This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu psixolog ayol trendda bo‘ladi oxirgi bir-ikki haftada. Aslida, uning o‘ziga bir psixolog kerakka o‘xshadi menga. 😀
Erkak nega kerak, emish. Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi. 😃
Lekin montajni boplashibdi!
@Taqdir_bitiklari ☕️

😁33❤6👍5😱5🤬5🤣1
Taqdir bitiklari
Shu psixolog ayol trendda bo‘ladi oxirgi bir-ikki haftada. Aslida, uning o‘ziga bir psixolog kerakka o‘xshadi menga. 😀 Erkak nega kerak, emish. Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi. 😃 Lekin montajni boplashibdi! @Taqdir_bitiklari ☕️
⚡️Bu psixolog ayol qaysi ma‘noda gapirgan bo‘lsa ham tabiiyki xato qilgan.
Ammo afsuski, kommentariyada 90% inson uning gaplarini ma‘qullab, yonini olgan.
Va holanki butun Islom dunyosida, hadisi shariflarda ham er ayoldan ustunligi aytilgan, turmush qurishga chaqirilgan. Bu ayol esa, er nega kerak sizga, deyapti. Er-xotin bir xil darajada deb aytyapti.
Uning gaplari mutlaq xatoligini quyidagi hadislardan ham bilib olishingiz mumkin:
***
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar biron bandani boshqa bir bandaga sajda qilishga buyurgan bo‘lganimda, shubhasiz, xotinni eriga sajda qilishga buyurgan bo‘lardim" (Termiziy rivoyati).
***
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taboraka va taolo eriga noshukrlik qiladigan xotinga qaramaydi. Holbuki, u eridan behojat emas" (Nasoiy, Bazzor rivoyati).
***
Imom Ahmad ibn Hanbal aytadilar: “Uylanmasdan bo‘ydoq, so‘qqabosh yurish Islomga to‘g‘ri keladigan ish emas. Kim seni xotin olishdan qaytarsa, u seni Islom yo‘lidan boshqasiga boshlayapti ekan”.
Xullas, o‘ylamasdan gapirmang, yaxshi anglamasdan birovning tarafdori bo‘lmang.
Bu gaplarga faqat men raddiya bildirmadim, ko‘plab diniy ulamolar ham chiqish qildilar.
Qolaversa bu videoni biroz yumor uchun joyladim. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning emas, shu ayolning gaplarini olsangiz, o‘zingiz bilasiz.

👍30🥰6
Anavi psixolog opasini yonini olib, kommentariyada dindan gapirgan, asoslab gapirgan insonlarni, ulamolarni "ongi past", deb haqorat qilayotganlar shu 3 daqiqalik audioni to‘liq eshitib chiqing.
Xo‘p, siz unga ergashishingiz mumkin, qarshi emasmiz. Ammo millatni aynitmang, iltimos!
Shu psixologning qaysi gapini tarafini olishyapti bilmadim. Boshqa ma‘noda gapirgan emish yana. 😀

👍11🔥6
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari
❤5
MEN BITTADURMAN
Sanam, sochingdan ham shaydolaring ko‘p,
Husning oshiqlari – adolaring ko‘p.
Nimang ko‘p, ko‘yingda gadolaring ko‘p,
Ammo men bittaman, men bittadurman.
Bek yigit bir sening poyingda xorman,
Garchi diydoringga mushtoqu zorman,
Men beun sevarman, men jim sevarman,
Qiyomatgacha shul sukutdadurman.
Deydilar: muhabbat bilmas masofa,
Ayriliqni pisand qilmas masofa.
Kelursan o‘zing deb bir kun insofa –
Gohi Toshkent, gohi Urgutdadurman.
Tiling bilmasam ham tushungandayman,
Sen bilan gohi do‘st tutingandayman.
Gohi bu do‘stlikdan o‘kingandayman,
Ming bir xayol ichra ming bittadurman.
Suymoq – bu gulxanda kuymoq azali,
Men shahar erkasi, sen tog‘ go‘zali.
Eslab yur yodingga tushgan mahali –
Shaydolaring ko‘pu, men bittadurman!..
©Muhammad Yusuf

