Jannatim ham sensan,
Do'zaxim ham — sen.
Bor dardning og'rig'i
Jonga qorishgan.
Sen bilan kunduzim
Kechalarga teng,
Sen bilan tunlarim
Kunday yorishgan.
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
Do'zaxim ham — sen.
Bor dardning og'rig'i
Jonga qorishgan.
Sen bilan kunduzim
Kechalarga teng,
Sen bilan tunlarim
Kunday yorishgan.
©Usmon Azim
@Taqdir_bitiklari ☕️
❤40👍7😢6🔥5
#Kayfiyat
Bir kun jirafaning kayfiyati tushib ketibdi. U o‘rmon qiroli sherning yaqin o‘rtog‘i ekan. Shuning uchun u o‘rmon ahliga kim jirafani kuldira olmasa yeyman deb e‘lon beribdi.
Hamma hayvonlar latifa aytish uchun kela boshlashibdi.
Nihoyat, navbat quyonga kelibdi. U latifasini aytsa ham jirafa kiprik qoqmay turaveribdi. Sher esa, uni yeb qo‘yibdi.
Keyin, tulkining navbati kelibdi. Qarasa, jirafa yerga dumalab kulayotgan emish.
— Nega kulayapsan, — deb so‘rabdi sher.
— Quyon yomon qildi lekin! 😂
P.S: Yetib borishi qiyin tanishlarimizga jo‘natamiz.

😁80😢8👍7🤔4❤1
Tunda yangisi 😁
— Baxt borasida gapirsam, peshonasi yarqiragan yigitman-da!
— Hamma qizlar bir ko‘rishda oshiq bo‘lib qoladi degin?
— Yo‘q, kalman.)
@Taqdir_bitiklari ☕️
— Baxt borasida gapirsam, peshonasi yarqiragan yigitman-da!
— Hamma qizlar bir ko‘rishda oshiq bo‘lib qoladi degin?
— Yo‘q, kalman.)
@Taqdir_bitiklari ☕️
😁84🤔6😢5👍4👏3❤1
"Millionga meni olishmagan", deb intervyu beribdi bitta viner.
"Kaneshna" olmaydi-da!
Odam savdosiga qarshi kurash bo‘limi qayoqqa qarayapti axir? 😂
@Taqdir_bitiklari ☕️
"Kaneshna" olmaydi-da!
Odam savdosiga qarshi kurash bo‘limi qayoqqa qarayapti axir? 😂
@Taqdir_bitiklari ☕️
😁49🤔14❤2👍1
#bir_yilda_100_kitob
17-asar
O‘tkir Hoshimovni tanimagan, asarlarini o‘qimagan o‘zbek kam bo‘lsa kerak.
Yuksak iqtidorga ega yozuvchi ijodining ilk kezlarida bitilgan "Dehqonning bir kuni" hikoyasi navbatdagi o‘qishimiz kerak bo‘lgan asar sifatida tanlab olindi.
Yoqimli mutolaa tilayman!
Elektron va audio varianti: @Badiy_kitob 📕

👍22👏3❤2
#diolog
— Pulingizni menga ishonib ketavering, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan bolaman.
— Bo‘ldi uka, ishondim sizga, shunchalik yuvvoshmisiz?
— Yo‘q, qo‘yimni og‘zidan cho‘p olmaganman.))

😁35👍5❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kimdir Muhammad Yusufni tanimayman desa, ishonmayman uning o‘zbekligiga! Shu darajada edi uning xalchilligi, jaydariligi...
Shundoqqina qalbdan olib yozilgan she‘rlar muallifi, atoqli shoir Muhammad Yusuf 1954-yil, aynan shu kuni (26-aprel) tavallud topgan.
Shoirning Ellikqalʼada vafot etganini yaxshi bilasiz.
Aynan Muhammad Yusuf tilidan yozilgan shogirdlari O‘lmasbek Samarqandiy qalamiga mansub yig‘latuvchi sh‘erni tinglashni tavsiya etaman.

❤14👍14😢4🤔1
"Real" himoyasi 10 daqiqaga yaramadi.
Ochig‘i "Manchester City"dan g‘alaba kutgandim, ammo bunchalik shoshirib qo‘yadi deb o‘ylamovdim.
Hali xulosaga erta, ammo Gvardiola shogirdlariga faqat respect!

