Taqdir bitiklari
2.14K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Faqat tashqi ko‘rinishgina eshakligingizni bildirmaydi.
Dunyoqarashingizdan ham buni bilib olish mumkin.


Multfilmdagi haqiqatlar...

Dublyajda: Abdulhay Otaxo‘jayev

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍245👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !

@Taqdir_bitiklari ☕️
9👍2🥰1
Agar biz yil bo‘yi faqat gapirganimizda – ustiga ustak, haqiqatni va faqat haqiqatni gapirganimizda, kim biladi deysiz, ehtimol, haqiqat o‘zining bor qadr-qimmatini yo‘qotgan bo‘larmidi...

©Xaruki Murakami "Shamol qo‘shig‘ini tingla"

📕 Elektron varianti:
@Badiy_kitob

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍103
O‘ZBEK BO‘LISH OSON EMASDIR

Inson har kim bo‘lmog‘i mumkin,
Gʻayrat qilsa, qunt qilsa basdir.
Bir rutba bor olamda lekin –
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Ko‘p yurt ko‘rdim, ko‘p kezdim jahon,
Ko‘ra-ko‘ra keltirdim imon:
Arab bo‘lish, rus bo‘lish oson,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Yaponchilik demaydi yapon,
Nemischilik demaydi olmon,
O‘zbekchilik bor bo‘lsin omon,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

O‘zbek bo‘lish fidolik demak,
Rohatidan judolik demak,
Sha’n deb, or deb adolik demak,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Dini – poklik, insof, muruvvat,
Tariqati – mardlik, futuvvat,
Do‘sti – mehnat, yori – uqubat,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

U hammani o‘ylashi kerak,
Ko‘ngil olish, yo‘qlashi kerak.
O‘zbek qachon uxlashi kerak?
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Bolasiga makka, mosh bergan,
Dosh qozonda yurtga osh bergan,
Bormi bundoq urfga dosh bergan,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Bitmas ishni bitiruvchi xalq,
Yo‘qni topib keltirguvchi xalq,
Yeguvchimas, yedirguvchi xalq
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Og‘iz ochmas kamu ko‘stidan,
Hasadgo‘y ko‘p lekin do‘stidan,
Oshini yeb kular ustidan.
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Qonda bor fe’l – himmati baland,
Fayz-baraka shu fe’lga monand.
Ming yillarni ko‘rgan donishmand
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

O‘zbek azal yaralgan omil,
Fanda ustoz, hunarda komil
Fotihlarga dars bergan oqil
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Necha bo‘lib yo‘qlikka mahkum,
Tildan, dindan bo‘lmagan mahrum,
Sinib, singib ketmagan mardum –
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Dahriylikka aslo ko‘nmagan,
Gah deganda qo‘lga qo‘nmagan,
Janozasiz o‘lik ko‘mmagan
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Millat hissi borki, kurashar,
Millatman deb jam bo‘lib yashar.
O‘z yo‘lini tanlagan bashar
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Yangi asr, yangi davronda,
Nizolarga to‘la jahonda,
Zo‘rlar to‘qnash kelgan makonda
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Bu idroku farosat asri,
Kurash asri, jasorat asri,
Sabru bardosh, matonat asri
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Vatanida yangi bir vatan
Qurayotir o‘zbek qaytadan,
Oson emas, takror aytaman,
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Dast ko‘tarmoq zamona yukin,
Yurt asramoq obod va to‘kin
Yengil ishmas, ayniqsa bukun
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

She’rim bitdi ayni tong sahar,
Zuhro mayin to‘kar edi zar.
Shu yulduzdek bag‘rida gavhar
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Qalbi to‘la mehru ziyoga,
E’tiqodi yolg‘iz Xudoga,
Labbayka, deb kelgan dunyoga
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

©O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov

@Taqdir_bitiklari ☕️
👏25👍124🔥2
#bir_yilda_100_kitob

Mamnuniyat bilan marafonimizdagi 2-kitobga ham start bermoqchiman.

Ushbu kitob Ahadquli Xolmuhammad o‘g‘lining "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti" asaridir.

