This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari ☕️
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍5
Oxir-oqibatda uning ajali yetib o‘ldi. Keyin uning go‘riga tosh otish boshlandi; u himoya qilgan ming-minglab odamlar unga birinchi bo‘lib tosh otdilar – o‘rniga boshqani saylashdi.
©Nazar Eshonqul "Maymun yetaklagan odam"
📕 Elektron varianti: @Badiy_kitob
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Nazar Eshonqul "Maymun yetaklagan odam"
📕 Elektron varianti: @Badiy_kitob
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍16🔥3😢2
"Maymun yetaklagan odam" haqida
Zamonamizning qalami o‘tkir yozuvchilaridan biri Nazar Eshonqul ta‘biri bilan aytganda yozuvchi ichidagilarni boricha to‘kib sochadi xolos. Uni oqimlarga ajratish, tipik xulosalar yasash, adabiyotshunoslarning ishi.
Shunday ekan, ijodkor ma‘lum bir qolipga tushish uchun emas, yozgisi kelgani uchun yozadi vassalom! Ana shunday me‘zonlarga tayanib yaratilmagan deya "Maymun yetaklagan odam" hikoyasiga ham ta‘rif bersak ayni muddao bo‘ladi.
Mazkur hikoyaning asosiy qahramoni umrini yashab bo‘lib, har qadamini o‘limini kutib tashlayotgan chol obrazidir. U rassom bo‘lib, o‘z chizganlarida yashab o‘tgan hayotini xulosalab boradi. Bu suratlar – o‘z-o‘ziga ishonmagan, umrini turli aldovlar va yupanchlar bilan behuda o‘tkazgan odamning hayot haqidagi o‘ylari edi. Shu o‘rinda diqqatni jalb qiladigan yana bir surat bor-ki, o‘quvchida anchagina qiziqish uyg‘otishi tabiiy. Bu quyuq o‘rmon oralab maymum yetaklab ketayotgan odam timsolidir. Hikoya ibtidosida barvasta yigitning maymun qo‘lidan tutib, shahd bilan odimlayotgani aks ettirikgan bo‘lsa, yakunda cholning so‘nggi asarida qartaygan keksa kishining qo‘lidan maymun yetaklab ketayotgani tasvirlangandi. Bu hayotning og‘ir-yengilini ko‘rib, o‘zi istaganidek yashashga ulgurmagan insonning kechinmalari ifodasi edi.
Adib ham aynan shuning uchun uni chol obrazida tasvirlagan bo‘lsa ne ajab. Zero, xulosani asar qahramoni emas kitobxon chiqarsa nur ustiga a‘lo nur bo‘ladi.

👍22🔥4👏2❤1🥰1
#Kayfiyat
– Befarosat odamlar ham bor-da!
– Nega?
– Ovqatlanayotganingda birovga qaramaslik kerakligini bilmasmikin?
– Kim?
– Hov anavi, 3 ta stol narida ro‘parada pishloqli lavash yeyotgan qiz. Qachondan beri kuzataman, menga qaragani qaragan. Kamiga yonidagi sherigini turtib, menga imlab g‘iybat ham qilayotgan ko‘rinadi.
– O‘zingchi? ))

😁137👍23🔥7🤯7🤩2👏1
ONAMGA XAT
Men sizni o‘ylayman shomu saharda,
Ona, sog‘insam ham bora olamayman,
Tunlari charog‘on shunday shaharda
Hech kimga ko‘nglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O‘z do‘stim uyiga ko‘mildi sevgim,
Kun bo‘lib ko‘ksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan o‘tgani ko‘kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men – zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman…
Mana, men ketyapman tosh yo‘lda ko‘zim,
Qadamim moshinlar yo‘rg‘asiga mos.
Yig‘lasam yupatib o‘zimni o‘zim,
Pishqirib qo‘yaman toychoqlarga xos.
Va sizni o‘ylayman shomu saharda,
Ona, sog‘insam ham bora olmasman.
Tunlari charog‘on shunday shaharda
Hech kimga ko‘nglimni yora olmasman…
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib,
Baxtimga hamisha Siz sog‘ bo‘ling deb,
Sog‘ingan o‘g‘lingiz – Muhammad Yusuf.
©Muhammad Yusuf
@Taqdir_bitiklari ☕️
Men sizni o‘ylayman shomu saharda,
Ona, sog‘insam ham bora olamayman,
Tunlari charog‘on shunday shaharda
Hech kimga ko‘nglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O‘z do‘stim uyiga ko‘mildi sevgim,
Kun bo‘lib ko‘ksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan o‘tgani ko‘kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men – zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman…
Mana, men ketyapman tosh yo‘lda ko‘zim,
Qadamim moshinlar yo‘rg‘asiga mos.
Yig‘lasam yupatib o‘zimni o‘zim,
Pishqirib qo‘yaman toychoqlarga xos.
Va sizni o‘ylayman shomu saharda,
Ona, sog‘insam ham bora olmasman.