❤28👍10🔥2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dialog
– Bir necha yil avval Amerikada yashashni shunchaki orzu qilardim xolos.
– Hozirchi?
– Hozir ancha jiddiy orzu qilyapman.
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Bir necha yil avval Amerikada yashashni shunchaki orzu qilardim xolos.
– Hozirchi?
– Hozir ancha jiddiy orzu qilyapman.
@Taqdir_bitiklari ☕️
😁59👍12😢2
Aytishlaricha, qulog‘ing qizisa, kimdir seni eslayotgan bo‘larkan.
Men ham qulog‘imni pechkaga tutib turibman, zora esingga tushsam. ))
@Taqdir_bitiklari ☕️
Men ham qulog‘imni pechkaga tutib turibman, zora esingga tushsam. ))
@Taqdir_bitiklari ☕️
😁84🥰22👍13❤4😢4🔥1
#bir_yilda_100_kitob
6-asar sifatida kitob emas, Anton Chexov hikoyalari asosida suratga olingan badiiy filmni tanladim: "Qish uyqusi"
Har holda bu katta mukofotga sazovor bo‘lgan, o‘yga toldiruvchi kinofilmdir.
Birgalikda tomosha qilamiz va taassurotlarni kommentariyada o‘rtoqlashamiz.
🎥 Tomosha qilish yoki
yuklab olish uchun: @Badiy_kitob

👍7
😁143🥰33👍9🤬5🤯4🤔3🔥2😢2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘p kino ko‘rmaganman, ammo qalbimdan joy olganlari bisyor.
Xususan, Koreys kinoijodkorlari tomonidan ishlangan "Samoviy ishq" seriali nimasi bilandir meni jalb etgan.
Haligacha sountrekini eshitib qolsam, yoki parchasiga ko‘zim tushsa, to‘lqinlanib ketaman.
Har seriyasini intiq bo‘lib kutardim bolalikda. Hozir esa, televizor ko‘rishga vaqt ham, xohish ham yo‘q. Menimcha shunga mos kino ham yo‘q bo‘lsa kerak...

❤84👏23👍15😢2🔥1🥰1🤬1
⚡️ Buni bilarmidingiz?
Sovuq urush haqidagi xabarlar urchigan ayni pallada men sizga Ukraina prezidenti Zelenskiyning ikki tomchi suvdek qiyofadoshi haqida aytib bermoqchiman. Eng qizig'i u — o‘zbekistonlik!
Umid qilamanki, meni youtubeda ham qo‘llab quvvatlaysiz, kanalga obuna bo‘lib qo‘yasiz. 😊
Videoni oxirigacha ko‘ring va like bosishni unutmang! 👇
🎥 https://youtu.be/81HRjJRTnec

YouTube
Ukraina prezidenti Zelenskiyning O'zbek qiyofadoshi topildi!
Ukraina prezidenti Zelenskiyning o‘zbek qiyofadoshi Umidjon haqida eshitganmisiz? U holda bu videoni oxirigacha ko‘ring.
#Urush #Zelenskiy #Ukraina #Rossiya #Putin #Qiyofadosh

😁3👏2👍1
Rahmatli Tohir Malik garchi ko‘proq tarbiyaviy ruhda asarlar yozgan bo‘lsa-da, hajviy hikoyalari ham yo‘q emas.
Ayniqsa, adibning so‘z tanlash qobiliyati hikoyani yanada ichak-uzdi hangomalarga aylantirib yuboradi.
Sizga Tohir Malikning "Xotintanlov" nomli kichik hikoyasini tavsiya qilmoqchiman.
Bo‘ydoqlar ham bi-i-r kayfiyatni ko‘tarib olishsin. Nima deysiz? 😀
📕Hikoyani quyida o‘qiysiz: @Badiy_kitob

👏6👍4😁4
HAMJIHATLIK
Er uyiga kelmadi. Xotin kechasi bilan mijja qoqmay chiqdi. Tong sahar erining doʻstiga qoʻngʻiroq qildi.
– Vahobjon akam kelmadilar. Xabaringiz yoʻqmi, qayoqda yuribdilar?
– Tashvish qilmang, kelin, – dedi erining doʻsti - Vahobjon biznikida yotib qoldi. Kechasi majlis choʻzilib ketdi...
Xotin erining ikkinchi doʻstiga qoʻngʻiroq qildi.
– Shungayam boʻgʻilasizmi? – dedi ikkinchi doʻst. – Kecha Chirchiqqa boruvdik. Xizmatchilik-da! Vahobjon biznikida edi...
Xotin erining uchinchi doʻstiga ham qoʻngʻiroq qildi.
– Xavotir olmang, yangajon! – dedi uchinchi doʻst. – Kecha desangiz, chet eldan mehmonlar kep qolsa boʻladimi! Shularni joylashtirguncha tongotar boʻlib ketdi. Vahobjon aka biznikida yotib qoldilar...
Xotin figʻoni falakka chiqib, dugonasiga qoʻngʻiroq ildi:
– Erim uyga uyga kelmadi. Uchta oʻrtogʻiga qoʻngʻiroq qilsam, uchchalasiyam ering menikida yotib qoldi deydi!
Dugonaning jahli chiqib ketdi:
– E, Xudo olsin, yolgʻonchilarni! Uchchalasiyam bekor aytibdi! Ering menikida edi!
©️Oʻtkir Hoshimov
@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..