Marafonimizda qatnashib, 2022-yilda men bilan 100 ta kitob o‘qing. 😊

📕 Elektron varianti: @Badiy_kitob

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍143👏3
U bog'da sen qolding –
Daraxtlar bilan.
Qushlar bilan qolding.Tushlaring bilan...
Yuragingdan meni aylading barham,
Qandaydir beqayg'u ishlaring bilan.
Begona mavzular suhbatidan tang
So'zlaringda nega she'r yo'q? Bilmaysan.
Faqat qurib qolgan daraxtni ko'rsang,
Yig'laysan...
Negadir o'ksib yig'laysan.


©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
25👍11
***
Bormisan, yoʻqmisan, nima farqi bor,
Seni sogʻinaman, muhimi shunda!..


©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
46😢17🥰13🔥9👍5👏3😁3
#bir_yilda_100_kitob

Mana, nihoyat "Savdogarlar ustozi" asarini ham o‘qib tugatdim. Bu men yaqindagina e‘lon qilgan "Bir yilda 100 kitob" marafoni doirasidagi 2-kitob edi.

📕 Elektron varianti: @Badiy_kitob

Marafonga qo‘shiling va men bilan 2022-yilda 100 ta kitob o‘qing! 😊

Kitob o‘qigani vaqtim yo‘q deydiganlarga achinaman. Chunki hattoki prezidentlar ham kitob o‘qishga vaqt topa olishadi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍217🔥3
"Savdogarlar ustozi" asariga taqriz yohud bu kitob sizga nima beradi?

Yodingizda bo‘lsa, kanalda e‘lon qilgandim shu kitobni o‘qiymiz deb. (Albatta marafonimiz doirasida). Bugun esa, o‘qib tugatib u haqida taqriz yozyapman.

Balki olib o‘qishingizga turtki bo‘lar. Bu gaplar. Endi bora-bora, ijodkorlar yangi kitoblarini PR (piar) qilib bering, deb menga sovg‘a qilishmasa bo‘lgani. A labbay? 😀

Mayli, ko‘pam chalg‘imay maqsadga o‘taylik. Kitob juda ma‘noli yozilgan. Ya‘ni, unga kiritilgan har bir hikoya to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi mayoq bo‘lib xizmat qila oladi.

Kitob Islom dini tarixida katta o‘ringa ega olimlardan biri Imom A‘zam, hamda u kishining Abdulloh ismli shogirdlari haqida hikoya qiladi.

Har bir inson tijoratchidir. Zero, hamma nimadir sotadi, yoki harid qiladi. Ana shu holatlar yuzasidan nimani qanday qilish kerakligi haqidagi go‘zal hikoyatlar insonni bevosita qalbiga kirib borib, uni ijobiy tomonga o‘zgartirsa ne ajab.

Rostini aytsam, maza qildim o‘qib. Ha aytgancha, "YouTube", hamda "Instagram"da ko‘plab spikerlar aytayotgan hikoyachalar ham shu kitobdan olingan ekan. 😉

Xullas, bosingizlar)
Belni mahkam qilib, ketni bir yerga bosib, telefonni narigi xonaga zaryadga qo‘yib chiqib, barmoqqa tuflagancha varaqla-a-b o‘qingchi, keyin bilasiz!
Aytgancha, kitobni olishga ulgurmaganlar @Badiy_kitob kanaliga elektron versiyalarini joylab boryapman. Bu kitobning esa audiosini joyladim. Pdf variantini tarqatishga ikkilandim, mualliflik huquqi bor-yo‘qligini bilmayman. Lekin por pdfi ham. Lichkangizda almashib olasiz.)

Yoqimli mutolaa kitobxon do‘stlarim!

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍25
– Yildan yilga test savollari ham qiyinlashib ketyapti nima deysan?
– Nima?
– Nima nima?
– Nima nima nima?

Sho‘ring qurg‘ur talabalar, holingizga endi zamdekanlar yig‘laydimi? 😂🤦🏻‍♂

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁69🤯17👍115😢3😱2
#bir_yilda_100_kitob

3-kitob

Kitobxon do‘stlarim, marafonimiz davom etadi! Biz o‘qiydigan 3-kitob zamonamiz mohir yozuvchilaridan biri Nazar Eshonqul qalamiga mansub hikoyalar to‘plamidir.

