let's fall in love for the night (lyrics)
FINNEAS
Eng sevgan qo‘shiqlarimdan biri...
Let‘s fall in love for the night and forget in the morning...
@Taqdir_bitiklari ☕️

❤24👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak aziz dindoshim! 🕌🌙
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
Yaqinlaringizni Sayyidul Ayyom bilan qutlang🌙
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍12🥰4👏2
Another Love
Tom Odell
Tongni menga yoqadigan sokin qo‘shiq bilan boshlashga nima deysiz? 🙂
I wanna cry and I wanna love
But all my tears have been used up
On another love, another love
All my tears have been used up...
@Taqdir_bitiklari ☕️
I wanna cry and I wanna love
But all my tears have been used up
On another love, another love
All my tears have been used up...
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍14❤9😢3🔥1🥰1
O‘qituvchi:
– Nega darsga kelmading?
O‘quvchi:
– Ustoz bizda qor yog‘di.
— Bu bahona bo‘lolmaydi. Qani rasmini ko‘rsatchi.
— Mana!
@Taqdir_bitiklari ☕️
– Nega darsga kelmading?
O‘quvchi:
– Ustoz bizda qor yog‘di.
— Bu bahona bo‘lolmaydi. Qani rasmini ko‘rsatchi.
— Mana!
@Taqdir_bitiklari ☕️
😁64🤯16👍9❤4🔥1🏆1
Ikki-uch yildan buyon xalq tilida "aql tishi" deb nomlanadigan orqa jag‘ tishlarim oz-ozdan chiqib kelardi.
Bugun birdan bezovta qilib qoldi-yu, ko‘zimdan yosh chiqarib yuboray deyapti og‘rig‘i. Aksiga olib, bugun dam olish kuni!
Baxtning kulganini qarang.
Bu azobni dushmanimgayam ravo ko‘rmayman. Ilgariyam og‘rigan, lekin sal insof bilan edi-da! Bunisi og‘riqning "Pro Max" versiyasi bo‘lyapti... 🤒
Shu alpozda qanday tong ottirishimni o‘ylasam... 😵💫🤕
— Yaxshilar, qanday qilib uy sharoitida amallab tursa bo‘ladi ertagacha?

😢34👍8🔥1
Bolalikdan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarini stadionning o‘zidan tomosha qilishni orzu qilaman.
Shu jumladan Amerikada yashashni ham. Yaqin 3-4 yil ichida ketishni niyat ham qilib yuribman in sha Alloh.
Qizig‘i shunda-ki, navbatdagi jahon chempionati roppa-rosa 4 yildan keyin Amerika, Kanada va Meksikada bo‘larkan.
Bir gap bor-o-ov!
Amalga oshyaptimikin orzular? 🤔😁
Aytgancha, keyingi jahon chempionatiga O‘zbekiston ham chiqish ehtimoli juda yuqori. Chunki ishtirokchilar soni 32 tadan 48 taga yetkaziladi.

🥰23👍12👏3
* * *
Garchi ishi mo‘ldir – bu dunyo hushyor!
Yurakni boricha ochmoqlik qayda?
Birgina so‘zim bor, yolg‘iz so‘zim bor,
O‘sha eski so‘z-da...
Aytaymi qayta?
Cho‘chima. Men hozir ketaman.
Bu dam
Nechun boshni egding?
Uyalma yoshdan...
Qayrilib qarayman.
Qanday go‘zalsan!
Hatto ayriliq ham senga yarashgan.
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
Garchi ishi mo‘ldir – bu dunyo hushyor!
Yurakni boricha ochmoqlik qayda?
Birgina so‘zim bor, yolg‘iz so‘zim bor,
O‘sha eski so‘z-da...
Aytaymi qayta?
Cho‘chima. Men hozir ketaman.
Bu dam
Nechun boshni egding?
Uyalma yoshdan...
Qayrilib qarayman.
Qanday go‘zalsan!
Hatto ayriliq ham senga yarashgan.
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
😢30👍10🥰5🤔1
Yaxshiyam baxtimizga har qanday gapimizni ko‘tara oladiganlar ham bo‘ladi.
Nega-ki, ular bilan oramizda masofa yo‘q. Huddi-ki bir vujud kabi.
Eng yaqin insoning eng qo‘pol so‘zlarni gapirsa-da, ko‘nglingga olmaysan. Qalbingdan yiroq kimsaning biroz kinoyasi ham tunlari uxlatmay chiqadi.
Hayotingizda bormi shundaylar?