😁68👍14😱13🤬7🔥2
Men endi ketay...
ilkbaharim11
***
Yashay desam qolmabdi muhlat,
Fursat bitdi,
Men endi ketay...!
©Zebo Mirzo
— Hasanova Orasta o‘qidi
@Taqdir_bitiklari ☕️
Yashay desam qolmabdi muhlat,
Fursat bitdi,
Men endi ketay...!
©Zebo Mirzo
— Hasanova Orasta o‘qidi
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍14❤9😢5🔥1🥰1
#bir_yilda_100_kitob
Birga o‘qiydigan 7-asar men doim hammaga tavsiya qilib kelgan Ingliz yozuvchisi Jek Londonning "Hayotga muhabbat" hikoyasidir.
Ush bu hikoya hajm jihatdan u qadar katta bo‘lmasa ham, beradigan energiyasi anchagina tosh bosishi tabiiy.
Voqealar rivojini, qanday ma‘noga ega ekanligini hozirdan aytib qo‘ysam qiziqmay qo‘yishingiz mumkin. 😁
Yaxshisi, o‘qiganlar kommentariyada taassurotlarini yozsin, o‘qimaganlar @Badiy_kitob kanalida elektron versiyasini o‘qiymiz. Qani ketdik!

👍11❤8😁1
Hoh inon (Ziyo-Music.Com)
Azim Mullahonov
Lutfiy qalamiga mansub ushbu radifli g‘azal tinglovchini beixtiyor xayol olamiga yetaklab ketadi, qalbini o‘rtaydi.
Har bir so‘zi ila haqiqatdan ham Allohga sig‘inib qo‘ygan Mavlono...
Tahsinga loyiq g‘azal! Abdulla Shomag‘rupov ham ijroni qoyillatib qo‘ygan.
Eshitsang orom olasan kishi. Mag‘zini chaqsang tan bermay ilojing yo‘q...

👍10❤6
Har kimning ta’rifi o‘ziga yarasha
Hindlar filni qorong‘u bir og‘ilga qamadilar. Umrida fil ko‘rmagan xalq o‘sha yerga to‘plandi. Filni ko‘rmoqchi edi ular. Lekin og‘il shu qadar qorong‘u ediki, ko‘z bilan
ko‘rishning aslo imkoni yo‘q edi. Ichkariga kirganlar filni qo‘llari bilan paypaslab ko‘rar, uni har kim o‘zicha ta’rif etar edi.
Bittasi filning xartumini ushlab: "Fil bir quvur ekan", derdi.
Yana boshqasi filning
qulog‘idan tutib: "Fil yelpig‘ichga o‘xshar ekan", deya tushuntirdi.
Boshqasi filning oyog‘ini tutib filni faqat oyoqdan iborat deb bilar va: "Fil bahaybat bir ustunga o‘xshar
ekan", deya oshirib toshirib tushuntirardi.
Yana bir odam filning sirtini silab ko‘rdi va: "Fil taxtga o‘xshar ekan", deb uni ta’rifladi.
Kimki filning qaerini silagan bo‘lsa, hayvonni shunga ko‘ra ta’riflar, lekin hech birining ta’rifi boshqasinikiga o‘xshamasdi.
Birovi "dol" derdi, boshqasi "alif". Agar qo‘llarida sham, oddilarida biror yo‘lboshlovchi bo‘lganida, qorong‘u bo‘lsa ham filni aniq
ko‘rishar, qanday hayvon ekanini osongina bilib olgan bo‘lardi.
Tuyg‘u ko‘zi ba’zan hovuchga, ba’zan ko‘pikka o‘xshaydi. Hovuchga butun bir filni
sig‘dirib bo‘lmaydi-ku!
©Jaloliddin Rumiy "Masnaviy"dan hikoyat

👍20❤10
Tilshunos va qayiqchi
Bir qun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirgoqqa o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi. Olim qayiqqa o‘tirdi.
Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan so‘radi:
— Sen hech nahv (grammatika) o‘qiganmisan?
— Yo‘q men johil bir qayiqchiman.
Olim:
— E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak yarim umring behuda o‘tibdi, deya achinib qayiqchiga qaradi.
Shuvaqt dovul turdi. Keyin dengazning o‘rtasida chayqala boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa cho‘kish arafasida edi.
Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi
so‘radi:
— Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi?
Yo‘q javobini olgan qayiqchi:
— Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im cho‘kadi. Yaxshi bilgin-ki, bu yerda hozir nahv (grammatika)
emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan dengizga sakra dedi.
©Jaloliddin Rumiy"Masnaviy"dan hikoyat

👍34👏7😁2