Taqdir bitiklari
2.18K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
Siz nima deysiz?

Odatda xonamdagi jihozlarning tartibini tez-tez o'zgarib turaman. Negadir shu odatim yengillik paydo qiladi ruhimda.

Endi esa, kunlarim juda zerikarli bo‘lib qoldi.
Hayotimga qandaydir o‘zgarish kerak.

@Taqdir_bitiklari ☕️
28👍11😁11😱4👏1
Hammasi boshidan boshlanishini istarmidingiz?

Hozir umringizning qaysidir nuqtasida qaytadan uyg‘onib ketishni?

Demak boy berganlaringiz ko‘proq...

@Taqdir_bitiklari ☕️
😢67👍10🔥65💔1
Namangandagi kitob do‘koniga kirmay o‘tolmayman juda zarur ishim bo‘lsa ham...
🔥14🥰5👍2
#kayfiyat

— Agar bolaligimda onamning gapliga quloq solganimda shu kunlarni ko‘rmasdim...

— Onangiz nima degandilar?

— Aytyapman-ku, quloq solmaganman, deb nima deganlarini qayoqdan bilaman?

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁98👍8🤔3🔥2😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
* * *

– Xayr, – deding va kuzatdim jim,
– Koʻrishguncha chidarmi, yurak?
Xijron bizni halinchak qildi,
Yana
oʻzi
tebratsa,
kerak.

– Xayr, – dedim, jimgina qolding,
– Koʻrishguncha chidarmi, yurak?…
Dunyosini angladik, yetdik,
Yashash
uchun
sogʻinmoq
kerak!…


©Farida Afro‘z

@Taqdir_bitiklari ☕️
36👍6🔥1😁1
* * *

Bog‘lar zar badanu zar siyna o‘ldi,
Yerda — men, falakda — oy tiyra o‘ldi.
Moviy osmonlardan nariga boqdim —
Sog‘indim, sog‘indim — dard xiyla o‘ldi.

Firoqni lahzada ko‘mgim keladir,
Bedard yor, nahotki, o‘ngim keladir?
Xazonli boqqa kel — seni sog‘indim,
Seni ko‘rmay desam, o‘lgim keladi...


©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
26👍5😢2😁1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu mening mo‘jaz kutubxonam.

Lekin hali kichikroq. Endigina 300 ga yaqin kitob yig'dim.

Sizda qancha? Ba‘zilar mol-dunyosi bilan maqtansa, biz kitoblarimizni maqtab, targ‘ib qilaylik! 😊

@Taqdir_bitiklari ☕️
31👍22🥰3🔥2🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Internetda shu ikki qahramon ijro etgan rollar ko‘p bor oldimdan chiqib qolyapti.

Lekin menga ikkisining ham harakteri yoqdi. Qiziq ekan. 😅


@Taqdir_bitiklari ☕️
😁42👍3🥰1🤔1🤬1
@Rumiy 🍃 kanalini O‘zbekistonda 1-raqamli Mavlono hikmatlari yoritiladigan kanalga aylantiramiz in sha Alloh! 😊

Faqat siz kanalga a‘zo bo‘lib, "❤️" tugmasini doimo bosib, yordam berishingiz lozim.

Kanal keng ommaga yanada yoyilishi uchun tanishlaringizni ham boxabar qiling.
Nom juda oson:
@Rumiy 🍃

Qulayliklari:

🌄 Go‘zal dizayn;
📵 Reklamalar yo‘q;
❤️‍🩹 Qablga malham hikmatlar...
14👍7
Odamlar boshqalarning qiyinchiligidan foyda chiqarishga tirishadigan bo‘lib ketganmi shunaqa?

@Taqdir_bitiklari
😢26🤔8🔥5
Forwarded from FACTOR BOOKS 📚🤩
🆕 “Orzu va dengiz” kitobi nashrdan chiqdi!

❗️ Aziz kitobxonlar! Yosh yozuvchilarning eng sara hikoyalaridan iborat to‘plamni, albatta, o‘qib chiqing. Keling, bugungi davr nafasini birgalikda his etamiz!

🖌 Mutolaadan so‘ng 41 nafar muallifni baholashingiz, umumiy kitobga yoki o‘zingizga yoqqan bitta hikoyaga taqriz yozib, nashriyotimizning qimmatbaho sovg‘alariga ega bo‘lishingiz mumkin!

🎁 “Orzu va dengiz” kitobi an’anamizga muvofiq 30-iyun, 1-2-iyul kunlari 35 ooo so‘mdan sotiladi. Chegirma narxda xarid qilishga ulgurib qoling!

