Tolib’s lessons
3.49K subscribers
96 photos
70 videos
90 files
89 links
🔝BA in UWED
🔝IELTS instructor in Merit school

You can find:

🔰 grammar lessons for free
🔰 useful tips on grammar
🔰 speaking model answers(8+)

Overall: 8.0 | Writing: 7| speaking: 8

Kurslar uchun: @Teacher_Tolib
Download Telegram
Kursimda o’qiyotgan talabalar fikrlarini bir o’qib ko’ring 😊

Qisqa qilib o’quvchilar

💯 speakingi yaxshilanganidan
💯 darslar tushunarli o’tilishidan
💯 mativatsiya bilan o’qishlaridan

💯 yozib olingan video darslar juda asqotayotganidan

Mamnun :)

💯 ha aytgancha, ustozlar o’qitishni ham o’rganishlari mumkin ekan. Ya’ni, malaka oshirishiz mumkin.

Maqtanishdek ko’rinadi. Lekin, siz ham shunday o’quvchilar tarkibida bo’lolasiz.

🔺Bugun va ertaga ohirgi kun. Keyin qabul ochilmaydi.

🟢 189 ming so’mga nafaqat ingiliz tili o’rganasiz, balki o’rganishni o’rganasiz, o’rgatishni o’rganasiz!

Kurs uchun adminga yozing: @Teacher_Tolib
Listeningda practice test ishlash qanchalik foydali?

Siz ham ko'p practice qilasizmi?

17 - maslahat

🚀Join:
@TeacherTolib
Tolib’s lessons
Voice message
Qisqa qib etkanda ingilizlada bir naql bor: “Play your game. The score takes care of itself”

Ya’ni, o’yiningni o’yna. Agar zo’r o’ynasang, natija zo’r bo’laveradi. Chunki, natija o’yinga bog’liq. Agar sen natijaga bog’lanib qolsang, ham siqilib qolasan, ham o’yinni boy berasan!

Azizlar, practice qilayotkanda natijaga qiziqmang. Process dan enjoy qiling. Siz hali hal qiluvchi jarayondamassiz. Xato qilsangiz o’rganasiz.

Reading qilyapsizmi, tushunib, qiziqib o’qing. Nimadur yangi narsa o’rganaman deb o’qing.

Listening qilyapsizmi, speakerni o’zizni suhbatdoshizdey qabul qiling. Uni chin dildan eshiting, huddi o’rtog’izzi maktabdegi yoki universitetdegi sarguzashtlarini eshitetkandey :)

To’g’rimasmi?!

🚀 Join:
@TeacherTolib
Osoniga uchmang

— Ingiliz tilini gramatikasiz o’rgansa bo’ladimi?

— IELTS ni nechi oyda osa bo’ladi?

Tezroq o’rgatishni iloji bormi?

— Speakingni oshirishni eng oson/zo’r usuli qaysi?

Ohirgi 4 oy davomida kattaroq doirada o’quvchilar bilan ishladik. Har hil dunyo qarash va maqsadlari bor. Bazan u ham yo’q!

Eng oson, eng qisqa, tezroq, qiyinchiliksiz, eng yaqin kabi terminlardan ko’p foydalanishadi.

Sababi oddiy - biz maqsadga osongina erishishni hohlaymiz. “Og’zimizni ochib tursakda, kimdur olma sob qo’ysa”. Mazzada!

Qisqa, ammo oson bo’lgan yo’llar odatda yo zo’r natijaga olib bormaydi, yoki “lahatron” bo’lib chiqadi. Ya’ni, sizni “quloq” qilishmoqchi.

Bozorda, arzon ammo sifatli deb aytishsa, kulgim keladi. Aniq bunday maxsulotni olmayman. Yoshlik qilib olganimda ham, puliga arzimasligini keyin bilganman.

G’alatida, hech ko’rganmisiz sifatli ammo, arzon Rolls Royceni?! Kulib qo’ygan bo’lsangiz ajabmas!

Xato qilsangiz nima qibti? Qiynalsangiz nima qibti? Sal ko’proq vaqt ketsa nima qibti? Murakkab bo’lsa nima qibti?

