Dream | Teachers Lab
980 subscribers
56 photos
8 videos
9 files
11 links
Orzigul Alisherovna
ESL Teacher

🎓 BA— UzSWLU
🎓 MA— Webster University

📚 Interactive ESL Games & Activities
💡 Modern Teaching Strategies
🧩 Ready-to-use Classroom Materials

Where Teachers teach with Purpose & Dream bigger!
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#idea

✨ Darsingiz mobaynida o’quvchilaringizni qiziqtirib o’tilgan mavzuga savollar berish yoki yodlangan lug’atlarni o’yin holida so’rash uchun tayyor shablonlar.

🌱 Buni man o’z sinfimda shaxsan qo’llab ko’rganman. Juda qiziqarli o’yin. Barcha birdek qatnashadi.

💫 O’quvchilar bittadan koptok tanlashadi va uning ortiga yozilgan savollarga javob berishadi.

☘️ Javobini topa olishsa koptokni savatchasi ostiga yig’ishadi. Oxirida kim ko’p koptok yig’sa o’sha g’olib bo’ladi.

⚡️ Juda qiziqarli va o’quvchilarim sevadigan o’yinlarimdan biri bu. Rahmat uchun qizil yurakchani bosib keting❤️
😍5🔥4🥰4💯4❤3❤‍🔥3🎉1
Sizlar uchun yana bitta katta yangilik tayyorlayapman!!!
🔥2😍1
#idea
🍕PIZZA COLLECTION
Bugun darsga pizza olib kiramiz! 😄 
Lekin bu pizza yeyish uchun emas — ingliz tilini o‘rganish uchun!

Rasmga qarang: pizzaning o‘rtasida bitta fe’l turibdi:
👉 MAKE
Atrofidagi bo‘laklarda esa:
🍕 make friends
🍕 look after
🍕 do homework
🍕 take a bus


👉Bajarish jarayoni:
Ustoz pizza bo‘laklarini kesib, aralashtirib yuboradi. O‘quvchilar esa bo‘laklarni to‘g‘ri fe’l bilan birlashtirib, pizzani qayta yig‘ishlari kerak.
Masalan:
👩‍🏫 — Money?
👦 — Make money!
👩‍🏫 — Look?
👧 — Look after!
-Topdingizmi?
🍕 Unda bo‘lakni pizzaga qo‘shing!
O‘quvchi shunchaki so‘z yodlamaydi. U verb + word birikmalarini (collocations) ko‘rib, ushlab, solishtirib va o‘ynab o‘rganadi.

💡 Yana qiziqroq qilish uchun sinfni jamoalarga bo‘ling. Qaysi jamoa pizzalarini birinchi bo‘lib to‘g‘ri yig‘sa — g‘olib! 🏆

Bolaga 10 marta “yodla” deyishdan ko‘ra, bir marta o‘ynatib o‘rgatish ko‘proq esda qolishi mumkin.
🔥1😢1
🌷 1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK!

☘️ Bugun — ilm ulashishni kasb emas, mas’uliyat va sharaf deb biladigan, o‘z mehnati bilan minglab insonlarning kelajagiga ta’sir ko‘rsatayotgan aziz ustozlarimizning bayrami.

💫 Ustoz - har bir so’zi olamlarga, har bir ilmi dunyolarga teng zot. Ular borki dunyo ilmlilarga to’ladi. Ular borki o’zga kasblar shakllanadi.

🌿 Mana bu yil ustozlikdek ulug’ kasbni egallaganimga roppa rosa 3yil bo’ldi. Kimgadir bu muddat kam tuyular ammo bu 3yil hayotimning unutilmas lahzalaridan biriga aylangan.

✨ Ushbu fursatdan foydalanib kanalimdagi barch ustoz va murabbiylarimizni hamda kelajakda bo’lg’usi ustozchalarimizni ham 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

🌱 Ilmingiz ziyoda, qadamingiz qutlug‘, mehnatingiz doimo qadrlangan bo‘lsin! 💜

⚡️ Hurmat va ehtirom ila Alisherovna
❤1🔥1
Red_and_Beige_Striped_Modern_Notebook_Spiral_Notebook_20261001_143302.pdf
4.8 MB
🌱 Bayram uchun sizlarga sovg’a


⚡️ Asosan boshlang’ich sinf, A1 darajadagi o’quvchilar uchun Word Power kitobimning ilk soni tayyor bo’ldi.

🌿 Ushbu kitobda A1 darajadagi o’quvchilar uchun 25ta topicni o’z ichiga qamrab olgan Word search krossvordlar mavjud.

✨ Saqlab oling, boshqa ustozlarga share qiling va mazza qilib bemalol darslaringizda foydalaning!

☘️ Aytgancha tez orada kitobimning 2 qismini Word Power A2 ni ham yakunlayman!

💫 Ungacha ushbu postni reaksiyalaringiz bilan bezab qo’ying!
❤16⚡1❤‍🔥1😍1🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👏1
#method

⚡️📚⚡️Avtofokus metodi! ⚡️📚⚡️

📓Zerikarli darsning oldini oladi;

📓O‘quvchilar e'tiborini darsga qaratishga yordam beradi;

📓Tinglovchilarda hushyorlikni oshiradi;

📍Qanday qo‘llaniladi?

📚Dars boshlanishi bilan o‘quvchilarga qizil, ko’k, sariq, yashil kartochkalar tarqatib chiqasiz.

(Kartochkalar soni bir xil bo‘lsa yaxshi.)

📚Domigidek darsingizni boshlayverasiz va dars davomida kutilmaganda qaysidir rangni aytasiz.

📗Masalan, yashil. Yashil rangli kartochkasi bor o‘quvchilar o‘rinlaridan turishadi va ularga mavzuga oid savol beriladi.

📚Savolni o‘tirgan o‘quvchilar berishadi!

📚Shunda barcha o‘quvchilar ziyrakligi oshadi va bor e'tiborlari darsga, mavzuga qaratiladi.

📚Ishtirok etgan har bir faol o‘quvchini dars so‘ngida rag‘batlantiring.
🔥8🎉6❤‍🔥4❤2💯2👏1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Game

Sizlarga ertalabdan yana bir ajoyib o’yin!

Har qanday sinf, har qanday fan uchun qo‘llasa bo‘ladigan mashg‘ulot ekan-a, ustozjonlar?

🧮Matematiklar bormi? Listlarga hisoblanishi osonroq misol yozib qo‘yish mumkin, to‘g‘rimi?

🧮Tarixchilar, shu yerdamisiz?
Biror voqea yozib, kim birinchi bo‘lib o‘sha voqea yilini aytish tarzida o‘ynatsa bo‘larkan.

🧮Geografiya fanida bayroqlarni yodlatishda ajoyib usul!

🧮Ona tili ustozlari Morfemika, Leksikologiya bo‘limlarida ham ishlatsa bo‘ladi. 😊

🧮Chet tili o‘qituvchilariga esa juda foydali va qiziqarli o‘yin!
❤1🔥1🥰1
Dream | Teachers Lab
Red_and_Beige_Striped_Modern_Notebook_Spiral_Notebook_20261001_143302.pdf
2 qism tayyor, birinchi qism tashlangan post 20+ reaksiya yig’a olsa kitobimning 2-qismini ham yuboraman!
❤1