“Tasnim” nashriyoti | 📚
#tez_kunda #yangi_kitob Suratda qaysi xalqning amaliy san’at hunarmandchiligidan namuna keltirilganini bilasizmi? Xiva xonligini qariyb 20 yil idora qilgan Abulg‘oziy Bahodirxon “Shajarayi turk” asarida uyg‘ur so‘zi etimologiyasiga shunday izoh beradi:…
#tez_kunda
#yangi_kitob
#Turkiston_kechalari
Firqalar g‘alabaning tushovidir, birlashish kerak! Gʻolib hech qachon mag‘lubni siylagan emas. Bersa ham tutgani ushog‘-u qoldiq bo‘ladi. Bugun millatimiz miskin. Turkiston xalqi ikki katta jahannam: rus va xitoyliklar iskanjasida qolgan. Zaharli o‘qlar, olov-u to‘plar ichidamiz. Fitna har qachongidan yaqin. Missionerlar zaiflashishimiz va taslim bo‘lishimizni kutib turibdilar. Tegramizda aylanib, tarafkashlik va irqchilikka qorishiq na’ra tortadilar. Musulmonning har nedan mahrum bo‘lishini istaydilar, tushunyapsizmi? Shu sabab qizlarimizni askarlariga xotin bo‘lishga majburlamoqdalar, ammo karimalarimizni ularga topshirib qo‘ymasligimiz lozim! Ular qizlarimiz orqali avvalo dinimizni, so‘ng naslimiz va qadriyatlarimizni yo‘q qilishni xohlashadi.
📖 “Turkiston kechalari”
— Najib Kiyloniy
Telegram • Instagram • Facebook

Kommunist tuzumlar sharqiy va g‘arbiy Turkistonga qanotlarini yoyishi oqibatida ulug‘ islom diyorlari tamaddun, tarix, jangovarlik va sharaf borasida nufuzini yo‘qotdi.
Turkiston ikkinchi Andalusiya edi. Musulmonlarning ayblari shuki, tarixlarini bilishmaydi. O‘z shaharlari haqida esa juda ham kam ma’lumotga ega...

“Kechagi jangda dilbandlari uchun ko‘zyosh to‘kkan shaharning qarog‘lari bu tun ham yig‘idan tinmadi. Odamlar shu tunda tobelikdan ko‘ra og‘irroq xatar yo‘qligini tushunib yetdilar”.

#tez_kunda 🎉
#yangi_kitob 🎊
🕊 Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirgan ilk mo‘minlar Islomni din deb rozi bo‘lgan barcha uchun to qiyomatga qadar yo‘lboshchidirlar. Ularning hayot yo‘lini o‘rganmoq, ular kabi yashashga intilmoq, ularga ergashmoq, ular yoqqan iymon mash’alasidan nurlanmoq musulmonlar uchun asosiy mezondir.
🌾 Bu risolada Ali va Fotima roziyallohu anhumolarning maskan odoblari sahih qavllar ila yoritilib, sevgi, muhabbat va oila ular nazdida qanday ahamiyat kasb etgani bayon qilingan.
Kitob nikoh va oilaning ahamiyati, juftlarning bir-biri oldidagi burch va mas’uliyatlari, tinch-totuv umrguzaronlik qilish sirlari haqida ma’lumot beradi. Shu bilan birga, unda axloq va adab minoralari tobora nurab borayotgan bugungi jamiyatda husni xulqni, hayo va iffatni muhofaza qilish, odob doirasida yashashga doir hayotiy tavsiyalar taqdim etiladi. ✨
📖 “Ali va Fotima roziyallohu anhumo misolida saodatli oila bayoni”
— Ali Haydar Zug‘urlu

#Ali_va_Fotima_roziyallohu_anhumo
Payg‘ambarimiz alayhissalom bir hadisda Allohning mehribonligi va uning bandalarda zohir bo‘lishini quyidagicha izohlagan edilar:
“Alloh rahmatni yuz bo‘lak qilgandir. To‘qson to‘qqiztasini o‘z huzurida tutib qolib, bir bo‘lak rahmatni yerga nozil qilgandir. Ana shu bo‘lak tufayli maxluqotlar bir-birlariga rahmat qiladilar. Hatto hayvon bolasini bosib olishdan qo‘rqib, tuyog‘ini ko‘taradi”.
📖 “Ali va Fotima roziyallohu anhumo misolida saodatli oila qissasi”

Ali va Fotima – Saodat asrining fayzi sabab g‘uborlardan astoydil poklangan yuraklari bir-biriga jon qadar singib ketgan juftlik.
📖 “Ali va Fotima roziyallohu anhumo misolida saodatli oila bayoni”
— Ali Haydar Zug‘urlu
Kutayotganlar bormi? Duolaringizda eslab qo‘ying. ☺️