👍19🤔8👏2🤬1
Nega kimdir "Barcelona"ga qarshi o‘ynayotgan jamoaga muxlislik qilishi uchun, "Real" muxlisi, "Real" raqibiga muxlislik qilsa, "Barcelona" muxlisi bo'lishi kerak? Shunga tushunmayman. Ko‘pchilik bir tomonlama fikrlaydi.
Haqiqiy futbol muxlisi undan zavq olishni bilishi kerak. To‘g‘ri, hammaning o‘z sevimli jamoasi bor, lekin bu degani, butun dunyo futbolini yig‘ishtirib qo‘yib, faqat shunga suyunish kerak deganimas.
Masalan, men hujumkor va ochiq futbol shaydosiman. Tiki-taka uslubida o‘ynaydigan jamoalar ayniqsa yoqadi. Vassalom.

👍15
⚡️Benzema shunchaki daxshat!
Bundan 8-10 yil ilgari Benzema deganda vaziyatlarni ko‘kka sovuradigan futbolchi namoyon bo‘lardi ko‘z oldimizda.
Futbol o‘ynaganda qaysidir sherigimiz qulay vaziyatdan gol ura olmasa, Benzema ekansan-ku, der edik!
Bugun bu inson chindan ham oltin to‘pga loyiq! Gol urishi uchun vaziyat ham kerak bo‘lmay qolgan qarigan chog‘ida. Shlyapamni yechaman Karim uchun.

👍24🔥1
***
Ezilib-ezilib yomg‘irlar yog‘di,
Ezilib-ezilib ado bo‘ldi jon.
Kechani gohida chaqmoqlar yoqdi,
Gohida “oh” urding – o‘rtandi jahon.
Umrning qorong‘u ko‘chalarida
Muhabbatu nafrat horg‘in kezindi.
Bahorning yomg‘irli kechalarida
Ezildi... ezildi... yurak ezildi.
Taqdirning beomon shiddat yomg‘iri
Aytar vidomizni aytdi tonggacha.
Endi bu yomg‘irning yo‘qdir oxiri –
Ezilib yig‘laydi so‘nggi ongacha.
So‘z kimga kerakdir? Lab ochmagin. Jim.
Taqdir so‘zga loyiq qoldirmadi sir –
Men ham yomg‘ir kabi bir yog‘ib o‘tdim,
Sen ham yomg‘ir kabi yig‘lab o‘tding bir...

❤24👍13🔥7😢3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qul, hisob-kitobi tugagach, Jannatga kirishi ma‘lum bo‘libdi.
Farishtalar Jannat eshigiga olib borishganida qul uni so‘rabdi, farishtalar javob berishibdi, buni so‘rabdi javob berishibdi. Shunda Alloh taolo so‘ragan ekan: "Ey Farishtalar, qulim nima deyapti?"
Shunda Farishtalar aytishibdi-ki: "Ya, Robbil A‘lamin, sen har narsani bilguvchidirsan. Ammo quling aytyapti-ki, dunyoda bir sevgani bor ekan, mana shusiz kirmayman deyapti".
Shunda Alloh taolo aytar ekanki: "Qulim-ki qul holida bir qulni unutmabdimi, men kim Robbil A‘lamin bu qulni murodiga yetkazdiraman", deb sevganini hozir qilgan ekan.
Yaxshi ko‘radigan yaqinlarimizga yuboramiz.😊