P.s. 2-iyul kunidagi taqdimotda mualliflar bilan ko‘rishishingiz va kitobingizga dastxat qo‘ydirishingiz mumkin. Kitob bayramiga marhamat!

@Factor_books — kitobxonlar tomondamiz! 🥰
12👍6
Bugun juma.
Juma namozigacha qancha qoldi soatga qaravoringlar. 🤗

• Allohumma solli aʼla sayyidina Muhammad!
64
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BAXT NIMA?

Ming bo‘lakka bo‘lib dunyoni
Tug‘ilgandan baxtni izlaymiz.
Qo‘llaridan tutib ro‘yoni
Atrofda baxt, ba’zan bilmaymiz!
Baxtlar bilan bezatilgan taxt,
Xudoyimga yetsa bas zoring
Kimdir seni sog‘insa, shu Baxt,
Baxt aslida dunyoda boring!
Kimlarnidir Sevib, Sog‘inib,
Intizor-la uni kutganing.
Baxt aslida tomog‘ing bilan
Shu bir qultum suvni yutganing!
Hamma yerda Baxtlaring sochiq
Bahorlardan go‘zallik yiqqan,
Baxt emasmi? Ko‘zlaring ochiq?
Osmonga boq, ko‘kka oy chiqqan!
Senga yana nima yetmaydi?
Hattoki Baxt – yelib tolmoqlik
Hammaga ham nasib etmaydi
Tongda turib nafas Olmoqlik!


©Erkin Vohidov

@Taqdir_bitiklari ☕️
37👍16🔥3😢2
MUHABBATNING TABIATI

Tunlar oromidan achinmay kechdim.
Ko‘nglimni sen bilan etdim munavvar.
Sonsiz chigallikka urildim, yechdim.
Angladim: sen menga qismat muqarrar.

O‘zimni ming marta qatl ayladim,
Ming marta o‘zimga hadya etdim jon.
Sovuq bir tosh edim, qo‘shiq boshladim...
Ayt, yana nimani aylayin qurbon?

Gullarga burkangan badanin ochib,
Ko‘zimga termular bir malak — Hayot!
Uning og‘ushidan men ketdim qochib,
Sen — go‘zal she’rimni aylagani yod.

Meni xarob etdi beto‘xtov g‘ulu,
Chorasiz hijronning gapiga ko‘ndim.
Olis-olislardan uchib keldiyu
Qo‘llaring ohista kiftimga qo‘ndi...


©Usmon Azim


@Taqdir_bitiklari ☕️
12👍6🔥2👏1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
* * *

Sen qoʻngʻiroq qilmaysan...
Men ham.
Sen yozmaysan, menda ham subut.
Senga sogʻinch qiladi alam,
Men sabrla saqlayman sukut!

Sen kibrli, men oʻta magʻrur,
Sen osmonda, men undan baland
Sen kibrga, men gʻururga qul,
Faqat mehr qahat, muhabbat qahat!

Unutdim deysanu, ammo parishon,
Gʻarq boʻlib ketasan hayolimga goh.
Unutdim deyman-u, tunlari hamon.
Hayoling bagʻridan topaman panoh.

Istab kelolmaysan, ming bitta sabab,
Men boraman desam yoʻlim unmaydi.
Ayt, nega bir umr Xudodan soʻrab,
Bir umr shu ishqdan ketib boʻlmaydi.

Seni koʻribdilar sochlaringda oq,
Faqat men haqimda soʻrar emishsan.
Keyin lablaringa tarqalib titroq,
Jimgina ovozsiz yigʻlar emishsan.

Menchi, men, oʻzimni koyib charchadim,
Taslim boʻlganligim ehe,qachonlar.
Kamondek egilib boʻlsa ham qaddim,
Gʻurur gerdayishin qoʻymas, oqpadar!

Umrimiz oʻtmoqda, oʻtib boʻldiyam.
Necha kun yashashga qoldi haqqimiz.
Balki haq dunyoda tanib olishchun,
Birrovga sevishib oldik ikkimiz!


©Malika Salimova

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍42😢2213🔥3👏2😁2
Insonlar ikki narsa uchun afsuslanishadi; Biri qilgan ishlari uchun, yana biri qilmagan ishlari uchun.

©Abdukarim Mirzayev

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍484🔥4😢4👏2
#bir_yilda_100_kitob

Hamma o‘qishi kerak, deb o‘ylayman Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning "Baxtiyor oila" kitobini.

Marafonimizning 29-kitobi aynan shu bo‘ladi. Elektron variantini @Badiy_kitob 📕 kanaliga joylab qo‘yganman.

Yoqimli mutolaa tilayman!

@Taqdir_bitiklari ☕️
17👍8🥰1