Tolib’s lessons | English grammar
2.58K subscribers
137 photos
111 videos
94 files
120 links
🔝BA in UWED
🔝IELTS instructor in Merit school

You can find:

🔰 grammar lessons for free
🔰 useful tips on grammar
🔰 speaking model answers(8+)

Overall: 8.0 | Writing: 7| speaking: 8

Kurslar uchun: @Teacher_Tolib
Download Telegram
Transcript

Well, actually gardening is one of my favourite hobbies. I love gardening and taking care of different plants. It's so relaxing. Maybe, that's why as soon as I enter my garden, I start to forget about the life's problems.

As you may understand, I have a small garden at home where I basically plant a wide range of flowers, fruits and vegetables. Although it's not so big at all, believe it or not, there are more than 100 varieties of plants ranging from seasonal tulips to berry fruits.

I spend some time there, mostly after work. As I told you before, it helps me unwind and kind of chill. Besides, I can also be a healthy person as I often have to cultivate the soil and water plants all of which requires a physical activity.

On top of all that, gardening is also rewarding. I mean, I make some money too. What I do is to sell flowers and fruits. For example, last year the total amount of income accounted for around 3000$ which is pretty much satisfying for me as I do it just as a hobby.

📝 Words and phrases

1. taking care of - g'amxo'rlik qilmoq
2. as soon as - zahoti
3. relaxing - dam oltiradigan
4. As you may understand - tushunganingizdek
5. a wide range of - keng turdagi
6. believe it or not - hoh ishon, hoh ishonma
7. variety - tur, nav
8. range from ... to ... - turlanmoq
9. seasonal tulips - davriy lola
10. berry fruits - rezavor mevalar
11. As I told you before - oldin aytganimdek
12. unwind - dam olmoq
13. cultivate - og'darmoq
14. water sug'ormoq
15. On top of all that - hammasidan ham ortig'i
17. rewarding - rag'batlanarli
18. account for - tashkil qilmoq
19. around - taxminan

🚀Join:
@TeacherTolib
Ingiliz tili o’rganishga mativatsiya yo’q. Umuman dars qilgim kelmaydi. Lekin bilaman - ingiliz tili o’rganishim kerak.

Sizda ham shu muammomi?
Unda eshiting😊

4-maslahat

🚀 Join:
@TeacherTolib
Assalomu alaykum

Qurbon hayiti barchangizga muborak bo’lsin🌙
Kino va seriallar ko’rish ingiliz tili o’rganishda foydalimi?

Sizga ham shu savolni javobi qiziqmi?
Unda eshiting😊

5-maslahat

🚀 Join:
@TeacherTolib
Nega ingiliz tili?

O’ylab qoldim, o’zimga qilgan eng zo’r yaxshiliklardan biri - bu ingiliz tili o’rganishga qilgan qarorim ekan.

Ko’pchilik ingiliz tili nega o’rganish kerakligini tushunmaydi yoki ularga tushuntirib berishmaydi.

Siz nega ingiliz tili o’rganishiz kerak?

Repititorga 2yil sarflandi, har oy 60 mingdan. Juda arzon. Umumiy hisobda taxminan 5-6 million sarflangan hozirgi ingiliz tili darajaga kelishimgacha. Hozir esa oyligim yillar davomida qilgan xarajatimdan 4x ko’proq.

Universitetda 3-kursligimda xalqaro yuridik musoboqada qatnashdim(Vis Moot). Jamoamiz bilan 30+ Amerika universitetlariga grant yutdik. Ingiliz tilini yuqori darajada bilish musaboqaning asosiy talablaridan biri.

Juda katta ta’sir doiraga ega insonlarni tushunolish va ulardan o’rganolish imkoniyati ochildi. Telegram kanalni ham ulardan olgan mativatsiya sababli ochganman. Kelgusi rejalarim ham ulardan olgan bilimlarimga asoslangan.

Eng sevimli kitoblarim hammasi ingiliz tilida. Eng muhimi ularning ko'pchiligi hali o'zbek tiliga tarjima qilinmagan.

Ilmni "egalaridan" o'rganish imkoniyati ochildi. Demoqchimanki, "Nisbiylik nazariyasini" Eynshteynni o'zidan o'rganishim mumkin, maktabdagi eng yaxshi fizika ustozidan emas.

Eng sevimli ustozlarim hammasi ingiliz tilini yo kuchli darajada bilishadi yoki eng kamida tushunolishadi.

Yuqoridagilarning barchasi fikrlash doirangizga ta'sir o'tkazmasdan qolmaydi. Tajribamdan ma'lumki, ko'p holatlarda ingiliz tilini yaxshi biladigan IELTS o'rganuvchilarning fikrlashi, beginnerlarnikidan ko'ra ancha farq qiladi. Beginnerlar ham IELTSga yetguncha fikrlashi o’sib boraveradi.

Te'ran fikrlash uchun, bunday imkoniyatni beradigan ingiliz tilini o'rganing. Imkoniyatlar o'zidan o'zi ochilaveradi. O'zingiz bilmay ham qolasiz.

#blogging

@TeacherTolib
Ingiliz tilida tez gapiradiganlarni qanday qilib tushunsa bo’ladi?

Qiziqmi?
Eshiting😊

6-maslahat

🚀Join:
@TeacherTolib
Bilim yoki ma’lumot

“Bilimi kuchli ekan” degan e’tirofni ko’p eshitganmiz. Bu bir narsa haqida ko’p biladi degan ma'noda ishlatilishini kim ham bilmaydi?!