🥰33👍12❤11🤩1
#Mulohaza
• "Bizning paytimizda", deydigan yoshga keldingmi, demak qariyapsan.
• Ko‘chada salom berishyaptimi, demak qariyapsan.
Sizda qaysi biri kuzatildi?
@Taqdir_bitiklari ☕️
• "Bizning paytimizda", deydigan yoshga keldingmi, demak qariyapsan.
• Ko‘chada salom berishyaptimi, demak qariyapsan.
Sizda qaysi biri kuzatildi?
@Taqdir_bitiklari ☕️
😢59😁30🔥15👍14😱2
⚡️Aytishlariga qaraganda 3-sinflarning telegram guruhida e‘tiborga molik masalalar urchiyotgan emish.
P.S: Charchamay ishlaging keladi-da kutayotgan insoning bo‘lsa! 😀
@Taqdir_bitiklari ☕️
P.S: Charchamay ishlaging keladi-da kutayotgan insoning bo‘lsa! 😀
@Taqdir_bitiklari ☕️
😁42🤬13🤯7👍5🤩2
***
Sen tongda uyg‘onding. Gazga qo‘yding choy.
Bu mehr men uchun emas, hoynahoy.
Sen oppoq ko‘ylakka urasan dazmol.
Bu ishni men uchun qilmog‘ing - mahol.
Uyni supirasan, poklaysan changdan.
Supirib otmaysan meni bu g‘amdan.
Ovqat pishirasan. Mo‘l-ko‘l dasturxon...
Ovqatingni maqtar o‘zga bir inson.
Bolangning ko‘ziga boqib to‘ymaysan.
Sen mening bolamni o‘pib qo‘ymaysan.
Ammo yolg‘iz qolsang egilar boshing -
Ko‘zingdan so‘ramay oqadi yoshing.
Meni sog‘indingmi? Kuydingmi?.. Rahmat!..
Ko‘z yoshing meniki, ko‘z yoshing faqat...

❤59👍27😢17🔥4👏3🥰2😁2
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘,
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!
🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !
@Taqdir_bitiklari
❤7👍2
Kuchli odamlar kechiradilar.
Aqlli odamlar e'tibor bermaydilar. Zaif insonlar qasos oladilar.
©Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
@Taqdir_bitiklari ☕️
Aqlli odamlar e'tibor bermaydilar. Zaif insonlar qasos oladilar.
©Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍25👏8
#Dunyoning_ishlari
...Oltmishvoy — Ermon buvaning o'g'li. Habiba buvi ko'p tug'gan. Hammasi chillasi chiqmasdan o'lib ketgan. Ammo Oltmishvoy boshqacha yigit-da! Bittayam kasal bo'lmagan. Menday paytida otni egarlab, o'zi choptirgan. Jo'raboshimizday bo'lganida ketmon bilan bir tanob yerni hash-pash deguncha ag'darib tashlagan. Oltmishvoy ana shunaqa yigit!
Avvaliga Habiba buvi oltmishta tuqqani uchun Oltmishvoyning oti shunaqa deb oylagan edim. Yo'q, keyin tushundim. Oltmishvoy Ermon buva oltmishga kirganida tug'ilgan ekan.
— Mening Oltmishvoyimdaka yigit dunyoda yoq, deydi Ermon buva har kungi gapini qaytarib. — Bunaqa yigitni Xudo bitta yaratgan-u, qolipini sindirib tashlagan. — U o'zining hikoyasidan o'zi zavqlanib ketadi. Nosqovog'idan kaftiga mo'lroq solib, tilining tagiga tashlaydi. — Mana, hozir nemisning dodini berib yuribdi. O'ziyam Azob dengiz degancha bor-da, tasadduq! Bir shamol tursa bormi, har suv kotariladiki, tog'dek keladi. Ammo mening Oltmishvoyim azobdan qo'rqmaydi. Rosa savalayapti, pashist demaganni! Komandiri mazasi yo'q bola ekan! Oltmishvoy qahramon bo'lib o'ldi, deb yozibdi. — Ermon buva birdan jimib qoladi. Oppoq quyuq qoshining tagidagi ko'zlari negadir yiltirab ketadi.
Kuladimi, yig'laydimi hech kim bilmaydi. — Mana, meni aytdi dersizlar, — deydi ovozi titrab. — Erta-indin kirib keladi. Qo'sha-qo'sha ordin taqib kirib keladi.
O'shanda kamandiriga xat yozaman. Oltmishvoyga aytib turaman, o'zi yozadi. Sen bola, diyman, mazasi yo'q bola ekansan, diyman. Mana, Oltmishvoyim keldi-ku, qahramon bo'lib kirib keldi-yu, diyman.
Ermon buva sukutga cho'kadi. Bolalar ham, qizalar ham jimib qolishadi...
©O'tkir Hoshimov
“Dunyoning ishlari”

😢36👍21🔥8❤2
Hamma ayollar shunday, – dedi Don Kixot. – Ular tabiatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni sevganlarni mensimaydilar va ulardan nafratlanganlarni sevadilar.
©Migel de Servantes
@Taqdir_bitiklari ☕️
©Migel de Servantes
@Taqdir_bitiklari ☕️
👍61😁17🤬10👏5😢5🥰1