Taqdir bitiklari
2.17K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari
👏8
Bu surat sizda qanday hislarni uyg‘otdi?

@Taqdir_bitiklari ☕️
28👍7🔥6
Mavlono Rumiyning qalblarga yetib boruvchi hikmatlari reklamalarsiz joylanadigan kanalimga
qo‘shilib oling:
@Rumiy 🍃
👍131
ONAMGA

– Issiqroq kiyin deb halaksan,
Bilmaysan ichimda olov bor.
Yuragim mushtimdek mittimas
– Dupurlab kishnagan asov bor.

Osmonning poyida yuribman,
Yo'llarni bosyabman birma-bir.
Jilmayib yashayman g'amlarga
G'ururim bo'yimdan balanddir.

Hali ham qaysarman, tajang fe'l,
Sen doim qayg'urib chiqqansan.
Ishonsang bahorga o'xshayman
Lekin
sen kuzakda tuqqansan.
       
©Durdona BAHODIROVA

@Taqdir_bitiklari ☕️
33👏11👍9🥰2
Xotiradan o‘chirishdan ham daxshatli qasos yo‘q.

©Y.L.Vishnevskiy

@Taqdir_bitiklari ☕️
🔥2112👍7👏4🤯1
"U kelmaydi ortiq!"
"Qayerdan bilasan?" dedim. "Ketishidan ma‘lum edi!" dedi u...

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍16😢8🔥74🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️
👍134
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Subyektiv"ni taniganimdan buyon hurmatim juda oshgan uning ijodkorlariga.

Bizga aynan shunday blogerlar, xalq dardini olib chiqadigan jamoalar kerak edi.

Qolaversa, Mirshakar Fayzulloyev ham "gap tagida nimkosa" qabilida go‘yoki kulguli gaplar bilan achchiq haqiqatlarni aytadi. Ochig‘i ilgari unchalik yoqtirmasdim, ammo keyin bari o‘zgardi.

Hozirgi video esa "odamlar nima deydi?" mavzusida. Xo‘sh, tan olib aytingchi, odamlarning gapi uchun ham hayotingixning qaysidir bo‘lagini shunday yashayotganingiz rost a?

Falonchi o‘libdi desa, "He-e, anuvmi?" deyishdan nariga o‘tmaydi o‘sha odamlar.

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍26🔥8
Hamma yakunlar aslida nimaningdir boshlanishi hamdir. Faqat vaqtida buni bilmaymiz...

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍226🔥5😢3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tasodiflar yo‘q bu dunyoda,
Uchrashmadik ikkimiz bekor.
Xudoyimning sinovlarida biz bilmagan buyuk hikmat bor...

@Taqdir_bitiklari ☕️
45👍18🥰7
* * *
Yashasang-chi o‘tmishdan arib!
Yo‘l ochiq-ku, nega jilmaysan?
Baxt kelmaydi seni axtarib,
Boriladi baxtga – bilmaysan.

Sevgi – mardlar umriga ziynat –
Qay yo‘sinda hayotin tarzi...
So‘ng bor aytay: “Faqat muhabbat
Topshirmoqqa taqdirni arzir”.

Qalb falagin toqidan zim-zim
Betoqat nur sochgan o‘sha – baxt.
Beyuraklar ne desa desin,
Baxt degani asli – muhabbat.

©Usmon Azim "Bir parcha osmon"

@Taqdir_bitiklari ☕️
36👍16🔥3👏2🤯2🤔1
O‘zingga ishonsang, hech narsa sen erishmasingdan tugamaydi...

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍2510🔥4👏2
"Anorbooks" nashriyoti menga beminnat jo‘natgan sovg‘a qaysi kitobligini ko‘rsatmagandim.

Bu dunyo tan olgan buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoyning yangi tarjima qilingan "Kreyser sonatasi" asari edi.

Nashriyot faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolaman!

Bugun esa, "Musbah" nashriyotidan ham qo‘ng‘iroq qilib, ular ham yangi chop etilgan kitoblaridan sovg‘a yubormoqchi ekanlarini aytishdi.