Tunlari charog‘on shunday shaharda
Hech kimga ko‘nglimni yora olmasman…
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib,
Baxtimga hamisha Siz sog‘ bo‘ling deb,
Sog‘ingan o‘g‘lingiz – Muhammad Yusuf.
©Muhammad Yusuf
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤31🔥7👍6🥰3
Xurshid Rasulovning shogirdi qanchalik o‘xshata olganiga baho bering. 👇
🎥 https://youtu.be/xPJ4OqjmdiY
🎥 https://youtu.be/xPJ4OqjmdiY
👏5👍4
Keling, Olim Otaxonning "To‘rtinchi qavatdagi sargʻish deraza" hikoyasini birgalikda o‘qiymiz va taassurotlarni shu yerdagi kommentariyada yozamiz. (Ko‘p emas hikoya)
📕 Elektron varianti: @Badiy_kitob
@Taqdir_bitiklari ☕️
📕 Elektron varianti: @Badiy_kitob
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍7🔥3❤2
Xayrli tong! Negadir yakshanba tongi ba‘zan shunaqa kech otadi-da! 😂
Biryo‘la ertaga uyg‘onsam ham bo‘larkanu, ha mayli, insof ham kerak!
@Taqdir_bitiklari ☕️
Biryo‘la ertaga uyg‘onsam ham bo‘larkanu, ha mayli, insof ham kerak!
@Taqdir_bitiklari ☕️
😁69😱10🔥7👏5🤬5🤔4👍3🤩3❤1
Ishni bilgan qiladi, bilmagan aql o‘rgatadi, qila olmagan tanqid qiladi, qo‘lidan kelmagan orqadan gapiradi.
@Taqdir_bitiklari ☕️
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍36👏15❤7🔥7🤬2
Audio
Shunaqa qo‘shiqlar eshitilaversa ham negadir jonga tegmaydi. Siri jonli kuylanganidamikin?
Nimalarnidir eslatib yuboradi. O‘zimiznikidan ham ko‘proq bobo-buvilar, ota-onalarimizning yoshliginidir balki...
@Taqdir_bitiklari ☕️
Nimalarnidir eslatib yuboradi. O‘zimiznikidan ham ko‘proq bobo-buvilar, ota-onalarimizning yoshliginidir balki...
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍12
#bir_yilda_100_kitob
4-kitob
📕 Elektron varianti: @Badiy_kitob
Zuhriddin Isomiddinovning "Ikki ayol" nomli badiiy asarlar yuzasidan va ijtimoiy jihatdan tahlilini qo‘rqmasdan marafonga kiritib qo‘ydim.
Zero, uni o‘qir ekansiz, benihoya katta ozuqa olishingiz turgan gap. Aytish joizki, bular shunchaki tahlil emas. Ayollarning ichki olamiga xolis tutilgan ko‘zgudir.
Unda ikki hil ayolni ko'rishingiz mumkin. Biri o‘z his-tuyg‘ularini oliy darajaga qo‘yib, ko‘pincha iztirob girdobida qoladigan, boshqasi shunchaki mol topar er bilan to‘kin-sochin hayotda yashashni istagan ayol.
Bu iztiroblarga sabab – nomus. Axir, hozir ko‘ngil deya atalmish me‘zon ham jamiyatimizdagi andisha va nomusning haddan ortiq kuchliligidan ikkinchi darajaga tushib qolmadimi? Ota-onalar ham qiz ko‘ngli bir chetda qolib, o‘zlari tanlaganga turmushga berish istagida bo‘lishadi. Tabiiyki, bo‘lajak kuyov qizga emas, ota-onaga yoqqan. Aslan, shar‘iy tomondan ham qiz rizoligisiz turmushga berish noto‘g‘ri. Biroq, aksarlar "Ota rozi – Xudo rozi", naqlini o‘zlariga dastak qilib olishadi.
To‘g‘ri, andisha ham muhimdir. Ammo ko‘ngil tarozisida yo u tomonlik, yo bu tomonlik bo‘lmaydigan umr yo‘ldosh bilan to o‘lguncha hayot kechirish juda og‘ir. Toki shunday ekan, ko‘ngil degan narsa yo‘qolib, jamiyatni faqatgina mol-dunyo, shon-shuhrat uchun yashaydigan individlar to‘ldirib boraveradi.
"...Qurbonjon dodxohlar bizning onalar, Kumushlar singillarimiz edi. Ular hayotda bo‘lgan, hozir ham bor. Ammo, zamonaning zayli bo‘lsamikan, qalbi romantik tuyg‘ularga to‘liq ayollar tobora kamayib, barcha narsaga o‘z tor dunyoqarashi orqali nazar soladigan xudbin xotinlar ko‘payayotganidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Nimaga desangiz, hozir bozor iqtisodiyati zamoni-ku, deydilar. Evohki, real voqelik sabab, ko‘p ayanch ko‘ngillarda arang miltirab turgan olijanob shu’la ham so‘nib, meshchanlik hayotini tanlaganlar soni oshyapti…", deydi muallif maqolada.

👍6👏5🔥2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Doimiy savollarga asabga tegadigan javoblar:
– Oting nima?
– Otim ot.