#tez_kunda 🥳
#yangi_kitob 🤩
#Pul_daraxti 💸
Nafaqat tun, balki kun davomida ham hech bir yumush bilan mashg'ul bo‘lmasdan yashashni ko‘z oldingizga keltiring: kitob o‘qimaysiz, musiqa tinglamaysiz, hatto qo‘lingizga telefon ham olmaysiz. Faqat uzala tushib yotasiz: bekordan bekor, shunchaki...
Tanbalvoy ham ilk tanishganimizda xuddi shunday edi: bolalarga qo‘shilib chopqillab o‘ynash, kim bilandir gaplashish u yoqda tursin, hatto ovqat yeyishga-da erinardi. Ertalabdan kechgacha shiftga tikilib yotardi. Bir kuni mo‘jiza ro‘y berdi-yu, Tanbalvoy o‘zgarishga ahd qildi va hovli sari ilk qadamini qo‘yishi bilan dunyodagi eng badavlat kishilardan biriga aylandi. 🫣
Kitob kiprik qoqishga ham erinadigan tanbal bolaning bir kechada qanday boyib ketgani haqida hikoya qiladi. “Bola dangasa bo‘lsa, hatto qimirlashga ham erinsa, qanday qilib boyib ketdi?!” deysizmi? Keling, birgalikda mutolaa qilamiz va uning sirlaridan birgalikda boxabar bo‘lamiz. 😉
📖 “Pul daraxti”
— Shermin Yashar

#Pul_daraxti
— Nechanchi sinfda o‘qiysan?
— O‘qimayman.
— Nima? Maktabga bormaysanmi?
— Yo‘q.
— Voy, qanaqasiga yo‘q?
— Yo‘q-da! Bormayman maktabga.
— Nega?
— E, charchab qolaman.
“Charchab qolaman” deb maktabga bormaslik mumkinmi? Ajoyib-ku! Nega shu vaqtgacha bu fikr xayolimga kelmadiykin-a? 🤔

#Ali_vaFotima_roziyallohu_anhumo
Meni erlaringizga ta’riflab bermanglar!
Usmon roziyallohu anhu vafot etganlaridan keyin Otika bint Ahvas roziyallohu anhoga Muoviya ibn Abu Sufyon roziyallohu anhumo sovchi qo‘ydi. Otika huzurlariga kelgan sovchiga rad javob bersalar-da, sovchi maqsadida qat’iy turib oldi. Otika roziyallohu anho xalifaning sovchiligiga nima sabab bo‘lganini so‘radilar. Sovchi tabassum qilganlarida husnlariga husn qo‘shuvchi old tishlari bahona bo‘lganining xabarini berdi. Shunda Otika nima qildilar deb o‘ylaysiz?
O‘rinlaridan turib, o‘sha tishlarini sindirdilar-u sovchiga tutib: “Bu – amir ul-mo‘mininga xush yoqqan o‘sha tishlar. Ularni xalifaga bergin-da, unga Usmon o‘ldirilganlaridan keyin erkaklarga zarra ehtiyojim qolmaganini yetkazib qo‘ygin!” – dedilar.
Vafo shunday qimmatli tuyg‘u, u arzon odamlarda bo‘lmaydi. Otika roziyallohu anhoning go‘zal tabassumlari haqida xalifa Muoviya ibn Abu Sufyonga ayollardan boshqa kim xabar bergan bo‘lishi mumkin?
Oisha onamiz roziyallohu anho ana shunday fitnalarning oldini olish uchun ham ziyoratlariga kelgan ayollarni qiyofalarini, xulq-atvorlarini boshqalarga vasf qilib berishdan qaytargandilar.
📌 Demak, jufti haqida o‘zgalarga gapirish xatarli va fitna chiqaruvchi ishdir!
___
Keng kitobxon ommasiga mo‘ljallangan mazkur kitobdagi yangicha tafsir, sharhlar o‘quvchini o‘ziga maftun qiladi. Unda Nabiy alayhissalomning bir bo‘laklari bo‘lgan Fotima onamiz va u zoti muhtaramaning zavjlari — Ali roziyallohu anhu hayotlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. O‘zingiz bilgan sahobayi kiromni boshqa tomondan taniysiz.

Sevgi qalb va vujudni harakatga keltirib turuvchi kuchdir. U bo‘shanglik, xudbinlik va tanballikning oldini oladi, qalbga shijoat beradi. Insonning yashirin quvvat-u salohiyatini yuzaga chiqaradi, azm-u qarorini kuchaytiradi. U ilhom manbai, ijodkorlarning shoh asari dunyoga kelishining asosiy omili. Qancha shoirlar-u nosirlarni qo‘liga qalam olishga undagan, ularni jahonga tanitgan ham aynan shu tuyg‘udir!

