Taqdir bitiklari
2.18K subscribers
1.22K photos
335 videos
5 files
101 links
Nervlarga dam bering 🧠
Psixologik mutolaa va ruhiy sokinlik manzili
Download Telegram
Arafa va Juma ayyomi muborak bo'lsin do‘stlarim.

Bugun chin musulmonlarning bayrami! 🙂

Alloh siz va oila a‘zolaringizni Jannat ila mukofotlasin!

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍116🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum qadrdonim! 🌹

Bugun musulmon ahliga bayram. Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin!.. 🙂


Iymoning nuridan qalbingiz to‘lsin,
Ko‘ngil shodligidan ko‘zingiz to‘lsin.
Shunday qutlug‘ kunda ey birodarim,
Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin.

@Taqdir_bitiklari ☕️
10👍3🥰1
15👍5🥰5
Kommentariyadagi fikrlarni o‘qib chiqib, "Solihlar gulshani" kitobidagi hikoyalarning eng saralarini o‘qib berishga qaror qildim.

Chunki bu kitobning audio versiyasi mavjud emas.

Quyida "Alloh uchun g‘azab qilgan eding" nomli hikoyani tinglashingiz mumkin: https://youtu.be/LlVEYyKu-rc

Keyingi qismlar ham chiqishini istasangiz, videoga like bosib, kanalga a‘zo bo‘lib qo‘yishni unutmang.

Ilmingiz ziyoda bo‘lsin. 👇

📹 https://youtu.be/LlVEYyKu-rc
👍143
* * *

Og‘irlikning girdibodida
Buzildi tan muvozanati,
Yurak — vazmin-vazmin otida —
Tamomila zabt etdi mani.

Mag‘lub yana keraksiz xasmi?
Meni tashlab ketmagan, olam.
Tangrim, senga kerak emasmi,
Yuragidan yengilgan odam?

©Usmon Azim

@Taqdir_bitiklari ☕️
14👍11
#bir_yilda_100_kitob

O‘qishimiz kerak bo‘lgan 31-kitob Hakan Menguchning "Hech bir uchrashuv tasodif emasdir" asari bo‘ladi.

Uning audio variantini: @Badiy_kitob 📕 kanaliga joylab qo‘ydim.

Kanalga qo‘shilib olish esdan chiqmasin!

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍10🔥1🤯1
TOKZOR

Novdalarning mungli shiviri,
Hovli etagida qorayar bahor,
Tunga termulgancha bir tanish sirni
Asta pichirlayman takror va takror...

Menga qiziq, axir, lahzalar umri,
Senga qiziqmasmi mavjud ekanim?
Esimda...
munavvar kunlar sururi ―
So‘zsiz ko‘zlaringga baxtni ekkanim!..

...Yana lablarimda gul to‘kar oting,
Tag‘in yuguradi o‘ylarim tinmay.
Nahot, tinch qo‘ymaydi ming yillik yoding,
Yer tortishish kuchin unutmaganday?..

Axir, yashagim bor edi ochilib,
Biroq yo‘liqqanim bo‘ldi ranj-u g‘am.
Nahot, taqvimimiz ketgan sochilib,
Nega menga kelar yo‘llaring mubham?!


©Navruza Jasurova

@Taqdir_bitiklari ☕️
13👍11👏4
Honiy al-Hajning "Solihlar gulshani" degan asarni o‘qiyapman hozir. Rostini aytsam, juda qiziqib qoldim. Kichik-kichik alohida hikoyalardan iborat ekan.

Zerikmaydi ko‘p o‘qiy olmaydigan odam ham.
Muhimi ma‘nosi ulkan.

Pdf, hamda audio varianti hech qayerda yo‘q ekan, ovvora bo‘lmang.

@Taqdir_bitiklari ☕️
14👍7🥰3😢3
#kayfiyat

— Qalaysan jiyan?
— Zuy, yahmat.
— Iye, nega "r" harfini "y" deyapsan?
— "Y" ni aytolmayman-da.
— Sen yozyapsanku axir 😂

@Taqdir_bitiklari ☕️
😁101👍9🤔5🥰4🤯3
* * *

Ovozimni tunga to‘kib yubordim
Yulduzlar simirdi xitoblarimni.
Deraza ortida mudragan qushning
Qanotin o‘qidim kitoblarimdek.

Maysa yorib chiqdi tirnoqlarimdan
Ruhimni chirmadi siyohrang pechak.
Sitila boshlagan barmoqlarimni
Lablariga bosib yig‘ladi kecha.

Gullayver...
Sen qachon sog‘insang g‘amni
Daraxtdek boshimga yopinib jelak*.
O‘zimni fosh etmay fasllar aro
Ko‘ngil bog‘laringda jon bersam kerak.


©Madina Norchayeva

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍119👏2
#bir_yilda_100_kitob

32-kitob


Har bir musulmon sevgan "Saodat asri qissalari" asarini o‘qishni boshlaymiz.