– Uying qayerda?
– Bu yerdan ko‘rinmaydi.
– Tushlikda nima yeymiz?
– Ovqat.
– Axir qanaqa?
– Issiq.
– Nima qilyapsan?
– Senga javob beryapman. 😂
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Oting nima?
– Otim ot.
– Uying qayerda?
– Bu yerdan ko‘rinmaydi.
– Tushlikda nima yeymiz?
– Ovqat.
– Axir qanaqa?
– Issiq.
– Nima qilyapsan?
– Senga javob beryapman. 😂
@Taqdir_bitiklari ☕️
😁50🤯13👍8🔥7🤩5
Dutorchi qizlar kuyning avjiga kelganda "ho-o-o" deydi-ku, ana shuni juda yaxshi ko‘raman-da negadir.)
O‘zi nega shunday qilishadi? 😀
@Taqdir_bitiklari ☕️
O‘zi nega shunday qilishadi? 😀
@Taqdir_bitiklari ☕️
😁44👍7🔥7
SHOIR SEVGISI
Tanimayman deysiz,
Bilmayman deysiz.
Yorijon, nozmi bu
Sho'xliklaringiz?...
Meni tanir xatto
Kipriklaringiz,
Siz esa shoirni
Sevmayman deysiz
Ko'rib - ko'rmaslikka
Olmoqlar oson.
Siz-ku ko'rsangiz ham
Olmaysizu tan.
Meni tanib xatto
Har kun ko'chamdan
Sochingiz qo'l silkib
O'tar, yorijon.
Bilaman, taxminan
Shunday o'ylaysiz:
Shoirlar - devona
Tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi
O'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamdek
Sevolmaydilar.
Yona-yona bir kun
Ko'yingizda men
Ado bo'ladurg'on
Shamga o'xshayman.
Eng go'zal she'rimni
To'yingizda men
Poyingizga gulxan
Qilib to'shayman.
Qo'rqmang. Yangrar qo'shiq,
Tugamas o'yin.
Ko'rganlar sizdan ko'z
Uzolmaydilar
Shoirlar buzolmas
Birovning to'yin,
Birovning uyini
Buzolmaydilar.
©Muhammad Yusuf
@Taqdir_bitiklari ☕️
Tanimayman deysiz,
Bilmayman deysiz.
Yorijon, nozmi bu
Sho'xliklaringiz?...
Meni tanir xatto
Kipriklaringiz,
Siz esa shoirni
Sevmayman deysiz
Ko'rib - ko'rmaslikka
Olmoqlar oson.
Siz-ku ko'rsangiz ham
Olmaysizu tan.
Meni tanib xatto
Har kun ko'chamdan
Sochingiz qo'l silkib
O'tar, yorijon.
Bilaman, taxminan
Shunday o'ylaysiz:
Shoirlar - devona
Tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi
O'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamdek
Sevolmaydilar.
Yona-yona bir kun
Ko'yingizda men
Ado bo'ladurg'on
Shamga o'xshayman.
Eng go'zal she'rimni
To'yingizda men
Poyingizga gulxan
Qilib to'shayman.
Qo'rqmang. Yangrar qo'shiq,
Tugamas o'yin.
Ko'rganlar sizdan ko'z
Uzolmaydilar
Shoirlar buzolmas
Birovning to'yin,
Birovning uyini
Buzolmaydilar.
©Muhammad Yusuf
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤31👍7🔥4🤬4👏2😢2
Asli
Menga sening kulgung azizdir.
Jilmaysang —
Jahonim jilmaygani shu.
Tonging bahor edi,
Oqshoming kuzdir,
Seni sevamanu
Ammo, hayot — bu.
— Muhammad Yusuf.
@Taqdir_bitiklari ☕️
Menga sening kulgung azizdir.
Jilmaysang —
Jahonim jilmaygani shu.
Tonging bahor edi,
Oqshoming kuzdir,
Seni sevamanu
Ammo, hayot — bu.
— Muhammad Yusuf.
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤22🥰7👏7👍5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isming To‘lagan bo‘lsayam ancha foydali ekan. 😁
– Kontrakt to‘lamaganlar o‘rnidan tursin. Xo‘-o‘-sh, sen turchi!
– Menmi?
– Ha, sen to‘laganmisan?
– Albatta, men To‘laganman.
– Yaxshi, o‘tir!
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Kontrakt to‘lamaganlar o‘rnidan tursin. Xo‘-o‘-sh, sen turchi!
– Menmi?
– Ha, sen to‘laganmisan?
– Albatta, men To‘laganman.
– Yaxshi, o‘tir!
@Taqdir_bitiklari ☕️
😁82👍9👏4
#bir_yilda_100_kitob
5-kitob sifatida hazrati mavlono Jaloliddin Rumiyning "Masnaviydan hikoyalar"ini tanladim.
Keling birgalikda o‘qiymiz, xulosa chiqaramiz!
📕 Elektron varianti: @Badiy_kitob
Marafonda men bilan birga ishtirok etib, 2022-yilda 100 ta asar o‘qing. 😊

👍9🤔3🥰2