Biling, olma o’zidan o’zi pishmaydi, og’zizga tushmaydi. Uni shunday berib qo’yishmaydi. Berishmoqchimi? Demak, siz o’ljasiz!

Tushunganizdek, azizlarim, oson yo’lni tanlamang. Qiyin bo’lsa bo’lsin, lekin natijaga olib chiqsin. Erishganizda xatto o’ziz ham ishonolmang!

#blogging

@TeacherTolib
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum

Bugun online darslarni boshladik.

Commentsda o'quvchilarim fikrini o'qishiz mumkin👇🏻👇🏻👇🏻
Rakurs

Telegramda 110 ming obunachiga ega ustozdan so’radim, “Muvofaqiyatiz siri nimada, qanday kitoblarni o’qigansiz?

Qiziq javob bo’ldi: “Kitob o’qimaganman. Xato qildim. O’rgandim”.

O’ylanib qoldim. Ikki hil xulosa olsa bo’ladi:

1. Kitob o’qimasdan ham muvofaqiyatli bo’lish mumkin.

2. Xato qilish oqali o’rganish mumkin.

Kitob o’qishni yoqtirganim uchun, birinchi xulosa g’alati tuyuldi. Yaxshilab o’ylab ko’rdim. Tangani ikkinchi tomoni bor edi. Trial and error - xato qil va o’rgan.

Agar sizga kitob o’qish zerikarli tuyulsa, o’qimasdan natija qilganlarni gapi ko’proq ta’sirli bo’ladi. Ozgina tafakkur qilsangiz, boshqa tomonlarni ham ko’rsa bo’ladi.

Ahaaa. Tushundimki, biz atrofga qanday qarasak, uni shunday ko’ramiz. Ya’ni, kimdur maqsadga erishishda toshni to’siq sifatida ko’rsa, kimdur uni imkoniyat sifatida ko’radi. Tafakkur qilgan esa ikkalasini ham ko’radi.

Xullas, men kitob o’qishda davom etaman. Ammo, endi menda “trial and error” ham bor. Xato qilsam, o’rganaman.

Qaysi biri yaxshi?!

#blogging

@TeacherTolib
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Journaling

🎯 Writingni yaxshilaydigan va fikrlashni ham tiniqlashtiradigan zo’r usul hisoblanadi.

🚀 Join: @TeacherTolib
O'quvchilarimni dars haqidagi fikrlari👇🏻
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Speaking sample ustida ishlash

🎯
Kichik mativatsiya

🎯 Speaking samplesni yodlaymizmi?

🚀Join:
@TeacherTolib
— Ustoz, writingda qiynalyapman.
— Nima muammo?
— Chiroyli qilib gap tuzolmayapman. Xato ko’p qilyapman. Hamma gaplarim oddiy, sodda bo’lib qolyapti.
— Darajez qanaqa o’zi?
— Beginner😎


Perfectionism

Mukammal bo’la olmaymiz. Mukammallikka intilamiz.

Savol: mukammal bo’lishdan oldin yaxshiroq bo’lish kerakmasmi? Yaxshilanish sekin-sekin zo’rlikka olib bormaydimi?

Biz boshidanoq xato tushunamiz. Darajamiz hali beginner bo’lsada, IELTS haqida ko’p o’ylaymiz. Hali to’rtta gapni xatosiz yozib ulgurmasdan, murakkab va chiroyli gaplar tuzishni hohlaymiz.

Murakkablik, barkamollik umuman yetuklik ortida mehnat va millionlab qilingan xatolar yotadi.

Tarixga juda qiziqaman. Yoshlikda olgan eng ta’sirli maslahatlardan biri - hammaga malum T. Edison hikoyasi. 6 mingta qilingan xato urinish natijasida bugun bizda to’k bor.

Biror yangi ilm olishni boshladimmi, avvalo fundamental bilimlarni kuchli olishga harakat qilaman. Ze’ro, natija shu yerdan boshlanadi. Xatolarsiz esa o’sish bo’lmaydi. Xato aytilgan gaplar to’g’ri gapirishni o’rgatadi.

#blogging

@TeacherTolib