Taslimiyat ...
4.41K subscribers
2.46K photos
246 videos
23 files
725 links
Ish Robbining huzurida boshlanib, Robbining huzurida tugaydi.
Bandalar huzurida ko'p qolib ketmagin..

@Sh_Abduraimov
Download Telegram
Imom Muzaniy rohimahullohga deyishdi:
- Falonchi sizni yoqtirmaydi!
Imom dedi:
- Na biz uning yaqinligidan muhabbatni his qilamiz va na uzoqligidan yolg‘izlikni!


@taslimiyaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Baxtiyor emasman!" - dedi..
"Ketaymi?" - dedim..
Ketmaysan - demadi..
Ketdi - deb o‘yladi..
Keta olaman - deb o‘yladim..
Keta olmadim - tushundim..
... - tushunmadi..
"Ketdingmi?" - deb so‘ramadi..
"Qoldim" - deb aytolmadim..

@Taslimiyaat 🍃
Bomdod namozining ikki rakat sunnati dunyo va undagi barcha narsalarning afzaldir!

@Taslimiyaat 🍃
Zotan, onam bergan hadya onam berganligi uchun ham sevimlidir..

@Taslimiyaat 🍃
Haqqa yetmoq istasang, ko‘ngillarni qozonmoqni maslak aylagin, buning uchun saroylarda marmar bo‘lma, bir tuproq bo‘lginki, bag‘ringda gullar yetishsin...

- Mavlono Rumiy

@Taslimiyaat 🍃
Alloh kulgin deya ikki koʻz bermish,
Bilmam yigʻlasammi, yigʻlamasammi
Yigit muhtoj boʻlar quruq piyozga.
Bilmam soʻylasammi, soʻylamasammi..

@Taslimiyaat 🍃
Oiladagi oliyjanob muhabbatni koʻrsatuvchi
bitta dialog:
— Sen juda ham yaxshisan, azizam!
— Chunki sizga oʻxshayman-da begim!
Ushbu gaplarni har kuni bir-biringizga aytib turishingiz oʻrtangizdagi rishtani mustahkam, hurmatni baland, muhabbatni goʻzal hamda
oilaning shirin boʻlishiga hissa qoʻshadi.

@Taslimiyaat 🍃
Biz juda koʻp narsalarni oʼzgartirib yubordik. Insoniylik fitrati ila yaralgan tuygʻularni qadrsizlantirdik, ularni almashtirdik. "Sevgi"ni "qiziqish"ga, "muhabbat"ni "havas"ga aylantirdik, "samimiylik"ni "soddalik", "begʻuborlik"ni "goʻllik" deb nomladik, "ishonch"ni "ahmoqlik"ga, "oddiylik"ni "tupoylik"ga yoʻydik, "sodiqlik"ni "kozyollik"ga, "burj"ni "laychalik"ga mengazdik, "iymon"ni "taassublik", "e'tiqod"ni "fanatlik" deya atadik, "kechirim"ni "pastlik", "sukut"ni "qoʻrqoqlik" deya baholadik, "saxiylik"ni "nodonlik", "ziqnalik"ni "aqllilik" dedik, "kamtarlik"ni "pismiqlik", "manmanlik"ni "mardlik" deb qoʻydik, "oqibat"ni "dasturxon"ga, "mehr"ni "hariplik"ga yoʻydik... Buni davom ettirishimiz mumkin, juda koʻp narsalarni almashtirdik, juda koʻp narsalarni. Balki shuning uchundir, insoniy aloqalar yomonlashadi, munosabatlar oʻz muvozanatini yoʻqotdi...

@Taslimiyaat 🍃
Ey, koʻzlari qora, koʻngli oq Onam!
Sizni sogʻindim..

@Taslimiyaat 🍃
Ey koʻngil, insonlar qalbida abadiy qolish uchun urunma... Hech kimni mutloq rozi qilolmaysan..
Unutma! Insonlar qalbi Jannat emas.!
Ular ham xatokor..


