #kasb_fidoyilari rukni ostidagi sahifa mehmoni – Termiz lokomotiv deposi metal yo‘nuvchisi Raimov Abdukarim Aramovich

Yo‘nuvchining asosiy vazifasi Lokomotivlar uchun kichik qismlarga qayta ishlov berish va metall konstruksiyalarga kerakli shakl va o‘lchamlar berishdir. Yo‘nuvchining uzoq yillik tajribasi bir nechta qurilmada ishlashda imkon beradi.

– Men Termiz lokomotiv deposida ishlagan yillar davomida qaysi lokomotiv qismlariga ehtiyoj ko‘proq bo‘lishini oldindan bilaman, shuning uchun hech kimni ishdan qoldirmaslik uchun oldindan kichik taʼminot qilib, kerak bo‘lganda beraman. Albatta, g‘ayrioddiy so‘rovlar ham bo‘lib turadi - bunday hollarda darhol ishga kirishaman va kerakli qismni tayyorlab beraman, – Deydi Abdukarim Aramovich

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
➡️ Bugungi #kasb_fidoyilari rukni ostidagi sahifa mehmonlari – Termiz lokomotiv deposi elektrovoz sexi boshlig‘I Raimov Xaydar Alisher o‘g‘li va Termiz elektrovoz sexi chilangari Nishonov Yusufali Abdurasul o‘g‘li.

Elektrovoz sex boshlig'ining asosiy vazifalari, elektrovozlarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash tartibini belgilash. Har bir ijrochining shaxsiy javobgarligini va ta'mirlash bo'yicha bajarilgan ishlarning sifati uchun butun kompleks yoki umuman ixtisoslashtirilgan jamoaning javobgarligini belgilaydi. Elektrovozlarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish, sifatini oshirishni chora-tadbirlarini ham belgilaydi.

Chilangarning asosiy vazifasi, lokomotiv deposida elektrovozlarga texnik xizmat ko'rsatadigan, shoshilinch va kichik ta'mirlashni amalga oshirish. Shuningdek, chilangar teplovozlar bilan bog'liq profilaktika ishlarni ham bajaradi.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
Forwarded from Хуршидабону
➡️ Bugungi #kasb_fidoyilari sahifasining mehmoni
Sadriddinov Ilyosbek Adxam o'g'li «O’ztemiryo’lkonteyner» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Chuqursoy” logistika markazida tezkorlik muhadisi lavozimida ish yuritib kelmoqda.

Tezkorlik muhadisining asosiy vazifalaridan biri shaxsiy va ijaraga olingan vagonlarni nazorat qilish bo‘yicha tashkiliy ishlarni olib boradi.

Norezidentlarining “O’zbekiston temir yo’llari“ AJga xususiy (ijaraga olingan) fiting platformalari va “O’ztemiryo‘lkonteyner” AJ logistik markazi hududiga kiruvchi boshqa vagonlar bilan ishlash tartibini tashkil etadi.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|