Temiryo‘lchi yoshlar
3.2K subscribers
19.6K photos
1.3K videos
226 files
6.37K links
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali
☎️Murojaat uchun: +998337694121
📝Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Download Telegram
“HAVFSIZ HUDUD” profilaktik tadbiri

Joriy yilning 8-fevral kuni “Termiz MTU” UKda temir yo‘l izlariga yaqin joylashgan maktablar va MFYlarda Havfsiz hudud profilaktik tadbirini tashkil etish maqsadida Termiz temir yo‘l masofa korxonasi xodimi B.Adinaev, IIB Transportda XTB xodimlari mayor J.Xonturaev hamda A.Boboevlar ishtirokida Jarqo‘rg‘on tumani 23 va 64-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, “Boymoqli” va “Mehnatobod” MFYlarida “DIQQAT TEMIR YO‘L” mavzusida profilaktik yig‘ilish tashkillashtirildi. Tadbirda o‘quvchilar hamda mahalliy aholi vakillariga temir yo‘lda baxtsiz hodisalar to‘g‘risida keng tushunchalar berilib, temir yo‘llarni belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik, temir yo‘l yaqinida chorva mollarini boqmaslik, temir yo‘llarda turgan poyezd vagonlari ustiga chiqmaslik va temir yo‘l izlariga begona jismlarni qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi hamda bunday salbiy harakatlar ayanchli oqibatlarga olib kelishi tushuntirib o‘tildi.

Telegramm kanalimiz:
👉 @Termizmtu_yoshlari 👈
#saylov

Joriy yilning 8-fevral sanasida Samarqand temir yo'l texnikumida texnikum yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi saylovi bo'lib o'tdi. Tadbirga Buxoro MTU UK hududiy yetakchilar Kengashi raisi Sh.Sh.Qozoqov, Buxoro MTU UK hududiy yetakchilar Kengashi Samarqand hududi bo'yicha koordinatori B.K.Nazarov, Samarqand temir yo'l texnikumi direktori v.b O.S.Isomovlar hay'at a'zolari sifatida taklif etildi. Texnikumning matematika va informatika fani o'qituvchisi E.I.Temirov, maxsus fan o'qituvchisi X.T.Sindarovlar nomzod sifatida tasdiqlandi. Ovoz berish yo‘li orqali o‘tkazilgan saylovning yakuniy natijalariga ko‘ra maxsus fan o'qituvchisi X.T.Sindarov Samarqand temir yo'l texnikumi yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi vazifasiga saylandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram | Instagram | Facebook