Naqadar baxtiyorman! 😁
Kim menga bir bersa, Alloh ularga ming bersin!

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍19🥰181🔥1
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida kimga muxlislik qilyapman?

Avvalo Osiyo qit‘asi vakillariga (Erondan tashqari, negadir shu jamoani yoqtirmayman).

Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Avstraliya va Qatarning har bir g‘alabasini ishtiyoq bilan qabul qilaman.

Baribir tan olib aytaman-ki, ular g‘oliblikka yaqinlashishi ancha mushkul. Shunday bo‘lsa ham, Koreya va Saudiya Arabistoni va Yaponiya katta ehtimol bilan guruhdan chiqsa kerak.

Chempion bo‘lishini istaydigan jamoalarim esa:

Argentina — Messi (afsona)ning so‘nggi jahon chempionati mana shu titul bilan yakunlanishini istardim. Balki bunga erishgach, Chempionlar ligasida ham jamoasi bilan uzoqroqqa borsa 8-oltin to‘pga ega chiqsa kerak.

Ispaniya — "Barcelona" jamoasidan naq 9 futbolchi qatnashmoqda bu terma tarkibida. Bu faktor ispanlarning o‘yinini qiziqib tomosha qilishimga zamin yaratadi. Qolaversa, men tiki-taka, hamda turli aql bovar qilmas passlar shaydosiman.

Portugaliya — futbol qirollaridan biri Ronaldo uchun ham oxirgisi bo‘ladi bu jahon chempionati. Ayni damda 38 yoshga qarab ketayotgan Krishtianuning muvaffaqiyatga erisha olishini, o‘zini qarimaganini barchaga isbotlashini juda-juda istardim. To‘g‘ri, men "Barcelona" muxlisiman, ammo kuchlilarni doim qadrlayman. Usiz futbol huvillab qolishi tayin.

Harqalay bu yil ancha qiziqarli o‘tmoqda chempionat.
Germaniya terma jamoasi juda katta ehtimol bilan bu safar ham guruhda qolib ketadigan ko‘rinadi. Buning uchun Yaponiya Kosta-Rikani mag‘lub etsa kifoya...
(Albatta Nemislar Ispaniya va Kosta-Rikani yutib qo‘ymasa. U holda Ispaniya qolib ketadi.)

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍16🔥124😁1🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙

Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙


@Taqdir_bitiklari ☕️
10👍6🔥3🥰1
Na sen borsan, ne men.
Har narsa Udir...

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
29👍5🔥3
#tarjima

Umidlari chil-parchil bo‘lgan inson shaytonga o‘yinchoq bo‘ladi...

@Taqdir_bitiklari ☕️
25👍6😢5🔥2
Bugun ehtiyotsizlik tufayli mashinamni biroz tekizib oldim. Bitta orqa chiroq sindi. Hisoblab ko‘rsa, yo‘q joydan xarajat bu ham yaxshigina.
Lekin, qalbimga quloq tutdim shu zahotiyoq. Zarracha ham tashvishlanmadi.

Xursand bo‘ldim: "mol-dunyo egallab olmabdi qalbimni", deb...

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍58❤‍🔥149🥰8🔥3😁1🤡1
Tish shifokoriga kirsam, obdon tekshirib bo‘lgach:
– Qanaqa ukol qilay uka? – deyapti.

Harchand urinmay dorining nomi hayolimga kelmadi.
Nima deb javob beray shunda?..

Men bilsam, nimaga bordim kasalxonaga o‘zi? 😐

@Taqdir_bitiklari ☕️
🤣26😐18😁11👍5🤯5🥴52
Do‘konga kirsam, bittasi sigaret olayotgan ekan.

Qo‘lidagi sigaret qutisiga biroz tikilib turdi-da, ustidagi "Jinsiy zaiflik" degan yozuvni o‘qib:
– Menga hov anavi rak yoki gangerenadan bera qoling, – deydi.

P.S: Endi kasallikniyam tanlab chekyapsizlarmi odamlar? 🤣

@Taqdir_bitiklari ☕️
🤣81😁7👍5🔥3🌚3🤡1🤨1