@taslimiyaat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ha, it oʻlsa qarab turmasdi shunchalik odamlar

@taslimiyaat
Mohi Ramazon muborak boʻlsin!

🌙 “Taslimiyat” kanali barchangizni muqaddas Ramazon bilan qutlaydi.

🕌 Ushbu saodatli oyda oilangizda tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizda toʻkin-sochinlik, xonadoningizda halovat hukmron boʻlishini tilab qolamiz.

🤲 Poklanish va saxovat oyida qalbdan chiqqan duolar ijobat boʻlsin!

@Taslimiyaat
Musibatlar sabrli kishi uchun neʼmatdir. Agar inson sabrining savobini bilganida edi, musibatining azobini unutib yuborgan boʻlardi.

“Hech shak-shubha yoʻqki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz toʻla-toʻkis qilib berilur”
(Zumar surasi, 10-oyat)




@Taslimiyaat
Kitob nolasi

Sizni charchatadi telefonlar ham,
Oinai jahonu kompyuter ichi.
Dardingizga ular boʻlolmas malham,
Bunga temirlarning yetmaydi kuchi.

Anglaysiz bir kuni boʻlsa hamki kech,
Qay yerga uzangan haqiqiy hayot.
Oʻzga bir saodat topolmaysiz hech,
Meni javonlarga qamab qoʻygan zot!

Kutaman vaqtimni koʻzda jolasiz,
Zotan naf koʻrmadim qarshi bormoqdan.
Meni qoʻmsay-qoʻmsay sezib qolasiz –
Ilmni oʻrganib boʻlmas tarmoqdan.

Omadlar tilayman ishlaringizga,
Nachora oʻzgardi holat ham, did ham.
Kirib chiqar hali tushlaringizga
Titilgan varoqlar ulashar hid ham,

Mayli-da, hozircha befayzdir rasta,
Lekin kun keladi hammasin buzib –
Shundoq jar yoniga kelganingizda,
Salomat qolasiz menga qoʻl choʻzib.

Men gina qilmayman hech qachon sizga,
Burmayman siz kabi yotga yoʻlimni.
Qaytarib oʻtmishni xotirangizga,
Sizga jim tutaman ikki qoʻlimni...

@Taslimiyaat 🍃
Zaiflik seni boshqalar tomonidan mahv etilishingga zamin hozirlaydi. Sen toʻlaqonli insoflilar jamiyatida yashamayotganingni anglab olishing va shuning uchun ham har jihatdan kuchli inson boʻlmogʻing darkor. Adolatli qadriyat bilmagan xalq orasida zaif boʻlib yashash xatarlidir. Kuchli boʻlki, sening haqlaring va tanlovlaring bilan hisoblashishlariga toʻgʻri kelsin, sening
oʻrning, qarorlaring hamda oʻzliging
borligini tan olishsin...

@Taslimiyaat 🍃
- Ochlikka sabr qilsang nomi «Ro'za» bo'lur...
- Insonlarga sabr qilsang nomi «Sabr-toqat» bo'lur...
- Tilaklarga sabr qilsang nomi «Duo» bo'lur...
- Tuyg'ularga sabr qilsang nomi «Ko'z yoshi» bo'lur...
- Sog'inchga sabr qilsang nomi «Hasrat» bo'lur...
- Sevgiga sabr qilsang nomi «Ishq» bo'lur...


@taslimiyaat
#Fano

Nimani fido qilsangiz, o‘sha sizga ehson qilinadi...

Nimani qizg‘onsangiz, o‘sha bilan imtihon qilinasiz...

Jaloliddin Rumiy quddisa sirruhu

@taslimiyaat 🍃
Qurbon hayiti muborak bo'lsin!

Allohu akbar, Allohu akbar.
Laa ilaaha illallohu vallohu akbar.
Allohu akbar, va lillahil hamd!
Kunlarning birida sendan: Nega mahzunsan? - deb soʻrashsa, toʻgʻrisini aytgin:

- Istigʻfor oz, Qurʼon tashlab qoʻyilgan..


@Taslimiyaat