❤61👍12👏3🤔1
O‘ylab qarasam, sunnatga muvofiq yaqinlarim bilan orani yaxshilashga faqat men urinar ekanman.
Endi o‘zlariga ham qo‘yib berishni o‘rgandim. Chunki andishaning oti bir kun kelib qo‘rqoq bo‘ladi.
@Taqdir_bitiklari ☕️
Endi o‘zlariga ham qo‘yib berishni o‘rgandim. Chunki andishaning oti bir kun kelib qo‘rqoq bo‘ladi.
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍53👏5🤯3❤1
Fousheé - Deep End (Lyrics)
Mr.Radio
❤11👍5🥰4🔥1
Inglizcha qo‘shiq tashlaganim kimlargadir yoqmabdi va bundan fojea yasashibdi.
Qisqa javob bermoqchiman:
Qaysidir tilda qo‘shiq eshitish o‘sha tilni yanayam tushunishga yordam beradi.
Undan tashqari, o‘sha chet ellik qo‘shiqchilar o‘zbekcha qo‘shiq eshitsagina eshitishimiz kerakmi ularni?
Shunchaki yoqqani uchun eshitish ham mumkin-ku masalan. Kim aytganining nima qizig‘i bor? 😂
Keyin, men da‘vat qilish uchun tashlamadim. Kimgadir yoqsa eshitadi, yoqmasa ochmaydi.
Aytgancha, milliy qo‘shiqlarni ham shunchalik eshitaman-ki, men eshita olgan eski qo‘shiqlarga toqat qilolmaydi ko‘pchilik yoshlar.

👍46❤8🔥6😁4👏2
Hayotimdagi eng qo‘rqinchli hodisa bugun ro‘y berdi (eng oxirgisi bo‘lib qolsin insha Alloh)
Maktab yaqinidagi piyodalar yo‘lakchasiga yaqinlasharkanman, yo‘l chetida to‘planib turgan gavjum bolalarni ko‘rib, beixtiyor sekinlashdim. Shu bilan birga, bir kichkina bolakayning yugurishga shaylanib, o‘tib olish uchun oshiqayotgandek tuyilgani e‘tiborimni tortdi.
Baxtga qarshi ro‘paradan yengil mashina tezlikda kelayotganini ko‘rib, nimadir ro‘y berishini ko‘nglim seza boshladi... va u ro‘y berdi.
Bolakay mashinaga "gurs-s" etib urilib, odam bo‘yi balandlikka uchib, men tomonga tushdi. Yaxshiyam-ki, tezligim deyarli 0 ga qarab ketayotgandi. Bosib ketamayin degan qo‘rquvda rulni shartta o‘ngga burdim. Baribir yon tomondan kelib yengil urildi.
Bolaning ahvolini o‘ylab, qo‘l-oyog‘imda mador qolmadi. Yaxshiyam ko‘pchilik bor edi. Maktab qorovuli yordamida bolani shifoxonaga yetkazdim. Boyagi haydovchi ham birga yetib bordi.
Yaxshiyam-ki, ko‘p shikast yetmabdi. Bosh yorilish va yana kichik nimadirlar.
Ortiq toqat qilolmadim. Ko‘z o‘ngimda ro‘y bergan bu voqea ko‘pchilikka dars bo‘lishi kerak. O‘zi juda ehtiyotkor edim yo‘lda bu narsalarga. Endi yanayam eye-opener bo‘ldi ushbu hodisa.
Aytmoqchiman-ki, maktablar oldidan iltimos, yo‘l ochiq bo‘lsa ham sekin o‘ting. 😕
Ota-onalar ham, iltimos ko‘p-ko‘p tushuntiring. U yerda Alloh saqlasin-u, sizning farzandingiz bo‘lishi ham mumkin edi.

😢56👍20💔4😐2
"Eng yaxshi do‘st — kitob. Undan juda ko‘p bilimlarni beg‘araz o‘rganish mumkin".
"Kitob hech qachon yomonlikka boshlamaydi", deb tinmay miyalarida qaytarayotgan emishlar bu aka. 😅
@Taqdir_bitiklari ☕️
"Kitob hech qachon yomonlikka boshlamaydi", deb tinmay miyalarida qaytarayotgan emishlar bu aka. 😅
@Taqdir_bitiklari ☕️
🤣64😁9🤯5🤬4🥴4👍3👏2