Temiryo‘lchi yoshlar
2.54K subscribers
19.1K photos
1.24K videos
222 files
6.12K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
#Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab

"Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK Xotin qizlar boshlang'ich Kengashi raisi, Yoshlar ittifoqi yetakchilar Kengashi, uzel rahbarining ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha maslahatchisi hamda uzelning kasaba uyushmasi qo'mitasi hamkorligida "Ikki nazm gulshani" mavzusida davra tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda shahar hokimi maslahatchisi hamda madaniyat va ma'rifat bo'yicha mutaxassislar taklif qilindilar. Ko'tarinki ruhda o'tgan tadbirda tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga esdalik sovg'alar va tashakkurnomalar topshirildi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Тoshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” АJda turk dunyosi adabiyotining ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan so'z mulkining sultoni Nizomiddin Mir alisher Navoiy
tavvalludiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi. Tadbir xodimlarni boshqarish xizmati boshlig'i, kasaba uyushmasi qumitasi raisi, yoshlar yetakchilar Kengashi raisi, kadrlar tayyorlash bo'yicha muhandis,ma’naviyat va ma’rifat uslubshunosi hamkorliklarida oʻtkazildi. Tadbir davomida Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, o'z davrida bosib o'tgan mashaqqat va sharafli onlari to'g'risida ma'ruza o'qib eshittirildi. Tadbir so'ngida korxona xodimlari uchun ma’naviyat va ma’rifat uslubshunosi tomonidan tayyorlangan Nizomiddin Mir alisher Navoiy nomli vido rolik taqdim etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube |
#start
#Zakovat
#Uzbekpower

📌 Joriy yilning 8-fevral sanasida Samarqand temir yo'l texnikumida YBIBDO‘ G.A.Raximova tashabbusi bilan Prezidentimizning 2022-yil 20-yanvardagi ""Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida texnikum o‘quvchilari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o'yinining 3-mavsumiga start berildi. Ajoyib raqs va badiiy chiqishlarga boy tarzda boshlangan bugungi o'yinda texnikumning "Tashish jarayonlarini avtomatlashtirish va axborotlashtirish" bo‘limining:
513, 518, 518A, 519A va 519B-guruhlari o'zaro bellashdi.
Murosasiz bahslarga boy kechgan o'yinda barcha jamoalar faollik ko'rsatib, savollarga yuqori aniqlikda javob yo'llashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram | Instagram | Facebook
#quvnoq_startlar

🏆 Joriy yilning 8-fevral sanasida Samarqand temir yo'l texnikumi YBIBDO‘ G.A.Raximova tashabbusi bilan sport targ'ibotchisi U.D.Ergashov 2023-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlari dasturining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6099 sonli " Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tug‘risidagi" Farmoni va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi v.b. X.N.Xasilovning 841-H sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida texnikumning 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida "Quvnoq startlar"  sport musobaqasining navbatdagi  saralash o'yinlarini tashkil etishdi.
Navbatdagi o‘yinlar
                      518A-514
                      518-511

Guruhlar jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.Musobaqa nizomiga ko‘ra g‘olib bo‘lgan jamoalar keyingi bosqichga o‘tadi, mag'lub jamoa esa o‘yinni tark etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram | Instagram | Facebook