Ammo, ko'p bilasiz degani bilimlisiz deganimas. Aks holda eng kuchli biznesmenlar business-managementni bitirganlar bo'lishi kerak edi.

Keling, bilimli bo'lish uchun nimalarni bilish kerakligini bilib olamiz.

Qo'lingiz qaynoq suvda kuyadi. Bu sizdagi bilim. Shu sababli ham qaynoq suvga qo'l tiqmaysiz. Xojiboy Tojiboyevni "Borma kuyasan, ana kuyding" degan hazilini eslasangiz kerak?!

Biz bilgan ma'lumot uni amaliyotda qo'llab ko'rilmaguncha bilim bo'lmaydi. Bilimi kuchlilik nazariyani tog'ri qo'llay olishda.

Kundalik hayotimizdagi qarorlarimiz, asosan eski olingan bilimlarga tayanilgan holda qilinadi. Kimdur sizni aldadi, endi ishonishdan oldin o'ylab ko'rasiz. Bu bilimga aylandi. Qaynoq suvga qo'l tiqmasligimiz ham qachondur bolaligimizda sinalgan va bilimga aylangan. "Og'zi kuygan kishi qatiqni ham puflab ichadi" degan xalq maqoli bor. Qaysidur ma'noda bilimli kishi haqida gapirilyapti.

Til o'rganish va boshqa ko'plab sohalarda ham shunday. Men sizga present perfect haqida tushuntirib bersam, siz uni amaliyotda qo'llamasangiz, u bilimga aylanmaydi azizlarim. Shuning uchun ham repititorga qatnayapti degani bilimli bo'lyapti deganimas ekan. Bilimli bo'lishchun ma'lumotni amalda qo'llash kerak ekan.

Demak, Ma'lumot + amaliyot/sinab ko'rish = Bilim

Ayrim bilimlar borki ularni sinab ko'rmasdan o'rganamiz. Masalan, hech e'tibor berganmisiz nega kanalni ikki chetini panjara bilan o'rab qo'yishadi? O'zingizdan hech so'raganmisiz, nega shu panjara odamni belidan keladi? Nega bor bo'yimiz barobarmas? Chunki, u panjara bolalar uchun. Ular bilishmaydi agar o'zini kanalga tashasa cho'kib ketishlarini. Ya'ni, kanal cho'ktirib yuborishi mumkinligi bu ma'lumot. Uni bolalar sinab ko'rishsa, bilim fojiya bilan yakunlanadi.

Xullas, bilimli bo’laman desangiz, qilib ko’ring. Ammo, ehtiyot bo’ling, to’g’ri yo’nalishda bilim oling.

#blogging

@TeacherTolib
Zo’r narsa topib oldim😅
Gramatika qoidalani speakingda to’g’ri o’rinda qo’llay olmayman

Sizda hammi?
Eshitingchi😊

7-maslahat

🚀Join:
@TeacherTolib
Comfort kills (part 2)

Biron sohada zo’r natijaga erishsak, bosib o’tgan pas balandliklar, qiyinchiliklar va hal qilingan muammolar haqida gapirishni yaxshi ko’ramiz.

Va nihoyat o’qishga kirgan abiturient o’rtacha 3-kursgacha uhlamay dars qilganlari, yozni jaziramasida ham darsga qatnaganlari va soatlab kitob o’qiganlari haqida gapirishi yoqimli tuyularkan.

Uydagi bobo-buviz bilan suhbat qilib ko’ringda, odatda o’tmishdagi qiyinchiliklarini va qanday qilib tajribali dono kishi bo’lib qolganliklarini gapirgilari keladi.

Aslida ham to’g’ri - muvofaqiyat hech qachon osongina kelib qolmaydi.

Kuchli inson esa hech qachon oson o’tmishga ega bo’lmaydi. Ko’pchilik nozik bo’lishga mahkum, chunki ular osonchilikka o’rganib qolishgan.

Bir do’stim aytib qoldi: “Hamma narsa osonlashgani sari, odam dangasa bo’lib qolyapti”. Aslida o’zi Toshkent tibbiyot institutiga eng yuqori ball bilan qabul qilingan. Juda tirishqoq. Shunchaki erta turish ham qiyinlashib qoldi.

Bilasizmi do’stim, qancha oson bo’lsa, shuncha qiyinlashib boraveradi. Ya’ni, hayotiz qancha comfort bo’lsa, muvofaqiyatga eltuvchi barcha odatlar qiyinlashib boraveradi.

Osonchiliklar bizni noziklashtirib qo’yayapti. Chidamsiz, sabrsiz qilib qo’yayapti… COMFORT KILLS!

Ko’zni ochish vaqti keldi. Comfortdan chiqish vaqti keldi!

O’qing 👉🏻 Part 1

#blogging

@TeacherTolib
Aytgancha guys, online kurs ochmoqchiman.

Kursimda nafaqat ingiliz tili va IELTS haqida juda zo’r bilimla beriladi, balki sizga mentorlik ham qilinadi.

Ya’ni, shaxsiy rivojlanishdagi kamchiliklarni to’ldirish va ulardan halos bo’lishda ham yordam beramiz.

Misol: erta turish, doim positive bolish, maqsad qo’yish, self-study qilish va hokozo.

Kursda qatnashmoqchilar bormi?

HA - 👍🏻
Imtihondan oldingi hayajonni yengish

Exam support


8 - maslahat

🚀 Join: @TeacherTolib
Kanalim a’zolaridan kelgan feedbacklar

P.s. Aslida bunday feedbacklar har kuni keladi.