Tarixchilar
55 subscribers
570 photos
38 videos
171 files
61 links
Tarixni gʻoliblar Yozadi💯
Uinston Cherchill✍️

Bu shunchaki yomon kun☀️yomon hayot🌓 emas!
Download Telegram
Ushbu sopol idishlar — ostadonlar — zardushtiylik davrining o‘ziga xos timsoli hisoblanadi. Ma’lumki, zardushtiylar marhumlarning jasadini na dafn qilishgan, na kuydirishgan, va suvga ham oqizishmagan. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, inson jasadi maxsus tepaliklarga olib chiqilib, o‘lakso‘r qushlarga yedirilgan. Ma’lum vaqt o‘tgach, murdalarning faqat suyaklari qolgan. Ushbu suyaklar ostadon (suyak idishi)larga solinib, keyinchalik dafn qilingan. Mazkur ostadon milodiy V asrlarda So‘g‘diyona hududlarida ishlatilgan.

@Tarixchi_365
Buyuk olim Isaac Newton (1642–1727)ning birgina tishi 1816-yilda 3633 dollarga sotilgan. Bu o‘sha davr uchun nihoyatda yuqori narx hisoblangan. Hozirda esa aynan o‘sha tishdan ishlangan tilla uzuk mavjud bo‘lib, uning narxi bugungi kunda 62 000 dollarga baholanmoqda.

@Tarixchi_365
Nefrit temuriylar davrida eng ko‘p ishlatilgan xomashyo hisoblanadi. Mirzo Ulug‘bekka tegishli bo‘lgan nefrit kosa ayni paytda Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Boburiylar davrida ham bu ashyoga talab yuqori bo‘lgan. Chunki qadimda tarqalgan bir rivoyatga ko‘ra, aynan nefritdan ishldangan piyolaga zahar solinsa u parchalanib ketishi mumkin ekan. Boburiylar davriga tegishli bo‘lgan bu piyola ham XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida nefritdan ishlangan. Ushbu piyola Avrangzeb Olamgirga (1658–1707) tegishli bo‘lgani taxmin qilinadi. Piyola ayni paytgacha Londonda Amir Muhtashamiy kolleksiyasida saqlangan.

Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@Tarixchi_365
Abbosiylar sulolasi vakili, xalifa Horun ar-Rashid (786–809) nomi tilga olinganda, ko‘pchilikning ko‘z oldida dovyurak, zabardast, qat’iyatli, dushmanlarini zir titratadigan bahodir hukmdor gavdalanadi. Ammo buyuk musavvir Kamoliddin Behzod uni buncha emas, balki nozik, niholdek yigitcha ko‘rinishda tasvirlagan ekan...

Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@Tarixchi_365
Millatning buyuk farzandi Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat ustidan chiqarilgan o‘lim jazosining ijro etilgani haqida dalolatnoma. Fitrat bundan roppa-rosa 87 yil muqaddam, 1938 yilning 4 oktyabr kuni otib o‘ldirilgan edi.

Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@Tarixchi_365
Usmoniylar, Safaviylar va Boburiylar: XVII asrdagi iqtisodiy gigantlar

XVII asrda Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoning katta hududini uch buyuk turkiy imperiya boshqargan – Usmoniylar, Safaviylar, Boburiylar. Har biri madaniyat, siyosat va savdo-sotiqning qudratli markazi edi. Ammo sof iqtisodiy salohiyat haqida gap ketganda, Boburiylar imperiyasi boshqalardan ustun turgan va yiliga taxminan 74,3 milliard AQSh dollari miqdoridagi (1990-yildagi xalqaro qiymat bo‘yicha) yalpi ichki mahsulotga ega bo‘lgan.

Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@Tarixchi_365
Xiradmand chin so‘zdin uzga demas,
Vale barcha chin ham degulik emas.
Alisher Navoiy
Islom kirib kelgach, tangalarda hukmdorlar tasvirini zarb qilish keskin kamaygan. Biroq, batamom taqiq qo‘yilmagan. Masalan, Abbosiylar davrida zarb qilingan ushbu mis tangada xalifa Muqtadir-billoh (295–320/908–932)ning ot ustidagi tasvirini ko‘rish mumkin.

Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@Tarixchi_365
Samarqand viloyatining Urgut shahri “Chor chinor” mavzesidagi bu chinor ehtimol yurtimizdagi eng keksa daraxtdir. Rivoyatlarga ko‘ra, bu chinor salkam 1200 yoshda. Mashhur fotograf Leon Barshchevskiy (1849–1910) 1898 yil Urgutga kelganida ushbu chinorni ham suratga oladi. O‘sha paytlarda chinor tanasi ichida madrasa hujrasi bo‘lgan va u yerda bolalarga saboq berilgan. Bu chinor hozir ham xuddi yashnab turibdi. Daraxt kushandalarining nazariga tushmasa yana necha asrlar yashasa kerak.

Yanada qiziqroq ma'lumotlar👇
@Tarixchi_365
Muvaffaqiyatga erishishning 12 qoidasi!

↪️1. Har bir insonda imkoniyat bor, faqat uni ko‘ra bilish kerak.
↪️2. Muvafaqqiyat bir kunda kelmaydi, lekin har kun qilgan mehnating seni unga yaqinlashtiradi.
↪️3. Boshqalarga emas, kechagi “o‘zing”ga qarshi bellash.
↪️4. Har mag‘lubiyat – yangi saboq, har saboq esa yutuqqa yo‘l.
↪️5. Bahona emas, yechim izla.
↪️6. Har kuni ozgina harakat – katta natijaga eltadi.
↪️7. Qo‘rquv seni to‘xtatmasin, u faqat sinovdir.
↪️8. Ishon, sabr qil, harakatdan to‘xtama.
↪️9. Orzularni yoz, rejalarga aylantir, keyin amalda ko‘rsat.
↪️10. Muvafaqqiyat – intizom va ishonchning mevasi.
↪️11. Harakat qilgan inson hech qachon yutqazmaydi. Chunki har safar u o‘rganadi, o‘sadi, mustahkamlanadi.
↪️12. Esda tut: kalit sening qo‘lingda, eshikni ochish esa jasorat talab qiladi.

Tarixchi_365Ulashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 24-noyabr 2025-yil, dushanba