Bu to‘plam xar hil nomda chop ettirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, "Maymun yetaklagan odam", yoki "Momoqo‘shiq". Menda aynan "Momoqo‘shiq" bor. Umuman aslida buning ahamiyati yo‘q. Ichida muallif hikoyalari jamlangan kitob xullas.

Qani, olg‘a! Men bilan 2022-yilda 100 ta kitob o‘qing!

Aytgancha:
📕 Elektron varianti:
@Badiy_kitob

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍11👏2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kayfiyat

Agar men kubik-rubik tersam... 😀

Do‘stlaringizga shunchaki yuboring va hech nima demang. 😆

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁34👍9👏2🤩1
#shunchaki

Hammasiga tupurging keladi ba‘zida.

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍39🔥16😢91
Bir sirni aytaymi? Koʻpchilik bundan bexabar!..🙂

Siqilsangiz, yoki boshingizga tashvish tushsa @Rumiy_Jaloliddin🍂 kanalini oʻqib chiqing.

Tuganmas maʼno olasiz. Tuningiz osuda oʻtsin, zerikmang. 😉
👍124🎉1
***

So'zlarni samoviy ranglar o'radi,
Har bir jilosida ruh – qavat-qavat.
Qay bir yuksaklikdan kelib so'rading:
– Meni sevasanmi?
– sevaman abad.

So'zlar chin shiddatda hapriqib oqdi,
Taqdir-u umrga otib ildizlar...
Negadir bizlarga achinib boqdi,
Derazada turgan qari yulduzlar.

©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
😢209👍9🥰6🔥5👏4🤔2
#janjalli_dialog 😀

– Mening o‘z bankim bor!
– Qaysi bank?
– Power Bank!

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁41👍10🤔5
Maktab davrida eng qiyin narsa rus tilidan she‘r yodlash edi. Kechasi bilan qayta-qayta o‘qib, yodladim deb o‘ylardik. Ertalab turib esga olaman desak, xotira suv to‘ldirilgan teshik chelakdek bo‘lib qolardi.)

Ammo, qolgan esda ba‘zilari. Siz ham eslaysizmi hozirgacha:

***
Погиб поэт! — невольник чести —
        Пал, оклеветанный молвой,
        С свинцом в груди и жаждой мести,
        Поникнув гордой головой!..

***
Уж небо осенью дышало,
Уж реже солнышко блистало...

***
— Скажи-ка, дядя, ведь не даром
Москва, спаленная пожаром,
Французу отдана?..


Sinfdoshlarga jo‘natamiz. Garchi guruppada oqibat bo‘lmasa ham.))

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁41👍18🎉3
#kayfiyat

Aqlli talaba testlarni qanday yechadi.))

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁63👍7👏7🤔6🔥3🤩1
Kunduzlar kechaga aylanib qoldi,
Yana boshimizga yugurdi to'fon.
Sendan ayrildimu... Sen bilan qoldim –
Yomon.

Yomon! Yashash mengzar bosinqirashga,
Ko'zingda yosh yo'qdir yig'lamoq bo'lsang.
Yurakni otsangu qirg'in taloshga –
O'lsang.

O'lsang!...Shunday o'lsang..Shu qadar o'lsang,
Dunyoda qolmasa bir tola sezging.
...Faqat bosh tortsa bas seni ko'mishdan
Sevging.

©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍2612🔥2😢1
🔥 Kutganmidingiz? Tayyormisiz?!
Navbatdagi BEPUL darsimiz siz uchun!

Quyidagi videoda karra jadvalini barmoq yordamida juda oson hisoblash uslubi bilan tanishasiz!

Uni tezda farzandlaringizga, yoki o‘quvchilaringizga o‘rgatib qo‘ying! Shoshilganda yoddan chiqsa, o‘zingizga ham asqotishi mumkin!

Videoga albatta like bosib, kanalga ulanishni unutmang! Keyingi video nima haqida bo‘lishini istasangiz, YouTube kommentariyasiga yozing!

🎥 Videoni tomosha qilish 👇
https://youtu.be/l9NfSvrUG3M
👍10