🌷Fotima nubuvvat gulzorining eng xushbo‘y guli, risolat bog‘ining sermeva daraxti edi. Uning bog‘boni ikki jahon quyoshi Payg‘ambarimiz alayhissalom va risolat xonadonining bekasi hazrati Xadicha roziyallohu anho edilar.
Vahiy nuri bilan kamolotga erishgan axloqi muborak sunnat yog‘dusida o‘zgacha shu’la sochar, nafaqat o‘z asriga, balki o‘zidan keyingi avlodga ham tavhid darsidan saboq berardi. 🪴

#Olcha_daraxti
"Iztirob to‘la qalb kechinmalari beg‘ubor til bilan bayon qilingan roman".
– Ingliz adibasi Jeklin Uilson
🫀Bugungi globallashuv zamonida barchamizning "Kichkina shahzoda"ga bo‘lgan ehtiyojimiz ortgan. Ishonamizki, Paola Perettining Mafaldasi qalbingizdan xuddi shunday joy oladi. Biz bilan qoling va kitobni birinchilardan bo‘lib mutolaa qiling!
📖 "Olcha daraxti bilan oramizdagi masofa"
— Paola Peretti

🍒Maktabimizdagi olcha daraxti qish faslida juda mahzun, g‘amgin bo‘lib qoladi. Uning barglari kapalaklar bilan ta’tilga, dam olishga ketishadi. Daraxt tanasidagi dev esa o‘ziga rang-barang ko‘rpa va yopinchiqlar to‘qib olish uchun uning shoxlaridagi gullarni uzib oladi.
☁️Olcha daraxtini yam-yashil yaproqlarisiz uzoqdan ko‘ra olmayman. Baxtimga Estellaning hushtagi bor, hushtakdan daraxtga yaqinlashib qolganimizni bilib olaman. Qolaversa, dadam ham maktabga yetib qolganimizni aytadilar. Avvallari maktabga yolg‘iz kelish uchun juda kichkinalik qilardim. Endi esa Stargardt tumani tufayli kattalarsiz ko‘chaga chiqishimga hech qachon ruxsat berishmaydi...

🍂Bugun ko‘zguda o‘zimni uch qadam uzoqdan ko‘ra oldim. Masofa tobora qisqarib boryapti. O‘tgan yili besh qadam edi. Oyna qarshisida turib, mushugim Ottimo Turkaretni erkaladim, sochlarimni ham taradim. Oyim sochlarimni to‘zigan holda ko‘rishni xushlamaydilar. Ko‘pincha uni ikkita qilib o‘rib, turmaklab qo‘yishni yaxshi ko‘radilar. Buzib yubormasligimni, kechqurun ham o‘rilgan sochlarimni avaylab uxlashimni tayinlaydilar.
💫Dadam eshikdan mo‘ralab, uxlashga tayyorlanishimni, yotoqkiyimlarimni kiyishni, tishlarimni yuvishni buyurdilar. Xo‘p dedim-u, eng avval derazam yonida go‘yo asrlar bo‘yi turgim keldi.
🌌Yotoqxonam derazasidan ulkan, qop-qorong‘i osmon ko‘rinadi. Etni junjiktiruvchi salqin kuz kechalarida deraza raxiga xuddi hozirgidek suyanib turishni yaxshi ko‘raman: sovqotmaysiz. Bu yerdan oy va shimol yulduzining yorqin porlashi ham yaqqol ko‘rinib turadi.

#Yashamoq_sokinlik_istar
Qancha tez harakat qilsang, hayotda o‘rningni shuncha tez topadigandeksan. Omad va muvaffaqiyat ham faqat harakatga bog‘liq deb o‘ylaysan. Yashab qolishning yagona yo‘li zamon bilan hamnafas qadam tashlash deb bilasan. 🔐
Sur’ating oshgani sayin yechimsiz muammolar, stress, tushkunlik va horg‘inlik ham oshib boradi. Ularni yengish uchun tezlashganingda barchasi avvalgidan ortiqroq yechimsiz chigalliklarni keltirib chiqaraveradi... 😐
Aql, muvaffaqiyat, omad va eng asosiysi, halovatli hayot kaliti nimada?
Xotirjamlikda! 🐚
Sababi, xotirjamlikda yechim, fikr va quvvat bor. Sokinlikda hikmat, donolikda zako va qiymat bor. Sokinlik mulohaza demakdir. Unda tafakkur qilish uchun imkoniyat, fursat bor. 🎈
Kunimiz kishilari tezkor zamon ta’sirida vaqtlarining barakasini, sog‘lik, halovat, ishonch, omad va shaxsiyatlarini boy berdilar. 🍂
Bu kitob osoyishtalikdan halovat topish uchun yaxshi qo‘llanma bo‘ladi. ✅
•••
Kitob tez kunlarda nashrdan chiqadi. @Tasnimbooks bilan qoling!

✅ Har gapirgan olim bo‘lmagani kabi har jim turgan ham bilimsiz emas. Qolaversa, vaziyatga qarab xulosa qilish doim ham to‘g‘rimas.
📌 Xotirjam insonni zaif deb o‘ylash katta xato. Baqiroq, tajang, jizzaki, urishqoq odamlardan ko‘pincha o‘zimizga qahramon yasab olamiz, ammo barchasi ko‘ringanidekmas. Aslida bunday kishilar juda zaifdirlar.
❗️G‘azab – zaiflikning qalqoni.
🐚 Kuchli odam xotirjam bo‘ladi, uning o‘zini anglatishi uchun baqirishga, shovqin solishga, yelib-yugurishga ehtiyoji yo‘q.
📖 "Yashamoq sokinlik istar"
— Oʻzgur Bajaksiz

#Nil_malikasi_Osiyo
“Nil malikasi — Osiyo”
Bir zamonlar buyuk Parvardigor yer-u ko‘kni olti kunda yaratganidan so‘ng yettinchi kun sira ado bo‘lmaydi deb o‘ylagandik, chunki odamzod shoshqaloq va unutuvchidir…
Bir zamonlar yaratiqlarning shoshqaloq va faromush bo‘lmaganlari ham bor edi. Buyuk Parvardigor so‘zni birinchi bo‘lib tog‘larga omonat qilib topshirishni ixtiyor etdi...
📖 “Nil malikasi Osiyo”
— Sibel Eraslan

#Nil_malikasi
– Osiyo! – deya bag‘riga bosib, qizaloqni yupatdi. – Farishtam, endi o‘zing bilgan barcha nomlarni unutishing kerak. Qani, kelaqol, sen bilan bir o‘yin o‘ynaymiz. Agar sendan ota-bobolaring ismini so‘rashsa, topishmoqlar bilan javob berasan. Shunaqa o‘yin o‘ynaymiz, kelishdikmi?
– Amarnadagi arab donishmandlarining suhbatlaridekmi?
– Ha, lekin endi Amarna yo‘q.
– O‘sha keksa bobolar otamni Muzohim deyishardi...
– Ofarin! Sendan bir narsa so‘rashganida ulardek gapirasan. Xo‘sh, bobong kim deyishsa, nima deysan?
– Obidin.
– Ofarin! Xo‘sh, uning otasi kim?
– Ulug‘ hukmdor A…
– Yo‘q, aslo unday emas! Katta otangning ismi – Rayyon.
📖 "Nil malikasi — Osiyo"

Yer yuzida tog‘lardan boshqa hech narsa yo‘q edi. Tik qoyalar omonat yukni olar-olmas mislsiz hayajondan larzaga keldi. Bu yuksak qoyalar ustidan hali biror marta burgut qanot qoqmagan, hech biri xaritalarga tushmagan va purviqor cho‘qqilari samolarga tutash tog‘lar omonatni ko‘tara olmay, og‘ir yukdan bellari bukildi, xijolatdan larzaga kelib, beqiyos ishqdan titrashga tushdi.
Qoyalari muhabbat dardiga dosh berolmay yorilishni, parcha-parcha bo‘lib to‘kilishni boshladi. Yer qa’riga singib ketgan qismlari birma-bir qo‘porilib, ag‘darilishga tushdi.

🔍Odam umrida necha marta o’lishi mumkin yoxud odamga yashash uchun qayta imkon beriladimi?
G’alati, qaysidir ma’noda bema’ni yoki noo’rin savol, shundaymi? Ammo hayotda uchrab turadigan haqiqat. Shubhangiz bo’lsa, o’lim ostonasidan qaytganlar bilan bir suhbatlashing.
Avtohalokatdan omon qolgan yoki jarrohlik amaliyotidan salomat chiqqan, klinik o’limni boshdan kechirganlar bilan xolis so’zlashing. Ularning aksari sizga o’lim vodiysidan qaytishda duch kelgan voqealarini hikoya qilib beradi.
U yerda so'zlashish uchun til shart emasligi, umringizni kinodek namoyish qilib berishganida, qochishga, bo'yin tovlashgaa imkoningiz bo'lmasligini tushunib yetasiz.
🔥Yaqin kunlarda @qamarbooks do’konida sotuvga chiqariladi!
📚 @tahlilnashriyoti da kitob haqida batafsil ma’lumot oling!