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Butunjahon qoʻshilgan egizaklar kuni.
🌏 Butunjahon yoshlar kuni.
🌏 Evolyutsiya kuni.
🌏 Butunjahon morjlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇸🇬 Singapur - Bobo va buvilar kuni.
🇷🇺 Rossiya - Onalar kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Yapon oshxonasi kuni.
🇰🇬 Qirgʻiziston - Mudofaa sport-texnik tashkiloti xodimlari kuni.
🇹🇷 Turkiya - O‘qituvchilar kuni.
🇹🇯 Tojikiston - Davlat bayrog'i kuni.
🇷🇺 Rossiya - Morjlar kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1512 – G‘ijduvon jangida shayboniy Ubaydullaxon Zahiriddin Muhammad Bobur boshchiligidagi safaviylar qo‘shinini mag‘lub etdi.
- 1642 - Abbel Tasman "Tasmaniya orollari"ni ochdi.
- 1817 - Sankt-Peterburgda graf A. Zavadovskiy va ofitser V. Sheremetev o'rtasida duel bo'lib o'tdi.
- 1849 - Rim papasi Piy IX Gaitaga qochdi.
- 1859 - Charlz Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” asari sotuvga chiqdi.
- 1874 - Amerikalik Jozef Gledid tikonli simga patent oldi.
- 1896 – Turkiston general-gubernatori o‘lkada aholini ro‘yxatga olish haqida buyruq chiqardi.
- 1905 - leytenant P. P. Shmidt boshchiligidagi Sevastopol qo'zg'oloni boshlandi.
- 1918 - Serbiya va Chernogoriya bitta davlatga birlashdi.
- 1921 - Afģonistonga qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligida maxsus elchilik hay'ati jònatilgan.
- 1927 - Moskva davlat operetta teatrining ochilishi.
- 1937 - Leningradda sharqshunoslar otib tashlandi.
- 1944 - Sovet qo'shinlarining Boltiqbo'yi hujumi tugadi.
- 1961 - BMT - Atom qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi.
- 1965 – Kongo Demokratik Respublikasini 32 yil boshqargan Jozef Dezayr Mobutu hokimiyatni egalladi.
- 1966 – bortida 82 kishi bo‘lgan Bolgariyaga tegishli yo‘lovchi samolyoti bratislavada halokatga uchradi.
- 1969 - AQSH va SSSR yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi kelishuvni imzoladi.
- 2000 – Temuriylar tarixi Davlat muzeyining majlislar zalida «Kamoliddin Behzod va sharq miniatyura san’ati» mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
- 2002 - Bryansklik Yan Nepomnyashiy shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi.
- 2012 – Bangladeshdagi kiyim fabrikasida chiqqan yong‘inda 112 kishi qurbon bo‘ldi.
- 2015 – Rossiya harbiy-havo kuchlariga qarashli Su-24 samolyoti Turkiyaning Suriya bilan chegarasida Turkiya armiyasi tomonidan urib tushirildi.
- 2017 - Misrning al-Arish shahrida bir jome’ masjidiga al-Qoida terrorchi a‘zolari tomonidan hujum uyushtirildi. Hujumda 305 kishi halok bo‘ldi va 100 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1632 - Benedikt Spinoza (1677) - golland ratsionalist faylasufi, tabiatshunos
- 1729 - Aleksandr Suvorov (1800) - rus qo'mondoni, Generalissimus.
- 1784 - Zachari Teylor - AQShning 12-Prezidenti (1849-1850), Amerikaning yirik harbiy qo'mondoni.
- 1815 - Greys Darling - Britaniya milliy qahramoni.
- 1864 - Anri de Tuluz-Lotret (1901) - fransuz rassomi va grafigi.
- 1880 - Ibn Saud Abd Al-Aziz (1953) - 1932-yildan Saudiya Arabistoni qiroli.
- 1888 - Deyl Karnegi (1955) - amerikalik o'qituvchi, psixolog, yozuvchi.
- 1908 - Garri Kemelman - amerikalik yozuvchi, istehzoli detektiv ustasi.
- 1917 - Viktor Gubin - geofizik, O'zFA muxbir a'zosi (1962), fizika-matematika fanlari doktori (1958), professor.
- 1925 - Rozalinda Laut (2013) - opera xonandasi (lirik-dramatik soprano) va pedagog, Oʻzbekiston xalq artisti (1973).
- 1925 - Simon van der Meer (2011) - golland muhandisi, tezlatkichlar va elektron mikroskop boʻyicha mutaxassis, Nobel mukofoti sohibi (1984).
- 1941 - Aleksandr Maslyakov - sovet va rus teleboshlovchisi, KVN rahbari va boshlovchisi.
- 1942 - Sayram Isayeva - aktrisa, rejessyor, Tojikiston xalq artisti(1986).
Kun tarixi kanalidan olindi
- 1957 - Farhod Davletov - xonanda, O'zbekiston xalq hofizi (2001).
- 1991 - Ruslan Nuriddinov - oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi.
- 1993 - Hande Erchel - turkiyalik aktrisa va model.

Tarixchi_365Ulashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Misrda Abbosiylar davrida, kelib chiqishi Mavaraunnahrdan bo‘lgan Tuluniylar turkiy sulolasi hukmronlik qilgan. Sulola vakili Ahmad ibn Tulun (835–884) Misrda juda katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan. 872 yilda Ahmad ibn Tulun tomonidan qurilgan jome’ masjidi o‘z davrida musulmon sharqidagi bepul dorixona va tizimli shifoxona vazifasini bajargan.