Uning audio va pdf variantini: @Badiy_kitob 📕 kanaliga har kuni 5 ta qismdan joylab boryapman.

Sohir ovoz sohibi, marhum Sanjar Sa‘dullayev tomonidan o‘qilgan ushbu asar tamomila sizni o‘ziga maftun etishi shubhasiz.

Yoqimli mutolaa tilayman!

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
18👍2🔥1
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Taqdir_bitiklari
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Internetni kezib yursam, qiziq savol uchrab qoldi.

Siz qanday fikrdasiz shunga?

@Taqdir_bitiklari ☕️
😢14👍7
Forwarded from FACTOR BOOKS 📚🤩
🪶 ADABIYOTNING ERTASIGA BARCHAMIZ DAXLDORMIZ!

🖌 Nasr ogʻir qadam, deyishadi. Koʻpchilik bu ogʻir qadamni tashlaydi-yu, qaytib oyogʻini
koʻtarolmaydi.
Koʻtarsa ham, ortida iz qolmayotgan boʻladi.

📚 Ushbu toʻplamda 41 nafar navqiron nosirlarning, yosh o‘zbek yozuvchilarining choʻgʻ sachratib oldinga tashlagan jiddiy qadamlari, eng sara hikoyalari jamlangan!

📜 Kitobni shunchaki o‘qiy olmaysiz. Hikoyalarning har biri o‘zga olam, kutilmagan voqelik. Qolaversa, siz ham zamondosh kitobxon sifatida reyting varaqasi orqali hikoyalarni baholashingiz mumkin!

🌊 Adabiyot keng ummondir. Ummonga chiqdingmi, to'lqinlarga ham tayyor turmoq lozim. Unutmang, adabiyotning kelajagiga siz ham daxldorsiz!

Kitob nomi: “Orzu va dengiz”
Muqovasi: Yumshoq
Narxi: 35 ooo so‘m

Buyurtma berish ➺
📞 +998 95 035 95 11
✉️ @Factorbooks_info

🚛 Respublika bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud!

@Factor_books — yaxshi kitob o‘qishga haqlisiz! ❤️
👍11
🤠 SIZ MUHOKAMALARDA QATNASHSANGIZ, OTA-ONANGIZ DAM OLADI!

🙃 Endi ota-onangizga rahmat, degan tashakkurnoma yoki faxriy yorliq emas, ularni xursand qiladigan noodatiy syurpriz taqdim etamiz!

🔥 Ilk tahlil: 18-iyul, soat 22:00 da Nurilla Chorining “Tashvishi yo‘q odamlar” hikoyasi!

📲 Manzil: Nashriyot telegram kanali

🎟 Bir nafar eng faol kitobxonning ota-onasiga “Oltiariq” sanatoriyasida dam olish uchun 10 kunlik yo‘llanma beriladi. Marhamat, kitobni hoziroq xarid qiling va mutolaani boshlang!

@Factorbooks — kitobxon nima xohlashini yaxshiroq bilamiz! 🥰
4👍3
Nigoro
Jaloliddin Ahmadaliyev
Tunda tinglash uchun ajoyib qo'shiq.

@Taqdir_bitiklari ☕️
29👍5
Bu hayotda doimo biz xohla(ma)gan ishlar bo'lavermaydi!

@Taqdir_bitiklari ☕️
👍33🤔7👏5😢4😁1
SURAT

Barmog‘ing tishlagan soy suvi,
Shivirlar men bilmas ohangda.
Barglardan o‘rmalab oy nuri
Ro‘moling tortqilar yoqangga.

Yel — ari changlatib iforing,
Hovuchlab maysaga purkaydi.
Oyog‘ing tuprog‘in hazon tong
Xinodek kaftiga surkaydi.

Huvv, miltillab chiroqlar uyg‘oq,
Qorong‘uda qilar soqchilik.
Kokillaring o‘ynagan nigoh,
Yuragimni poylar ovchidek.

Atrofida farishtalar jim,
Suvratingni qilar tomosha.
Yulduzlar ham ko‘chganday bir zum,
Soyga tushar yarqiroq choyshab.

Bu dam jonim bulutlar talab,
Yurak-la men soyga almashdim.
O, oromim buzib kelgan lab,
Oqim uzra senga chirmashdim.

Aralashar tilsiz suhbatga
Ziragingga siypangan shamol.
Qarshimizga bu tunni atay
Bog‘lab qo‘ygan soching ehtimol.

©Nuriddin Rasulov

@Taqdir_bitiklari ☕️
7👍5🔥3🤔2🥰1
Sevishni bilmagan qalb o‘zini ham, Yaratuvchisini ham sevolmaydi.
Ularga achinaman.

Inson aql bilan emas, ko‘proq ko‘ngil bilan yashaganda edi, hayot go‘zalroq bo‘lardi.

@Taqdir_bitiklari ☕️
60🤔11🥰4👍3😱1