Tarixchi_365Ulashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hindistondan salkam uch yarim asr hukm surgan Boburiylar saltanati har doim yevropaliklar diqqat markazida bo‘lib kelgan. G‘arb olimlari bu davlatning tarixi, iqtisodiyoti, ijtimoiy-siyosiy ahvoli bilan muntazam ravishda qiziqib kelishgan. Ushbu xarita 1683 yilda Italiyada taniqli olim Jakomo Kantelli da Vinyola tomonidan tuzilgan. Xarita Buyuk Boburiylar imperiyasi hududini, ya’ni Hindiston yarimorolining markaziy va shimoliy qismlarini, Bangola, Dehli va Agra kabi yirik markazlarni hamda Gang daryosining ikki sohilidagi viloyatlarni aniq ko‘rsatib bergan. Unda daryolar, shaharlar va viloyatlar turli ranglarda chegaralab ko‘rsatilgan.

Boburiylar G‘arbda keng tarqalgan xato talqinga muvofiq, “Gran Mogol” (Buyuk Mo‘g‘ul) deb nomlangan. Boburiylar davlati shimoliy qismida Ashtarxoniylar sulolasiga tegishli Turkiston hududi Stati del Tartaro di Samarkand (Samarkand tatarları (turkiylari) davlati) deb nomlangan

Tarixchi_365Ulashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Xush kelibsiz 🎉

O'zbekistondagi millionlab talabalarga manfaatli bo'ladigan loyiha, eng iste'dodli talabalarni bir joyga to'playdigan loyiha!

 🎉 START BERYAPMIZ 🚀

🎁 Loyihada faol bo'lganlarga albatta sovg'alarimiz bor. 🎉
Sovg'a suhbat so'ngida beriladi. 😉

Hoziroq tashrif buyuring?

👉https://t.me/mavlonovdan?livestream=03e2b504e70a7f1210

@mavlonovdan
🇺🇿Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

Aziz yurtdoshlar, qadrli yoshlar!

Siz, azizlarni, 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan Tarixchi_365 nomidan samimiy tabriklaymiz!

Konstitutsiya – barchamizning huquq va erkinliklarimiz, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik, birlik va hamjihatlik, ortga qaytmas demokratik islohotlarimizning kafolatidir.

⚡️Barchamiz uchun milliy mustaqilligimiz, g‘urur va iftixorimiz timsoli bo‘lgan Konstitutsiyamiz sharaflanadigan ushbu quvonchli ayyom muborak bo‘lsin!

Tarixchi_365Ulashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi yaratilishi !
1990-yillar !

Tarixchi_365Ulashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1💯1
Oʻzbekiston Respublikasi gimnining mualliflari Mutal Burhonov va Abdulla Oripov ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Dunyoning shunday gimnlari borki, ularning mualliflari bevosita bugungi Oʻzbekiston zaminiga aloqador insonlardir. Bugun allaqachon tarix sahifasidan joy olib ulgurgan Sovet imperiyasining gimni matni Samarqandda tugʻilgan El-Registon (1899-1945) tomonidan yozilgan edi. 1943-yilda mashhur rus shoiri Sergey Mixalkov bilan hamkorlikda yozilgan ushbu gimn imperiyaning soʻnggi kunlariga qadar sobiq davlatning asosiy qoʻshigʻi boʻlib qoldi. Tojikiston Respublikasi gimni musiqasining muallifi Sulaymon Yudakov (1916-1990) ham aslida Qoʻqonda tugʻilgan. Turkiya Respublikasining milliy marshi, davlat gimni muallifi Mehmet Akif Ersoyning (1873-1936) onasi Aminabibi aslida Buxorodan koʻchib borgan oʻzbeklar oilasida tavallud topgan edi.

Tarixchi_365Ulashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi haqidagi qaror 1992-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Yuqori Kengashining 20-chaqirigʻida qabul qilingan. Ushbu madhiya 1992-yildan hozirgi paytgacha Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi.

Tarixchi_365Ulashing va obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilarmidingiz?
Amir Temur Yevropada
"eng xavfli sarkarda" sifatida tanilgan.

Tarixni bilgan — kelajakni tushunadi.
Siz bu faktni bilarmidingiz?

😎Tarixchi_365 | 😎Tarixchi_365

Ulashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM